07.08.2008 yildagi 173-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AYRIM FANLAR CHUQUR OʻRGANILADIGAN DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTAʼLIM MUASSASALARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan quyidagi turlari belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalari ixtisoslashtirilgan sinflarining, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning davlat taʼlim standartlari talablaridan oshadigan chuqur taʼlim tayyorgarligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional taʼlim dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik oʻzlashtirish uchun asos yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda gimnaziyalar, litseylar, litsey-internatlar, maktablar, maktab-internatlar, ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan sinflarning moddiy-texnika bazasini va taʼlim faoliyati samaradorligini, tegishli pedagog kadrlar bilan taʼminlanganligini kompleks xatlovdan oʻtkazsinlar va uning yakunlari boʻyicha ularning faoliyatini toʻxtatish yoki ularda faqat zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlgandagina, sonini ancha qisqartirgan holda, ularning negizida tegishli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari tashkil etish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnik bazaning quvvatini hisobga olib ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish kvotasini belgilasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy pedagogik metodikalar va texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Futbol boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga oʻquvchilar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining namunaviy oʻquv rejalari, dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda bolalar ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻqiganligi uchun belgilangan toʻlovdan tushadigan tushumlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik (begʻaraz) mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari ishini takomillashtirish uchun budjetdan tashqari manbalar va homiylik (begʻaraz) yordami hisobiga qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlarni jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda ustamalar qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foiz — ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida oʻqituvchilarga, shuningdek ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda pedagog xodimlarga, shu jumladan tarbiyachilar yordamchilariga chuqur oʻrganiladigan fanlar boʻyicha amalda oʻtkazilgan darslar uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foiz — ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquv jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan direktorlar, ularning oʻrinbosarlari va psixologlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foiz — ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan direktorlar, ularning oʻrinbosarlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin hamda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston — Turkiya litseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 27-maydagi 255-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 21-noyabrdagi 440-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 11-son, 44-modda) va qarorga 2-ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston — Turkiya litseylarining faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 27-maydagi 255-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 1998-yil 8-maydagi 196-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari (keyingi oʻrinlarda “ixtisoslashtirilgan sinf” deb ataladi), davlat ixtisoslashtirilgan maktablari va maktab-internatlar (keyingi oʻrinlarda “ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi” deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek oʻz ustaviga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari taʼlim jarayonini umumiy oʻrta taʼlim davlat standartlariga va ayrim fanlarni chuqur oʻrganish boʻyicha qoʻshimcha taʼlim dasturlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi muassis tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (respublika muassasalari uchun), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining muassislari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, bankda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar, blankalariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasini akkreditatsiya qilish attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida hujjatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va tegishli fanlardan ogʻzaki va yozma sinovlar oʻtkazish hamda ota-onalarning murojaatlarini koʻrib chiqish Komissiyasi tuziladi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibi 5 nafardan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkil etilib, uning tarkibiga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktab) direktori, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi vakili hamda umumtaʼlim muassasasi oʻqituvchilari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumtaʼlim maktab) direktori Komissiya raisi hisoblanadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 254-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 379-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ixtisoslashtirilgan sinflar umumtaʼlim maktablarida taʼlimning 2-sinfidan boshlab ayrim sinflarni ixtisoslashtirilgan sinflarga aylantirish yoʻli bilan ularning umumiy soni doirasida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 379-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 1-sinf oʻquvchilarini Komissiya tomonidan tegishli fanlar boʻyicha ogʻzaki va yozma sinovdan oʻtkazish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 379-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-sinfni tamomlagan oʻquvchilarning qobiliyatlarini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy organlarining vakillari ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligining hududiy organlari