OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-iyunda 1822-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga Davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertiza qilish natijasi boʻyicha 2008-yil 2-iyundagi hulosaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qaroriga va “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2000-yil 19-maydagi 197-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2008-yil 28-apreldagi 33/383-son va 2008-yil 16-maydagi 33/464-son xatlarini inobatga olgan holda, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 4-fevralda 23-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlarining intizomi toʻgʻrisidagi nizom” Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarning Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqida mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
2. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-iyun,
133-mh-son