OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari boʻyicha yoʻriqnoma”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 14-iyulda 1836-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019-yil 16-dekabrdagi 16-mh, 16, 19-mh, 12-2019 va 18-q/q-sonli “Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3214, 27.01.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi 293-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi va 2006-yil 10-fevraldagi 21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlarning ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari boʻyicha yoʻriqnoma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-iyun,
01-193-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-iyun,
173-son
Xalq taʼlimi vaziri Gʻ. ShOUMAROV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-iyun,
25-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligining 2008-yil 12-iyundagi 01-193, 173, 25-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari boʻyicha
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
yoʻriqnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyundagi 293-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi hamda 2006-yil 10-fevraldagi 21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan barcha maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarini (bundan keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari attestatsiyasi hududiy attestatsiya komissiyalari tomonidan, boshqa taʼlim muassasalari attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (bundan keyingi oʻrinlarda DTM deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi hamda oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
Ushbu Yoʻriqnoma talablari jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni oʻqitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga tatbiq qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Attestatsiya taʼlim muassasalarida taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha oʻtkaziladi hamda ularning faoliyati attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari boʻyicha baholanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
3. Taʼlim muassasalari attestatsiyasi DTM tomonidan tuziladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan attestatsiyadan oʻtkazish jadvali asosida oʻtkaziladi.
4. Taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya komissiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
II. Attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari
(2-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
1-§. Maktabgacha taʼlim muassasalarini baholash
6. Maktabgacha taʼlim muassasalari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi (600 ballgacha):
a) taʼlim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi boʻyicha (100 ballgacha).
Taʼlim muassasasining normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlanishi, taʼlim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi har bir normativ-huquqiy hujjatning ijrosini taʼminlash maqsadidan kelib chiqqan holda taʼlim muassasasida hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boʻyicha koʻrilgan amaliy chora-tadbirlarning toʻlaqonli bajarilishi nazoratga olinganligiga, ijro intizomiga qatʼiy amal qilinganligiga, shuningdek, hujjatlar ijrosi boʻyicha yigʻma jildlarning mavjudligiga baho beriladi. Tashkiliy va boshqaruv hujjatlarining yuritilishi oʻrganiladi;
b) tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirish darajasi boʻyicha (300 ballgacha).
Tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirish darajasi maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiyasiga qoʻyiladigan davlat talablariga asosan oʻrganiladi.
Nazorat ishlarining natijalari asosida Komissiya tomonidan taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilarining bilim, koʻnikma va malaka (tasavvur, tushunchalar) tayyorgarligi darajasiga ballar mezon talablariga asosan quyidagi tartibda qoʻyiladi:
jismoniy rivojlanishi boʻyicha:
tarbiyalanuvchilarning 80 foizi va undan koʻpi nazorat ishlarini qoniqarli, yaxshi va aʼlo (bundan keyingi oʻrinlarda ijobiy deb yuritiladi) baholarga bajarsa, mos ravishda 80 balldan 100 ballgacha;
tarbiyalanuvchilarning 55 foizdan 80 foizigachasi nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, mos ravishda 55 balldan 80 ballgacha;
tarbiyalanuvchilarning 55 foizdan kami oʻtkazilgan nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, 0 ball beriladi;
nutq va tafakkurining rivojlanishi boʻyicha:
tarbiyalanuvchilarning 80 foizi va undan koʻpi nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, mos ravishda 80 balldan 100 ballgacha;
tarbiyalanuvchilarning 55 foizdan 80 foizigachasi nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, mos ravishda 55 balldan 80 ballgacha;
tarbiyalanuvchilarning 55 foizdan kami oʻtkazilgan nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, 0 ball beriladi;
maʼnaviy-madaniy yetuklik boʻyicha:
tarbiyalanuvchilarning 80 foizi va undan koʻpi nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, mos ravishda 80 balldan 100 ballgacha;
tarbiyalanuvchilarning 55 foizdan 80 foizigachasi nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, mos ravishda 55 balldan 80 ballgacha;
tarbiyalanuvchilarning 55 foizdan kami nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, 0 ball beriladi;
v) tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati boʻyicha (100 ballgacha).
Taʼlim muassasalari tarbiyachi pedagog kadrlari salohiyati, rahbar va pedagog kadrlar lavozim vazifalari taqsimotining malaka talablariga muvofiqligi, rahbar va pedagog kadrlar toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻrganiladi.
Tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyatini aniqlashda, taʼlim muassasasidagi oliy maʼlumotlilar hamda oliy va I-toifali pedagoglar soni qoʻshiladi. Ular yigʻindisi jami tarbiyachi pedagog kadrlar sonining ikkiga koʻpaytmasiga boʻlinadi va natija 100 ga koʻpaytiriladi;
g) bolalar rivoji uchun oʻyinchoqlar, uslubiy qoʻllanma va bolalar adabiyoti bilan taʼminlanganligi, sport maydonchalari va zarur sharoitlarning yaratilganligi, ovqatlanish hamda dam olish xonalarining belgilangan sanitariya-gigiyenik va estetik talablarga mosligi va ulardan foydalanish holati boʻyicha (100 ballgacha).
Taʼlim muassasasi binosi va hududining holati, kommunikatsiya aloqa vositalari bilan taʼminlanganligi va undan foydalanish, oʻquv-koʻrgazmali qurollar va oʻyinchoqlar bilan taʼminlanganligi, sport zali va maydonlarining mavjudligi va holati, sport inventarlari bilan taʼminlanganligi, maydonchada sayr oʻtkazish uchun zarur boʻladigan jihozlar, xoʻjalik jihozlari bilan taʼminlanganligi, sarflanadigan oziq-ovqat turlari va miqdori belgilangan normalar asosida oʻrganiladi.
7. Maktabgacha taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish koʻrsatkichlarning har biri alohida baholanadi. 6-bandning “a”, “v”, “g” kichik bandlarida keltirilgan koʻrsatkichlar boʻyicha toʻplangan ball mezonlarda belgilangan ballning 65 foizidan kam boʻlsa, ushbu koʻrsatkichlarning natijasi umumiy ball chiqarilganda hisobga olinmaydi va koʻrsatkichlar soni kamaytirilmaydi.
