Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni
qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni
qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining
Qarori
SUGʻURTA FAOLIYATI TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIGI UChUN SUGʻURTALOVChILARGA JARIMA SANKSIYALARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024-yil 26-apreldagi 2-son, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 22-apreldagi 02/11-05/02-son va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining 2024-yil 26-apreldagi 2024-07-sonli ““Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1842-7, 10.05.2024-y.) asosan 2024-yil 14-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyul,
77-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyul,
2008-33-son
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2008-yil 26-iyun,
13-son
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil 11-iyuldagi 77, 2008-33-son, 2008-yil 26-iyundagi 13-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 172-modda) muvofiq, sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, oʻrnatilgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan, toʻlov qobiliyati normativlarini buzganligi (bundan buyon matnda sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish deb yuritiladi) uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomga muvofiq sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar sugʻurta faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, sugʻurtalovchilar tomonidan buzilganligi uchun ularga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdorigacha jarima solinadi.
Jarima sanksiyalarining summalari jarima sanksiyasini toʻlash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzganlik uchun umumiy yigʻindisi boʻyicha sugʻurtalovchiga solinadigan jarimalarning jami summasi sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 1,0 foizidan ortiq boʻlmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jarima sanksiyasining summasi toʻlanishi sugʻurtalovchini sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Toʻlov qobiliyati normativlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
5. Agar hisobot davridagi (chorak, yarim yil, 9 oy, yil) faoliyat yakunlari boʻyicha toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi 1 dan 0,5 gacha kamaygan taqdirda, sugʻurtalovchi kamchilik aniqlangan sanadan boshlab oʻn kun ichida moliyaviy ahvolni sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar majmuasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasiga (bundan buyon matnda Davsugʻurtanazorat deb yuritiladi) kelishish uchun taqdim etmasa, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan sugʻurtalovchilarning alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori yoki majburiyatlari jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdoriga oid talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Sugʻurtalovchilar aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinmaganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
7. Sugʻurtalovchi tomonidan bogʻliq shaxslarga imtiyozli shartlar taqdim etilgan, sugʻurtalovchi aktivlarini sugʻurtalovchining dastlabki ikki yillik faoliyati davomida bogʻliq shaxslarda joylashtirgan, shuningdek sugʻurtalovchi aktivlarini:
intellektual mulkka qoʻyilmalar (dasturiy taʼminot, maʼlumotlar bazasi, adabiyot, firma nomlari va tovar belgilarini xarid qilish bundan mustasno);
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan qarz shartnomasini tuzish (moliyaviy yordam berish), yoʻli bilan joylashtirgan taqdirda, —
sugʻurtalovchiga har bir kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Quyidagi hollarda, agarda:
sugʻurtalovchi tomonidan berilgan qarzlarning umumiy summasi sugʻurtalovchining ustav kapitalining 10 foizidan oshgan;
sugʻurtalovchi oʻz mablagʻlari manbalari summasining 30 foizidan oshgan hajmdagi qarzlarni (moliyaviy yordamni) bu haqda Davsugʻurtanazoratni xabardor etmay olgan;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchi tomonidan bitta bogʻliq shaxsda joylashtirilgan aktivlarning summasi, sugʻurtalovchi ustav kapitalining 15 foizidan oshgan (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchi tomonidan barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi sugʻurtalovchi ustav kapitalining 100 foizidan oshgan (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
xususiy mulk yoki unga boʻlgan huquq garovga berilganda, kafolat berilganda yoxud balansda aks etmagan boshqa majburiyat qabul qilinganda, sugʻurtalovchi besh kunlik muddatda Davsugʻurtanazoratni yozma ravishda xabardor qilmagan taqdirda,—
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchiga har bir kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kamchiliklar bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga har bir takroriy kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Quyidagi hollarda, agarda:
sugʻurtalovchi boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitallariga joylashtirgan aktivlarining umumiy summasi sugʻurtalovchi ustav kapitalining 50 foizidan oshgan (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchining har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi ushbu yuridik shaxsning ustav kapitalining 30 foizidan oshgan (sugʻurta faoliyati, shuningdek sugʻurta faoliyatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan faoliyatni amalga oshiradigan shoʻba korxonalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurtalovchining aktivlari koʻchmas mulk obyektlariga joylashtirilganda, sugʻurtalovchi aktivlarining 50 foizidan ortigʻini bitta yer uchastkasi yoki koʻchmas mulkning boshqa obyektiga yoxud bitta obyekt sifatida koʻrilishi mumkin boʻlgan yer uchastkalari va koʻchmas mulk obyektlari majmuiga joylashtirilgan;
sugʻurtalovchining aktivlarini bank omonatlariga (depozitlariga) joylashtirishda, bitta tijorat bankiga joylashtirilgan omonat sugʻurtalovchi aktivlarining 40 foizidan oshgan;
sugʻurtalovchining aktivlarini kredit tashkilotlarida (tijorat banklaridan tashqari) omonatlarga (depozitlarga) joylashtirishda, omonatlarning (depozitlarning) umumiy summasi sugʻurtalovchi aktivlarining 10 foizidan oshgan;
