Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2018 27.06.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1831
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2018
Hujjat 31.07.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIJORAT BANKLARIDA KASSA IShINI TAShKIL ETISh, INKASSATSIYA VA QIMMATLIKLARNI TAShIShGA DOIR YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 27-iyunda 1831-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/20-sonli “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1831-7, 29.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2003-yil 17-maydagi 10/2-sonli qarori (2003-yil 1-avgust, roʻyxat raqami 1263 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 15-son);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma”ga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi 2005-yil 12-martdagi 3-A/3-sonli qarori (2005-yil 29-mart, roʻyxat raqami 1263-1 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil,12-13-son, 98-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 2005-yil 20-avgustdagi 18/6-sonli qarori (2005-yil 28-sentabr, roʻyxat raqami 1263-2 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 39-son, 302-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 17-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 17-maydagi 12/2-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlari va boshqa qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, kassa operatsiyalarini amalga oshirish, pul tushumini inkassatsiya qilish, qimmatliklarni tashish va ularni saqlashning yagona tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Banknot va tangalarni qalbakilashtirish va noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy bank yoʻq qilib yuborilgan, yoʻqotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yoʻqotgan banknotlar va tangalarning oʻrnini qoplamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banknotlar — Markaziy bank tomonidan turli nominaldagi naqd qogʻoz pullar shaklida muomalaga chiqarilgan pullar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta qimmatliklari — naqd chet el valyutasi, chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari, chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar va sof quyma oltin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya xizmati — bank mijozlarining kunlik naqd pul tushumlarini inkasso qilish, bank (bank filiali)ning qimmatliklarini tashish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning murojaatlariga koʻra taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan ularning maxsus yuklarini tashish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkassatsiya punkti — bozor va savdo majmualari hududlarida faoliyat koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kunlik naqd pul tushumlari solinib, plombalangan inkassatsiya xaltalarini topshiradigan maxsus joy (xona);
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
slip — bank plastik kartasidan foydalangan holda operatsiya oʻtkazilganligini tasdiqlovchi va oʻzida operatsiya summasi, turi, sanasi, shuningdek bank plastik kartasini hamda ushbu slipni shakllantirgan terminalni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi axborotlarni aks ettiruvchi terminal kvitansiyasi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma kassa — naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash hamda chiqim qilish uchun tashkil etilgan kassa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul zaxirasi — bank mijozlarining naqd pulga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida maxsus tashkil etilgan zaxira;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechki kassa — ish kuni tugagandan soʻng inkassatsiya xizmatidan naqd pullar va boshqa qimmatliklar solingan xaltalarni qabul qilib oluvchi bank kassasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta sanash kassasi — bank amaliyot kuni davomida qabul qilingan hamda kechki kassa tomonidan qabul qilib olingan inkassatsiya xaltalaridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanab, saralash hamda ularni toifalarga ajratish va oʻrab-bogʻlashni amalga oshiruvchi bank kassasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirim kassasi — bank amaliyot kuni davomida bank mijozlaridan naqd pullarni qabul qilib oluvchi bank kassasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqim kassasi — bank amaliyot kuni davomida bank mijozlariga naqd pullarni berishni amalga oshiruvchi bank kassasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor kassa — kassa tarmogʻidan (uzelidan) tashqarida bankning maxsus jihozlangan avtomashinasi yordamida kassa operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank kassasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kassa — yirik naqd pul tushumiga ega boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarida pul tushumlarini qabul qilish uchun tashkil etiladigan bank kassalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankomat — mijozlar tomonidan bankning plastik kartalari orqali oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan elektron-mexanik qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa hujjatlari — qimmatliklarni qabul qilish va berishni amalga oshirish va rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi pul hujjatlari (kirim kassa orderi, chiqim kassa orderi, naqd pullarni qoʻyish haqidagi eʼlon, pul cheki, ilova qaydnomalari, yuk xatlari, toʻlov qaydnomalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kassa operatsiyalari — qimmatliklarni qabul qilish va mijozlarga berish, qayta sanash, saralash, maydalash, ayirboshlash va oʻrab-bogʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklari (bundan keyingi oʻrinlarda banklar deb yuritiladi) mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatadi va oʻz kassalarida naqd pullarni jamlab, ularni mijozlarga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Banklarning mijozlar bilan kassa operatsiyalari boʻyicha bajaradigan operatsiyalari bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomaga asosan ushbu Yoʻriqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bank kassasidan mijozlarga berilgan pullar orasidan aniqlangan kamomad, ortiqcha, toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar yuzasidan qilingan eʼtirozlar bank hisobvaragʻi shartnomasiga asosan tartibga solinadi hamda uning shartlari ushbu Yoʻriqnomada belgilangan tartibga zid kelmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Banklarda mijozlar bilan kassa operatsiyalarini amalga oshirish va naqd pullarga ishlov berish boʻyicha aylanma kassa va operatsion kassalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatsion kassalar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirim va chiqim kassalari (kirim-chiqim kassalari), pulni qayta sanash kassasi, kechki kassa, xoʻjalik yurituvchi subyektlar qoshidagi maxsus kassa va kommunal toʻlovlarini qabul qilish boʻyicha jamgʻarma hamda sayyor kassa va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Koʻrsatib oʻtilgan kassalar kassa operatsiyalarining hajmi, xizmat koʻrsatadigan mijozlar soni va kassa xodimlarining belgilangan shtatlar jadvalidan kelib chiqqan holda bank rahbarining farmoyishiga asosan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Banklar mijozlarning oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatishlari uchun bankomatlar va toʻlov terminallarini, ularni himoyalash darajasiga qarab, bankda yoki undan tashqarida oʻrnatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingan kassa hujjatlari (pul cheklari, naqd pul topshirish eʼloni, kirim va chiqim kassa ordyerlari, ilova qaydnomalari va yuk xatlari) asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kassa hujjatlari hisobini yuritish, mijozlar imzosining bankka taqdim etilgan namunalariga mos kelishi, ularning hisobvaragʻida mablagʻlarning boʻlishi va pasportdagi maʼlumotlarning toʻgʻri toʻldirilishi boʻyicha bank buxgalteriyasining tegishli xodimlari javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bank rahbarlari, bosh buxgaltyerlari va kassa mudirlari mijozlarga oʻz vaqtida va aniq kassa xizmatini koʻrsatish, shuningdek kassa ishini toʻgʻri tashkil etishga ogʻishmay amal qilish va qimmatliklar butligini taʼminlash boʻyicha masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Banklarning kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh banklarda kassa ishini nazorat qilish uchun kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) tashkil etiladi. Kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) toʻgʻrisida”gi nizomga asosan faoliyat yuritadi. Boshqarma (boʻlim) zimmasiga nizomda koʻzda tutilmagan vazifalarni yuklash ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) zimmasiga uning nizomida koʻrsatib oʻtilgan barcha majburiyatlar boshqarma (boʻlim) xodimlari oʻrtasida yozma ravishda taqsimlanadi. Bajariladigan ishlar taqsimoti boshqarma (boʻlim) boshligʻi tomonidan belgilanadi va lavozim majburiyatlari sifatida alohida rasmiylashtirilib, boshqarma (boʻlim)ning har bir xodimiga tanishib chiqish uchun beriladi va ularga imzo qoʻydirgan holda, nusxalari topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lavozim majburiyatlari boʻyicha yuklatilgan ishlarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun ijrochi xodim shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boshqarma (boʻlim) xodimlari — ish rejasi, ishning ahvoli boʻyicha oʻzlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asosan, shuningdek taftish hujjatlari, tekshirish va tahlil natijalariga koʻra, kassa ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida, bank binolarining yongʻindan va xavfdan ogohlantiruvchi texnik vositalari bilan jihozlanganligi, yongʻindan xabar beruvchi signalizatsiya vositalari bilan taʼminlanganligi, ruxsatnoma berish va qoʻriqlash tartibi yuzasidan bank filiallarida ishlarning qanday yoʻlga qoʻyilganligini oʻrganish, ularni tekshirish va amaliy yordam koʻrsatish ishlarini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Boshqarma (boʻlim) xodimlari bir yilda kamida bir marotaba oʻz tasarrufidagi bank filiallarida amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tekshirish oʻtkazishlari hamda ish jarayonida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni ushbu Yoʻriqnoma talablariga binoan tekshirish davomida bartaraf etishlari lozim. Banklarda kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashish boʻyicha tekshiruv oʻtkazish uslubi mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Lozim boʻlgan taqdirda, tekshiruvchi aniqlangan kamchiliklarni aniq va qancha muddatda bartaraf etish va ishni yaxshi yoʻlga qoʻyish yuzasidan bank filiali rahbari nomiga yozma ravishda koʻrsatma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kassa ishini toʻgʻri tashkil etilganligi boʻyicha tekshiruv oʻtkazish vaqtida, bank rahbari yoki ushbu boshqarma (boʻlim) faoliyatiga bevosita boshchilik qiluvchi bank rahbarining oʻrinbosari tomonidan imzolangan xizmat farmoyishiga asosan xodimga oʻrganish dasturida koʻrsatilgan reja-topshiriq va pul saqlash omboridagi qimmatliklarni taftish qilish muddati belgilangan bir martalik guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bosh bankning kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) boshliqlari oʻtkazilgan tekshiruv natijalari boʻyicha tegishli materiallarni kelib tushgan kunidan boshlab 5 kun muddat ichida koʻrib chiqishlari va oʻtkazilgan tekshiruv natijalari yuzasidan boshqarma (boʻlim) xodimlarining shaxsiy fikrlarini tinglashlari hamda ishning samaradorligini oshirish yuzasidan chora koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tekshiruv natijalari takliflar bilan birga, yozma ravishda bankning Boshqaruv Raisiga yoki uning mazkur ish sohasiga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosariga taqdim etiladi, lozim boʻlgan taqdirda, bank filiali rahbariga kerakli koʻrsatmalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kassa operatsiyalari boshqarma (boʻlim)lari rahbarlari tomonidan tekshiruv amalga oshirilgan bankda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan nazorat oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tekshirish oʻtkazish vaqtida avvalgi tekshiruv va taftishlar natijasi boʻyicha aniqlangan kamchiliklarning ish jarayonida bartaraf etilganligi tekshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchilik va tartibbuzarliklar takrorlangan holda uning sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi hamda joyida tegishli va qoʻshimcha choralar koʻriladi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan tekshiruvchi aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha bank filiali rahbari nomiga oʻz takliflarini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Kassa ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir bank va uning filiallari mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish uchun oʻz tarkibida tarkibiy boʻlinma — Kassa operatsiyalari boʻlimi (kassa)ga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish uchun banklar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga kassa xizmatini koʻrsatish boʻyicha ruxsatnoma berish haqida ushbu Yoʻriqnomaning 14-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi pul saqlash omborining toʻldirilgan pasporti va tegishli hujjatlarni Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmasi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining meʼyoriy hujjatlariga mosligini aniqlaydi hamda joylarda kassa tarmogʻini tekshirishni amalga oshiradi va oʻz xulosasini tayyorlab, hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul saqlash omborining pasporti toʻrt nusxada tayyorlanib, “Xizmatda foydalanish uchun” grifi qoʻyiladi. Emissiya-kassa operatsiyalari departamenti tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng, uning bir nusxasi yonmaydigan seyfda saqlanadi. Qolgan uch nusxasi joylardagi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga joʻnatiladi. Pul saqlash ombori pasportining birinchi nusxasi Emissiya-kassa operatsiyalari boʻlimi xodimlari tomonidan yangi ochilayotgan bank filialiga, ikkinchi nusxasi ochilayotgan bankning Bosh bankiga joʻnatiladi va uchinchi nusxasi joylardagi Emissiya-kassa operatsiyalari boʻlimining yonmaydigan seyfida saqlanishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank va uning filial manzili yoki uning nomi oʻzgargan taqdirda, Bosh bank va uning filial rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga pul saqlash omborining pasportini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun lozim boʻlgan hujjatlar toʻplamini taqdim etish choralarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, Markaziy bank uning rad etish sabablarini yozma ravishda maʼlum qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (uning filiali) nomi yoki uning manzili oʻzgargan hollarda yoki uning faoliyati tugatilgan taqdirda, bankda mavjud boʻlgan barcha muhr va shtamplarni yoʻq qilish uchun maxsus komissiya tuziladi va ushbu komissiyaga barcha muhr va shtamplarni roʻyxatdan oʻtkazish vazifasi yuklatiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhr va shtamplarni yoʻq qilish ishlari “Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1077, 2001-yil 27-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 20-son) talablari asosida amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Pul saqlash omborining roʻyxatdan oʻtkazilgan pasporti mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish va aylanma kassa limitini belgilash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Katta hajmda naqd pul tushumiga ega boʻlgan bank filiallarida kassa operatsiyalari boʻlimini (xodimlar soni 15 kishidan ortiq boʻlganda) qimmatliklar bilan ishlashdan ozod etilgan boshliq boshqarishi mumkin. U kassa operatsiyalari boʻlimiga rahbarlik qiladi hamda nazorat oʻrnatadi. Kassa ishining toʻgʻri tashkil etilishi va bankda mavjud boʻlgan barcha qimmatliklarni toʻliq saqlashda hamda mijozlarga aniq kassa xizmatini koʻrsatish boʻyicha bank rahbari bilan teng javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qimmatliklarni saqlash va ular boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan moddiy javobgarlik ushbu Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomaga asosan bankning kassa mudiri zimmasiga yuklatiladi. Zarur boʻlgan hollarda koʻrsatib oʻtilgan vazifalar bank rahbarining farmoyishiga asosan kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kassa mudiri tomonidan bankning kirim, chiqim hamda chet el valyutalari bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarining bajarilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) boshliqlari (kassa mudirlari) egallab turgan lavozimlariga bank (filiali) rahbarlari tomonidan bank boshqarmalari (respublika, viloyat, shahar) rahbarlari bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma (boʻlim) boshligʻi lavozimiga bank tizimida kamida 3 yil ishlagan va oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlgan, kassa mudiri lavozimiga esa bank kassasida kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlib, oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bank rahbari kassa ishiga mutlaqo halol va ishonchli xodimlarni tanlashga alohida eʼtibor berishi lozim. Kassirni ishga qabul qilishda uning ilgari ishlagan joyidan soʻrab-surishtirishi (agarda hech qayerda ishlamagan boʻlsa, turar joyidan tavsifnoma), zarurat tugʻilgan taqdirda esa tegishli tavsifnoma olish orqali sinchiklab tekshirishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bank tomonidan xodimning ilgari sudlanmaganligi haqida tuman Ichki ishlar boʻlimlaridan, yashash joyidan va sogʻligʻi haqidagi maʼlumotnomalar hamda fotosuratlar talab etiladi. Kassa xodimlarini ishga qabul qilish bank boʻyicha chiqariladigan buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kassirlik lavozimiga 18 yoshga toʻlgan va undan oshgan shaxslar qabul