2-§. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini baholash
8. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi (1000 ballgacha):
a) Taʼlim jarayoniga davlat taʼlim standartlarining joriy etilganligi boʻyicha (100 ballgacha):
taʼlim muassasasining normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlanishi, ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning taʼlim muassasasi boshqaruviga tatbiq etilishi, taʼlim jarayoniga davlat taʼlim standartlarining joriy etilishi, tashkiliy va boshqaruv hujjatlarining yuritilishi, oʻquv-pedagogik hujjatlarning rasmiylashtirilishi va yuritilishi, yillik ish rejaning bajarilishi oʻrganiladi hamda baholanadi;
b) oʻquvchilar bilim darajalarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligi boʻyicha (200 ballgacha):
oʻquvchilar bilim darajalarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligi attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan nazorat ishlari orqali baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiyaning qaroriga binoan nazorat ishi olinadigan sinflar qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlanadi (sinflar soni toʻliq keltiriladi va taʼlim muassasasi rahbari ishtirokida oʻtkaziladi). 4 va 9-sinflardan parallel sinflarning kamida yarmi, qolgan sinflardan Komissiya tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan bittasi tanlanadi (1-sinf oʻquvchilari nazorat ishlarida qatnashmaydi). Taʼlim bir nechta tilda olib boriladigan taʼlim muassasalarida 4 va 9-sinflarda taʼlim tiliga qarab, ularning har biridan bittadan sinf tanlanadi. Nazorat ishlarida oʻquvchilarning 100 foizi qatnashishi taʼminlanishi zarur. Nazorat ishlarida uzrsiz sababga koʻra qatnashmagan oʻquvchilarga “qoniqarsiz” baho qoʻyiladi va uning natijasi umumiy natija chiqarilayotganda hisobga olinadi. Komissiya faoliyati davrida sababli asosga koʻra nazorat ishida qatnashmagan oʻquvchilar natija chiqarilayotganda hisobga olinmaydi va oʻquvchilar umumiy sonidan chiqarib tashlanadi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari bilim darajasi 2-sinfda: ona tilidan yozma (diktant — oʻquv yili birinchi yarmida 25 — 30 ta soʻz, oʻquv yilining oxirida 30 — 40 ta soʻz), matematikadan yozma (3 ta misol);
3-sinfda ona tilidan yozma (diktant-oʻquv yili birinchi yarmida 45 — 55 ta soʻz, oʻquv yilining oxirida 50 — 60 ta soʻz), taʼlim rus yoki boshqa tilda olib boriladigan sinflar uchun oʻzbek tilidan yozma (diktant — 12 — 16 ta soʻz), taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun rus tilidan yozma (diktant — 40 — 45 ta soʻz);
(8-band “b” kichik bandining uchinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4-sinfda ona tilidan yozma (diktant — oʻquv yili birinchi yarmida 65—70 ta soʻz, oʻquv yilining oxirida 75—80 ta soʻz), oʻqish (ogʻzaki oʻqish tezligi bir daqiqada 80—90 ta soʻz), matematikadan yozma (3 ta misol va 2 ta masala);
(8-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
5-sinfda adabiyotdan 20 ta test savoli, matematikadan yozma (5 ta misol), geografiyadan 20 ta test savoli;
Oldingi tahrirga qarang.
6-sinfda botanikadan 20 ta test savoli, xorijiy tildan 20 ta test savoli, oʻzbek tilidan (taʼlim rus yoki boshqa tilda olib boriladigan sinflar uchun) yozma (diktant — 25 — 30 ta soʻz), rus tilidan (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) yozma (diktant — 60 — 65 ta soʻz);
(8-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
7-sinfda ona tili va adabiyotdan yozma (diktant — oʻquv yili birinchi yarmida 130 ta soʻz, oʻquv yilining oxirida 155 ta soʻz), fizikadan yozma (4 ta misol va masala), xorijiy tildan 25 ta test savoli;
8-sinfda ona tili va adabiyotdan yozma (diktant — oʻquv yili birinchi yarmida 155 ta soʻz, oʻquv yilining oxirida 180 ta soʻz), tarix yoki davlat va huquq asoslaridan 30 ta test savoli, kimyodan yozma (5 ta masala);
9-sinfda ona tili va adabiyotdan yozma (ijodiy bayon — 350-400 ta soʻz), matematikadan yozma (5 ta misol va masala), fizikadan 25 ta test savoli, tarix yoki davlat va huquq asoslaridan 30 ta test savoli, kimyodan 25 ta test savoli, oʻzbek tili (taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar)dan 25 ta test savoli, rus tili (taʼlim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar)dan 25 ta test savolidan iborat nazorat ishlari olinadi.
Nazorat ishlarining oʻtkazilishi va baholanishida attestatsiya oʻtkazilayotgan taʼlim muassasasi pedagog kadrlarining ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nazorat ishlarining natijalari asosida Komissiya tomonidan taʼlim muassasasi bitiruvchilari va oʻquvchilarining bilim, koʻnikma va malakalariga, tayyorgarlik darajasiga ballar mezon talablariga asosan quyidagi tartibda qoʻyiladi:
bitiruvchilarning 75 foizidan koʻpi nazorat ishlarini ijobiy (qoniqarli, yaxshi, aʼlo) baholarga bajarsa, mos ravishda 75 balldan 100 ballgacha;
bitiruvchilarning 60 foizdan 75 foizigachasi nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, mos ravishda 60 balldan 75 ballgacha;
bitiruvchilarning 60 foizidan kami nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, 0 ball beriladi;
oʻquvchilarning 60 foizi va undan koʻpi nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, mos ravishda 60 balldan 100 ballgacha;
oʻquvchilarning 50 foizdan 60 foizigachasi nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, mos ravishda 50 balldan 60 ballgacha;
oʻquvchilarning 50 foizidan kami nazorat ishlarini ijobiy baholarga bajarsa, 0 ball beriladi;
v) oʻquv-uslubiy ishlarning olib borilishi va oʻquvchilarning darslik hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha (100 ballgacha):
oʻquv-uslubiy ishlarning olib borilishi va oʻquvchilarning darslik hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik darajasi, uslubiy kengashning tashkil etilganligi va faoliyati, oʻquvchilarning axborot resurs markazi (kutubxona)dan foydalanilishi baholanadi;
g) pedagog kadrlar salohiyati boʻyicha (100 ballgacha):
taʼlim muassasalari pedagog kadrlari salohiyati, rahbar va pedagog kadrlar lavozim vazifalari taqsimotining malaka talablariga muvofiqligi, rahbar va pedagog kadrlar toʻgʻrisida maʼlumot oʻrganiladi;
pedagog kadrlar salohiyatini aniqlashda taʼlim muassasasidagi oliy maʼlumotga ega shaxslar hamda oliy va I-toifali pedagoglar soni qoʻshiladi. Ular yigʻindisi jami pedagog kadrlar sonining ikkiga koʻpaytmasiga boʻlinadi va natijasi 100 ga koʻpaytiriladi;
d) taʼlim jarayoniga zamonaviy oʻqitish uslublari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi boʻyicha (100 ballgacha):
taʼlim muassasalari oʻquv-tarbiyaviy jarayoniga zamonaviy oʻqitish uslublari va texnologiyalarining joriy etilishi, kompyuter bilan taʼminlanishi va undan foydalanish holati, axborot texnologiyalarining joriy etilishi, namunaviy oʻquv dasturi va oʻquv-mavzuiy rejalarda tavsiya etilgan laboratoriya ishlarining ishchi taqvim-mavzuiy rejalarga kiritilganligi hamda bajarilgan laboratoriya ishlarining soni va sifati tahlili asosida oʻrganiladi va baholanadi;
e) moddiy-texnik salohiyatni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturining bajarilishi holatiga (100 ballgacha):
taʼlim muassasalari moddiy-texnik salohiyatini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturining bajarilishi, binosi va hududining holati, kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlanganligi va undan foydalanishi, maʼmuriy va uslubiy xonalar holati, oʻquv maydonlarining talablarga mosligi, xonalarning oʻquv mebeli va oʻquv-texnik vositalar bilan taʼminlanganligi, fan yoʻnalishi boʻyicha sinf xonalarining oʻquv-koʻrgazmali qurollar bilan taʼminlanganligi, maʼmuriy va uslubiy xonalarning mebel va texnik vositalar bilan, oshxonaning jihozlar bilan tibbiyot xonasining zarur jihozlar va dori-darmonlar bilan taʼminlanganligi amaldagi meʼyoriy talablar asosida oʻrganiladi va baholanadi;
sport inventarlari bilan taʼminlanganligi, sport zali va maydonlarining mavjudligi belgilangan talablar asosida baholanadi;
j) maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning tashkil etilish sifati boʻyicha (100 ballgacha):
taʼlim muassasalari maʼnaviy-maʼrifiy ishlarining tashkil etilishi va bajarilishi, maʼnaviyat va maʼrifat xonasining jihozlanishi, toʻgaraklar faoliyati, hamkorlik ishlari oʻrganiladi;
z) oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarining sifati boʻyicha (100 ballgacha):
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim muassasalari oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarining sifatiga oid amaliy ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2010-yil 7-iyundagi 109-sonli “Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga koʻra oʻrganiladi;
(8-band “z” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
i) reyting baholash tizimining qoʻllanilish sifati boʻyicha (100 ballgacha):
taʼlim muassasalaridagi reyting baholash tizimining qoʻllanishi va oʻquvchilar bilim sifati monitoringining tashkil etilishi oʻrganiladi va baholanadi.
9. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish koʻrsatkichlarining har biri alohida baholanadi.
8-bandning “a”, “v” — “i” kichik bandlaridagi koʻrsatkichlar boʻyicha toʻplangan ball mezonlarda belgilangan ballning 55 foizidan kam boʻlsa, ushbu koʻrsatkichlarning natijasi umumiy ball chiqarilganda hisobga olinmaydi va koʻrsatkichlar soni kamaytirilmaydi.
3-§. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini baholash
10. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
a) oʻquv-tarbiyaviy jarayonning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tashkil etilganligi boʻyicha:
oʻquv-tarbiyaviy jarayonning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tashkil etilganligini oʻrganishda quyidagi talablarning bajarilganligiga eʼtibor beriladi:
akademik litseyda taʼlim yoʻnalishi, kasb-hunar kollejida mutaxassislik boʻyicha tasdiqlangan tarmoq taʼlim standarti, namunaviy va ishchi oʻquv rejalar, oʻquv rejadagi barcha fanlar boʻyicha namunaviy oʻquv dasturlari va kalendar-tematik rejalar, barcha turdagi amaliyotlar boʻyicha namunaviy va ishchi dasturlar mavjud boʻlishi;
ishchi oʻquv reja namunaviy oʻquv rejaga muvofiq ishlab chiqilganligi va uning davlat taʼlim standartlari talablari doirasida boʻlishi;
fanlar boʻyicha kalendar-tematik rejalar hamda amaliyot turlari boʻyicha ishchi dasturlar namunaviy dasturlarga muvofiq ishlab chiqilganligi va unga mos boʻlishi.
Kalendar-tematik rejalar, dars jadvali, oʻquv mashgʻulotlar jurnallarining ishchi oʻquv rejalariga muvofiqligi oʻrganiladi va tahlil qilinadi.
b) taʼlim muassasalarining normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlanganlik darajasi va ularning taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etilganlik holati boʻyicha:
ilmiy-pedagogik kengashning yillik ish rejasi, uning Ilmiy-pedagogik kengash Nizomida belgilangan asosiy vazifalarga muvofiqligi, Ilmiy-pedagogik kengash qarorlarining bajarilishi tegishli bayonnomalar asosida rasmiylashtirilganligi tahlil qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquv-tarbiyaviy jarayonda foydalaniladigan normativ-huquqiy hujjatlarning mavjudligi va taʼlim-tarbiyaviy jarayonga joriy etilganlik holati oʻrganiladi. Jumladan, bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasining tashkil etilishi va oʻtkazilishi, oʻquvchilarning bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi, dars jadvali tuzilishi, oʻquv mashgʻulotlari jurnallari yuritilishi tahlil qilinadi;
(10-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari, idora va tashkilotlardan kelgan hujjatlarning roʻyxatga olinishi va ular ijrosining taʼminlanganligi, normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi oʻrganiladi;
v) oʻquvchilarning oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirish darajasi (bilimi) boʻyicha:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquvchilarning oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirish darajasini aniqlash uchun Komissiya attestatsiyadan oʻtkaziladigan yoʻnalish (mutaxassislik)da taʼlim olayotgan 2-kurs oʻquvchilaridan umumtaʼlim, 3-kurs oʻquvchilaridan chuqurlashtirilgan va mutaxassislik fanlaridan test, yozma ish, kasbiy amaliy imtihon kabi shakllarda nazorat ishlari oʻtkazadi.
(10-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat ishlariga har bir taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik)dan 2-kurs guruhlaridan 1 ta guruh, 3-kurs guruhlarining kamida yarmi jalb etiladi. Nazorat ishlari oʻtkaziladigan guruhlar Komissiya tomonidan qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlab olinadi. Boshqa tillarda taʼlim olib boriladigan guruhlardan 2 va 3 ta guruh tanlangan hollarda ular orasidan bitta boshqa tillarda taʼlim olib boriladigan guruh tanlanadi. Nazorat ishlarida tanlab olingan guruhlar oʻquvchilarining 100 foiz qatnashishi taʼminlanishi zarur. Tanlab olingan guruhlar boshqa guruhlar oʻquvchilari hisobiga toʻldirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Nazorat ishlarida uzrsiz sababga koʻra qatnashmagan oʻquvchilarga “qoniqarsiz” baho qoʻyiladi va uning natijasi umumiy natija chiqarilayotganda hisobga olinadi. Komissiya faoliyati davrida sababli asosga koʻra nazorat ishida qatnashmagan oʻquvchilar natija chiqarilayotganda hisobga olinmaydi va oʻquvchilar umumiy sonidan chiqarib tashlanadi.
(10-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Umumtaʼlim fanlaridan nazorat ishlari ona tili va adabiyoti, xorijiy til, matematika, tarix, fizika, biologiya, kimyo, informatika fanlari orasidan yoʻnalish (mutaxassislik)ning xususiyatiga qarab tanlanadi. Umumtaʼlim fanlaridan nazorat ishlari akademik litseylarda kamida 3 ta fandan, kasb-hunar kollejlarida kamida 2 ta fandan oʻtkaziladi.
(10-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Akademik litseyda taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 3 ta asosiy chuqurlashtirilgan fanlardan nazorat ishlari oʻtkaziladi. Kasb-hunar kollejida oʻquvchilarning oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirish darajasi 1 ta mutaxassislik fanidan nazorat ishi va oxirgi oʻquv yilida oʻtkazilgan kasbiy amaliy imtihon natijalari boʻyicha chiqariladi.
Test savollari kasb-hunar kollejlari 2-kurs oʻquvchilari uchun 2 ta umumtaʼlim fanidan 18 tadan (akademik litsey oʻquvchilari uchun 3 ta fandan 12 tadan), jami 36 ta, 3-kurs oʻquvchilari uchun 3 ta umumkasbiy va maxsus (chuqurlashtirilgan) fanlardan 12 tadan, jami 36 ta savolni tashkil etadi. Test savollarini echish uchun bir astronomik soat, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish uchun qoʻshimcha 10 daqiqa vaqt beriladi.
(10-band “v” kichik bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
Test sinovi natijalari quyidagi mezon boʻyicha baholanadi: test savollarining 55 foizigacha toʻgʻri javob berilsa “qoniqarsiz” baho, 55 foizdan 70 foizigacha “qoniqarli” baho, 70 foizidan 85 foizigacha “yaxshi” baho, 85 foizdan 100 foizigacha toʻgʻri javob berilsa “aʼlo” baho qoʻyiladi.