tomonidan oʻtkaziladigan psixologik-pedagogik diagnostika natijalari ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etish mezonlari hisoblanadi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 379-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan ogʻzaki va yozma sinovlar hamda psixologik-pedagogik diagnostika materiallari va metodikasi boshlangʻich taʼlim sohasidagi yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 379-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar taʼlimning 2-sinfidan boshlab 50 foizdan ortiq sinflarni ixtisoslashtirilgan sinflarga aylantirish yoʻli bilan umumtaʼlim muassasasi sinflarining umumiy soni doirasida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 8-bandida bayon qilingan mezonlar ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish mezoni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar taʼlimning 5-sinfidan boshlab sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq oʻqish va yashash uchun zarur shart-sharoitlar taqdim etilgan holda oʻquvchilarning barcha jalb etilgan kontingentini iqtidor va isteʼdodni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan kompleks taʼlim-tarbiya jarayoni bilan qamrab olish maqsadida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin 4-sinf oʻquvchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan tegishli fanlar boʻyicha test sinovidan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-sinf oʻquvchilarining qobiliyati va mayllarini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy organlarining vakillari ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligining hududiy organlari tomonidan oʻtkaziladigan psixologik-pedagogik diagnostika natijalari ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish mezoni hisoblanadi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 379-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test sinovi materiallari va metodikasi Davlat test markazi tomonidan, psixologik-pedagogik diagnostika materiallari va metodikasi — boshlangʻich va umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi yetakchi mutaxassislar jalb etilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi ishtirokida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif umumtaʼlim muassasasi direktori tomonidan tegishli tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimiga kiritiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tegishli tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi tuman (shahar) hokimi bilan kelishgan holda har bir muassasa va alohida fanlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga kiritadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari tashkil etish uchun tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari tomonidan taklif etilgan taʼlim muassasalarining oʻquv va moddiy-texnika bazasini, pedagog kadrlar faoliyatini va boshqa koʻrsatkichlarni joyiga borib kompleks oʻrganadilar;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabning oʻquv va moddiy-texnika bazasi normativ talablariga muvofiq boʻlgan, tayyorlash darajasining yuqori koʻrsatkichlari va pedagog kadrlar faoliyati natijalari, shuningdek viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki Toshkent shahri) maktablari orasida maktabning yuqori reytingi mavjud boʻlgan taqdirda ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq test sinovlari va diagnostikani oʻtkazish uchun buyurtmanomani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligiga beradilar.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 379-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kompleks oʻrganish, tegishli fanlar boʻyicha oʻtkazilgan ogʻzaki va yozma sinovlar (yoki test sinovi) hamda psixologik-pedagogik diagnostikaning natijalari yuqori boʻlgan taqdirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 379-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari tashkil etish boʻyicha kiritilgan takliflarni oʻrganib ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari tashkil etish boʻyicha xulosani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarni oʻrganib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi aniq, tabiiy, gumanitar fanlar, xorijiy tillar va sanʼat boʻyicha ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining respublika mintaqalari boʻyicha teng joylashtirilishi va miqdoriy balansi prinsipiga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi va umumtaʼlim maktablarida ixtisoslashtirilgan sinf tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan, respublika boʻysunishidagi ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi uchun esa — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini koʻradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oʻrganish va baholash Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻquv-tarbiya jarayoni sifati boʻyicha muayyan natijalarga erishmagan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining taqdimnomasi boʻyicha umumiy tipdagi umumtaʼlim maktablariga (sinflarga) aylantiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 9-sentabrdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 379-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlimning chuqurlashtirilgan fanlari boʻyicha oʻquvchilarning davlat taʼlim standartlari talablaridan oshadigan chuqur taʼlim tayyorgarligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oʻquvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional dastur taʼlimlarini ongli tanlash va keyinchalik oʻzlashtirish uchun asos yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisining bolalarni ixtisoslashtirilgan chuqur oʻqitishga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda umumiy va ixtisoslashtirilgan shaxsga yoʻnaltirilgan oʻqitishning taʼlim dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning iqtidori va kamol topishi dinamikasining psixologik-pedagogik diagnostikasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimning uzviyligi va uzluksizligi asosida intensiv intellektual