23.08.2008 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.08.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YANGI AVLOD” RESPUBLIKA BOLALAR IJODIYOTI FESTIVALI JAMOATCHILIK KENGASHI HAMDA “YANGI AVLOD” RESPUBLIKA BOLALAR IJODIYOTI FESTIVALI NIZOMINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivalini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorining ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligidagi Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivalini har yili oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivali Jamoatchilik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq, “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivali Nizomi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivalini tashkiliy-moliyaviy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining hududiy bosqichlarini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etishda va unda bolalarning keng ishtiroki uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivalining hududiy bosqichlarini oʻtkazish, ishtirokchilarni mukofotlash hamda Respublika final bosqichi ishtirokchilarining Toshkent shahriga kelib-ketishi bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar rahbarlariga — tanlovni oʻtkazishda homiylik yordami koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga – “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivalini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 23-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-avgustdagi 191-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivali jamoatchilik Kengashi
TARKIBI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G.I. Karimova ‎ —‎ “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi” jamgʻarmasi vasiylik kengashi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi‎
A. Alimov‎ —‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi, Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari‎
Gʻ. Shoumarov —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri‎
R. Qurbonov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri‎
B. Sharofov‎ —‎ “Kelajak ovozi” respublika yoshlar tashabbusi markazi boshqaruvi raisi‎
Akmal Nur ‎ —‎ Oʻzbekiston xalq rassomi‎
Sh. Gʻulomov‎ —‎ Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi‎
Oʻ. Joʻrayev‎ —‎ Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari‎
T. Qoʻziyev‎ —‎ Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi‎
M. Xojimatov‎ —‎ Respublika maʼnaviyat - targʻibot markazi rahbari‎
D. Murodova‎ —‎ Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori‎
A. Xodjayev‎ —‎ Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi‎
M. Raxmatullayeva‎ —‎ “Yangi avlod” bolalar ijodiyoti markazi direktori‎
Sirojiddin Sayid‎ —‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari‎
Sh. Yormatov‎ Oʻzbekiston xalq artisti‎
M. Ergasheva‎ —‎ Oʻzbekiston xalq artisti‎
D. Jamolova‎ —‎ V. Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseyi direktori‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Jamoatchilik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan xodimlar jamoatchilik kengashi tarkibiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-avgustdagi 191-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Yangi avlod” Respublika bolalar ijodiyoti festivali (keyingi oʻrinlarda Festival deb ataladi) iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning isteʼdod va mahoratlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish, yosh avlodning maʼnaviy olamini boyitish, madaniy saviyasini yuksaltirish, sanʼat va goʻzallikka intilishini kuchaytirish, milliy sanʼat anʼanalari va yoʻnalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom ettirish maqsadida har yili anʼanaviy tarzda va tanlov shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligidagi Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Festival tashkilotchilari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Festivalda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan ijodkor va iqtidorli bolalar ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Festivalni oʻtkazish bosqichlari, muddatlari va yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Festival uch bosqichda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalning 1-bosqichi Oʻzbekiston Respublikasining tuman va shaharlarida 25-apreldan 10-maygacha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalning 2-bosqichi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida 20-sentabrdan 10-oktabrgacha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Festivalning 3-bosqichi — Respublika saralash bosqichi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida, laureatlarning gala-konserti “Istiqlol” sanʼat saroyida har yili oktabr oyining uchinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Festival quyidagi 6 yoʻnalish va 36 janr boʻyicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “A” guruhi: Klassika — fortepiano, torli, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “V” guruhi: Vokal — anʼanaviy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “S” guruhi: Milliy cholgʻu — torli, chertib, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “D” guruhi: Raqs — milliy, ball hamda zamonaviy raqslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “E” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat. Tasviriy sanʼat yoʻnalishiga — grafika, rangtasvir, natyurmort, liboslar dizayni. Amaliy sanʼat yoʻnalishiga — haykaltaroshlik, kulolchilik, zardoʻzlik, quroqchilik, gilamdoʻzlik, biser toʻqish, yumshoq oʻyinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “F” guruhi nasr va nazm. Nazm yoʻnalishiga — sheʼr, gʻazal, doston