qilinadi. Har bir kassir bilan yakka tartibdagi toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan talablar kechki kassaning nazoratchi-buxgalteriga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kassada yaqin qarindoshlarning, agar ularning ishlari bevosita bir-biriga boʻysunish yoki bir-birini nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlsa, birgalikda ishlashlari taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tayyorgarlik koʻrmagan yoki tajribaga ega boʻlmagan xodimlarning naqd pul va qimmatliklar bilan bajaradigan operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun ruxsat berish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bank rahbari kassa va pul saqlash omborlarida qimmatliklar bilan ishlash boʻyicha belgilangan talablarni bajarish uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlarni yaratib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bank va ularning filiallari (minibanklar)da kassa xodimlarining shaxsiy kiyimlari, sumkalari va pullarini saqlash uchun alohida xona ajratilgan boʻlishi shart. Xonaning kaliti ish kuni davomida kassa operatsiyalari boʻlimi boshligʻi yoki kassa mudirida, mini banklarda esa minibank mudirida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bank rahbarlari kassirlarni maxsus kiyim yoki xalat, sanitariya-gigiyena talablaridan kelib chiqqan holda sovun, sochiq, vazelin yoki glitserin hamda pul sanash mashinalarini vaqti-vaqti bilan tozalab turish maqsadida texnik spirt bilan taʼminlab turishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Banklarning kassa tarmoqlari kassa tarmoqlarini loyihalashtirish va tuzilishining texnik talablariga muvofiq jihozlanishi, uning boshqa xizmatlardan ajratib qoʻyilgan boʻlishi hamda texnik talablarga binoan binoning birinchi qavatiga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Begona shaxslar tomonidan kassa tarmogʻi joylashgan joyni kuzatishlari va oʻrganishlari uchun imkoniyat yaratilmagan boʻlishi lozim. Kassa tarmogʻiga kirish eshigi ish kuni davomida ichkaridan oʻzi yopilib qoluvchi qulf bilan berkitilgan boʻlishi hamda unga tashqarini koʻrish uchun maxsus tuynuk oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Operatsion kassalarning kabinalari kassa tarmogʻida shunday jihozlangan boʻlishi kerakki, bunda qimmatliklar butligini saqlash uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar (boshliq, kassa mudiri) tomonidan kassirlar ishini nazorat qilib turish uchun imkoniyat yaratilgan boʻlsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar operatsion kassalarning kabinalari oʻrtasiga darchalar oʻrnatilgan boʻlsa, ularning har ikkala tomoniga qulflovchi moslamalar oʻrnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatuvchi kabinalarning darchalari ichki tomondan qulflanadigan eshikchalar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Kassirlarning tortmalari alohida qulflanadigan maxsus stollar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kassirlar ish kuni davomida qimmatliklarni saqlash uchun seyflar, metall shkaflar va qimmatliklarni tashish uchun temir aravachalar bilan taʼminlangan boʻlishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kirim va chiqim kassasi kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega boʻlgan buxgalteriya xodimlarining imzo namunalari bilan, kirim va chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shugʻullanuvchi buxgalteriya xodimlari esa — kassirlarning imzo namunalari bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo namunalarini tegishli xodimlarga oʻz vaqtida berish va ular ishdan boʻshagan vaqtlarida yangisiga almashtirib, eskisini qaytarib olish, shuningdek ushbu masala boʻyicha nazorat oʻrnatish — bankning bosh buxgalteri tomonidan amalga oshirilib, imzo namunalari bank filiali rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo namunalari har yilning 1-yanvar holatiga koʻra, yangilanib turilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Pul va tangalarni taxlash hamda ularni oʻrab-bogʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Oʻzbekiston Respublikasining barcha banklari uchun naqd pulni taxlash, oʻrab-bogʻlash, rasmiylashtirish va saqlashning ushbu Yoʻriqnomada belgilangan yagona tartibi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bank kassalariga kelib tushadigan barcha naqd pullar belgilangan tartibda birma-bir va donalab qayta sanalishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Kassirlar, oʻzlari kassaga qabul qilgan pul va tangalarni, ularning qiymatiga qarab saralashlari, shundan soʻng pullarni muomalaga yaroqli va eskirgan, tangalarni esa muomalaga yaroqli va nuqsonli toifalarga ajratishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kassir qiymatiga qarab saralangan toʻlovga yaroqli pullarni alohida va eskirgan pullarni alohida dastalaydi va oʻrab-bogʻlaydi. Bundan tashqari u har bir eskirgan pul old tarafining oʻng tomoniga, bank nomi, uning kodi, kassir familiyasi va ism-sharifi koʻrsatilgan “Eskirgan” yozuvli toʻrtburchak muhrni bosishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Bir xil qiymatdagi har 100 dona pul saralab dastalanadi va standart banderol bilan xochsimon tarzda oʻrab-bogʻlanadi. Banderollarda bank nomi, uning kodi, qiymati, qoʻyilgan summasi, sanasi, pulni saralashni va qayta sanashni bajargan kassirning familiyasi va ism-sharifi yozilgan toʻrtburchak muhri bosilib, imzosi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Banderollar pulning qiymatiga qarab, ularni ajratib turuvchi quyida koʻrsatib oʻtilgan oʻziga xos chiziqlarga ega boʻlishi, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 soʻm qiymatidagi pullarni oʻrash uchun moʻljallangan banderol — sidirgʻa (bir xil) rangli, 3 soʻmlik uchun — eni 10 mm. boʻlgan bitta qizil yoʻlli, 5 soʻmlik uchun — eni 10 mm. boʻlgan bitta koʻk yoʻlli, 10 soʻmlik uchun — eni 8 mm. boʻlgan ikkita qizil yoʻlli, 25 soʻmlik uchun — eni 8 mm. boʻlgan ikkita koʻk yoʻlli, 50 soʻmlik uchun — eni 8 mm. boʻlgan ikkita sariq yoʻlli, 100 soʻmlik uchun — eni 8 mm. boʻlgan uchta qizil yoʻlli, 200 soʻmlik uchun — eni 15 mm. boʻlgan uchta jigarrang yoʻlli, 500 soʻmlik uchun — eni 15 mm. boʻlgan bitta yashil yoʻlli, 1000 soʻmlik uchun — eni 15 mm. boʻlgan bitta koʻk yoʻlli chiziqlarga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Avtomatik tarzda oʻrab-bogʻlanadigan (banderollanadigan) dastalar uchun bir-biridan farqlanuvchi chiziqlari boʻlmagan bir xil tusdagi banderollardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Bir xil qiymatdagi pullarning har 10 dastasi (1000 donadan) bitta bogʻlamga joylashtiriladi, bogʻlam ustiga va ostiga kartondan tayyorlangan standart nakladka qoʻyilib, tuguni va tugilgan joyi boʻlmagan tizimcha bilan ikki marta xochsimon tarzda aylantirib oʻraladi va toʻrt marta tugib bogʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Bogʻlamlarni oʻrab bogʻlayotgan kassir tizimchaning uchlaridagi tuguniga yaqin boʻlgan joyga bank kodi bilan birga plombirning tartib raqami tushirilgan plombir bilan plombalaydi. Qoʻyilgan plombadan keyingi tizimchaning uzunligi 2 sm. dan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ustki nakladkalarga bank nomi, uning kodi, pul qiymati, qoʻyilgan pul summasi, sanasi, pullarni saralagan va qayta sanashni bajargan kassirning imzosi qoʻyiladi, shuningdek, familiyasi va ism-sharifi yozilgan toʻrtburchak muhr bosiladi. Eskirgan pullar bogʻlamidagi banderol va nakladkalarning oʻng tarafidagi yuqori burchagiga bank nomi, uning kodi, kassirning familiyasi va ism-sharifi koʻrsatilgan “Eskirgan” yozuvli toʻrtburchak muhr bosilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Agar pullar polietilen paketlarga joylanadigan boʻlsa, pullarning dastalari bitta koʻndalang banderol bilan oʻraladi va ularga oddiy banderollarga qoʻyilishi lozim boʻlgan hamda ushbu Yoʻriqnomaning 49-bandida qayd etib oʻtilgan rekvizitlar qoʻyiladi. Pullarni oʻrab-bogʻlash jarayonida esa 54-bandda qayd etib oʻtilgan tartibda rekvizitlar qoʻyilgan nakladkalardan foydalaniladi. Pul bogʻlamlari dastalarni shakllantirgan kassir tomonidan paketga joylashtiriladi va polietilen paketlarni payvandlab, yopishtiruvchi (multivak va h. k.) apparat yordamida yopishtiriladi hamda apparatga oʻrnatilgan klishe orqali paketning har ikki chokiga bank nomi, uning kodi va kassirning shaxsiy kodi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining naqd pullari 100 donadan dastalanib, bitta koʻndalang banderolga oʻrab-bogʻlanadi. 10 ta dastadan iborat boʻlgan bogʻlamlar bitta koʻndalang banderol bilan tortib bogʻlanib, unga “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining nomi, pulning qiymati, qoʻyilgan summasi, kassir familiyasi yoki uning kodi koʻrsatilgan rekvizitlar bosiladi. Bogʻlamlar polietilen paketlarga solib yopishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Toʻliq bogʻlamlarni shakllantirish uchun yetarli boʻlmagan alohida dastalar ularni qabul qilib olgan kassir tomonidan qaytadan birma-bir sanab olinadi va bir xil qiymatdagi yoki har xil qiymatdagi (1 va 3 soʻmliklar alohida, 5, 10, 25, 50 va 100 soʻmliklar alohida, 200, 500 va 1000 soʻmliklar alohida) toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarga qoʻshib bogʻlanishi mumkin, bunda bitta bogʻlamdagi dastalarning soni 10 tadan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarning va turli qiymatdagi pullarning dastalaridan tayyorlangan bogʻlamlarning ustki nakladkalariga rekvizitlar qoʻlda yoziladi. Turli qiymatdagi pullarning dastalaridan shakllantirilgan bogʻlamlarning nakladkalarida har bir qiymatdagi pullarning soni va summasi hamda umumiy summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastalari toʻliq boʻlmagan aylanma kassa qoldigʻidagi toʻlovga yaroqli pullar alohida va eskirgan pullar alohida dastalar koʻrinishida shakllantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Kassirlar toʻlovga yaroqli boʻlgan tangalarni qiymatiga qarab paketlarga joylaydilar. Bir xil qiymatdagi tangali paketlar tashqi choklari boʻlmagan standart qoplarga joylanadi. Har bir qopning ogʻzi matodan tayyorlangan yorliq bilan qoʻshib tikiladi hamda tuguni va titilgan joyi boʻlmagan tizimcha bilan 2,5 aylanishda mahkam bogʻlanadi. Tizimcha siqib bogʻlanganidan soʻng, plomba qoʻyiladi. Paketlarga va tangali qoplarga biriktirilgan yorliqlarga bank nomi, uning kodi, oʻrab-bogʻlangan sana, tanga qiymati, summasi, kassir imzosi qoʻyiladi, uning familiyasi va ism-sharifi yozilgan toʻrtburchak muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Aylanma kassadagi tangali qoplarga kartondan tayyorlangan yorliqlar qoʻyilishi mumkin. Yorliqlardan tizimcha uchlari oʻtkazilganidan soʻng tizimcha siqib bogʻlanadi va plomba qoʻyiladi. Tangalarning aylanma kassadan tashilishi amalga oshiriladigan hollarda, qoplarning ogʻzi matodan tayyorlangan yorliq bilan birga tikilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining Zarbxonasida oʻrab-bogʻlangan tangali qoplarga biriktirilgan matodan tayyorlangan yorliqlarga Zarbxona nomi, tanga qiymati, qoʻyilgan summa, oʻrab-bogʻlangan sana hamda nazoratchining kodi koʻrsatiladi. Tanganing har bir nominal qiymatiga: 1 soʻm — sariq, 5 soʻm — koʻk, 10 soʻm — oq, 25 soʻm — och qizil (pushti), 50 soʻm — yashil va 100 soʻm — qizil rangli alohida yorliqlar biriktiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Qop ogʻzi ikki xil: yorliqli tomoni — oq, orqa tomoni esa — qizil rangdagi ip bilan tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda — qizil ip faqatgina oddiy chok vazifasini emas, balki nazorat choki va plomba vazifasini ham bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tikilayotgan chok mustahkam ushlab turishni taʼminlaydi va chekkalari 3 sm dan kam boʻlmagan va erkin uchlari boʻlgan hajmda uning oʻzidan-oʻzi echilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim qopni ochayotgan vaqtda, qop va choklarning butligiga ishonch hosil qilishi, yorliqning oʻng tomonidagi qizil nazorat ipining birinchi tuguni hamda chokning boʻsh qismini echib, ikkala ipni tortishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chok oson echilishi va echilgan iplar butun boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tangali qoplar qabul qilinayotgan vaqtda, yorliqning borligi, qop, chok, ip va hokazolarning butunligiga eʼtibor berish lozim. Ipning uzilganligi plombaning buzilganligi bilan barobardir. Inkassatorlarga Zarbxona yoki banklardan shubhali bogʻlamlardagi qoplarni qabul qilish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Bitta qopga solinadigan tangalarning eng koʻp (maksimal) summasi 1, 3, 5 tiyin qiymatidagi jez (latun) bilan qoplangan (sariq rangli) tangalar uchun — 50 soʻm, 10, 20 tiyin qiymatidagi nikel tangalar uchun 250 soʻm, 50 tiyin qiymatidagi tanga uchun 500 soʻm, 1 soʻm qiymatidagi tanga uchun 1000 soʻm, 5 soʻm qiymatidagi tanga uchun 5000 soʻm, 10 soʻm qiymatidagi tanga uchun 10000 soʻm, 25 soʻm qiymatidagi tanga uchun 25000 soʻm, 50 va 100 soʻm qiymatidagi tangalar uchun 50000 soʻm miqdorida belgilanadi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Tangali qoplarda notoʻgʻri qoʻyilmalar aniqlangan taqdirda, ushbu Yoʻriqnomaning 316-bandi talablariga amal qilinishi shart. Dalolatnomaga tanga solingan qop, yorliq va albatta, qop tikilgan ikkala butun (oq va qizil) iplar ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Qopdagi tanganing bir qismi olingan yoki unga qoʻshimcha solingan hollarda tangalar qoldigʻi donalab sanalishi, paketdagi qadoqlangan tangalar esa, yozuvlariga qarab, qayta sanalishi shart. Bunda qop qaytadan plombalanib, unga kassir imzo qoʻyadi va qopga yangi yorliq biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Kassirlarda qolgan tangali paketlar, agar ulardan toʻla qoplarni shakllantirib boʻlmaydigan boʻlsa, ularni birlashtirish va oʻrab-bogʻlash uchun bir yoki bir nechta kassirga beriladi. Toʻliq qoplarni shakllantirib boʻlmaydigan paketlar bir xil qiymatdagi (nikel tangalar alohida, bronza tangalar alohida) toʻliq boʻlmagan qoplarga joylanishi mumkin. Lekin ularni oʻrab-bogʻlash Zarbxona meʼyori miqdoridan oshmasligi lozim. Ushbu qoplarning yorliqlarida har bir qiymatdagi tangalarning summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har xil qiymatdagi tangalar solingan paketlardan shakllantirilgan toʻliq va toʻliq boʻlmagan qoplarga biriktirilgan yorliqlarga “Yigʻma”, deb yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Shu kunning oʻzida mijozlarga berish uchun moʻljallangan pullarning bogʻlamlariga qalin qogʻozdan tayyorlangan faqat ustki standart nakladkalar qoʻyilib, ular tizimcha bilan xochsimon shaklda bogʻlanadi. Bunda tizimcha uchlariga plomba qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Shakllantirilgan kunning oʻzida mijozlarga beriladigan tangali qoplar tizimcha bilan bogʻlanib, kartondan tayyorlangan yorliq biriktiriladi. Bunda, tizimcha uchlariga plomba qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Aylanma kassasida keyingi kunga qolayotgan va kassa mudiri tomonidan qayta sanalgan hamda oʻralgan pullarning bogʻlamlari va tangali qoplar plomba qoʻyilmagan holda tizimcha bilan xochsimon shaklda bogʻlanadi. Dastalarni toʻldirishga yetmagan pullar esa banderol bilan oʻrab bogʻlanadi, lekin ular bogʻlamlarga joylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, kassa mudiri tomonidan qayta sanab qadoqlangan va aylanma kassasi qoldigʻida boʻlgan tangalarni, kunlik ehtiyojdan oshirmagan miqdorda pul saqlash omborida paket va qoplarga joylangan holda saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Kirim kassalarida operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasida keltirilgan 001-shakldagi naqd pul qoʻyish eʼlonlari boʻyicha, boshqa turdagi bir martalik toʻlovlarni qabul qilish esa 4-ilovada belgilangan 008-shakldagi kirim kassa orderi orqali 44-ilovada koʻrsatilgan 004-shakldagi kvitansiyani berish bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. 001-shakldagi naqd pul qoʻyish eʼloni 3 qismdan — naqd pul qoʻyish eʼloni, kvitansiya va orderdan iborat. Naqd pul qoʻyish eʼloni kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, kvitansiya naqd pulni topshirgan mijozlarga, ordyerlar esa — buxgalteriya xodimlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Bank xodimlaridan naqd pul qabul qilib olinganda, kvitansiya oʻrniga kirim kassa ordyerlarining kassir tomonidan imzolangan va kirim kassasi kassirining muhri qoʻyilgan nusxalari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan kommunal toʻlovlarni (isitish, issiq suv, ichimlik suv, oqova, elektr energiyasi, gaz va chiqindi uchun) qabul qilish vaqtida har bir xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan toʻlov blankalaridan foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha bir martalik toʻlovlar 002-Sh-TX-shakldagi blankalar yordamida amalga oshiriladi. Blanka shakli mazkur Yoʻriqnomaning 49-ilovasida keltirilgan. Blanka xabarnomasining birinchi qismi bankning kunlik kassa hujjatlariga tikib qoʻyiladi, ikkinchi qismi esa mijozga beriladi. Jismoniy shaxslar soliq toʻlovlarini toʻlashda, maxsus toʻlov blankasi (mazkur Yoʻriqnomaning 50-ilovasi)dan foydalanishlari lozim. Toʻlov blankasi uch qismdan — xabarnoma, patta va kirim orderidan iborat. Kirim orderi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, patta soliqlarni toʻlagan jismoniy shaxslarga beriladi va xabarnoma tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi xodimlari (mutaxassislari)ga ularning soʻrovlariga muvofiq taqdim qilinadi”.
(72-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Mijozlar bank hisobvaraqlariga naqd pul qoʻyishlaridan avval buxgalteriya xodimlari hujjatlarni “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”da (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 28-son, 276-modda) koʻrsatib oʻtilgan tartibda oldindan tekshirib chiqadilar va rasmiylashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng kirim kassa jurnaliga imzo qoʻydirib, hujjatlar kassaga topshiriladi.
