Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.07.2008 yildagi 162-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SPORT ANJOMLARI, INVENTARLARI VA ASBOB-USKUNALARINING IXTISOSLAShTIRILGAN SINOV LABORATORIYASINI TAShKIL ETISh VA JIHOZLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan xalqaro standartlarga javob beradigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2008 — 2012-yillar davrida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 20-fevraldagi 26-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzstandart” agentligining “Toshkent shahar sinash va standartlashtirish markazi” davlat korxonasi huzurida Sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining ixtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasi deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzstandart” agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasining moddiy-texnik bazasini shakllantirish hamda uni sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish imkonini beradigan zarur sinash va oʻlchash asbob-uskunalari bilan taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinadigan asbob-uskunalarni metrologik attestatsiyadan oʻtkazish va qiyoslash, shuningdek ixtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilish yuzasidan zarur ishlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 28-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 31-32-son, 300-modda)