Yozma ish (insho, bayon, diktant), amaliy imtihonlar taʼlim muassasasida amalda qoʻllanilayotgan baholash mezoni boʻyicha baholanadi.
Taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha tanlangan barcha fanlardan oʻtkazilgan nazorat ishlarida ijobiy baholangan oʻquvchilarning salmogʻi 55 foizdan kam boʻlmasligi lozim;
g) pedagog, muhandis-pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi va ularning sifat tarkibi boʻyicha:
pedagog, muhandis-pedagog va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan taʼminlanganligi, pedagog kadrlar salohiyati, rahbar va pedagog kadrlar lavozim vazifalarining malaka talablariga muvofiqligi oʻrganiladi;
taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) oʻquv rejasidagi barcha fanlar va amaliyotlardan nazariy va amaliy mashgʻulotlarni olib boruvchi pedagog, muhandis-pedagog va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan toʻliq taʼminlangan boʻlishi zarur;
pedagog, muhandis-pedagog va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tayanch maʼlumotining dars berayotgan fanlariga mosligi tahlil qilinadi;
ilmiy darajaga ega, shuningdek oʻquv adabiyotlari nashr etgan rahbar va pedagoglar salmogʻi tahlil qilinadi;
d) oʻquv rejasidagi fanlar boʻyicha zarur oʻquv adabiyotlari (darslik, oʻquv qoʻllanma, lugʻat, maʼruzalar toʻplami, uslubiy qoʻllanma, elektron darslik)ning mavjudligi va axborot-resurs markazi (kutubxona) fondining oʻquv adabiyotlari bilan toʻldirilganligi boʻyicha:
taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganligi tahlil qilinadi. Taʼlim muassasasida taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) oʻquv rejasidagi har bir fandan kamida bitta nomda darslik yoki oʻquv qoʻllanma (darslik va oʻquv qoʻllanma yaratilmagan fandan esa taʼlim muassasasi Ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan tavsiya etilgan maʼruzalar toʻplami) mavjud boʻlishi lozim;
taʼlim muassasasi axborot-resurs markazi (kutubxona)ning oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganlik darajasi oʻrganiladi. Axborot-resurs markazi fondining oʻquv adabiyotlari, jumladan yangi avlod darsliklari bilan oʻquvchilarning taʼminlanganlik darajasi tahlil qilinadi;
e) axborot-resurs markazining oʻqitish tiliga mos holda oʻquv, uslubiy, siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilishi boʻyicha:
axborot-resurs markazi umumiy fondi, uning oʻquv, uslubiy, siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitilishining soʻnggi uch yillik dinamikasi oʻrganiladi;
j) moddiy-texnik taʼminot, oʻquv, laboratoriya va amaliyot xonalari hamda ustaxonalarning jihozlanishi, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilganligi, kompyuterlashtirish darajasi, moddiy-texnik bazaning mavjud taʼlim yoʻnalishlariga mosligi boʻyicha:
umumtaʼlim fanlaridan oʻquv xonalari, kompyuter va lingofon sinflari, fizika, kimyo va biologiya fanlari uchun laboratoriya xonalarining mavjudligi va jihozlanishi oʻrganiladi. Mavjud jihozlarning tarmoq taʼlim standarti va oʻquv dasturi talablarini bajarish uchun yetarliligi tahlil qilinadi;
akademik litseyda taʼlim yoʻnalishi boʻyicha chuqurlashtirilgan fanlardan nazariy va amaliy mashgʻulotlar uchun oʻquv hamda laboratoriya xonalarining mavjudligi, jihozlanish darajasi oʻrganiladi;
kasb-hunar kollejida mutaxassisliklar boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar uchun oʻquv, laboratoriya va oʻquv amaliyoti xonalari, ustaxona va oʻquv xoʻjaliklarining mavjudligi va ularning jihozlanish darajasi oʻrganiladi. Mavjud jihozlarning tarmoq taʼlim standarti va oʻquv dasturi talablarini bajarish uchun yetarliligi tahlil qilinadi;
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini kompyuterlashtirish darajasi oʻrganiladi;
z) mavjud oʻquv-laboratoriya jihozlari, dastgoh, asbob-uskuna va texnikalarning oʻquv jarayonida ishlatilishi boʻyicha:
oʻqitishning texnik vositalari, axborot texnologiyalari, oʻquv-laboratoriya va ustaxona jihozlarining oʻquv jarayonida ishlatilishi hamda ularning saqlanish holati tahlil qilinadi;
umumtaʼlim, chuqurlashtirilgan va mutaxassislik fanlaridan belgilangan laboratoriya ishlarining uslubiy taʼminoti va bajarilishi oʻrganiladi. Laboratoriya ishlarining uslubiy qoʻllanma va koʻrsatmalari mavjud boʻlishi hamda ishchi oʻquv dasturi (kalendar-tematik reja)da rejalashtirilgan laboratoriya ishlari toʻliq bajarilgan boʻlishi zarur;
i) zamonaviy pedagogik texnologiyalarning oʻquv jarayonida qoʻllanilishi boʻyicha:
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarga asoslangan dars usuli hamda ularga doir tarqatma materiallar, texnologik xaritalarning mavjudligi, ularning oʻquv jarayonida qoʻllanilishi oʻrganiladi;
y) iqtidorli oʻquvchilar, respublika va xalqaro fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar gʻoliblari salmogʻi boʻyicha:
Xalqaro va respublika fan olimpiadalari, badiiy-ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar salmogʻi tahlil qilinadi;
k) taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi, taʼlim muassasalarida vasiylik kengashlarining tashkil etilganligi hamda ular faoliyatining samarasi boʻyicha:
oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarning bajarilishi, oʻzaro hamkorlik asosida amalga oshirilgan ishlar hamda vasiylik kengashining faoliyati tahlil qilinadi;
l) kasbga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarining samaradorligi, taʼlim muassasasiga oʻquvchilar qabul qilish jarayonining tashkil etilishi va amalga oshirilishi boʻyicha:
oʻquvchilar qabulini tashkil etish va amalga oshirishda kasbga yoʻnaltirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarining olib borilganligi oʻrganiladi;
taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)lari boʻyicha qabul rejasining bajarilishi tahlil qilinadi;
m) bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichlariga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish darajasi boʻyicha:
akademik litsey bitiruvchilaridan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga, kasb-hunar kolleji bitiruvchilaridan ishga joylashganlari va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirganlari salmogʻi baholanadi;
n) maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning reja asosida tashkil etilganligi va uning samarasi boʻyicha:
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar rejasining mavjudligi, mazmuni hamda unda belgilangan tadbirlarning bajarilishi, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi koʻrik-tanlovlarda erishilgan natijalar, taʼlim muassasasi hududini obodonlashtirish ishlarining ahvoli, yotoqxona ishlarining tashkil etilganligi oʻrganiladi;
o) oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish holati boʻyicha:
ovqatlanish, dam olish va madaniy hordiq chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar, ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha olib borilgan ishlar tahlil qilinadi.
11. Taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) boʻyicha quyidagi asosiy hisoblangan koʻrsatkichlar:
a) taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) tasdiqlangan davlat taʼlim standarti, tarmoq taʼlim standarti, namunaviy oʻquv reja va dasturlar bilan toʻliq taʼminlangan hamda ishchi oʻquv reja va oʻquv dasturlari namunaviy oʻquv reja va oʻquv dasturlariga muvofiq boʻlganda;
b) attestatsiya jarayonida oʻtkazilgan nazorat ishlarida ijobiy baholarga oʻzlashtirgan oʻquvchilar salmogʻi 55 foizdan kam boʻlmaganda;
v) barcha oʻqitilayotgan fanlar va amaliyotlar boʻyicha pedagog, muhandis-pedagog va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari bilan toʻliq taʼminlangan hamda ularning lavozim vazifalari malaka talablariga muvofiq boʻlganda;
g) har bir fandan oʻqitish tiliga mos kamida bitta nomda darslik yoki oʻquv qoʻllanma (darslik va oʻquv qoʻllanma yaratilmagan fandan esa taʼlim muassasasi ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan tavsiya etilgan maʼruzalar toʻplami) axborot-resurs markazi (kutubxona)da mavjud boʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
d) umumtaʼlim, chuqurlashtirilgan va mutaxassislik fanlaridan ishchi oʻquv dasturda belgilangan laboratoriya ishlarini bajarish uchun kerakli jihozlar bilan taʼminlangan hamda rejalashtirilgan laboratoriya ishlari bajarilganda taʼlim yoʻnalishi (mutaxassislik) “Attestatsiyadan oʻtdi” deb hisoblanadi.
(11-band “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
4-§. Oliy taʼlim muassasalarini baholash
12. Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi;
a) davlat taʼlim standartining oʻquv jarayoniga joriy etilishi boʻyicha:
taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlanganligi oʻrganiladi. Muayyan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi davlat taʼlim standarti, oʻquv reja, ishchi oʻquv rejasi, ishchi oʻquv rejasida keltirilgan barcha fanlarning namunaviy va ishchi oʻquv dasturlari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur;
ishchi oʻquv rejalarning namunaviy oʻquv rejalariga mosligi, kalendar-tematik rejalar, darslar jadvali, ishchi oʻquv dasturlarida belgilangan dars soatlarining ishchi oʻquv rejada belgilangan dars soatlariga muvofiqligi, ishchi oʻquv dasturlariga qoʻyiladigan talablarning bajarilganligi oʻrganiladi va tahlil qilinadi;
oliy taʼlim muassasalari oʻquv jarayoni jadvalining mavjudligi, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanganligi, unda mazkur jarayonning toʻliq aks ettirilganligi va uning amaliyotga tatbiq etilishi tahlil qilinadi;
talabalar bilimlarini va oʻzlashtirishini reyting tizimi asosida baholashning holati oʻrganiladi. Talabalar bilimlarini baholashda qoʻllaniladigan nazorat vositalari (testlar, yozma ishlar savollari va boshqalar)ning fan dasturi mazmunini toʻliq qamrab olishi tahlil etiladi;
taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) boʻyicha tugallangan oʻquv yilidagi bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalari natijalari tahlil qilinadi;
b) talabalarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasi (bilimi) boʻyicha:
talabalarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasi (bilimi) Komissiya tomonidan oʻtkazilgan nazorat ishlari orqali baholanadi. Talabalarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasini aniqlash bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun bitiruvchi kurs talabalari oʻquv rejadagi 3, 4-blok fanlaridan, birinchi kursdan tashqari boshqa kurs talabalari 2, 3, 4-blok fanlaridan, magistratura mutaxassisligi bitiruvchi talabalari mutaxassislik bloki fanlaridan nazorat ishlariga jalb qilinadi. Jalb qilingan talabalarning kamida 95 foizi nazorat ishlarida qatnashishi shart. Har bir yoʻnalish (3 ta fan) va mutaxassisliklar uchun (2 ta fan) kurslar boʻyicha nazorat oʻtkaziladigan tugallangan fanlar belgilanadi. Oʻquv dasturini toʻliq qamrab olgan holda har bir fan uchun koʻp variantli test yoki yozma ish savollari tayyorlanadi; nazorat ishlarini baholash reyting tizimi asosida amalga oshiriladi;
fanlardan oʻtkazilgan test yoki yozma nazorat ishlari boʻyicha talaba toʻplagan umumiy ball maksimal ballning 86 foizi va undan yuqori boʻlsa “aʼlo” baho, 71 foizdan 86 foizigacha boʻlsa “yaxshi” baho, 55 foizdan 71 foizigacha boʻlsa “qoniqarli” baho, 55 foizdan kam boʻlsa talabaga “qoniqarsiz” baho qoʻyiladi;
talabalarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasi (bilimi) muayyan taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligidagi barcha tanlangan fanlardan nazorat ishlarida talabalarning ijobiy baholanganlari salmogʻi (umumiy ballning 55 foizidan yuqorisi) 70 foizdan kam boʻlmasligi lozim;
v) professor-oʻqituvchilar ilmiy-pedagogik salohiyati boʻyicha:
kafedralar ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyati belgilangan malaka talablarga mosligi aniqlanadi. Bunda har bir kafedra boʻyicha professor-oʻqituvchilari tayanch maʼlumotlarining tegishli mutaxassislikka mosligi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan oʻtganligi yoki mos ixtisoslik boʻyicha ilmiy unvon, darajaga ega boʻlishi tahlil qilinadi. Ular asosida kafedraning ilmiy darajali va ilmiy unvonli professor-oʻqituvchilar salmogʻi aniqlanadi. Mutaxassislik kafedralari professor-oʻqituvchilari oʻquv yuklamalarining taqsimoti va ularning bajarilishi oʻrganiladi.
Kafedralar professor-oʻqituvchilarining darslik, oʻquv qoʻllanma va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari nashri va malaka oshirish borasidagi soʻnggi 3 yillik faoliyati oʻrganiladi.
