Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 24.04.2008 yildagi PF-3991-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARINI RAGʻBATLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 63 yilligi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 80 000 (sakson ming) soʻm miqdorda bir martalik pul mukofoti belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar respublika budjeti hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va shaʼnu sharafi himoyachilariga bagʻishlangan maxsus uchrashuv va maʼrifiy-badiiy kechalar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 24-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3991-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 220-modda)