Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT QONUNLARI KODEKSIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun oʻz kuchini yoʻqotganligi munosabati bilan amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mehnat shartnomasining (kontraktning) namunaviy shaklini ishlab chiqsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oylik muddat ichida “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunlari kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni hisobga olgan holda Mehnat qonunlari kodeksini qayta nashr etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
930-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 10-son, 373-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 146-modda)