(73-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Kassir, kirim hujjatlarini olganidan soʻng, ularda buxgalteriya xodimlarining imzolari borligini va ushbu imzolarning kassirda saqlanayotgan namunalariga mos kelishini tekshirishi, mijoz imzosi qoʻyilganligi, undagi koʻrsatilgan summaning raqam va soʻz bilan yozilganligiga mos kelishini tekshirishi, shundan soʻng mijozni chaqirib, undan naqd pullarni birma-bir sanab qabul qilib olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Agar mijoz pulni bank kassasiga bir necha hisobvaraqlar boʻyicha bir necha kirim hujjatlari asosida topshirsa, bu holda kassir pulni har bir hujjat boʻyicha alohida qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Kassirning stoli ustida pul qoʻyuvchidan qabul qilib olinayotgan puldan boshqa hech qanday pul boʻlmasligi kerak. Kassir tomonidan ilgari qabul qilib olingan barcha pullar stol tortmalarida, metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim kassasi kassirining ish joyi shunday jihozlanishi kerakki, unda mijozga pulning qayta sanalayotganligini kuzatib turish imkoni yaratilgan boʻlsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Pulni qabul qilib olganidan soʻng, kassir kirim hujjatida koʻrsatilgan summani qayta sanalganda chiqqan summa bilan solishtiradi. Ular mos kelgan taqdirda kassir 001-shakldagi naqd pul qoʻyish eʼloniga, kvitansiyaga va unga tegishli boʻlgan order (kirim kassa ordyerlari)ga imzo qoʻyib, kvitansiya (kirim kassa orderi nusxasi)ga muhr bosadi va uni pul topshirgan shaxsga beradi. Shundan soʻng eʼlonning orderini va kirim kassa ordyerlarining nusxalarini kassir masʼul ijrochiga yoki kirim kassa jurnalini yurituvchi xodimga yuboradi va naqd pul qoʻyish eʼlonini oʻzida olib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Agar mijoz topshirgan naqd pul summasi hujjatda koʻrsatilgan summa bilan oʻzaro mos kelmasa, mijozga hujjatni qaytadan toʻldirish taklif etiladi. Kassir dastlabki hujjatning ustidan chiziq tortadi va uning orqa tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim hujjatlari buxgalteriya xodimiga beriladi. Buxgalteriya xodimi kassa jurnalidagi dastlabki koʻrsatilgan summani oʻchiradi va qoʻyilgan pulning yangi summasini yozib, qaytadan qabul qilib olgan hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni kassaga joʻnatadi. Ishdan chiqqan 004-shakldagi kvitansiyalar ushbu Yoʻriqnomaning 79-bandida koʻrsatilgan tartibda saqlanadi, kirim hujjatlari esa yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan boʻlsa, kassir buning sababini aniqlash uchun kirim hujjatlarini kvitansiyalar bilan birga buxgalteriya xodimlariga qaytaradi. Pulning topshirilmaganlik sabablari aniqlanganidan soʻng, kvitansiyalarda qanday sabablarga koʻra uning topshirilmaganligi koʻrsatilib, hujjatga bank rahbari, bosh buxgalter yoki ularning oʻrinbosarlari imzo qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda kassa jurnallaridagi yozuvlar oʻchirilib, kirim hujjatlari yoʻq qilinadi va 004-shakldagi kvitansiya buxgalteriya xodimlariga qaytarilib, ular tomonidan kvitansiya daftarchalarining muqovasiga yopishtirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Toʻlovga yaroqsiz boʻlgan pullarning mavjudligi aniqlangan taqdirda, kassir uni tekshirish uchun kassa mudiriga berishi shart. Ushbu pullarning toʻlovga yaroqsiz ekanligi tasdiqlangan holda, ularga bank nomi tushirilgan muhr hamda shu qarorni qabul qilgan shaxs imzosi qoʻyiladi va “Almashtirib berish rad etildi” degan muhr bosilib, pul egasiga qaytariladi yoki mijoz xohishiga koʻra, ushbu Yoʻriqnomaning 197-bandida koʻrsatilgan tartibda ekspertizaga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalbaki pullar aniqlangan taqdirda, kassir bu haqda darhol kassa operatsiyalari boʻlimi boshligʻi (kassa mudiri)ga va bank boshqaruvchisiga xabar qilishi, kelgusida esa ushbu Yoʻriqnomaning 203-bandida koʻrsatib oʻtilgan talablarga binoan ish tutishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻyilgan pul summasida bunday pullar hisobga olinmaydi, balki mijozga yetmayotgan toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pul summasi oʻrnini qoplash (toʻlash) yoki amalda qabul qilingan toʻlovga yaroqli pul summalariga ushbu Yoʻriqnomaning 78-bandida qayd etib oʻtilgan tartibda boshqa kirim hujjatini toʻldirish (tuzish) taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Kassir kassa mudiridan qabul qilib olgan va topshirgan pul summalarini har kuni oʻzining mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasida keltirilgan 155-shakldagi kitobiga yozib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Bank amaliyot kuni oxirida qabul qilib olingan hujjatlar asosida kirim kassasining har bir kassiri 109-shakldagi maʼlumotnoma tuzadi va undagi summani oʻzi qabul qilib olgan pul summasi bilan solishtiradi. Maʼlumotnoma kassir tomonidan imzolanadi va unda koʻrsatilgan kassa aylanmalari (oborotlari)ni buxgalteriya xodimlarining kassa jurnallaridagi yozuvlari bilan solishtiradi. Solishtirish kassirning 109-shakldagi maʼlumotnomaga buxgalteriya xodimining imzosi qoʻyilishi va kassirlar tomonidan esa buxgalteriyaning kirim kassa jurnallariga imzo qoʻyilishi bilan rasmiylashtiriladi. Maʼlumotnomaning shakli mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Kirim (chiqim) kassa jurnalini yuritish buxgalteriya xodimlaridan biriga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Bank amaliyot kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir ushbu Yoʻriqnomaning IV-bobida belgilangan tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 109-shakldagi maʼlumotnoma bilan birga kassa mudiriga 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirib topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Kassa mudiri qabul qilib olgan pul summasini kassirning maʼlumotnomasi bilan solishtiradi va qabul qilingan summani oʻzining 155-shakldagi kitobiga yozib, maʼlumotnomaga imzo qoʻyadi hamda uni 004-shakldagi kvitansiya blankalaridan toʻgʻri foydalanilayotganligini tekshirish uchun bosh buxgalterga beradi. Maʼlumotnoma tekshirib boʻlinganidan soʻng, u bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va shu kunning kassa hujjatlariga tikib qoʻyish uchun maxsus ajratilgan xodimga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Toʻliq bogʻlam va dastani shakllantirish uchun yetmaydigan pullar kun oxirida, kassa mudirining koʻrsatmasiga binoan aylanma kassasi kassirlaridan biriga 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirgan holda birlashtirish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Zarurat tugʻilgan taqdirda, kirim kassalariga kelib tushgan pullar kassa mudiriga bank amaliyot kuni mobaynida 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirgan holda bir necha marta berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda, kassir pulni berishdan avval, haqiqatda tushgan pulni qabul qilib olingan kirim kassa hujjatlaridagi pulning umumiy summasiga mos kelishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Bank amaliyot kuni yakunlanishiga qadar tushgan barcha naqd pullar, oʻsha ish kunining oʻzidayoq aylanma kassaga kirim qilinishi va bank balansi boʻyicha tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Pul va qimmatliklarni chiqim kassalari orqali berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Bank kassasidan naqd pul berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — ushbu Yoʻriqnomaning 45-ilovasida belgilangan shakldagi pul cheklari boʻyicha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bankdan kredit olgan jismoniy shaxslarga, qarz oluvchilarga, pensionyerlarga mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasida keltirilgan chiqim kassa ordyerlari boʻyicha beriladi. Banklarning boshqaruv apparati ehtiyojlari va boshqa sarf-xarajatlar uchun beriladigan pullarni chiqim qilish ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi.
(89-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) omonatchilarga omonatlar boʻyicha foizlar toʻlash hamda omonatni qaytarish omonat kassalari orqali “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2205, 2011-yil 4-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 9-son, 97-modda) talablari boʻyicha.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
891. Bank plastik kartalaridan foydalangan holda chiqim amallari bajarilganda, avtomat tarzda shakllantirilib chop etiladigan slip chiqim kassa ordyerlariga tenglashtiriladi. Kun oxirida bank kassasidagi terminal orqali jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan chiqim qilingan naqd pullar umumiy summasiga chiqim kassa orderi rasmiylashtiriladi. Bunda, bank plastik kartalari orqali bajarilgan har bir amallar summasi mazkur Yoʻriqnomaning 231-bandida qayd qilingan axborotlar tasmasiga kiritilishi lozim.
(891-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Pensiyani belgilagan organning topshiriqnomasiga asosan pensiya va nafaqalarni berish amalga oshiriladigan hollarda chiqim kassa orderi yozib beriladi va u topshiriqnoma bilan birga kunlik kassa hujjatlariga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Bankning pul saqlash ombori ochilganidan soʻng, kassa mudiri, filial boshqaruvchisi va bosh buxgalter ishtirokida aylanma kassadagi naqd pul qoldiqlari qayta sanaladi. Naqd pul qoldigʻi mazkur Yoʻriqnomaning 40-ilovasida keltirilgan 120-shakldagi kitobning maʼlumotlariga mos kelishiga ishonch hosil qilinganidan soʻng, kassa mudiri kassirlarga chiqim operatsiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan pul summasini, hisob berish sharti bilan oʻzining 155-shakldagi kitobiga imzo qoʻydirgan holda beradi. Toʻliq va toʻliq boʻlmagan pul bogʻlamlari nakladkalardagi maʼlumotlarga qarab tekshiriladi, toʻliq boʻlmagan dastalardan iborat bogʻlamlar esa birma-bir qayta sanalib (qayta sanash kassa mudiri tomonidan tayinlangan kassa xodimlaridan birining kuzatuvi ostida amalga oshirilishi mumkin) qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tangalar — yorliqlar va paketlardagi yozuvlariga qarab qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Kassir kassa mudiridan hisob berish sharti bilan olingan barcha summalarni, toʻlangan hujjatlarning soni va summasini hamda kassa mudiriga imzo qoʻydirib, qayta topshirishi kerak boʻlgan hisobdorligidagi summalar qoldigʻini oʻzining 155-shakldagi kitobida qayd etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Kassa mudiri kassirlarga hisob berish sharti bilan zarur boʻlgan pul summasini berganidan soʻng, kassada qolgan naqd pulni yana hisoblab, uni ish kuni boshidagi kassa qoldigʻi summasiga taqqoslab koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Xoʻjalik yurituvchi subyekt vakili naqd pul olish uchun bank buxgalteriyasi (front ofisi)ning ushbu mijozga xizmat koʻrsatuvchi xodimiga pul cheklari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Ular ushbu hujjatlarni tekshirib boʻlgach, mijozlarga kassaga taqdim etishlari uchun pul chekining nazorat markasini yoki chiqim orderining yirtma talonini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Chiqim hujjatlari alohida hollarda buxgalteriya (front ofis) xodimlari tomonidan maʼlumotlarni kiritish varagʻi (kassa jurnali)ga imzo qoʻydirilgan holda kassaga topshiriladi. Chiqim hujjatlarini pul olayotgan shaxs tomonidan kassaga topshirilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Bankning bosh buxgalteri ixtiyoriga koʻra, kassa jurnalining ikki nusxada yuritilishiga, kassa jurnalining birinchi nusxasiga kassir imzo qoʻygach, chiqim hujjatlarining kassaga topshirilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Kassir chiqim hujjati (pul cheki, kassa orderi va boshqalar)ni olganidan soʻng quyidagilarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pul oluvchini chiqim hujjatining raqami boʻyicha chaqirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kassaga taqdim etiluvchi nazorat markasi yoki yirtma talonning raqamini chiqim hujjatidagi raqam bilan taqqoslashi va nazorat markasini yoki yirtma talonni tegishli chek yoki orderga yopishtirib qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bankning pul berishni hal etish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarining imzolari borligini va ushbu imzolar mavjud namunalar bilan bir xilligini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hujjatda raqam va soʻz bilan yozilgan summalar oʻzaro mos kelishini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hujjatda pul oluvchining shaxsiy imzosi borligini va bank masʼul xodimlarining imzosi qoʻyilganligini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki guvohnomasi (guvohnoma faqat Mudofaa vazirligi, Ichki Ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan oʻz xizmatchilariga berilgan boʻlsa) borligini tekshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mijozning shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki guvohnomasidagi maʼlumotlarni chekdagi maʼlumotlar bilan solishtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) hujjatda koʻrsatilgan pul summasini tayyorlaydi, pul oluvchidan u qancha pul olayotganligini soʻraydi, tayyorlangan pul summasini yana bir bor chiqim hujjatlari bilan taqqoslab, uni pul oluvchiga berganidan soʻng, chiqim hujjatlariga imzo qoʻyishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassirning stoli ustida berishga tayyorlab qoʻyilgan puldan tashqari boshqa hech qanday pul boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Kassir pullarni birma-bir qayta sanamagan holda, nakladka va banderollarda koʻrsatilgan summalariga qarab oʻrami buzilmagan toʻliq bogʻlamlar va dastalar boʻyicha berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bogʻlamdagi plombalar (kassirlarning shaxsiy raqamlari boʻlgan kafolat choklari) pul oluvchining ishtirokida qirqiladi. Toʻliq boʻlmagan dastalardagi, shuningdek oʻrami buzilgan dastalardagi pullarni kassir birma-bir qayta sanab berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qop va paketlarga joylangan tangalar — paket va yoriqlardagi yozuvlariga qarab beriladi. Tanga butun qopi bilan beriladigan boʻlsa, bank kassiri qopdagi plombani pul oluvchining ishtirokida qirqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Kassir pullarni donalab sanab berish uchun dastani ochganidan soʻng, undagi pullarning barchasini birma-bir qayta sanab koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi oʻramlaridagi pullarning bogʻlamlari ochilib, mijozlarga alohida dastalar bilan yoki donalab sanab beriladigan hollarda bogʻlamdagi pul kassa mudirining yoki shu maqsadlar uchun ajratilgan xodimning ishtirokida oldindan va toʻliq birma-bir sanab koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi oʻramidagi pullar mijozga berilayotgan vaqtda oxirgi uchta nominal qiymatdagi pullarning seriya va raqamlari alohida daftarda qayd etilib, mijozlarga imzo qoʻydirilgan holda berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Kassirlar mijozlarga pul berayotgan vaqtda, ularning talabiga binoan, bir qiymatdagi pullarni boshqa qiymatdagi pullarga almashtirib berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Bank kassasidan berilgan pulni olgan shaxs, kassa yonidan ketmay turib olingan umumiy summani hujjatda koʻrsatilgan summa bilan taqqoslashi, uni bogʻlamlar va dastalar boʻyicha tekshirishi, dasta toʻlmagan alohida pullarni esa shu pulni bergan kassirning kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanab koʻrish orqali qabul qilib olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Bank mijozi qabul qilib olgan barcha pullarni maxsus ajratilgan xonada, bank kassiri yoki nazoratchi kuzatuvi ostida, birma-bir qayta sanab olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda chiqim kassasi kassiri berilayotgan pul bogʻlamlaridagi plombalarni yoki kafolat choklarini kesmaydi, balki, plombalar, tugunlar, banderollar va hokazolar toʻliq saqlanishini kuzatib turadi. Pul dastasidan ortiqcha yoki kamomad chiqqan holda ikki nusxada mazkur Yoʻriqnomaning 31-ilovasida koʻrsatilgan 145-shakldagi dalolatnoma, agarda toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar aniqlansa, 145a-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, uning ikkinchi nusxasi buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun buxgalteriyaga yuboriladi. Bunda barcha banderollar, plombali oʻram materiali yoki polietilen paket va puli toʻgʻri chiqmagan dastaning ustki nakladkasi, shuningdek tanga solingan qopning yorligʻi plombali oʻram bilan birga toʻliq saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Mijoz tomonidan bir bogʻlamdagi naqd pullar qayta sanab boʻlinganidan soʻng, bank nazoratchisi bogʻlamning plombasi (kassirlarning shaxsiy raqamlari boʻlgan kafolat choklari)ni qirqib oladi va mijoz tomonidan dastalar boʻyicha qayta sanalayotgan pullarni nazorat qilishni davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Oluvchilarning pul yoki tangalari yetishmayotganligi toʻgʻrisidagi arizalari, agar ular kassa yonidan ketmay pulni qayta sanab olmagan yoki qayta sanash uchun ajratilgan xonada bank nazoratchisi kuzatuvi ostida qayta sanamagan boʻlsalar, qoniqtirilmaydi. Bu haqda chiqim kassalari oldida koʻzga koʻrinarli joyga eʼlon yozib qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul oluvchilarning eʼtirozlari qoniqtirilgan yoki qoniqtirilmaganligidan qatʼi nazar, bank rahbari pul yetishmayotganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish uchun chora koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Xoʻjalik yurituvchi subyekt vakili bank kassasiga pul topshirmay turib, bir vaqtning oʻzida pul olish uchun chek va naqd pul qoʻyish eʼlonini taqdim etgan hollarda, bunday operatsiyalarni bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Bank rahbari alohida hollarda, chekda koʻrsatilgan summa boʻyicha qisman pul berilishiga ruxsat etganidan soʻng, pul oluvchiga ushbu chek boʻyicha berilayotgan amaldagi pul summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnomaga rahbar va bosh buxgalter imzolari qoʻyilib, bank muhri bosiladi. Pul oluvchidan olingan pul summasi toʻgʻrisida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. Chekka qisman pul toʻlanganligi haqidagi maʼlumotnomaning nusxasi ilova qilinib, u shu kunning kassa hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Bank amaliyot kuni oxirida kassir, hisobdorlik asosida qabul qilingan summani, chiqim hujjatlaridagi summaga va pul qoldigʻiga taqqoslab koʻrganidan soʻng, mazkur Yoʻriqnomaning 35-ilovasida keltirilgan 110-shakldagi hisobot maʼlumotnomasini tuzib imzolaydi va unda koʻrsatilgan kassa aylanmalarini bank buxgalteriyasi xodimlarining kassa jurnallaridagi yozuvlari bilan taqqoslaydi. Taqqoslash kassir tomonidan chiqim kassa jurnaliga imzo qoʻyishi va buxgalteriya xodimlarining kassir maʼlumotnomasiga qoʻyilgan imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Kassaning chiqim aylanmalari mazkur Yoʻriqnomaning 36-ilovasida keltirilgan 111-shakldagi kassa aylanmalari haqidagi jamlama maʼlumotnomaga umumiy summa boʻyicha kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Kassir belgilangan tartibda tayyorlangan pul qoldigʻini va shu kunning chiqim kassa hujjatlarini hisobot maʼlumotnomasi bilan birga 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirib, kassa mudiriga topshiradi. Kassa mudiri hisobot maʼlumotnomasini tekshirib, uni pul qoldigʻi bilan taqqoslaganidan soʻng oʻz imzosini qoʻyadi hamda uni shu kunning kassa hujjatlariga tikib qoʻyish uchun kassirlardan biriga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Bank amaliyot kuni oxirida kassirlarda qolgan va boshqa kassirlar tomonidan oʻrab-bogʻlagan alohida dastalardagi pullar va plombalanmagan pul bogʻlamlari kassa mudiriga berilishidan avval, belgilangan tartibda birma-bir qayta sanalishi va oʻrab bogʻlanishi kerak. Boshqa kassirlar tomonidan joylangan alohida tangali paketlar donalab sanalmasdan, turli qiymatdagi tangalarning yigʻma (nikel tangalar alohida, bronza tangalar alohida) qopiga joylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq bogʻlanishi mumkin boʻlmagan bogʻlam va dastalardagi pullarni kun oxirida aylanma kassa kassirlari kassa mudirining koʻrsatmasiga binoan kassirlardan biriga, ularni birlashtirish uchun oʻzlarining 155-shakldagi kitobiga imzo qoʻydirgan holda berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Bank xodimlariga ish haqi toʻlash uchun olingan boʻnak (avans) qoldigʻi, ish kuni tugaganidan soʻng, kassir tomonidan qopga joylanib, qop ogʻzi yorliq bilan birga qoʻshib tikiladi va tizimcha bilan siqib bogʻlanadi. Tizimchaning titilgan joylari va tugunlari boʻlmasligi kerak. Yorliqda qop bogʻlangan sana va unga solingan pul summasi koʻrsatilganidan soʻng, kassir imzo qoʻyib, unga nomi yozilgan toʻrtburchak muhrni bosadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimcha uchlari chandib bogʻlanganidan soʻng, kassirning plombiri bilan plombalanadi. Ushbu qopni keyingi ish kuni boshlanishiga qadar saqlash uchun 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirgan holda kassa mudiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa mudiri tomonidan ushbu qopning butligi va uning toʻgʻri bogʻlanganligini tekshirib qabul qilish balansdan oʻtkazilmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Aylanma kassada mavjud boʻlgan naqd pul, oʻz limiti doirasidan oshmagan holda mijozlarning buyurtmalariga binoan, banklar tomonidan naqd pulni berish maqsadida oldindan tayyorlab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Bank buxgalteridan olingan naqd pul cheklari boʻyicha keyingi ish kuni davomida beriladigan naqd pullarni oldindan tayyorlash va oʻrab-bogʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pulni oldindan tayyorlab qoʻyish zimmasiga yuklatilgan kassir, kassa yakunlanganidan soʻng, oʻzi qabul qilib olgan chiqim hujjatlarining toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Agar mavjud boʻlgan naqd pullar yetmagan taqdirda, kassir yetmayotgan summani kassa mudirining 155-shakldagi kitobi orqali qabul qilib olishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir hujjat boʻyicha alohida tayyorlangan naqd pul (toʻliq va toʻliq boʻlmagan bogʻlamlar, plombalari oldindan kesilgan tangali qoplar, pullarning dastalari) kassirga beriladi. U nazoratchining kuzatuvi ostida, pul summalari va bogʻlamlari toʻgʻri tanlanganini tekshiradi hamda tashqi choklari boʻlmagan qopga joylaydi. Qop ogʻzi tikiladi va tugunlari hamda titilgan joylari boʻlmagan tizimcha bilan siqib bogʻlanadi. Yorliqda oʻrab-bogʻlangan sana va joylangan pulning umumiy summasi koʻrsatiladi. Shundan soʻng, kassir va nazoratchining imzolari qoʻyilib, familiyasi va ism-sharifi yozilgan toʻrtburchak muhrlari bosiladi. Tizimcha uchlari chandib bogʻlanadi va kassirning plombiri bilan plombalanib, yorliqqa chiqim hujjatlari biriktirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berishga tayyorlab qoʻyilgan va uncha koʻp boʻlmagan summalar joylangan qoplar, umumiy qopga yoki qulflanadigan aravachaga joylanishi mumkin. Kassir ularni plombalaydi, joylangan pulning umumiy summasi koʻrsatilgan yorliqni biriktirib qoʻyadi. Yorliqqa sana, kassir va nazoratchining imzosi qoʻyilib, familiyasi va ism-sharifi yozilgan toʻrtburchak muhr bosiladi. Bunday hollarda barcha chiqim hujjatlari umumiy yorliqqa biriktiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) berish uchun tayyorlab qoʻyilgan naqd pulni kassa mudiri chiqim hujjatlari bilan birga kassirning 155-shakldagi kitobiga imzo qoʻyib qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Pullar qoplar (aravachalar)ga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlariga qarab qabul qilinadi va bunda ularning butligi, pulning toʻgʻri oʻrab-bogʻlanganligi va plombir izlarining aniq tushganligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir keyingi ish kun ertalab kassa mudiridan 155-shakldagi kitobga imzo qoʻygan holda, pulni aynan shu tartibda qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Kassir naqd pulli qoplarni mijozlarga berishni ushbu Yoʻriqnomaning 97-bandiga muvofiq amalga oshiradi. Berilayotgan qoplardan plombalar qirqib olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlar qoplarni maxsus ajratilgan xonada bank xodimining kuzatuvi ostida ochadilar, plombalarni esa, bank xodimi qirqib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Kechki kassa tomonidan pul va boshqa qimmatliklar solingan xalta (qop)larni inkassatsiya xizmati xodimlaridan qabul qilib olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Bank amaliyot kuni tugaganidan soʻng inkassatsiya xizmati xodimlaridan naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan xalta (qop)larni qabul qilish maqsadida banklarda kechki kassalar tashkil etiladi. Kechki kassada inkassatsiya xalta (qop)larini qabul qilib olish kassa va buxgalteriya xodimlari hisobidan tayinlangan kechki kassa kassiri va nazoratchi-buxgalteri tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Kechki kassaning nazoratchi buxgalteri qayta sanash kassasida ishlashi, shuningdek qayta sanash kassasining nazoratchisi esa, kechki kassa xodimlarining vazifasini bajarishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Inkassatorlar brigadasi bir yoʻnalish boʻyicha harakatlangan taqdirda, kechki kassaning kassiri naqd pul solingan xalta (qop)larni brigada boshligʻidan, shu brigadada ishlovchi barcha inkassatorlar ishtirokida qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Agarda inkassatorlar brigadasi bir nechta yoʻnalish boʻyicha harakatlangan hollarda, pul tushumini yigʻishda qatnashgan avtomashina haydovchisi qimmatliklar solingan xaltalar kassir tomonidan qabul qilib boʻlinguniga qadar avtomashina yonida boʻlishi va boshqa yoʻnalishlardan yigʻilgan pul tushumi solingan xaltalarni qoʻriqlab turishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Inkassatorlar pul tushumi solingan xalta (qop)larni topshirayotgan vaqtda mazkur Yoʻriqnomaning 19-ilovasida keltirilgan ushbu xaltalarga berilgan 006-shakldagi yuk xatlarini, 32-ilovada koʻrsatilgan 107-shakldagi tashrif varaqlarini va boʻsh xalta (qop)larning soni hamda 8-ilovada keltirilgan yoʻnalish boʻyicha inkassatorlarga beriladigan boʻsh xaltalar va tashrif varaqlarining soni toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani yuk xatlari bilan tashrif varaqalaridagi yozuvlar bir-biriga mos kelishini tekshirish uchun kechki kassaning nazoratchi-buxgalteriga taqdim etadi. Inkassatorlardan qabul qilib olinishi kerak boʻlgan xaltalar (qoplar) mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasida keltirilgan qabul qilib olingan naqd pulli xalta, qop hamda boʻsh xaltalarni qayd etish blankasida 2 nusxada toʻldirilib, roʻyxatga olingan yuk xatlarini kassirga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya xaltalarini qabul qilish vaqtida tashrif varaqalarida tegishli izohlarsiz qilingan tuzatishlar, tashrif varaqalardagi yozuvlar bilan yuk xatlaridagi yozuvlar oʻzaro mos kelmasligi va boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda, shuningdek qoʻshimcha topshirilgan pul tushumi solingan xaltalarning raqamlari blankaning “Eslatma” ustunida koʻrsatilishi lozim. Qoʻshimcha nazorat qilish uchun varaqda koʻrsatilgan umumiy summa tashrif varaqalaridagi umumiy summalar bilan solishtirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Nazoratchi-buxgalter kassaga topshirilishi kerak boʻlgan boʻsh xalta (qop)larning soni va raqamlarini tashrif varaqlariga yozilgan maʼlumotlar va boʻsh xaltalarning amaldagi soniga qarab aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, nazoratchi-buxgalter inkassatorlar tomonidan kassaga topshirilgan xalta (qop)larning sonini maʼlumotnomada (8-ilova) koʻrsatilgan raqamiga mos kelishini tekshiradi va tashrif varaqlarini inkassatorlarga qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Kassir naqd pul solingan xalta (qop)larni qabul qilib olish vaqtida quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pul solingan xalta (qop)larda biron-bir tashqi shikastlanish va boshqa nuqsonlar (yamoqlar, tashqi choklar, yirtilgan joylar, qisilmagan va shikastlangan plombalar, tizimchalarning uzilgan yoki tugilgan joylari va hokazolar) bor-yoʻqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) plombirlar izining aniqligi va tasdiqlangan namunalariga mos kelishini (ushbu Yoʻriqnomaning 355-bandi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) inkassatorlar topshirayotgan xaltalarning raqamlari yuk xatlarida koʻrsatilgan raqamlariga mos kelishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tanga solingan qoplarning soni, shuningdek qabul qilinayotgan tushumning umumiy summasi, yuk xatlarida koʻrsatilgan summaga mos kelishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Har bir yoʻnalish (kirib oʻtish) boʻyicha xalta (qop)larni qabul qilib boʻlganidan soʻng, kassir, nazoratchi-buxgalter, katta inkassator va yigʻuvchi inkassatorlar blankaning (7-ilova) ikkala nusxasiga imzo qoʻyadilar. Birinchi nusxasiga qimmatliklarni topshirgan inkassatorlar brigadasining muhri (shtamp) bosiladi, ikkinchi nusxasiga esa kechki kassaning muhri bosilgan holda, nazoratchi-buxgalter tomonidan brigadaning katta inkassatoriga beriladi. Muhr kechki kassa kassiriga biriktirilgan boʻlib, unda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Kassir yoʻnalish (kirib oʻtish) boʻyicha qabul qilingan xalta (qop)larni nazoratchi-buxgalterning kuzatuvi ostida pul saqlash ombori (seyf)ga joylaydi. U nazoratchi-buxgalter bilan birga blankada (7-ilova) koʻrsatilgan xalta (qop)lar sonini yoʻnalish boʻyicha qabul qilib olingan xaltalar soni bilan solishtiradi va qabul qilingan barcha xaltalar pul saqlash ombori (seyf)ga joylanganligiga ishonch hosil qilgach, pul saqlash omborini (seyf) ikkita kalit bilan qulflab, ikkita surgʻuchli muhr bilan muhrlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Birinchi kalit, muhr bilan birga kassirga, ikkinchi kalit va muhr nazoratchi-buxgalterga biriktiriladi. Bunda har bir xodim omborni oʻz kaliti bilan qulflab, shaxsiy muhri bilan muhrlaydi va belgilangan tartibda qoʻriqlash xizmatiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Pul va boshqa qimmatliklar solingan xaltalarni qabul qilib olinganligi haqidagi hujjatlar inkassatsiya qilingan tushum bilan birga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha qabul qilingan pulli xalta (qop)lar va boʻsh xaltalarning umumiy soni toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (10-ilova) ikki nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnomaning birinchi nusxasi, xaltalarni qabul qilish hisobini yuritish daftari bilan birga pulni qayta sanash kassasi nazoratchisiga, uning har ikkala nusxasiga imzo qoʻydirgan holda beriladi. Maʼlumotnomaning ikkinchi nusxasi kechki kassa xodimlarining pul saqlash omborida bir yilga qadar saqlanadi, shundan soʻng ular maxsus komissiya ishtirokida yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Inkassatorlar pul yoki boshqa qimmatliklar solingan nuqsonli xalta (qop)larni taqdim etayotgan vaqtda (plombasi shubhali boʻlgan, uning tizimchadan koʻchganligi, xalta (qop) yoki qulfning shikastlanganligi, inkassatsiya qilingan tushum summasi yuk xatida va tashrif varaqasida koʻrsatilgan summa bilan bir-biriga mos kelmasligi va hokazolar) kassir, nazoratchi-buxgalter bilan birga shunday xalta (qop)larni taqdim etgan