21.08.2008 yildagi PQ-949-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATINING GRANT MABLAGʻLARINI JALB ETGAN HOLDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY DAVLAT ARXIVLARINI REKONSTRUKSIYA QILISH HAMDA ULARNI TEXNIK MODERNIZATSIYALASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasida axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, respublika markaziy davlat arxivlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va elektron arxiv fondlarini tashkil etish, ularni arxiv materiallarini raqamlashtirish hamda qayta tiklash zamonaviy uskunalari bilan jihozlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, markaziy davlat arxivlarini texnik va laboratoriyaviy jihozlash, ularda elektron arxiv fondlarini tashkil etish boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasining markaziy davlat arxivlarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan 2008-2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasiga 3 mln. AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan birgalikda mazkur grant mablagʻlarini olish uchun barcha zarur tartib-qoidalarni Koreya tomoni bilan kelishib olingan muddatlarda rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga grant mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Markaziy kinofotofonohujjatlar davlat arxivi hamda Markaziy ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari davlat arxivining binolarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekiston Respublikasining markaziy davlat arxivlarini axborotlashtirish” loyihasi hamda respublikaning markaziy davlat arxivlari binolarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aloqaloyiha” loyihalashtirish instituti — bosh loyihalashtiruvchi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki — grant mablagʻlari hisobidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi zimmasiga Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobidan olib kelinadigan uskunalar va materiallardan qatʼiyan maqsadli foydalanish hamda ularning saqlanishi yuzasidan javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston Respublikasining markaziy davlat arxivlarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablagʻlari hisobidan olib kelinadigan uskunalar va materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK mazkur grant doirasida olib kelinadigan uskunalar va materiallarni aeroportlarda hamda temir yoʻl stansiyalarida yigʻimlar undirib olinmagan holda yuklarni tushirish ishlari amalga oshirilishi hamda saqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzarxiv” agentligi talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzarxiv” agentligi talabnomalariga koʻra, loyihaning xorijiy qatnashchilariga koʻp martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek ularning istiqomat joyida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2009-yilgi Investitsiya dasturini shakllantirishda markaziy davlat arxivlari binolarining rekonstruksiyasini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalar hisobidan mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, asoslangan hisob-kitoblarga koʻra “Oʻzarxiv” agentligiga 2009-yilda, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari binolarini kapital taʼmirlashga “Fan” boʻlimi boʻyicha ajratiladigan mablagʻ doirasida zarur mablagʻlar ajratib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzarxiv” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda 2008-yilning 1-dekabrigacha mazkur loyiha doirasida zarur loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertiza qilinishi va tasdiqlanishini taʼminlasin, bunda arxiv materiallarini saqlash hamda foydalanish uchun moʻljallangan binolarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratilsin, shuningdek olib boriladigan ishlarning sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil uchun ajratilgan budjet mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarining budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha ishlar qismi 2008-yilda moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 21-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-949-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 332-modda)