Oliy taʼlim muassasalari kafedralarida soʻnggi 3 yilda professor-oʻqituvchilar qoʻnimsizligi oʻrganiladi. Bunda asosiy eʼtibor professor-oʻqituvchilarning qanday sabablarga koʻra ishdan boʻshaganligiga qaratiladi;
g) ilmiy-tadqiqot ishlarining isteʼmolchilar talablaridan kelib chiqib olib borilayotganligi boʻyicha:
ilmiy-tadqiqot ishlarining isteʼmolchilar talablaridan kelib chiqib olib borilayotganligi holati oliy taʼlim muassasalari kafedralarining professor-oʻqituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar kesimida) ishtiroki, ilmiy ishlarining amaliyotda qoʻllanilishi, moliyalashtirish manbalari boʻyicha oʻrganiladi. Oliy taʼlim muassasalarining kafedralarida soʻnggi 3 yilda bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan ilmiy-tadqiqot ishlari hajmi oʻrganiladi;
d) talabalarning darslik (shu jumladan, elektron darsliklar) va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha:
oliy taʼlim muassasalarida oxirgi uch yilda barcha taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv rejalardagi fanlarning adabiyot (darslik va oʻquv qoʻllanma)lar bilan taʼminlanganligi taʼlim muassasasining Ilmiy kengashida necha marta muhokama qilinganligi, bu haqda oʻquv-uslubiy boʻlimda taʼlim muassasasi boʻyicha tahliliy materiallar mavjudligi oʻrganiladi. Tahliliy materiallarda fanlardan davlat tilida adabiyotlar mavjudligi, fanlar asosiy adabiyotlar bilan toʻliq taʼminlanganligiga ahamiyat beriladi. Oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlanmagan yoki toʻliq taʼminlanmagan fanlar boʻyicha yetishmaydigan adabiyotlar qaysi manbalardan va qaysi muddatlarda taʼminlanishi chora-tadbirlari ishlab chiqilganligi oʻrganiladi;
oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan darslik va oʻquv qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish rejasi mavjudligi, mazkur rejani tayanch oliy taʼlim muassasalari hamda mos yoʻnalishdagi taʼlim muassasalar bilan kelishilganligi va uning bajarilishi tahlil qilinadi. Alohida elektron darsliklar, virtual laboratoriya ishlari va virtual stendlar yaratish rejasi mavjudligi, ularning bajarilishi oʻrganiladi;
talabalarni ishchi oʻquv rejadagi fanlar oʻquv dasturlarida koʻrsatilgan asosiy darslik va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlanganlik darajasi kafedralar boʻyicha oʻrganiladi. Har bir fandan oʻqitiladigan til boʻyicha shu fan boʻyicha oʻqitiladigan talabalar sonidan kelib chiqib asosiy adabiyotga (darslik va oʻquv qoʻllanmaga) boʻlgan talab va ular bilan amalda taʼminlanganlik darajasi aniqlanadi;
e) moddiy-texnik taʼminot, oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlashtirish salmogʻi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan toʻldirilish holati va ulardan foydalanilishi hamda foydali oʻquv-laboratoriya maydoni bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha:
oʻquv-laboratoriya maydoniga qoʻyilgan norma talablari aniqlanadi. Bunda quyidagilar tahlil qilinadi:
oliy taʼlim muassasasining umumiy oʻquv maydoni, oʻquv auditoriya, kurs va diplom loyihasi zallari va boshqa turdagi foydali maydonlar (kv.m. hisobida) va ularning meʼyor talablariga mosligi;
oliy taʼlim muassasasidagi tibbiyot xonasi, profilaktoriy va umumiy ovqatlanish shoxobchalarining mavjudligi, maydoni va oʻrinlar soni talablarga mosligi;
talabalar turar joylarining maydoni, yashash uchun moʻljallangan oʻrinlar soni, talabalar uyiga muhtoj talabalar soni aniqlanadi;
oliy taʼlim muassasasida sport maydonlarining mavjudligi va ulardan foydalanish holati oʻrganiladi;
oliy taʼlim muassasasida mavjud kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalanish holati tahlil qilinadi;
har bir taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligi oʻquv rejasiga binoan laboratoriya mashgʻulotlari mavjud boʻlgan fanlar boʻyicha rejalashtirilgan laboratoriya ishlarining chop etilgan uslubiy koʻrsatmalar, tegishli jihozlar (asbob-uskuna) bilan taʼminlanganligi va toʻliq bajarilayotgan laboratoriya ishlari tahlil qilinadi. Amalda umuman bajarilmayotgan yoki toʻliq bajarilmayotgan laboratoriya ishlarining sabablari ekspertlar tomonidan oʻrganiladi. Oliy taʼlim muassasalari imkoniyatidan kelib chiqib, rejadagi laboratoriya ishlarining necha foizi oʻquv yurti hududidan tashqarida (ishlab chiqarish korxonasi, tashkilotlar, oʻquv tajriba xoʻjaligi va shu kabilarda) bajarilayotgani tahlilda aks ettiriladi. Laboratoriya mashgʻulotlarini bajarishda virtual stendlar va kompyuter texnikasidan foydalanishga alohida eʼtibor qaratiladi. Fan dasturlarida koʻrsatilgan laboratoriya ishlarining uslubiy koʻrsatmalar bilan 100 foiz taʼminlanishi va bajarilishi shart;
axborot resurs markazi (kutubxona) faoliyati oʻrganiladi. Bunda kitob jamgʻarmasi, ularning yangilanishi, darslik va oʻquv qoʻllanmalarning yangi avlodlarini xarid qilish surʼati, taʼlim yoʻnalishiga oid respublikada va xorijda chop etiladigan jurnallarga obuna hajmi, qiroatxonadagi oʻrinlar soni tahlil qilinadi. Axborot resurs markazi (kutubxona)ning kompyuterlar bilan taʼminlanganligi, elektron kutubxona tizimining yaratilganligi, ularga oʻquv adabiyotlarning elektron versiyalarini yuklanganligi, kompyuterlarning internet tarmogʻiga ulanganlari soni va talabalarni kompyuter texnikasidan erkin foydalanishiga imkon yaratilganligi oʻrganiladi;
kutubxona xodimlarining egallab turgan lavozimlarining malakaviy talablarga javob berishi tahlil qilinadi;
j) zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilish holati quyidagi asoslarga koʻra tahlil qilinadi:
pedagogik va axborot texnologiyalari boʻyicha malaka oshirgan taʼlim yoʻnalishidagi professor-oʻqituvchilar salmogʻi, oʻquv jarayonida ilgʻor axborot texnologiyalaridan va aloqa vositalaridan, jumladan, internet tarmoqlaridan foydalanish imkonini beradigan kompyuterlar soni, internet tarmogʻiga joylashtirilgan taʼlim resurslari hajmi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qoʻllab oʻtilgan darslar soni, axborot-taʼlim resurslari hajmi, oraliq va yakuniy nazoratlarni oʻtkazishda kompyuter testlardan foydalanish oʻrganiladi;
z) taʼlimning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasi boʻyicha:
oliy taʼlim muassasasining kadrlar tayyorlash va birgalikdagi ilmiy texnologik yechimlar yaratishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasi (samarali yoki samarasiz) oʻrganiladi;
ilgʻor texnologiya sohasida pedagog kadrlarning malakasini bevosita ishlab chiqarishda oshirilib borishi (muntazam yoki muntazam emasligi), taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha isteʼmolchilar bozorining oʻrganilganligi (marketing xizmati asosida), ilmiy-tadqiqot instituti xodimlarining oʻquv jarayonida ishtirok etishlari tahlil qilinadi;
talabalar bajarayotgan malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiya mavzularining dolzarbligi, sifati va ishlab chiqarishga joriy qilinganligi oʻrganiladi. Bunda mavzular dolzarb, mazmunli va malakaviy bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyalariga qoʻyilgan talablarga muvofiq boʻlishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
i) katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti orqali hamda mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyati boʻyicha:
oliy taʼlim muassasasining katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti va mustaqil izlanuvchilik orqali oliy malakali (fan doktorlari) kadrlar tayyorlash faoliyati tahlil etiladi. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini tugatib, oʻz muddatida himoya qilganlar soni, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻyicha ishlar, mutaxassisliklar boʻyicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti va mustaqil izlanuvchilikning mavjudligi, ularning ixtisosligi yoʻnalishi oliy oʻquv yurtidan keyingi, taʼlim ixtisosligi mansub boʻlgan fan sohasiga muvofiqligi oʻrganiladi;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti va mustaqil izlanuvchilik asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash faoliyati oliy taʼlim muassasasining umumiy koʻrsatkichi sifatida baholanadi;”;
(12-band “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
y) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bilan hamkorlik boʻyicha:
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilarining ishtiroki oʻrganiladi. Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil qilingan kafedralar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun hamkorlikda yaratilgan oʻquv adabiyotlari, taʼlim muassasalari oʻquv-laboratoriya bazalaridan hamkorlikda foydalanish oʻrganiladi va tahlil qilinadi. Oliy taʼlim muassasasi bilan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik shartnomalari mavjudligi, ularning bajarilishi tahlil etiladi.