inkassatorlar ishtirokida ularni ochadi hamda undagi pul va qimmatliklarni birma-bir qayta sanaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Nuqsonli xalta (qop)larni ochib, undagi pul hamda qimmatliklarni birma-bir (donalab) qayta sanash bank rahbarining koʻrsatmasiga binoan, xoʻjalik yurituvchi subyektning vakili (mijoz) ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Nuqsonli xalta (qop) qabul qilingan barcha hollarda undagi pul va qimmatliklarni qayta sanash natijalari toʻgʻrisida 3 nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga pul va qimmatliklarni qabul qilish hamda qayta sanashda qatnashgan barcha shaxslar imzo qoʻyadi. Dalolatnomada xalta (qop)ning qabul qilingan va ochilgan sanasi, uning raqami, qaysi xoʻjalik yurituvchi subyektga biriktirilganligi, undagi pul va qimmatliklar kim tomonidan qaysi xonada va kimlarning ishtirokida qayta sanalganligi, qanday shikastlar aniqlanganligi, pul va qimmatliklar qanday oʻramda boʻlganligi, pul va qimmatliklarning ilova hujjatlarida koʻrsatilgan summasi va xalta (qop)dagi qimmatliklar turi hamda qiymati boʻyicha qayta sanalgandagi amalda chiqqan summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxasi — qimmatliklarni olib kelgan inkassatsiya xodimlariga beriladi, uchinchi nusxasi — qimmatliklarni inkassatorlarga topshirgan xoʻjalik yurituvchi subyektga topshiriladi. Xaltada katta miqdorda kamomad yoki qalbaki pullar aniqlangan taqdirda, dalolatnomaning toʻrtinchi nusxasi tuziladi va u zaruriyat tugʻilgan taqdirda, xaltada qimmatliklar kamomadi yoki qalbaki pullar toʻgʻrisidagi ashʼyoviy dalillar bilan birga (xalta (qop), plomba, banderol yoki tselofan, tizimcha va boshqalar) shahar (tuman) Ichki Ishlar boʻlimiga taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Inkassatorlar qimmatliklar solingan xalta (qop)lar, tashrif varaqalari va boʻsh xalta (qop)larni kam topshirganlarida yoki biron xil tashqi shikastlanish va boshqa nuqsonlari boʻlgan xalta (qop)dagi pul va qimmatliklardan kamomad aniqlangan taqdirda, shuningdek inkassatorlar oʻz yoʻnalishlaridan belgilangan vaqtda qaytmaganlarida hamda brigada ratsiya orqali chaqiriqqa javob bermagan hollarda, inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (navbatchi inkassator) yoki kechki kassaning nazoratchi-buxgalteri bu haqda bank rahbariga, inkassatsiya boʻlimi boshligʻiga, zarurat tugʻilgan taqdirda, inkassatsiya boshqarmasi boshligʻiga darhol xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Keyingi kun ertalab kechki kassaning kassiri va nazoratchi-buxgalteri quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pul tushumi solinib inkassatsiya qilingan xaltalar va ularga berilgan yuk xatlari, shuningdek boʻsh xaltalar qayta sanash kassasiga ushbu Yoʻriqnomaning 144 — 146-bandlarida belgilangan tartibda topshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus kassalarning naqd pul solingan qop (xalta)lari va ularga berilgan yuk xatlari kassa mudiriga maʼlumotnomaning (10-ilova) har ikkala nusxasiga imzo qoʻydirgan holda topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Kassa mudiri maxsus kassalarning naqd pul solingan qop (xalta)larini kechki kassaning kassiri va nazoratchi-buxgalteri ishtirokida ochadi hamda pullarni bogʻlamlar va dastalar boʻyicha, toʻliq boʻlmagan dastalarni birma-bir sanash yoʻli bilan, tangani esa — qoplarga biriktirilgan yorliqlar boʻyicha tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa mudiri haqiqatda mavjud boʻlgan naqd pulni ilova qaydnomasidagi maʼlumotlarga solishtirib koʻrganidan soʻng, kechki kassaning kassiri va nazoratchi-buxgalteri bilan birga qaydnomani hamda unga tegishli boʻlgan yuk xatini imzolaydilar. Shundan soʻng kassa mudiri qabul qilingan pul summasini oʻzining 155-shakldagi kitobiga kiritadi. Yuk xatlari belgilangan tartibda mijozning hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun buxgalteriya xodimiga beriladi, ilova qaydnomalari esa, shu kunning kassa hujjatlariga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Agar maxsus kassadan qabul qilingan naqd pulni, kechki kassaning ish sharoitiga koʻra, kassa mudiriga topshirishning iloji boʻlmasa, naqd pulli xalta (qop)lar kechki kassa xodimlari tomonidan 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirgan holda, qayta sanash kassasiga boshchilik qilayotgan nazoratchi kassirga — keyinchalik ushbu Yoʻriqnomaning 134-135-bandlariga muvofiq kassa mudiriga berish uchun topshiriladi. Bunday holda kassa mudiri xalta (qop)larni qayta sanash kassasining nazoratchi kassiri huzurida ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. Naqd pulni qayta sanash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Pul va boshqa qimmatliklarni oʻz vaqtida qayta sanash, ularni shakllantirish va oʻrab-bogʻlashni taʼminlash maqsadida, banklarda qayta sanash kassalari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Qayta sanash kassasining xonasi, kassa tarmogʻining boshqa xizmatlaridan muhofazalangan, eshiklar ichki tomondan qulflanadigan va kirish eshigiga kuzatuv tuynukchasi (glazok) oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Metall tangalarni mashinalarda qayta sanash uchun alohida xona yoki kabina ajratilishi va uning devor hamda shift (potolok)lari shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Qayta sanash kassasining xonasi qayta sanash brigadasi nazoratchilari tomonidan qayta sanash uchun qabul qilib olingan pul tushumi solingan xaltalarni saqlash uchun qulflanadigan metall tortmali maxsus stollar yoki metall shkaflar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Kassirlar stoli kassirning ish joyini ajratib turuvchi va balandligi 25 — 30 sm.ni tashkil etuvchi oyna bilan ajratilishi, uning tortmalari va qulflanadigan metall stollari esa qayta sanalgan tushumni saqlash uchun sozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Pulni qayta sanash — qayta sanash kassasining sanoq brigadalari yoki yakka tartibda kassirlar tomonidan amalga oshiriladi. Agarda bank kassasida brigada usuli bilan ish olib boriladigan boʻlsa, unda har bir brigadaga nazoratchi boshchilik qiladi. Sanoq brigadasi nazoratchisining vazifasi, pulni qayta sanash kassasining tajribali xodimi zimmasiga yuklatiladi. Har bir sanoq brigadasi 6-7 kishidan koʻp boʻlmagan xodimlardan tashkil topishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Agar pulni qayta sanash kassasida bitta brigada boʻlsa, tushlik vaqtida kassirlar oʻzlarida mavjud boʻlgan naqd pullarni umumiy metall shkafda saqlashlari mumkin. Bunday hollarda har bir kassir oʻziga tegishli boʻlgan pulni alohida qop yoki qutichaga solib qoʻyishi shart. Bunda shkaf ikkita: brigada nazoratchisidagi va kassirlardan biridagi kalitlar bilan qulflanib, nazoratchi-kassirning plombiri bilan plombalanadi. Shkafning qulflanishi va ochilishi brigadaning barcha kassirlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Nazoratchi yoki brigada nazoratchisi naqd pulli xaltalar bilan ularga tegishli boʻlgan yuk xatlarini kechki kassa kassiri va nazoratchi-buxgalteridan maʼlumotnomaning (10-ilova) ikkala nusxasiga imzo qoʻygan holda qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Brigada nazoratchisi xaltalarni blankalar (7-ilova) hamda yuk xatlari boʻyicha ushbu Yoʻriqnomaning 124-bandida koʻzda tutilgan tartibda mustaqil ravishda qabul qilib oladi. Xaltalarni qabul qilish-topshirish vaqtida xonada begona shaxslarning boʻlishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, kechki kassa kassiri boʻsh inkassatsiya xaltalari, blankalar (7-ilova), maʼlumotnoma (8-ilova), xaltaning raqamlari qabul qilib olingan naqd pulli xalta, qop hamda boʻsh xaltalarni qayd etish blankasida (7-ilova) koʻrsatilgan raqamiga mos kelishini tekshirish uchun qayta sanash kassasiga rahbarlik qiluvchi nazoratchi kassirga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Bank amaliyot kuni davomida inkassatsiya xodimlari tomonidan keltirilgan naqd pul solingan xaltalarni brigada nazoratchisi tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 124-bandida belgilangan tartibda buxgalteriya tomonidan ajratilgan nazoratchi-buxgalter ishtirokida qabul qilib olinadi. Bunday hollarda blankaning (7-ilova) ikkinchi nusxasi qayta sanash kassasi nazoratchisining muhri bilan muhrlanadi. Muhr nazoratchiga biriktirilgan boʻlib, unda saqlanishi shart. Bank amaliyot kuni mobaynida qabul qilingan naqd pulli xalta(qop)lar va boʻsh xaltalar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (10-ilova) bir nusxada tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Xaltalar qabul qilinayotgan vaqtda brigada kassirlarining ishini kassaning boshqa xodimi yoki kassa mudiri xaltalarni qayta sanash uchun bermagan holda nazorat qilib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Brigada nazoratchisi tomonidan xaltalar va qayta sanalgan pullarning natijalari haqidagi hisobot 176-shakldagi nazorat qaydnomalarida olib boriladi (15-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Brigada nazoratchisi kassirlarga pulni sanash uchun bittadan xalta beradi, uning raqamini esa nazorat qaydnomasiga oldindan yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Kassir nazoratchining kuzatuvi ostida tizimchaning bir tomonidan kesib xaltani ochadi hamda undan pul va cheklarni oladi soʻngra, xaltani nazoratchiga berib, plombani oʻzida olib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Nazoratchi barcha pul va cheklarni xaltadan olinganligini tekshirib koʻrganidan soʻng, xaltaning ichki choʻntagidan ilova qaydnomasini oladi, soʻngra xalta bilan hujjatlarni oʻzida nazorat uchun olib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Ochilgan xaltaning plombasi tizimcha bilan birga, xaltadan olingan qimmatliklar qayta sanab boʻlinguniga qadar kassirda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Qimmatliklar qayta sanab boʻlinganidan soʻng, kassir xaltadan amalda chiqqan pul va cheklar summasini nazoratchiga aytadi. Nazoratchi aytilgan summani ilova qaydnomasining old va orqa tomonlarida koʻrsatilgan summalarga solishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir maʼlum qilgan summalar ilova qaydnomasida koʻrsatilgan summalar bilan bir xil chiqsa, nazoratchi ilova qaydnomasi bilan birga yuk xatlarini kassirga imzo qoʻyish uchun beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Kamomad, toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar (ular miqdorining qanchaligidan qatʼi nazar) aniqlangan taqdirda, plomba tizimcha bilan birga, topshiruvchining xohishiga binoan, koʻrib chiqish uchun unga beriladi. Bunday hollarda xalta plombasi tizimchadan ajratilmaydi va yorliqda koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning xalta raqami, aniqlangan sana va kamomad summasi, hisobchi-kassir va brigada nazoratchisining imzolari qoʻyilgan holda, brigada nazoratchisida 10 ish kuni mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Brigadaning kassiri va nazoratchisi tomonidan xaltalardagi hisob-kitob cheklarining toʻgʻri rasmiylashtirilganligi (imzolarning borligi, soʻz va raqam bilan yozilgan summalarning oʻzaro mos kelishi, ular toʻlov uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi xoʻjalik yurituvchi subyektning muhri hamda mansabdor shaxslarning imzolari mavjudligi) tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, nazoratchi ularni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi va nazorat qaydnomasiga summalarni yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Kassir sanab boʻlgan pullarni oʻzining stol tortmasiga solib qoʻyadi hamda cheklarning soni va summalarini 175-shakldagi nazorat varagʻida (21-ilova) qayd etib, hisob brigadasining nazoratchisiga imzo qoʻydirgan holda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratchi tomonidan kassirlarga berilgan xaltalardagi pullar qayta sanab boʻlinganidan soʻng, ushbu pullar yoʻriqnomaning IV-bobida qayd etilgan tartibda dastalanadi va oʻrab-bogʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Xaltalardagi summalar ilova qaydnomalarida koʻrsatilgan summalarga mos kelmagan taqdirda, kassir nazoratchi bilan birga sanab boʻlingan pullarni ilova qaydnomasining orqa tomonidagi kupyuralar roʻyxati bilan solishtirib koʻrishi, nazoratchi esa, summasi mos kelmagan oʻsha qiymatdagi pullarni qayta sanab koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Kamomad, ortiqcha, (toʻlovga yaroqsiz, qalbaki) pullar tasdiqlangan taqdirda, kassir tomonidan ilova qaydnomasining old tomonidagi dalolatnoma toʻldiriladi hamda xaltaning yuk xatiga kassir va nazoratchi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning vakili, agar u pul tushumini qayta sanash vaqtida ishtirok etgan boʻlsa, imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Pul va cheklarning kamomad summasi 1000 soʻmdan yuqori boʻlsa, nazoratchi — kassa mudirini, mijozni va bank rahbarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Mablagʻlar oldindan mijoz hisobvaragʻiga oʻtkazilgan holda, qayta sanash vaqtida ular tomonidan xaltalarga solingan pullarning notoʻgʻri qoʻyilganligi (ortiqcha, kamomad, toʻlovga yaroqsiz, qalbaki) aniqlansa, kassir bu haqda alohida dalolatnoma (17-ilova) tuzadi va ushbu dalolatnoma buxgalteriya xodimlariga mijoz hisobvaragʻidagi oʻtkazmani tartibga keltirish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Bank tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 155-bandida koʻrsatib oʻtilgan sabablarga koʻra, qabul qilinishi mumkin boʻlmagan cheklar, xoʻjalik yurituvchi subyektga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Ilova qaydnomasi va yuk xatining orqa tomoniga chekni qaytarish sababi koʻrsatilib, kassir bilan nazoratchi imzo qoʻyadilar. Chek boʻsh xaltaga solinib, qimmatliklarni qayta sanagan kassir tomonidan plombalanadi. Xaltaga xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va chek summasi koʻrsatilgan yorliq biriktirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Qayta sanash vaqtida aniqlangan kamomad, ortiqcha, (toʻlovga yaroqsiz, qalbaki) pullar qayta sanash kassasida har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻyicha alohida daftarda, shuningdek xaltaga notoʻgʻri qoʻyilgan tushumlarni aniqlagan har bir kassir boʻyicha esa alohida kitobga (39-ilova) qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Bank rahbarlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul tushumining topshirilishi boʻyicha tartib oʻrnatish choralarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Qayta sanash vaqtida aniqlangan toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar hamda tangalar uchun oʻsha xaltaga tegishli boʻlgan ilova qaydnomasi va xaltadagi yuk xatiga dalolatnoma tuzilib, unda har bir pulning seriya va raqamlari, qiymati hamda tangalar summasi koʻrsatiladi. Toʻlovga yaroqsiz pullarga “Almashtirib berish rad etildi” degan muhr bosilib, unda bank nomi, sana va ushbu qarorni qabul qilgan shaxsning imzosi koʻrsatiladi (1-ilova).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Dalolatnomada qayd etilgan pul va tangalar qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi xodimga beriladi. Ushbu xodim xoʻjalik yurituvchi subyektning xaltalarida aniqlangan toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullarning qiymati va ularning raqami yoki tangalar summasi boʻyicha qabul qilinganligi yuzasidan maʼlumotnoma tuzadi. Tuzilgan maʼlumotnoma bank (bank filiali)ning bosh buxgalteriga yuboriladi va bank (bank filiali)ning bosh buxgalteri 003-shakldagi kirim orderini (20-ilova) rasmiylashtiradi hamda toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pullarni 90145 — “Toʻlovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvaragʻida “donasi 1 soʻm” boʻlgan shartli bahoda hisobga oladi.