rivojlantirishni, chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirilgan oʻqitishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy va qoʻshimcha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va ular integratsiyasini amalga oshirish, loyihadagi oʻqitishga oʻtgan holda taʼlim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga innovatsiya, pedagogika va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning maʼlumoti darajasi oshishiga, samarali tayyorlanishiga, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga kirishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning respublika va xalqaro seminarlar, konferensiyalar, festivallar va boshqa intellektual-ijodiy tadbirlarda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidor va isteʼdodni aniqlash hamda kamol toptirish boʻyicha oʻquvchilarni fanlar olimpiadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning ilmiy guruhlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, oʻqitishning qancha davom etishi va muddatlari oʻquv rejalari, dasturlar, kalendar oʻquv jadvali, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tegishli normativ hujjatlari va umumtaʼlim muassasasining ustavi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Taʼlim jarayoni ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarda 2 — 9-sinflarning maxsus oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni 1-sinfdan boshlab oʻqishga qabul qiladigan umumtaʼlim muassasalarida fanlarni chuqur oʻrganish 2-sinfdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquv-tarbiya jarayoni 5 — 9-sinflar doirasida maxsus oʻquv rejalari va dasturlar boʻyicha tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflarda va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquv-tarbiya jarayoni 2—4-sinflarda oʻquvchilarning kamol topishini, ularning ovoz chiqarib oʻqish, yozish, sanoqni, oʻquv faoliyatining asosiy malaka va koʻnikmalarini, ijodiy tafakkur qilish elementlarini, oʻquv harakatlarini oʻzi nazorat qilishi koʻnikmalarini, xulq-atvor va nutq madaniyatini, shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarzi asoslarini egallab olishini taʼminlaydi. Bunda oʻquvchilarning individual xususiyatlari, gumanitar, tabiiy, ilmiy yoki estetik fanlarga boʻlgan qobiliyatlari oʻrganiladi hamda oʻqish tamom boʻlgandan keyin oʻrganish, psixologik-pedagogik diagnostika natijalari hisobga olingan holda ularni bundan keyin oʻqishga yoʻnaltirishni tanlash boʻyicha tavsiyalar qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 5 — 9-sinflarda oʻquv-tarbiya jarayoni ixtisosli fanlarning asosiy kursining chuqurlashtirilgan mazmuni oʻrganilishini va ularning amaliy yoʻnaltirilganligi kuchaytirilishini, shuningdek oʻquvchilar shaxsi, ularning mayllari, manfaatlari va ijtimoiy jihatdan oʻzlarini belgilashga qobiliyatlari qaror topishi va shakllanishining shart-sharoitlarini taʼminlaydi. Bunda oʻquvchilarning individual xususiyatlari va isteʼdodi namoyon boʻlishi va rivojlanishi dinamikasi oʻrganiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Taʼlimning mazmuni mayllar va shakllangan manfaatlar hisobga olingan holda kasb-hunar taʼlimi dasturlarini, bilimlarning alohida sohalarini ongli ravishda tanlash va oʻzlashtirishga tayyor boʻlgan har tomonlama intellektli, tadqiqot mehnati koʻnikmalariga ega boʻlgan shaxsni shakllantirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Taʼlim jarayoni shaxsga yoʻnaltirilgan yoʻnalishga ega boʻladi, oʻquv-tarbiya jarayonining har xil turlariga anʼanaviy va noanʼanaviy yondashish birga qoʻshib olib boriladigan oʻqitish va tarbiyalashning ixcham shakllarining keng doirasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi sinflari soni taʼlim jarayonini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan sanitariya normalari va qoidalariga qarab belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ixtisoslashtirilgan sinflarda oʻquvchilar soni 30 kishidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Laboratoriya ishlari va amaliy ishlarni bajarish, shuningdek ayrim fanlarni chuqur oʻrganish uchun sinflarni ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Keyingi sinflarga oʻtkazish va oʻqitish bosqichlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan muddatlar va tartibda oʻquvchilar bilimlarining yakuniy attestatsiyasi natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilariga umumiy oʻrta maʼlumot toʻgʻrisidagi shahodatnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar shaharda kamida 250 oʻquvchi kontingenti va qishloq tumanlarida kamida 150 oʻquvchi kontingenti bilan tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarini joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlarni chuqur oʻrganish boʻyicha mualliflik oʻquv dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi bilan kelishgan holda mustaqil ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bazaviy oʻquv rejasi asosida maxsus oʻquv rejasini ishlab chiqish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik kalendar oʻquv jadvali va mashgʻulotlar jadvalini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va tarbiyaning qonun hujjatlariga zid boʻlmagan turli shakllari, vositalari va usullarini qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ustav faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy mablagʻlar va moddiy resurslarning qoʻshimcha manbalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim olayotganlarni oraliq attestatsiyadan oʻtkazish shakllari, tartibi va davriyligini mustaqil tanlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sifati hamda oʻquv rejasi va oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq taʼlim dasturlari toʻliq hajmda amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini tashkil etishning qoʻllanilayotgan shakllari, usullari va vositalarining oʻquvchilarning yosh bilan bogʻliq psixofiziologik xususiyatlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning moslashishi va oʻzlashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar va xodimlarning huquqlariga rioya qilinishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor bevosita rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Direktorga nisbatan quyidagi asosiy malaka talablari qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — taʼlim sohasida kamida 5 yil pedagoglik va 10 yil umumiy ish staji mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun - taʼlim sohasida kamida 10 yil pedagogik staj va rahbarlik lavozimida 5 yil ish staji mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilini bilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egalik, bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bogʻliq psixologiyasini bilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter texnologiyalarini va oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallaganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim dasturlari va oʻquv qoʻllanmalari yaratishda metodik ishlanmalar va tajriba mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Direktor ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi nomidan ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasining barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi tegishli organlari koʻrib chiqishi uchun moddiy-texnika bazani mustahkamlash, oʻquv-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi faoliyatining boshqa masalalari boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog xodimlar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari direktorlari attestatsiyasi belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida pedagogika, metodika va vasiylik kengashlari tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Ularning faoliyati tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oʻquvchilar, ota-onalar yoki ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslar, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari taʼlim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari bepul umumiy oʻrta maʼlumot olish, tibbiy xizmatdan foydalanish, turli tadbirlarda (konferensiyalar, olimpiadalar, koʻrgazmalar va tanlovlarda) qatnashish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilari ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining ustaviga va ichki tartib-qoidalariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining ustaviga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Oʻquvchilarni individual psixologik-pedagogik jihatdan qoʻllab-quvvatlash ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining psixologiya, pedagogika xizmati mutaxassislari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Oʻquv-tarbiya jarayoniga boshqa taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin hamda ushbu muassasaning barcha huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari ularga joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Pedagog kadrlarni ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga ishga qabul qilish oliy yoki birinchi malaka toifasi mavjud boʻlgan taqdirda oliy pedagogik maʼlumotli shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari pedagog kadrlarining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi ustaviga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Pedagog xodimlarga oʻquv yuklamasi hajmi (pedagogik ish hajmi) oʻquv rejasi boʻyicha soatlar sonidan, shuningdek kadrlar bilan taʼminlanganlik boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Oʻquv yili boshida belgilangan oʻquv yuklamasi hajmi oʻquv yili mobaynida oʻzgartirilishi mumkin emas, oʻquv rejalari boʻyicha soatlar soni kamayishi yoki sinflar soni qisqarishi hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida oʻqish, dam olish va ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq tibbiyot xodimlarining qatʼiy nazorati ostida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Kasallikning vaqtli diagnostikasi va profilaktikasi maqsadlarida har bir oʻquv yili boshida ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarining oʻquvchilari dispanser koʻrigidan (toʻliq tibbiy koʻrikdan) oʻtkazilishi kerak. Rivojlanishning salbiy koʻrsatkichlari aniqlangan taqdirda oʻquvchilar tibbiy komissiyaning tavsiyasiga koʻra yashash joyidagi umumtaʼlim muassasasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatlari oʻquvchilari ushbu ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari huzurida yashash joylari bilan taʼminlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktab-internatlarining ota-onalar va ota-onalarning oʻrnini bosadigan shaxslar bilan birga yashaydigan tarbiyalanuvchilari soni qishloq joylarda oʻquvchilar butun kontingentining 5 foizidan va shahar joylarda 10 foizidan ortmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining mol-mulki va moliya-xoʻjalik faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasiga qoʻshimcha budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish budjetdan moliyalashtirish pasayishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari xodimlarining shtatdagi soni umumtaʼlim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar oʻquvchilari belgilangan tartibda ovqat bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq doirada tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ruxsat berilgan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining balansida hisobga olingan mol-mulk tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq taʼlim masalalari boʻyicha xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasini qayta tashkil etish va tugatish muassisning qarori boʻyicha yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tegishli taʼlimni boshqarish organi oʻquvchilarning ota-onalari yoki ota-onalarning oʻrnini bosadigan shaxslar bilan kelishuv boʻyicha oʻquvchilarning boshqa taʼlim muassasalariga oʻtkazilishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 312-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda, 37-son, 379-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son, 18.10.2019-y., 09/19/880/3934-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)