Ushbu faoliyat oliy taʼlim muassasasining umumiy koʻrsatkichi sifatida baholanadi va tahliliy maʼlumotnoma tayyorlanadi;
k) maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʻyicha:
bunda quyidagilar tahlil qilinadi:
taʼlim muassasasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishi (bayonnomalar asosida);
professor-oʻqituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligi;
taʼlim muassasasidagi maʼnaviy-axloqiy muhit, pedagoglarning axloqiy sifatlari (soʻrovnoma asosida);
professor-oʻqituvchilar va talabalar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarlik va jinoyatlar holati (huquq-tartibot organlari rasmiy maʼlumotlari asosida);
xalqaro va respublika miqyosidagi maʼnaviy-maʼrifiy koʻrik-tanlovlarda, olimpiadalarida, sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallagan talabalar salmogʻi;
oliy taʼlim muassasasining axborot-resurs markazi (kutubxona)dagi adabiyotlardan foydalanayotgan talabalar salmogʻi;
talabalar turar joyida oʻqish va dam olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar.
Maʼnaviy-maʼrifiy jarayonni oʻrganishda, shuningdek, pedagogik jamoa, xususan, ijtimoiy-gumanitar fanlar professor-oʻqituvchi va pedagoglarining nufuzli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda dolzarb mavzular bilan ishtirok etganliklari, “Murabbiylar kengashi”, uning faoliyati, “Maʼnaviyat” boʻlimi faoliyati oʻrganiladi;
l) bitiruvchilarning taʼlimning keyingi bosqichlariga oʻqishga kirishi yoki ishga joylashishi boʻyicha:
bunda oliy taʼlim muassasasining bitiruvchilarni ishga taqsimlash boʻyicha tasdiqlangan taqsimot komissiyasi faoliyati har bir taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklari kesimida tahlil qilinadi.
Kontrakt pullari toʻlovlari idora va korxonalar tomonidan amalga oshirilgan bitiruvchilarning shartnoma talablarini bajarishlari tahlil qilinadi;
m) xalqaro hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi boʻyicha:
oliy taʼlim muassasasining soʻnggi 3 yildagi xalqaro hamkorlik faoliyati oʻrganilganda quyidagi masalalarga eʼtibor qaratiladi:
xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, aspirant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvi;
fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishi (seminar, anjuman, simpozium va h.k.);
fan sohasida xalqaro sovrinlar sohiblari;
xorijiy mamlakatlardagi metodik, ilmiy seminarlar aʼzolari;
muntazam xorijiy ilmiy aloqaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar soni;
chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari (nomi, soni, hajmi);
xorijiy mamlakatlarda chop etilgan monografiya, maqola va oʻquv adabiyotlari soni (turlari boʻyicha);
xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi;
xorijiy mamlakatlar uchun tayyorlangan ilmiy darajali kadrlar soni.
Ushbu yoʻnalish boʻyicha tahliliy maʼlumot natijalari oliy taʼlim muassasasining umumiy koʻrsatkichi sifatida baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
41-§. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini baholash
121. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
a) davlat talablarining taʼlim jarayoniga joriy etilishi boʻyicha:
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablarining bajarilishi oʻrganiladi;
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlarida oʻqitish shakllari va muddatlari, ularga qabul qilish talablarining bajarilishi oʻrganiladi;
katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar sifatida oʻqishga kiruvchi talabgorlarga qoʻyiladigan talablarning bajarilishi oʻrganiladi;
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlarida oʻqishni tashkil etish holati tahlil qilinadi;
b) doktorlik dissertatsiyasi mavzulari va bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarning respublika ilmiy-texnik hamda texnologik rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yoʻnalishlariga mosligi boʻyicha:
belgilangan muddatlarda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida doktorlik dissertatsiyalarining tavsiya etiladigan mavzulari ishlab chiqilganligi, mavzular oliy taʼlim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida ularning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilganligi;
tavsiya etiladigan doktorlik dissertatsiyalari mavzulari oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oʻzlari tizimiga kiradigan vazirliklar, idoralar yoki tashkilotlar bilan kelishilganligi;
katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyalari mavzularining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining Internet-sahifasida eʼlon qilinganligi;
tasdiqlangan doktorlik dissertatsiyasi mavzulari “OAK Byulleteni” jurnalida eʼlon qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga (bundan buyon matnda OAK deb yuritiladi) oʻz muddatida taqdim etilganligi;
v) ilmiy maslahatchilar tarkibining sifat koʻrsatkichlari hamda ularning ilmiy-tashkiliy faoliyati natijalari boʻyicha:
ilmiy maslahatchilarning faol ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan, shu jumladan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirishda qatnashayotgan fan doktorlari tarkibidan tanlab olinganligi;
ilmiy maslahatchilar tavsiya etgan doktorlik dissertatsiyasi mavzularining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining Internet-sahifasida eʼlon qilinganligi;
ilmiy maslahatchilar bir vaqtning oʻzida nechta katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilayotganligi;
ilmiy maslahatchi katta ilmiy xodim-izlanuvchi bilan birgalikda dissertatsiya ishini tayyorlashning yakka tartibdagi rejasini ishlab chiqqanligi va uning belgilangan muddatda oliy taʼlim muassasasi kengashi yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida tasdiqlanganligi;
ilmiy maslahatchi tanlangan mutaxassislik boʻyicha nazariy-metodologik kursning oʻquv rejasini ishlab chiqqanligi va uning belgilangan muddatda oliy taʼlim muassasasi kengashida yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashida tasdiqlanganligi;
nazariy-metodologik dastur katta ilmiy xodim-izlanuvchi tomonidan oʻqishning birinchi yili mobaynida ilmiy maslahatchining yordamida oʻzlashtirilganligi;
ilmiy maslahatchi rahbarligida oʻz vaqtida himoya qilgan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar soni oʻrganiladi;
g) kadrlar tayyorlash boʻyicha istiqbol rejaning ustuvor yoʻnalishlarga mosligi boʻyicha:
kadrlar tayyorlash boʻyicha istiqbol rejaning mavjudligi;
istiqbol rejaning davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiqligi oʻrganiladi;
d) taʼlimni amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan pedagog va ilmiy xodimlarning OAK eʼtirof etgan jurnallarda, shuningdek xorijiy nashrlarda ilmiy maqolalarni chop etish faoliyati boʻyicha:
taʼlimni amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan pedagog va ilmiy xodimlarning olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari oʻrganiladi;
taʼlimni amalga oshirish jarayoniga jalb etilgan pedagog va ilmiy xodimlar tomonidan OAKning doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini eʼlon qilish uchun tavsiya etiladigan yetakchi ilmiy jurnallar va nashrlar, shu jumladan elektron ilmiy-texnik jurnallar roʻyxatiga kiritilgan ilmiy nashrlarda ilmiy maqolalarning nashr etish faoliyati tahlil qilinadi;
e) ilmiy-eksperimental, moddiy-texnik bazaning holati boʻyicha:
ilmiy-eksperimental laboratoriyalar bilan taʼminlanganlik darajasi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlanganligi va ulardan foydalanilishi holati;
oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari axborot resurs markazlarida tadqiqot sohasi boʻyicha ilmiy manbalarning mavjudligi;
ilmiy-tadqiqotlarni olib borish uchun asbob-uskunalar, materiallar, axborot-kommunikatsiya vositalari, kompyuter texnikasi, orgtexnika va boshqa zarur vositalarning yetarli darajada mavjudligi oʻrganiladi va tahlil qilinadi;
j) katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga ijtimoiy, ilmiy, ijodiy hamda loyihalash ishlarini olib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar boʻyicha:
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun ilmiy ishlarini bajarishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganiladi.