hamda nasr yoʻnalishiga — hikoya, ertak kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Festival shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Festivalning “A”,”V”,”S” va “D” guruhlari ishtirokchilari uchun ijro vaqti quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 toifa: 6—8 yoshdagilar uchun — 3—5 daqiqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 toifa: 9—11 yoshdagilar uchun — 4—6 daqiqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 toifa: 12—14 yoshdagilar uchun — 5—7 daqiqa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar belgilangan vaqtdan oʻtib ketgan taqdirda hakamlar hayʼati aʼzolari ijroni toʻxtatib qoʻyishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Festivalning “A”,”V”,”S” guruhlari ishtirokchilari tashkiliy qoʻmitaga ijro etadigan 2 tadan asarining matni va notasini, “E” va “F” guruhlari ishtirokchilari 5 tadan kam boʻlmagan ijodiy ishlari namunalari taqdim etishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha ishtirokchilar oʻz mahoratlarini tomoshabinlar va tinglovchilar oldida erkin namoyish etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “A”,”V”,”S” guruhlari ishtirokchilari oʻz dasturlarini jonli ijro etishlari va arizada koʻrsatilgan vaqtga qatʼiy amal qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taqdim qilingan dasturlar va ijodiy ishlar namunalariga oʻzgartirish kiritish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Festivalning 1 va 2-bosqichlarini oʻtkazish uchun tashkiliy qoʻmitalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligidagi Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazining joylardagi boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi hamda viloyatlar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari vakillari ishtirokida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tashkiliy qoʻmitalar tomonidan festivalning 1 va 2-bosqichlaridagi ishtirokchilarni baholash uchun 18 kishi (har bir yoʻnalish uchun 3 kishi) dan iborat hakamlar hayʼati tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar saralash bosqichlari gʻoliblarining hujjatlari Respublika saralash bosqichida ishtirok etish uchun 15-oktabrga qadar festival Jamoatchilik kengashiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Respublika saralash bosqichi uchun festival Jamoatchilik kengashi tomonidan har bir yoʻnalishda 5 nafardan kam boʻlmagan hakamlar hayʼati tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Festivalga taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar)lar miqyosida festivalda ishtirok etish istagini bildirgan bolalarning hujjatlari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida tashkil etilgan maxsus shtabda 5-avgustdan 1-oktabrgacha qabul qilinadi va Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati homiyligidagi Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti (shahar) boʻlimlariga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Festival ishtirokchilari tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza-anketa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganligi haqida guvohnoma)ning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 x 4 oʻlchamda 2 dona fotosurat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A”,”V”,”S” guruhlari ishtirokchilari uchun — ijro etiladigan dasturning matni, notasi va ijro vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E”, “F” guruhlari ishtirokchilari uchun —ijodiy ish namunalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim olayotgan muassasasidan tavsiyanoma yoki ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning bolaga festivalda ishtirok etishiga ruxsat berilishi soʻralgan arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. V. Uspenskiy va R. Glier nomidagi Respublika maxsus musiqa akademik litseylari, Respublika tasviriy va amaliy sanʼat litseyi, Navoiy nomidagi Respublika nafis sanʼat litseyi, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi oʻquvchilarining hujjatlari tanlovda ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Festival gʻoliblarini taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Festivalning har bir bosqichida yoʻnalishlar boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan ishtirokchilar tashkilotchilar, mahalliy hokimliklar va homiylar tomonidan sertifikatlar va esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Festivalning “A”,”V”,”S” va “D” guruhlari boʻyicha Respublika bosqichi laureatlarining Oʻzbekiston boʻylab ijodiy uchrashuvlari va konsert dasturlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Festivalning “E” va “F” guruhlari boʻyicha Respublika bosqichi laureatlarining eng yaxshi ishlaridan katalog tuzilib, davriy bolalar nashrlarida va alohida kitob shaklida chop etiladi, telekoʻrsatuv, radioeshittirish va internet sahifalari orqali keng jamoatchilikka tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Festivalning Respublika bosqichi laureatlariga festival Jamoatchilik kengashi tomonidan laureatlik sertifikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Festivalning Respublika bosqichi laureatlariga Oʻzbekistondagi sanʼat yoʻnalishidagi oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga ularning nizomlari asosida belgilangan tartibda ikki yil davomida imtiyozli asosda qabul qilinish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Festival faoliyatining har ikki yildagi yakunlari boʻyicha eng yaxshi ijodiy ishlar namunalari Respublika bolalar ijodiyoti art-saloni va bolalar ijodi galereyasida namoyish etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 336-modda; 2011-y., 25-son, 261-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)