(166-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Kirim ordyerlari uch nusxada tuzilib — birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga, ikkinchisi — buxgalteriyaning kunlik hujjatlarida qolish uchun va uning uchinchi nusxasi — toʻlovga yaroqsiz (qalbaki) pullar bilan birga saqlanadi. Shundan soʻng, ordyerlar, toʻlovga yaroqsiz pul va tangalar kassa mudiriga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168. Toʻlovga yaroqsiz pul va tangalar aniqlangan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida mijozning talabiga koʻra bankdan tashqariga olib chiqmaslik sharti bilan, unga koʻrsatilishi mumkin. Kelgusida ushbu toʻlovga yaroqsiz pullar inkassatorlar orqali Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Hisob-kitob-kassa markaziga roʻyxatlar (1 va 23-ilova) bilan birga 90143 “Ekspertizaga qabul qilingan yoʻldagi banknot va tangalar” hisobvaragʻiga oʻz nominal qiymati boʻyicha yuboriladi. Ushbu toʻlovga yaroqsiz pul va tangalar tegishli mutaxassislar tomonidan ekspertiza qilinganidan soʻng, belgilangan tartibda yoʻq qilinadi yoki almashtirib berish uchun tegishli bankka yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169. Aniqlangan qalbaki pullar ushbu Yoʻriqnomaning 203-bandida koʻzda tutilgan tartibda chora koʻrish uchun bank boshqaruvchisiga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170. Zarurat tugʻilgan taqdirda, naqd pul solingan xaltalar kun davomida qayta sanash brigadasining bir nazoratchisi tomonidan ikkinchisiga nazorat qaydnomasining orqa tomonida berilgan xaltalarning raqamlari va umumiy sonini (raqam va soʻz bilan) koʻrsatgan holda imzo qoʻyib, topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Barcha xaltalar ochilib, naqd pullar qayta sanab boʻlinganidan soʻng, qayta sanash brigadalari nazoratchilari nazorat qaydnomalari boʻyicha sanalgan pul tushumi summasini har bir kassir boʻyicha alohida koʻrsatadilar hamda xaltalarga tegishli boʻlgan ilova qaydnomalari va yuk xatlarini, shuningdek cheklarni, pulni qayta sanash kassasiga boshchilik qilayotgan nazoratchi kassirga beradilar. Cheklar 175-shakldagi nazorat varagʻiga ularning soni va summalarini koʻrsatgan holda, imzo qoʻydirib topshiriladi (21-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. Nazoratchi kassir ilova qaydnomalari va yuk xatlaridagi kamomad, ortiqcha, toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pul hamda tangalar, cheklardagi kamomadlar, ortiqcha va nuqsonli cheklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qanday toʻldirilganligini tekshirganidan soʻng, buxgalteriya xodimlariga xaltalar yuk xatlarini va hisob-kitob cheklarini qayd etish (raznosnoy) daftariga cheklar soni va summalarini koʻrsatgan holda, imzo qoʻydirib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Xaltalarga tegishli boʻlgan yuk xatlari hisobini yurituvchi buxgalteriya xodimlariga tushumni qayta sanash natijalari boʻyicha kirim kassa jurnaliga yozib qoʻyish va buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174. Kun oxirida kassir oʻzi qayta sanagan va oʻrab bogʻlagan naqd pul summalarini nazorat qaydnomasidagi (15-ilova) maʼlumotga mos kelishini taqqoslaganidan soʻng, nazorat qaydnomasi kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175. Koʻrsatib oʻtilganlar solishtirib boʻlinganidan soʻng, kassir toʻliq pul bogʻlamlarini kassa mudiriga 175-shakldagi nazorat varagʻiga (21-ilova) imzo qoʻydirgan holda topshiradi. Kassa mudiriga bank amaliyot kuni davomida pul berish ehtiyoji tugʻilgan taqdirda, kun oxiridagi taqqoslash xuddi shu tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176. Toʻliq bogʻlamlar, dastalar, paketlar va qoplarni shakllantirishga yetmagan pul va tangalar, pulni qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi nazoratchining koʻrsatmasiga binoan, barchasini yigʻib, oʻrab-bogʻlash uchun maxsus ajratilgan bir yoki bir nechta kassirga 175-shakldagi nazorat varaqlariga (21-ilova) imzo qoʻydirib topshiriladi. Ular pulni dastalab, belgilangan tartibda oʻrab-bogʻlaganlaridan soʻng, naqd pulni kassa mudiriga 175-shakldagi nazorat varagʻiga (21-ilova) imzo qoʻydirib, topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177. Kassirlar pulni topshirib boʻlganlaridan soʻng, pulni qayta sanash kassasining brigada nazoratchilari, nazorat qaydnomalarida chiqarilgan va qayta sanalgan pul tushumini har bir kassir boʻyicha qaydnomada koʻrsatilgan summalarni nazorat varaqalarining yakunlari bilan solishtiradilar. Brigada nazoratchilari ortiqcha va kamomad pullarni hisobga olgan holda, qaydnomalarning umumiy summasini oʻzlari ochish va qayta sanash uchun qabul qilib olgan xaltalarga solingan pulning koʻrsatilgan summasiga taqqoslaydilar hamda kassirlarning qaydnomalari, nazorat varaqalari va boʻsh xaltalarni qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi katta kassirga beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178. Katta kassir brigada nazoratchilari qaytargan boʻsh xaltalar sonini qayta sanash uchun qabul qilib olgan xaltalar soniga mos kelishini va pulning toʻliq topshirilganligini tekshiradi. Tekshirib boʻlganidan soʻng, pulni qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi katta kassir qayta sanab boʻlingan naqd pullarga doir hujjatlarni kassa mudiriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179. Kassa mudiri kassirlardan qabul qilib olgan pul summasini nazorat qaydnomalarida koʻrsatilganiga mos kelishini tekshiradi. Shundan soʻng aylanma kassasiga oʻzi qabul qilib olgan pul summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga (10-ilova) imzo qoʻyib, maʼlumotnoma (8-ilova), blanka (7-ilova), shuningdek naqd pulni qayta sanashga doir boʻlgan nazorat qaydnomalarini (15-ilova) bankning bosh buxgalteriga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180. Ish kuni oxirida nazorat varaqalari kassirlar tomonidan pulni qayta sanash kassasi nazoratchisiga beriladi va u nazoratchida 10 ish kuni mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Bosh buxgalter (uning oʻrinbosari) kirim kassa daftari yakunlarini naqd pul joylangan xalta, qop hamda boʻsh xaltalarni hisobga olish blankasini (7-ilova), kechki kassa tomonidan qabul qilib olingan naqd pulli va boʻsh xaltalar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (10-ilova) bilan pulni qayta sanash vaqtida aniqlangan va nazorat qaydnomalarida koʻrsatilgan (15-ilova) ortiqcha, kamomad, toʻlovga yaroqsiz, qalbaki pul va tangalarni hisobga olgan holda taqqoslaydi. Ushbu summani inkassatsiya boʻlimi boshligʻining inkassatorlar tomonidan topshirilgan umumiy tushum summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi bilan (9-ilova) taqqoslaydi va blanka (7-ilova) asosida qabul qilib olingan xaltalar sonini boʻsh xaltalar soni, yoʻnalishga chiqish uchun beriladigan tashrif varaqalarida koʻrsatilgan maʼlumotnoma bilan (8-ilova) solishtirib boʻlganidan soʻng, maʼlumotnomani (10-ilova) imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Inkassatorlar tomonidan topshirilgan ilova va nazorat qaydnomalari, tushumning umumiy summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (9-ilova), tashrif varaqlari va yoʻnalishga chiqish uchun berilgan boʻsh xaltalarning soni toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (8-ilova), qabul qilib olingan naqd pulli xalta va qoplarni hisobga olish blankasi (7-ilova), kechki kassa tomonidan qabul qilingan naqd pulli va boʻsh xaltalar (qoplar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (10-ilova) kunlik kassa hujjatlariga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183. Nazoratchi kassir ish kuni tugaganidan soʻng yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qayta sanash davomida boʻshatilgan xaltalarini inkassatsiya xodimlari yoki kassa mudiriga alohida kitobga (22-ilova) imzo qoʻydirgan holda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184. Agar dam olish kunlari inkassatorlar belgilangan tartibda pul tushumini umumiy tarzda yigʻsalar, lekin shu kuni pulni qayta sanash kassasi ishlamagan taqdirda, kassa mudiri yoki qayta sanash kassasi nazoratchisi shunday kunlar arafasida kassa mudiri yoki pulni qayta sanash kassasi nazoratchisining seyfida yoki metall shkafda saqlanayotgan boʻsh xaltalarni ushbu Yoʻriqnomaning 183-bandida oʻrnatilgan tartibda inkassatsiya boʻlimiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185. Inkassatsiya qilingan tushum dam olish kunlari qayta sanalgan taqdirda, kassirlardan biri qayta sanalgan pulni qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi xodimning nazorati ostida qabul qilib oladi va saqlaydi. Dam olish kunlari ushbu sanalgan qimmatliklarning daxlsizligini taʼminlash qaysi kassa xodimi (kassa mudiri yoki nazoratchi kassir)ga yuklatilganligi va shu kuni ishlagan barcha kassirlar roʻyxati bank boʻyicha chiqarilgan alohida buyruq bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ishga jalb etilgan xodimlar barcha pul va hujjatlarning pul saqlash ombori yoki seyfga qoʻyilganligini tekshiradilar hamda uni ikkita kalit bilan (har bir xodim mustaqil ravishda) qulflaydilar. Kalitlardan biri kassirda, ikkinchisi nazoratchida saqlanadi. Seyf ushbu shaxslarning muhrlari bilan muhrlanadi va belgilangan tartibda qoʻriqlash xizmatiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186. Dam olish kunlari qayta sanalgan tushum kechki kassaning kassiri va nazoratchi buxgalteriga topshirilishi mumkin va bu haqda bank boʻyicha buyruq chiqariladi. Koʻrsatib oʻtilgan tushum ushbu Yoʻriqnomaning IV-bobiga muvofiq dastalanadi va oʻrab bogʻlanadi hamda kechki kassa xodimlariga nazorat varaqasi asosida beriladi. Pul va cheklarning kassa mudiriga topshirilishi, keyingi ish kuni ertalab kechki kassa xodimlari tomonidan 155-shakldagi kitob boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX bob. Pul va tangalar ekspertizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187. Bank kassirlari muomaladagi pullarning tozaligi va ularning sifatini har kuni nazorat qilishlari shart. Pul va metall tangalarni qabul qilish hamda ular bilan ishlashda eskirgan, shikastlangan, shuningdek nuqsonli metall tangalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul va metall tangalarning toʻlovga yaroqlilik belgilarini aniqlash Qoidalariga (1-ilova) binoan muomaladan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188. Kassirlar, pul sanash mashinalarida qayta sanalgan pul va tangalarni, shuningdek bevosita pul tushumini topshiruvchilar tomonidan saralangan pul va tangalarning haqiqiyligi, toʻlovga yaroqliligi va eskirganligini aniqlash masʼuliyatidan ozod etilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
189. Toʻlov yoki almashtirib berish uchun qabul qilingan qalbaki yoki toʻlovga yaroqsiz pullarni qabul qilib olgan bank kassirlari, oʻzlari qabul qilgan qalbaki yoki toʻlovga yaroqsiz pul va metall tangalarning umumiy summasi boʻyicha moddiy javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan pullar almashtirib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190. Pullarning toʻlovga yaroqliligini aniqlashda ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan tegishli setkadan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191. Banklar va ularning filiallari yongʻinlar yoki boshqa baxtsiz hodisalar oqibatida yaroqsiz holga kelgan pullarni (Davlat yongʻin nazorati organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma taqdim etilganda), ularning haqiqiyligiga ishonch hosil qilgach, bank (filial) rahbari ruxsati bilan almashtirib berish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192. Shikastlangan pullarni almashtirib berish, mijozlar ularni bank kassasiga taqdim etganlaridan soʻng, buxgalteriya oʻtkazmalarisiz amalga oshiriladi. Shikastlangan pullarga “Almashtirilgan” degan toʻrtburchak muhr bosiladi va unda bank nomi, sanasi, pulning haqiqiyligini koʻzdan kechirgan shaxsning lavozimi koʻrsatilib, uning imzosi qoʻyiladi. Koʻrsatib oʻtilgan pullar eskirgan pullar toifasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193. Kelgusida pullarning butligini vaqtincha saqlash maqsadida, kassirlarga shikastlangan pullarni butun holda kalkaga yoki yupqa qogʻozga yopishtirish, tabiiy eskirish natijasida yaroqsiz holga kelgan pullarni esa alohida oʻrab bogʻlash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194. Bank kassirlari tomonidan shikastlangan pullarni polimer materiallar (skotch, sellofan va hokazolar) bilan yelimlash qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195. Agarda kassir uchun pul va tangalarning toʻlovga yaroqliligini aniqlashda qiyinchilik tugʻilsa, bunday holda yakuniy qarorni kassa operatsiyalari boʻlimining boshligʻi (kassa mudiri), zarur hollarda esa — bank rahbari qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196. Almashtirib berishga ruxsat etilmagan pullarga “Almashtirib berish rad etildi” degan toʻrtburchak muhr bosilib, bank nomi, sanasi, shunday qarorga kelgan xodimning lavozimi koʻrsatiladi va imzosi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197. Agar bank xodimlari pullarning toʻlovga yaroqliligini aniqlashda qiynalsalar, ushbu pullar mijozning xohishiga binoan 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan ariza shakliga muvofiq, ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullarni ekspertizaga qabul qilinganligi haqida mijozga 004-shakldagi kvitansiya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198. Ekspertizaga qabul qilingan pullar koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari ordyerlari asosida 90141 “Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar” hisobvaragʻiga oʻz nominal qiymati boʻyicha kirim qilinadi. Inkassatsiya qilingan pul tushumini qayta sanash vaqtida yoki taftish, tekshiruv va boshqa hollarda ularning toʻlovga yaroqliligiga shubha tugʻdiradigan pul va tangalar ham aynan shu hisobvaraqqa kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199. Keyinchalik ekspertizaga olingan pullar bank mijozlarining arizalari bilan birgalikda, ekspertizaga olingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirilmagan holda joylardagi Markaziy bank Bosh boshqarmasining Hisob-kitob kassa markazlari (HKKM)ga roʻyxat asosida (1 va 23-ilovalar) inkassatorlarning navbatdagi tashrifi orqali joʻnatiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovga yaroqsiz va ularning toʻlovga yaroqliligini aniqlashda shubha tugʻdiruvchi pullar keyinchalik Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200. Bank filiallari tomonidan joʻnatilayotgan pullar 90143 “Ekspertizaga qabul qilingan yoʻldagi banknot va tangalar” hisobvaragʻining alohida ochilgan shaxsiy hisobvaragʻida oʻz nominal qiymatida hisobga olinadi. Pul joylangan joʻnatmalar qoplarga joylanib, filial rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudirining surgʻuchli muhrlari bilan muhrlanadi. Ushbu banknot va tangalar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga kirim qilinib, kirim qilinganligi haqidagi yozma tasdiqnomani bank filiali olganidan soʻng, ushbu pullar ekspertizadan oʻtkaziladi. Toʻlovga yaroqsiz deb topilgan summalarni hisobdan chiqarish qimmatliklar kirim qilinganligi toʻgʻrisida olingan tasdiqnomadan soʻng, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Toʻlovga yaroqli deb topilgan pul va tangalar eskirgan pullar toifasiga oʻtkaziladi hamda bir vaqtning oʻzida 90141 “Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar” hisobvaragʻidan chiqim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202. Ekspertizaga yuborilgan pul va tangalarni almashtirib berish rad etilgan taqdirda Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob-kassa markazlariga rad etish sabablarini yozma ravishda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikastlangan pul va tangalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ularni ekspertizaga topshirgan shaxslar xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bosh ekspertining xulosasi tegishli bankka xabar qilinadi va u mazkur bank uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203. Naqd pullarning qalbaki ekanligi aniq koʻrinib turgan (ularni ekspertiza qilishga zarurat boʻlmagan) hollarda, qalbaki banknot va tangalar, ularning nominal qiymati qanday boʻlishidan qatʼi nazar mazkur Yoʻriqnomaning 166 va 215-bandlari talablari asosida kassaga kirim qilinadi hamda bu haqda bank (bank filiali) boshqaruvchisiga xabar beriladi. Bank (bank filiali) boshqaruvchisi belgilangan tartibda tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlariga qalbaki pulning qanday holatda aniqlanganligi, uning seriya va raqamini koʻrsatgan holda xabar qiladi. Qalbaki pullar ushbu hisobvaraqdan chiqim kassa orderi boʻyicha tilxat asosida huquqni muhofaza qiluvchi organga, uning yozma soʻrovnomasiga asosan beriladi. Qoʻshimcha axborot Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi va Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga maʼlumot uchun yuboriladi.
(203-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzurida bankning maxsus kassalarini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari yirik naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar hududida, shu jumladan, yirik savdo va xizmat koʻrsatish korxonalari, bozorlar va savdo majmualari hududida ularning maʼmuriyati bilan tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi. Shartnoma tuzishda 2-ilovada keltirilgan namunaviy shartnoma shaklidan foydalaniladi.
(204-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari faqat bank joylashgan tuman yoki tumanlarga boʻlinmagan shahar hududidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar hududida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli hududiy Bosh boshqarmasining roziligi olingandan soʻng tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt huzuridagi bankning maxsus kassa shtati uning ish hajmidan kelib chiqqan holda yetarli miqdordagi kassirlar bilan taʼminlanadi. Bunda yetarli ish tajribasiga ega boʻlgan kassirlardan biri bank rahbarining buyrugʻiga asosan katta kassir lavozimiga tayinlanadi hamda u maxsus kassa ishiga boshchilik qiladi. Katta kassir bir vaqtning oʻzida mazkur maxsus kassa xodimlarining ishini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt huzuridagi bankning maxsus kassasiga tushgan naqd pullar faqat inkassatsiya xizmati orqali bankka yetkazib berilishi shart. Bunda maxsus kassaga naqd pul tushumini inkassatsiya xizmati orqali bankka yetkazib berishi uchun yetarli miqdorda brezentdan tikilgan standart qop (xalta)lar biriktirib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan bozorlar va savdo majmualari hududida bozorlar maʼmuriyati bilan tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan maxsus kassalar faqatgina mazkur bozor hududida joylashgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chakana savdo va aholiga pulli xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardan naqd puldagi savdo tushumlarini bevosita (samonos) qabul qilib olishlariga ruxsat beriladi. Shuningdek, bozor maʼmuriyatidan savdo qilish joyi uchun haq (patta) toʻlovlarini va bozor tomonidan koʻrsatilgan boshqa pulli xizmatlar uchun naqd pul tushumlarini maxsus kassaga bevosita olib kelib (samonos) topshirilishiga ruxsat beriladi.
(204-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, bozorlar maʼmuriyati huzuridagi maxsus kassalari tomonidan naqd pullarni berish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirishlari qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus kassalar tomonidan qabul qilib olingan naqd pul tushumlari majburiy tartibda inkassatsiya xizmati orqali toʻla hajmda ushbu maxsus kassalar joylashgan tuman yoki tumanlarga boʻlinmagan shahar hududidagi bank filiallariga topshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus kassalar tomonidan bozor hududidan tashqarida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik subyektlaridan naqd pul tushumlarini qabul qilib olinishi taqiqlanadi va bunday holat bevosita olib kelish (samonos) sifatida baholanib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima undirilishiga sabab boʻladi.
(204-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 27-iyundagi 19/3-sonli (roʻyxat raqami 1831-1, 10.07.2009-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 29-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (bank filiali)ning xoʻjalik yurituvchi subyekt huzuridagi maxsus kassalari faqat tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektning kunlik naqd pul tushumlarini qabul qilib olish uchun tashkil etiladi.