sugʻurtalovchi aktivlarini bitta yuridik shaxsning ustav kapitaliga joylashtirish yoki bitta yuridik shaxsda ishtirok etish boʻyicha boshqa huquqlari sugʻurtalovchi aktivlarining 30 foizidan oshgan (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), taqdirda, —
sugʻurtalovchiga har bir kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kamchiliklar bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga har bir takroriy kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilmaganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
10. Quyidagi hollarda, agarda:
sugʻurtalovchi tavakkalchiliklarni tasdiqlangan deb hisoblanmaydigan qayta sugʻurtalovchilarga qayta sugʻurtaga bergan;
majburiyatlar chet el sugʻurta tashkilotlarida qayta sugʻurtalanganda, Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga qayta sugʻurtaga berilgan majburiyatlar hajmi sugʻurtalovchining har bir alohida sugʻurta (qayta sugʻurta qilish) shartnomasi boʻyicha majburiyatlar hajmining 95 foizdan oshgan;
majburiyatlar chet el sugʻurta tashkilotlarida qayta sugʻurtalanganda, oʻzida qoldirilgan ulushning eng kam miqdori sugʻurtalovchining toʻlov qobiliyati marjasining haqiqiy miqdorining 5 foizidan kam boʻlgan (eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish va chet elga chiquvchi shaxslarni sugʻurta qilish shartnomalari bundan mustasno), taqdirda, —
sugʻurtalovchiga har bir kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Sugʻurta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish tartibi va shartlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
11. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi shakllantirishi shart boʻlgan sugʻurta zaxiralari shakllantirilmagan yoki toʻliq boʻlmagan miqdorda shakllantirilgan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi ajratishi shart boʻlgan aktivlar sugʻurtalovchi tomonidan ajratilmagan yoki sugʻurta zaxiralari qiymatidan kam boʻlgan miqdorda ajratilgan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Sugʻurtalovchining ajratilgan aktivlarining 70 foizidan kam miqdori Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatbaho qogʻozlaridan; bank omonatlaridan (depozitlaridan); bankdagi hisob (valyuta) schyotlari va boshqa schyotlardagi va/yoki kassadagi pul mablagʻlari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan mablagʻlardan; chet el davlatlarining davlat qimmatbaho qogʻozlaridan (Davsugʻurtanazorat bilan kelishilgan holda); Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarish va aylanishiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yoʻl qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan, qimmatli qogʻozlar bozorida savdoni tashkil qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega chet el emitentlari tomonidan chiqarilgan va qimmatli qogʻozlar bozorida aylanishiga yoʻl qoʻyilgan qimmatli qogʻozlardan yoki ularning baʼzilaridan tashkil topgan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi tomonidan taqdim etiladigan sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi hisobotlarda koʻrsatilgan sugʻurta zaxiralari miqdori sugʻurtalovchining buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlariga mos kelmagan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Sugʻurta agentlari toʻgʻrisidagi nizom talablarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
15. Sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta agentiga toʻlangan komissiya pulining miqdori sugʻurta agenti tuzgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan sugʻurta mukofotlarining (toʻlovlarining) 25 foizidan oshgan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Hisobotlarni taqdim etish shakli, tartibi va muddatlariga rioya qilmaganligi uchun sugʻurtalovchilarga qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari
16. Sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan:
Keyingi tahrirga qarang.
toʻlov qobiliyati normativlari hisob-kitoblarini;
sugʻurtalovchilarning aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
qayta sugʻurta qilish operatsiyalariga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
sugʻurta zaxiralari toʻgʻrisidagi hisobotlarni, taqdim etish shakli, tartibi va muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, —
sugʻurtalovchiga har bir kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,03 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan kamchiliklar bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga har bir takroriy kamchilik uchun sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Hisobot maʼlumotlari buzib koʻrsatilgan (bila turib yolgʻon va notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etilgan) taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,07 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchilik bir yil davomida takrorlangan taqdirda, sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Yakunlovchi qoidalar
18. Mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar hisobotlarni oʻrganish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish davomida, shuningdek sugʻurtalovchilarning faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qabul qilinadi.
Davsugʻurtanazorat kamchiliklar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida kamchiliklar tavsifi va jarima sanksiyalari miqdorini koʻrsatgan holda tegishli xulosa tayyorlaydi va mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Moliya vazirligi rahbariyatiga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisida qarorlar kamchiliklar aniqlangan kundan boshlab oʻttiz kun ichida qabul qilinadi va Moliya vazirligining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Sugʻurtalovchiga jarima sanksiyasini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida Moliya vazirligi jarima sanksiyasining qoʻllanishiga olib kelgan yoʻl qoʻyilgan kamchilikni koʻrsatgan holda sugʻurtalovchiga yozma ravishda xabar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Sugʻurtalovchi jarima summasini yozma ravishda berilgan xabar olingan kundan boshlab oʻn kun ichida toʻlashi va jarima summasi toʻlangan kundan boshlab uch kun ichida Moliya vazirligiga toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan sugʻurtalovchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.