Bunda:
katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning turar joylar bilan taʼminlanganlik holati;
oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasida katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarning mavjudligi;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar uchun oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida axborot resurs markazidan, zamonaviy kompyuterlardan hamda Internet tarmogʻidan foydalanish boʻyicha, shuningdek boshqa zarur shart-sharoitlarning yaratilganligi oʻrganiladi;
z) katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi, hisobotlarining oliy taʼlim muassasalarining kengashi yoki ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari, tegishli boʻlim, laboratoriya va boshqalarda muhokama qilinganligi hamda tasdiqlangan rejaga mos deb topilganligi boʻyicha:
katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishi;
hisobotlarning oliy taʼlim muassasalarining kengashi yoki ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashlari, tegishli kafedra, boʻlim, laboratoriya va boshqalarda muhokama qilinganligi hamda tasdiqlangan rejaga mos deb topilganligi yillar kesimida oʻrganiladi.
Bunda:
katta ilmiy xodim-izlanuvchi tomonidan eʼlon qilingan ilmiy ishlarda himoya qilinayotgan doktorlik dissertatsiyasining asosiy natijalari aks etganligi hamda ilmiy natijalar xalqaro va respublika doirasida oʻtkaziladigan ilmiy konferensiyalarda, seminarlarda, davra suhbatlarida muhokamadan oʻtkazilganligi;
katta ilmiy xodim-izlanuvchi tomonidan ilmiy ishlarning OAKning doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini eʼlon qilish uchun tavsiya etiladigan yetakchi ilmiy jurnallar va nashrlar, shu jumladan elektron ilmiy-texnik jurnallar roʻyxatiga kiritilgan ilmiy nashrlarda eʼlon qilinganligi;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tomonidan eʼlon qilingan ilmiy ishlar sonining dissertatsiya boʻyicha eʼlon qilinishi lozim boʻlgan ilmiy ishlarning umumiy soniga qoʻyilgan talablarga muvofiqligi;
ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot sohalari boʻyicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilinganligi oʻrganiladi;
i) katta ilmiy xodim-izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringining olib borilishi holati boʻyicha:
katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning oliy taʼlim muassasasi va ilmiy-tadqiqot muassasasidagi faoliyati samaradorligi boʻyicha oʻtkazilgan monitoring natijasi tahlil qilinadi;
k) oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni bitirgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish holati boʻyicha:
soʻnggi 3 yilda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini bitirganlar va ulardan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilganlar hamda ilmiy kengashga himoyaga taqdim etganlar soni ixtisosliklar boʻyicha aniqlanadi;
l) doktorlik dissertatsiyalari doirasida olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etish holati va ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi boʻyicha:
dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi yoki tashkilotlar tomonidan joriy qilish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar mavjudligi, ushbu hujjatlar tashkilotlarning ilmiy-texnikaviy kengashlari tomonidan koʻrib chiqilganligi, maʼqullanganligi va uning rahbariyati tomonidan tasdiqlanganligi;
oʻtkazilgan tadqiqotlar va yaratilgan ishlanmalar asosida muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik dolzarb ilmiy yoki amaliy muammolarning hal qilinganligi;
tegishli fan sohasining istiqbolli yoʻnalishini rivojlantirishda maʼlum bir yutuq deb baholash mumkin boʻlgan yangi nazariy qoidalar majmui ishlab chiqilganligi;
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari fan va texnikani rivojlantirishga hamda ijtimoiy-siyosiy sohani va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilishda oʻz ifodasini topganligi.
(41-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
5-§. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarini baholash
Oldingi tahrirga qarang.
13. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
a) davlat talablarining oʻquv jarayoniga joriy etilishi boʻyicha :
(13-band “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
kurslarning tegishli hujjatlar bilan taʼminlanganligi hamda ularning kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga oid qonun hujjatlarining bajarilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
kurslarning davlat talablari, oʻquv va ishchi oʻquv rejalar, fanlarning namunaviy va ishchi dasturlari bilan taʼminlanganligi va mosligi; kalendar-tematik rejalar, darslar jadvali, ishchi oʻquv dasturlarining ishchi oʻquv rejalariga muvofiqligi;
(13-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
tinglovchilar bilimlarini baholashda qoʻllaniladigan nazorat vositalari (testlar, yozma ishlar savollari va boshqalar)ning fan dasturi mazmunini toʻliq qamrab olishi kabi masalalar tahlil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tinglovchilarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasi (bilimi) Komissiya tomonidan taʼlim muassasasi oʻtkazgan yakuniy nazoratlarni tahlil qilish orqali baholanadi.
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligining 2014-yil 19-dekabrdagi 27/qq, 52/qq, 61-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-1, 26.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 633-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) moddiy-texnik, oʻquv-laboratoriya taʼminoti, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanish holati boʻyicha:
(13-band “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
moddiy-texnik, oʻquv-laboratoriya taʼminoti, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanish holati tahlil qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyati va ular faoliyatining samaradorligi boʻyicha:
(13-band “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatining amaldagi normalarga mosligi aniqlanadi. Ilmiy darajali va ilmiy unvonli professor-oʻqituvchilar salmogʻi, soʻnggi 3 yilda professor-oʻqituvchilar tomonidan darslik, oʻquv qoʻllanma va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining nashri hamda malaka oshirish faoliyati oʻrganiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) oʻquv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi (jumladan, multimedia va boshqa uslublarning qoʻllanilishi) boʻyicha:
(13-band “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-avgustdagi 19-1, 4-2016 va 10-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 09.09.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 36-son, 416-modda)
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasasining zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlanganligi va zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish samaradorligi oʻrganiladi;
d) taʼlimning ishlab chiqarish bilan integratsiyasi hamda xalqaro hamkorlik faoliyati boʻyicha:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasasi faoliyatida ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasi oʻrganiladi;
ilgʻor texnologiya sohasida pedagog kadrlarning malakasini bevosita ishlab chiqarishda oshirib borishi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga boʻlgan talabning oʻrganilganligi, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarining oʻquv jarayonida ishtirok etishlari tahlil qilinadi.
III. Yakuniy qoidalar
14. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-iyun
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-iyun
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTAROV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-iyun
Madaniyat va sport ishlari vaziri R. QURBONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-iyun
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi raisi A. RAMATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-iyun
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-iyun
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-iyun
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-iyun
Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktori N. KUChERSKIY
Toshkent sh.,
2008-yil 5-iyun
Oʻzbekiston Badiy akademiyasi raisi T. QOʻZIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 287-modda; 2014-y., 52-son, 633-modda; 2016-y., 36-son, 416-modda)