(204-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205. Kassirlardan pulni qabul qilish va ularni qop (xalta)larga joylashtirish bank buyrugʻiga asosan ushbu vazifalar zimmasiga yuklatilgan maxsus kassa xodimlarining biri tomonidan katta kassir yoki nazoratchining kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassirlardan qabul qilib olingan pullar standart brezent qop (xalta)larga joylanib, qoplarning ogʻzi tikiladi va tizimcha bilan 2,5 aylanishda mahkam bogʻlanganidan soʻng, tizimcha uchlari katta kassir tomonidan plombalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir, katta kassir yoki nazoratchi barcha pullar qoplarga joylanganini tekshiradilar va ular tomonidan tuzilgan 006-shakldagi ilova qaydnomasi (19-ilova) toʻplamining (komplekt) uch nusxasini imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
006-shakldagi blankalar toʻplamining orqa tomonidagi “soni” degan ustunida har bir qiymatdagi tangali qoplarning soni koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206. Qop (xalta)larni qabul qilishdan avval yigʻuvchi inkassator bank maxsus kassasining katta kassiriga shaxsiy guvohnomasini, ishonchnomani (33-ilova) va tashrif varaqasini (32-ilova) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Katta kassir tashrif varaqasida koʻzda tutilgan barcha yozuvlarni amalga oshiradi. “Pul tushumi solingan xaltaning raqami” ustunida pul solingan qop (xalta)ning raqami va tangali qoplarning soni koʻrsatiladi. 006-shakldagi (19-ilova) blankalar toʻplamining orqa tomon pastki qismida esa topshirilgan tangali qoplarning umumiy soni soʻz bilan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatorlar tomonidan pul va tangalar solingan qop (xalta)larning qabul qilinishi ushbu Yoʻriqnomaning 366-bandida bayon etilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207. Bankka olib kelingan naqd pulli qop (xalta)larni inkassatorlar kechki kassaga ushbu Yoʻriqnomaning 122 — 124-bandlarida koʻzda tutilgan tartibda yoki bevosita kassa mudiriga topshiradilar. Bunday hollarda qop (xalta)larning ochilishi inkassatorlar ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208. Olib kelingan tushumni qabul qilish va qayta sanash natijalariga doir boʻlgan barcha hujjatlar belgilangan tartibda toʻplanib, tikib qoʻyilishi shart. Tikilgan hujjatlar bankning xoʻjalik yurituvchi subyekti huzuridagi maxsus kassada, katta kassirning javobgarligi ostida uch oy, nazorat varaqalari esa 10 ish kuni mobaynida saqlanadi. Saqlash muddati tugaganidan soʻng, koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209. Xoʻjalik yurituvchi subyekt kassiri pulni bankning maxsus kassasiga topshirishdan avval, kirim hujjatlarini roʻyxatga oladi va xoʻjalik yurituvchi subyektning bosh kassiriga imzolatib, tegishli qaydnomani naqd pul bilan birga, bank kassiriga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim hujjati xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan namunaviy shakldagi blankalarda pul tushumini topshirish uchun nusxa koʻchirish qogʻozi (kopirka) orqali ikki nusxada toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
210. Bank kassiri hujjatning toʻgʻri toʻldirilganligi va imzolar mavjudligini, raqam va soʻz bilan koʻrsatilgan summalarning oʻzaro bir-biriga mos kelishini tekshiradi hamda pulni qabul qilib boʻlganidan soʻng, hujjatning ikkala nusxasiga imzo qoʻyib, nomi yozilgan toʻrtburchak muhrni bosadi. Kassir hujjatning ikkinchi nusxasini bank muhri bilan tasdiqlab, uni mijozga beradi, birinchi nusxasini esa, oʻzida olib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Bank rahbari pul tushumini bankning maxsus kassasiga plombalangan inkassatsiya xaltalarida topshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari, pulli xaltalarni plombalash uchun qoʻllaniladigan plombirlarning namunalarini bankka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212. Pul tushumi inkassatsiya xaltalarida topshirilayotgan vaqtda xoʻjalik yurituvchi subyektning kassiri 006-shakldagi blankalar toʻplamini uch nusxada (19-ilova) toʻldiradi. Ilova qaydnomasi xaltaning maxsus choʻntagiga joylanadi, yuk xati va kvitansiya xalta bilan birga bankning katta kassiriga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213. Bankning katta kassiri xaltani qabul qilayotgan vaqtda xalta va tizimchaning butligini, plombaning bankka berilgan namunasi bilan bir xilligini tekshiradi. Pul tushumi solingan xaltani qabul qilib olganidan soʻng, katta kassir kvitansiyaga imzo qoʻyadi va unga bank muhrini bosib, xoʻjalik yurituvchi subyekt kassiriga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214. Bank kassirlari ushbu Yoʻriqnomaning 149 — 157-bandlariga muvofiq xaltalarni ochish va pullarni qayta sanashni bank nazoratchisi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektning bosh kassiri nazorati ostida amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215. Bankning maxsus kassasi kassiri qayta sanash vaqtida aniqlagan toʻlovga yaroqsiz pullarga “Almashtirib berish rad etildi”, degan yozuvli muhrni bosadi va unga bank nomi, sana va lavozimini koʻrsatib, imzo qoʻyadi, xaltaning ilova qaydnomasi va yuk xatiga dalolatnoma tuzib, toʻlovga yaroqsiz boʻlgan har bir pulning seriya va raqami hamda qiymatini koʻrsatadi. Qalbaki pullar aniqlangan taqdirda, ushbu Yoʻriqnomaning 203-bandi talablariga amal qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar, tuzilgan dalolatnomalar bilan birgalikda bankning kassa mudiriga beriladi hamda bank (bank filiali) bosh buxgalteri tomonidan 90145 — “Toʻlovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvaragʻida “donasi 1 soʻm” boʻlgan shartli bahoda hisobga olinadi.
(215-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216. Bank kassiri naqd pulni ushbu Yoʻriqnomaning IV-bobiga asosan belgilangan tartibda sanaydi, dastalaydi va oʻrab-bogʻlaydi. Naqd pul miqdori nazorat qaydnomalari yoki kirim hujjatlarida koʻrsatilganiga mos kelishini tekshirganidan soʻng, uni kun oxirida katta kassirga ushbu Yoʻriqnomaning 174 — 177-bandlarida belgilangan tartibda topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217. Katta kassir yoki nazoratchi har bir kassir qabul qilgan va qayta sanagan pul tushumi summasini nazorat qaydnomalariga qarab hisoblab chiqadi, summani ularning nazorat varaqlaridagi yakunlariga taqqoslaydi va yuk xatlari bilan boʻsh xaltalarni xoʻjalik yurituvchi subyektning bosh kassiriga inkassatorlarga topshiriladigan boʻsh xaltalar kitobiga (22-ilova) imzo qoʻydirganidan soʻng topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218. Katta kassir yoki nazoratchi nazorat qaydnomalarining umumiy summasini bank kassasiga topshirilgan pul tushumi summasi toʻgʻrisidagi xoʻjalik yurituvchi subyektning bosh kassiri tomonidan tuzilgan qaydnomaning yakuniy summasi bilan taqqoslaydi. Ushbu taqqoslash bank kassasi katta kassirining xoʻjalik yurituvchi subyekt qaydnomasidagi imzosi va xoʻjalik yurituvchi subyektining bosh kassiri bank kassasining nazorat qaydnomasiga qoʻyiladigan imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI bob. Aylanma kassasida yakun chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari banklarga aylanma kassalarida saqlanadigan naqd pullar qoldigʻiga limit oʻrnatadilar. Aylanma kassa qoldigʻining limiti kun oxiriga oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aylanma kassasida mavjud boʻlgan pul va metall tangalar summasi belgilangan limit summasidan oshmasligi lozim. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga, hisob berish sharti bilan berilgan pul va metall tangalar summasi, bankning aylanma kassasi limitiga qoʻshilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank rahbarlari aylanma kassalarini oʻrnatilgan limitga qadar toʻldirish choralarini koʻrishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220. Bank (bank filiali) kassalarida (aylanma kassa va naqd pullar zaxirasidagi) mavjud naqd pullar kutilayotgan toʻlovlarni taʼminlash uchun yetarli boʻlmagan hollarda, bank yetmayotgan naqd pullar summasiga madad puli soʻrab, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga “Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1518, 2005-yil 26-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 43-44-son, 334-modda) muvofiq buyurtma asosida murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (bank filiali) tomonidan soʻralgan madad pullari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi farmoyishiga asosan Hisob-kitob-kassa markazi aylanma kassasidagi yoki boshqa bank (bank filiali) kassalaridagi naqd pullar hisobidan belgilangan tartibda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan madad pullari uch bank ish kuni mobaynida belgilangan maqsadlar boʻyicha sarflanishi lozim. Ushbu muddatda sarflanmay qolgan madad pullari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga qaytarilishi shart.
(220-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221. Aylanma kassasidagi qoldiq limitdan oshib ketgan taqdirda, limitdan oshgan summa qoldigʻi shu kunning oʻzidayoq belgilangan tartibda 10102 “Naqd pullar zaxirasi” balans hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aylanma kassasining limitdan ortiqcha qoldiqlari pullarning toʻliq bogʻlamlari yoki toʻliq tanga solingan qoplarda naqd pullar zaxirasiga oʻtkazilishi va aylanma kassasining naqd pullaridan alohida stellaj yoki seyflarda saqlanishi hamda mazkur Yoʻriqnomaning 46-ilovasida keltirilgan 141-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10101 “Aylanma kassasidagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi limitdan ortiqcha qoldiqlarni 10102 “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻiga oʻtkazish operatsiyalari 10101 “Aylanma kassasidagi naqd pullar” hisobvaragʻidan chiqim kassa ordyerlari orqali hamda 10102 “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻiga kirim kassa ordyerlari orqali rasmiylashtiriladi. 10102 “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻidan chiqim qilish chiqim kassa ordyerlari orqali va 10101 “Aylanma kassasidagi naqd pullar” hisobvaragʻiga kirim qilish kirim kassa ordyerlari orqali rasmiylashtiriladi. Boshqa banklarni madad puli bilan taʼminlash — 10101 “Aylanma kassasidagi naqd pullar” hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pullarni Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining Hisob-kitob-kassa markaziga yoki boshqa bankka joʻnatish vaqtida, joʻnatiladigan summa naqd pul zaxirasidan aylanma kassasiga oʻtkaziladi. Naqd pullarni tashish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi inkassatsiya birlashmasining inkassatorlari orqali yaroqli pullarning toʻliq bogʻlamlari yoki tanga solingan toʻliq qoplarda amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222. Aylanma kassa limiti doirasida eskirgan pullar yetarli miqdorda yigʻilib qolgan banklar, eskirgan pullarni toʻlovga yaroqlilariga oʻzlarining Bosh bank boshqarmalarining kassa operatsiyalari boʻlimlarida almashtirib olishlari mumkin. Bunda eskirgan pullarni olib ketish va almashtirib berilgan pullarni olib kelish banklarning buyurtmalariga asosan inkassatorlar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223. Eskirgan pullar bank boshqarmalarining kassa operatsiyalari boʻlimlarida yigʻilishiga qarab, Bosh bank boshqarmalari eskirgan pullarni toʻlovga yaroqli pullarga Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob-kassa markazlarida inkassatorlar orqali almashtirib olishlari mumkin. Bunda, eskirgan pullar Hisob-kitob-kassa markazi xodimlari tomonidan bank vakili ishtirokida donalab sanab olish orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224. Kassa aylanmalari buxgalteriya xodimlarining kassa jurnallari bilan taqqoslanganidan soʻng kassirlar oʻzlarida boʻlgan va oʻrnatilgan tartibda shakllantirilgan pul qoldigʻini kassa mudiriga oʻzlarining maʼlumotnomalari va kassa hujjatlari bilan birga 155-shakldagi kitobi va nazorat varaqlari boʻyicha topshiradilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225. Kassa mudiri pullarni, hisobot maʼlumotlarini va hujjatlarni kassirlardan qabul qilib olganidan soʻng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kassirlarning maʼlumotnomalarida koʻrsatilgan kassa aylanmalarining summasi buxgalteriya xodimlari tomonidan imzo qoʻydirib tasdiqlanganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maʼlumotnomalardagi pul qoldigʻi oʻzining 155-shakldagi kitobidagi yozuvlarni hisobga olgan holda toʻgʻri koʻrsatilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kassirlar topshirgan hujjatlarning soni va summasi maʼlumotnomalarda koʻrsatilganiga mos kelishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226. Shundan soʻng, kassa mudiri pulni qayta sanash kassasi qabul qilib olgan pul summalari toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotnomalarida va yozuvlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar, shuningdek pul qabul qilingan yoki shaxsan oʻzi bergan hujjatlar boʻyicha 111-shakldagi jamlama maʼlumotnoma tuzadi va uning yakunlarini buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslaydi. Taqqoslash buxgalteriya xodimining 111-shakldagi maʼlumotnomasiga imzo qoʻyish bilan rasmiylashtirganidan soʻng, ushbu maʼlumotnoma kassirlarning 109-shakldagi va 110-shakldagi hisobot maʼlumotnomalari bilan birga kunlik kassa hujjatlarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227. Kassa mudiri shu kungi kassa aylanmalarini taqqoslab boʻlganidan soʻng, 120-shakldagi kitobga pul kirim-chiqimining umumiy summasini yozib qoʻyadi va ertangi kunga belgilangan kassa qoldigʻini chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228. Kassadagi pul qoldigʻi bilan buxgalteriya maʼlumotlari oʻrtasida tafovut paydo boʻlgan holda, buning sababini aniqlab, chorasini koʻrish uchun kassa mudiri darhol rahbar va bosh buxgalterga bu haqda xabar beradi. Ortiqcha yoki kamomad summasi borligi aniqlanganda 145-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Bunda, ortiqcha chiqqan pul bank foydasiga kirim qilinadi, kamomad esa belgilangan tartibda javobgar shaxsdan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII bob. Kunlik kassa hujjatlarini taxlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229. Kassa maʼlumotlari jamlanganidan soʻng, kassa mudiri yoki katta kassir kunlik kassa hujjatlarini taxlaydi yoki ilovalar bilan birga, yigʻmajildga taxlab va tikib qoʻyish uchun kassa xodimlaridan biriga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunlik kassa hujjatlari balans hisobvaraqlari (tartib raqamlarining oʻsib borishi) boʻyicha (avval alohida kirim operatsiyalarini bajaruvchi kassirlar boʻyicha, soʻngra qayta sanash kassasi operatsiyalari boʻyicha) kassaning kirimi va chiqimi uchun alohida-alohida qilib taxlanadi, keyin hujjatlarning koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha, avval — kirim, soʻngra — chiqim hujjatlari tarzida tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230. Kassa hujjatlari, keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda har kunligi uchun alohida yigʻmajildga taxlab, tikilishi va raqamlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Hujjatlarning soʻmdagi maʼlumotlari hisoblash mashinkalarida hisoblanib, axborotlar tasmalarga yoziladi. Hisob tasmalarida yozuvlar alohida, avval kirim, keyin chiqim va soʻngra koʻzda tutilmagan holatlar boʻyicha yozilib, hisobni amalga oshirgan xodim tomonidan har bir holat boʻyicha alohida imzolanadi va yigʻmajildda hujjatlardan oldinga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar yigʻmajildining old tomoniga toʻrtburchak muhr bosiladi yoki yorliq (16-ilova) yopishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Kunlik kassa hujjatlaridagi summalar 120-shakldagi kitob bilan taqqoslanganidan soʻng, yigʻmajildning old tomonidagi yozuv, uni shakllantirgan kassa mudiri va kassirning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Saqlash muddati 5 yildan oshadigan kassa hujjatlari ularning saqlanish muddatiga qarab alohida yigʻmajildlarga tikiladi va bu toʻgʻrida yigʻmajildning old tomonida tegishli yozuv qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234. Kassa hujjatlari keyingi kundan kechiktirilmagan holda bosh buxgalter tomonidan tekshirilishi, buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslanishi va uning imzosi qoʻyilib tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
235. Oxirgi oʻn ikki oy mobaynidagi kassa hujjatlari, bank faoliyatini hujjatli taftishdan oʻtkazilganligidan qatʼi nazar, kassa mudiri javobgarligida, pul saqlash omborida yoki kassa hujjatlarini saqlash zimmasiga yuklatilgan kassirning javobgarligi ostida tegishli tarzda qoʻriqlash va signalizatsiya vositalari hamda muhofaza qilingan qurilmalar bilan taʼminlangan va qoʻriqlashga topshiriladigan alohida seyfda saqlanadi. 12 oydan soʻng kassa hujjatlari bank arxiviga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236. Kassa hujjatlari boʻyicha maʼlumotnomalar — bosh buxgalter yoki uning oʻrinbosari imzo qoʻygan talabnomaga asosan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237. Kassa hujjatlari bilan yigʻmajildlar faqat ayrim hollarda, bank rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan kassa xonasidan olib chiqilishiga ruxsat etiladi. Hujjatlar ish kuni oxirida albatta joyiga qaytarilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238. Kunlik kassa hujjatlari bankning taftishchilariga taftish brigadasi boshligʻining tilxatiga asosan beriladi. Taftish oʻtkazilayotgan vaqtda hujjatlar taftish boshligʻining javobgarligi ostida boʻladi. Kassa hujjatlari taftish tugaganidan soʻng bank kassasiga qaytarilishi shart. Kassa mudiri esa ushbu hujjatlarni toʻliq topshirilganligini tekshirib tilxatni taftish boshligʻiga qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239. Kassa hujjatlari bankdan “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda) 12-moddasiga asosan bank rahbarining imzosi qoʻyilgan va muhri bilan tasdiqlangan holda yopiq va muhrlangan konvertda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlariga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa hujjatining olingan asl nusxasi oʻrniga, uning kassa mudiri tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi (kserokopiyasi), hujjat olib qoʻyilganligi haqidagi barcha yozishmalar, olinish bayonnomasi, hujjatning asl nusxasini olgan shaxsning tilxati yoki hujjatning joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi pochta kvitansiyasi va hokazolar tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir kalendar yilining turli sanalariga tegishli bir necha kunlik kassa hujjatlari bir yoʻla olinishi kerak boʻlgan hollarda, olingan hujjatlardan birining oʻrniga uning nusxasi (kserokopiyasi), hujjatni olish uchun talabnoma (olish (olib qoʻyish) bayonnomasi va hokazolar), boshqa hujjatlar oʻrniga esa ularning talabnomasi qayerda turganligi koʻrsatilgan faqat nusxa (kserokopiya)lari qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII bob. Saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar bilan operatsiyalar bajarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240. Banklar, quyidagilarni saqlash uchun qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) notarial idoralardan — meros mulk tarkibiga kiruvchi qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlar va marvariddan tayyorlangan buyumlar, qimmatbaho metallar quymasi (yombisi), shlix (oltin qum), tabiiy holda topilgan oltin va kumush yombilari (samorodok), eski, sobiq SSSR davrida va Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan zarb qilingan tangalar, shuningdek xorijiy davlatlar tangasi, chet el valyutasi, chet el valyutasida yozib berilgan toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, oʻtkazma (perevodi) va hokazolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa organlardan — qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va marvariddan yasalgan buyumlar, shuningdek qimmatbaho toshlar, eski, sobiq SSSR davrida va Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan zarb qilingan tangalar, chet el tangalari hamda chet el valyutasi va shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm va tangalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qimmatli qogʻozlar, kafolat va kafilliklar hamda garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar, garov shartnomalarining asl nusxalarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Kassa mudiri topshirilayotgan qimmatliklarning paketlarda yoki boshqa bogʻlamlarda har bir turi va baholangan summasi koʻrsatilgan ariza-roʻyxat asosida qabul qiladi. Bunda u paketlar va boshqa bogʻlamlardagi qoʻyilmalarni tekshirib koʻrmaydi, ammo paket va bogʻlamlarning hamda muhrlarning butligini albatta tekshirib koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242. Saqlash uchun qabul qilinayotgan qimmatliklar bank filiallarida qimmatliklarni topshiruvchi shaxslar bilan kelishilgan bahoda 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaraqda hisobga olinadi. Qiymati shartli boʻlgan buyumlar (masalan, kalitlar) 1 soʻm qiymatidagi shartli bahoda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243. Saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar (paket, quticha va hokazolar) qabul qilinish sanalari boʻyicha birinchi raqamdan boshlab, navbatdagi tartib raqamlari bilan raqamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida bank saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklarning turi, bahosi va raqami koʻrsatilgan 004-shakldagi kvitansiyani beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244. Bankda saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklarning qisman qaytarilishiga ruxsat etiladi. Qimmatliklarning bir qismini olish zarurati tugʻilgan taqdirda, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklar butun holda ularni topshirgan shaxsga qaytariladi va qolgan qismi bankka saqlash uchun qayta topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245. Qimmatliklarni qaytarish, qimmatliklarni topshirgan organ rahbari tomonidan imzolanib, muhri bosilgan soʻrov xati va qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi 004-shakldagi kvitansiyani taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246. Qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilgan banklar, ularning but saqlanishi boʻyicha egalari oldida qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247. Qimmatbaho metallar davlat hisobiga kirim qilinganida, ushbu operatsiyalarni bajarish vakolatiga ega boʻlgan organlar ularni mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga topshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIV bob. Pul va boshqa qimmatliklarni saqlash hamda ularning butligi yuzasidan nazorat oʻrnatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248. Bank (bank filiali, bank amaliyot boʻlimi) boshqaruvchilari, bosh buxgaltyerlari va kassa mudirlariga pul saqlash omborlarini ochish-yopish huquqi beriladi va ularga pul saqlash omborlaridagi naqd pul hamda boshqa qimmatliklarning butligi va daxlsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrish vazifasi yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu javobgarlikni bank (bank filiali) boshqaruvchisi (amaliyot boʻlimi boshligʻi) ishda boʻlgan vaqtda oʻzining oʻrinbosari zimmasiga yuklashiga ruxsat etilmaydi.
