04.09.2008 yildagi 200-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISHLAB CHIQARILAYOTGAN PAXTA MOYI SIFATINI OSHIRISHNI YANADA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilayotgan pirovard mahsulotning, eng avvalo paxta moyining sifatini doimiy ravishda yaxshilashdan yogʻ-moy sanoati korxonalarining manfaatdorligini ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shuningdek respublika paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi F-2996-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha maxsus Idoralararo komissiya tomonidan ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni ragʻbatlantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat uchun ishlatiladigan paxta moyi sifatini nazorat qilish tizimi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2008—2011-yillar davrida yogʻ-moy sanoati korxonalari tomonidan oʻsimlik moyini qadoqlash va hidsizlantirish boʻyicha quvvatlarni 3-4 ilovalarga* muvofiq kuchaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3 va 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, texnik chigitlarga ulgurji-sotish narxlari ularning navlari va klassi hisobga olingan holda tabaqalashtirilib “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq paxta moyi chiqishi normativlari har yili seleksiya navlari boʻyicha paxta xom ashyosi tayyorlashning haqiqiy hajmlari va chigitning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan aniqlanadigan moydorligi hisobga olingan holda respublika mintaqalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzpaxtayogʻ” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni ragʻbatlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar 1-ilovada belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tizim asosida respublika yogʻ-moy korxonalarida ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifati kompleks nazorat qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moy ishlab chiqarish jarayonida yogʻ-moy korxonalari tomonidan texnologik rejimlar normalariga rioya qilinishining tizimli monitoringi olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda texnik chigitning moydorligini aniqlashning ekspres-analizatorlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar amalga oshirilishini hamda “Sifat” markazi laboratoriyalari va yogʻ-moy korxonalari ular bilan jihozlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 35-36-son, 349-modda; 2011-y., 50-son, 515-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)