(248-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249. Pul va qimmatliklarni hamda pul saqlash omborlari kalitlarini taʼtilga chiqish, xizmat safariga ketish, betoblik va boshqa sabablarga koʻra, bir mansabdor shaxsdan boshqasiga vaqtincha topshirilishi bankning bosh buxgalteri va kassa mudiridan bank rahbarining buyrugʻiga asosan, boshqaruvchidan esa Bosh bank rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250. Mansabdor shaxslarning mehnat taʼtili jadvallari, xizmat safariga chiqish rejalari shunday tuzilishi kerakki, bunda bir vaqtning oʻzida, qimmatliklarning but saqlanishiga javobgar boʻlgan bir nechta mansabdor shaxslarning bankda boʻlmasligiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251. Barcha pul va boshqa qimmatliklar pul saqlash omborida saqlanishi lozim. Agarda banklarda bir nechta pul saqlash omborlari mavjud boʻlsa, ular tartib raqamlari qoʻyilgan holda, raqamlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Pul saqlash omboridagi naqd pul zaxirasining pul mablagʻlari va boshqa qimmatliklar panjarali eshikchasi boʻlgan tokchalarda (stellaj yoki seyflarda) yoki qulflanadigan metall javonlarda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Pul saqlash omboridagi aylanma kassasining naqd pullari va boshqa qimmatliklari naqd pul zaxirasidagi qimmatliklardan alohida ajratilgan seyf, stellaj yoki temir aravachalarda saqlanishi lozim. Aylanma kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar mansabdor shaxslar tomonidan tekshirib koʻrilgach, kassa mudiri tomonidan qulflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aravachalarda aylanma kassasining keyingi ish kuni chiqim operatsiyalarni amalga oshirish uchun kassir tomonidan tayyorlab qoʻyilgan naqd pullari saqlanayotgan boʻlsa, aravachalar qulflanadi va tegishli kassirlarning plombirlari bilan plombalanadi. Har bir aravachaga yorliq osilib, unga sana yoziladi, pulni tayyorlagan kassir imzosi qoʻyilib, nomi yozilgan toʻrtburchak muhri bosiladi hamda solingan pullarning umumiy summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Pul saqlash omborlarida qimmatliklarni zudlik bilan evakuatsiya qilish zarurati tugʻilgan taqdirda, ularni tashish uchun brezent qoplar, plomba va tizimchalar yetarli miqdorda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoplar miqdori pul saqlash omborida saqlanayotgan naqd pul va boshqa qimmatliklar hajmidan va zarurat tugʻilgan taqdirda pul saqlash omboridagi barcha qimmatliklar va hujjatlarni bir vaqtda olib chiqib ketish uchun qancha qop zarur boʻlishidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qoplar 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaragʻiga 1ta qop — 1 soʻm qiymatidagi shartli bahoda kirim qilinib, alohida qoplarga joylashtirilishi va uchta mansabdor shaxslarning muhrlari bilan muhrlanishi lozim. Ushbu qoplardan boshqa maqsadlarda foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Pul saqlash omborida quyidagilar alohida saqlanishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aylanma kassasining naqd pullari. Bunda mijozga berish uchun oldindan tayyorlab qoʻyilgan naqd pullar aylanma kassasining boshqa qimmatliklaridan alohida saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) naqd pullar zaxirasi ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chet el valyutasi (cheklar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boshqa qimmatliklar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Har gal pul saqlash omboriga pul qoʻyilganida yoki pul olinganidan soʻng, qimmatliklarning saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar pul saqlash omborida amalda qolgan qimmatliklarning yuritilayotgan hisob (roʻyxatlar va aylanma kassasining hisob yuritish kitobi boʻyicha) maʼlumotlariga mos kelishini tekshirib koʻrishlari va bunga ishonch hosil qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Ikki yoki undan ortiq pul saqlash omborlaridagi, stellaj va tokchalarga bir turdagi qimmatliklar va bir turdagi pul yoki tangalar joylashtirilganda, bunday ombordagi har bir stellaj (tokcha)ga qoʻyilgan qimmatliklar boʻyicha roʻyxat (26-ilova) tuziladi. Roʻyxat pul qoʻyilgan sana va amaldagi summa koʻrsatilgan stellajlardagi qimmatliklar bilan birga saqlanishi yoki pul saqlash omborida alohida yigʻmajildda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Qimmatliklarni saqlashda foydalaniladigan stellajlar, tokchalar (polki), aravachalar, seyflar va metall shkaflar bank amaliyot kuni tugaganidan soʻng u yerda qimmatliklar boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, kassa mudiri tomonidan kalit bilan qulflab qoʻyilishi shart. Kalitlar kassa mudirining pul saqlash omboridagi shkafida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Mijozlarga berish uchun oldindan tayyorlab qoʻyilgan pullar, alohida shkaf, tokcha, stellaj yoki aravachalarda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260. Ombordagi barcha metall shkaflar, stellajlar, seyflar, shuningdek kassa tarmogʻidagi seyflar, metall shkaflar va aqchadon (kopilki)larga tartib raqami qoʻyilgan holda raqamlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Pul saqlash omboriga pul va qimmatliklar qabul qilinayotgan vaqtda, qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar, quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pullarni — toʻliq, toʻliq boʻlmagan va yigʻma bogʻlamlarni dastalar soni hamda nakladkadagi yozuvlari boʻyicha, tangalarni esa, qoplarga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kassa mudiri tomonidan sanalgan yigʻma va toʻliq boʻlmagan pul bogʻlamlarini ularning ustki nakladka va yorliqlaridagi yozuvlarini hisobga olib, sanash yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tangalarni — paketlar soni hamda ularda koʻrsatilgan summalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) berish uchun oldindan tayyorlab qoʻyilgan pullarni — qop (aravacha)larga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) turi, qiymati boʻyicha dastalanib birlashtirilgan chet el valyutasi va valyuta toʻlov hujjatlarini — dastalar soni hamda nakladkalardagi yozuvlari boʻyicha, plombalangan qoplardagi tangalarni esa — ularga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlari boʻyicha tekshiradi. Alohida pul va toʻlov hujjatlari, shuningdek belgilangan tartibda qoplarga joylanmagan tangalarning hammasini qayta sanashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, aholiga valyuta ayirboshlash xizmatini koʻrsatuvchi valyuta ayirboshlash shoxobchalarining, shuningdek kirim-chiqim kassalarining kassirlaridan kelib tushadigan chet el valyutasi va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari pul saqlash omborlariga qabul qilinishidan avval, maxsus ajratilgan kassir tomonidan kassa mudiri nazorati ostida birma-bir qayta sanab koʻrilishi, ularning toʻlovga yaroqliligini tekshirishi va belgilangan tartibda qayta oʻrab-bogʻlanishi zarur. Dastalarning banderollarida va bogʻlamlarning ustki nakladkalarida bogʻlamlarni sanagan va tayyorlagan kassir imzosi, uning nomi yozilgan va bank nomi yozilib, kodi tushirilgan shtamp, bogʻlam tayyorlangan sana, qimmatliklar turi, nominali boʻyicha qoʻyilma summasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining bogʻlami buzilmagan chek, omonat va kvitansiya daftarchalari — birma-bir sanalmasdan bogʻlamlari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) boshqa qimmatliklarni (shartli yoki nominal bahoda) donalab yoki birma-bir sanab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262. Pul saqlash omborida mavjud boʻlgan toʻlovga yaroqli pullar eskirgan pullardan alohida saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263. Bank kassirlari oʻrab-bogʻlagan pul va tangalar aylanma kassa qoldigʻida birma-bir va donalab qayta sanalmasdan, ular jamlangan kunidan boshlab ikki yilgacha saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaxshi jihozlangan pul saqlash omborlaridagi tanga solingan qoplarni polga qoʻyilgan poddon ustida saqlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasi (cheklar, qimmatli qogʻozlar) bogʻlamlar yoki paketlarda, tangalar esa xaltalarda valyuta nomlari boʻyicha alohida, har bir turdagi valyuta esa, oʻz nominal qiymati boʻyicha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264. Pullarning namunalari bank omborida saqlanishi lozim, zarurat tugʻilganda esa, ularni koʻrsatish uchun olib chiqilishi mumkin va ish kuni oxirida belgilangan tartibda pul saqlash omboriga qaytarib qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265. 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar”hisobvaragʻida (ularning hisobi alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi) hisobi yuritiladigan va saqlash uchun topshirilgan qimmatliklar kelgan sanasi boʻyicha, bir sanada kelganlari esa, qimmatliklarning tartib raqamlariga qarab joylashtirilgan holda saqlanadi. Paketga har birining egasi boʻyicha koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaragʻiga kirim orderining nusxasi (20-ilova) biriktirib qoʻyiladi va unda paketning egasi, qimmatliklar turi, ularning raqami, hisobvaraqqa kiritilgan sanasi va summasi koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266. Daftar va alohida varaq koʻrinishdagi, qatʼiy hisobda turuvchi barcha blankalar “Ayirboshlash shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizom”ga (roʻyxat raqami 2183, 2011-yil 17-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 3-son, 28-modda) asosan qoʻllaniladigan 09002 Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali valyuta va yoʻl cheklarini sotib olishda beriladigan maʼlumotnoma sertifikati, 09004 Valyuta va yoʻl cheklarini inkassoga qabul qilish toʻgʻrisidagi kvitansiya, 09005 — “Valyuta va yoʻl cheklarini ekspertizaga qabul qilishda ishlatiladigan kvitansiya, 09006 Naqd chet el valyutasini xorijga olib chiqishda beriladigan ruxsatnoma, 09007 Valyuta va yoʻl cheklarini sotishda toʻldiriladigan maʼlumotnoma, 09012 Shikastlangan valyutalarni yaroqligiga almashtirishda toʻldiriladigan kvitansiya va 09015 Yoʻl cheklarini naqd xorijiy valyutaga almashtirib olishda ishlatiladigan kvitansiya kitobchasi 50 varaqdan iborat boʻlishi shart va u toʻldirilganda, qora qogʻoz orqali ikki nusxada toʻldirilishi munosabati bilan daftarchalar 25 soʻm qiymatida baholanadi. Ularning har biri, daftarcha yoki har bir varaq boʻyicha shartli ravishda bir soʻmga, saqlash uchun qabul qilingan aksiya, veksel, jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan depozit sertifikatlari va Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar oʻz nominal qiymati boʻyicha baholanib, 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaragʻida hisobga olinadi.
(266-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267. Kassadagi qatʼiy hisobda turuvchi blankalar hisobi kassa mudiri tomonidan kun oxirida 171-shakldagi kitobda, blankalar qoldigʻining bahosi koʻrsatilgan holda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor (bank rahbari, bosh buxgalter va kassa mudiri) shaxslar yoki maxsus ajratilgan nazoratchi ishtirokida kassir tomonidan chek va kvitansiya daftarchalarining alohida bogʻlamlarini ochilishiga qarab, har bir bogʻlamdagi daftarchalar soni, har bir daftarchadagi varaqlar (cheklar yoki kvitansiyalar) soni hamda ulardagi raqamlarning ketma-ketligi tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268. Chek daftarchalarini rasmiylashtirish va keyinchalik ularni mijozlarga berish bank mijozlarining buyurtmalariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (bank filiali) mijozlari oʻz faoliyatini tugatayotgan yoki oʻz hisobvaraqlarini boshqa bankka oʻtkazadigan yoki boshqa hollarda, ushbu bank (bank filiali) tomonidan berilgan hamda toʻliq yoki qisman foydalanilmagan chek daftarchalari bankka (bank filialiga) qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nuqsonli, ishdan chiqqan yoki foydalanmasdan qaytarilgan chek daftarchalari ulardagi imzo qoʻyiladigan qismini uchburchak shaklida qirqish orqali foydalanilmaydigan holga keltiriladi va 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaragʻiga belgilangan tartibda kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yaroqsiz holga keltirilgan chek daftarchalari maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinguniga qadar, qimmatliklar singari bankning pul saqlash omborida (alohida) but saqlanishi lozim.
(268-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269. 94500 “Garov sifatidagi qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hisobvaraqlarida yuritilayotgan kreditlar taʼminoti sifatida qabul qilingan qimmatli qogʻozlar kafolat va kafillik yoki garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar, garov shartnomalari bank kassasiga bank boshqaruvchisining farmoyishiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”da (2004-yil 13-avgust, roʻyxat raqami 773-17 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 369-modda) belgilangan tartibda balansdan tashqari kirim kassa orderi bilan kirim qilinadi va shu tartibda majburiyatlar toʻliq bajarilganidan soʻng, boshqaruvchining farmoyishiga asosan balansdan tashqari chiqim kassa orderi orqali chiqim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94500 — “Garov sifatidagi qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar” balans hisobvaraqlarida yuritilayotgan kreditlar taʼminoti sifatida qabul qilingan qimmatli qogʻozlar, kafolat va kafilliklar yoki garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar, garov shartnomalari banklarning pul saqlash omborlarida oʻz nominal qiymatlari boʻyicha saqlanadi hamda mazkur Yoʻriqnomaning 40-ilovasida keltirilgan 120-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
(269-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270. Pul va boshqa qimmatliklarni pul saqlash omboridan kassa tarmogʻiga faqat taftish oʻtkazish uchun yoki nazorat qayta sanash maqsadida bankning kassa mudiri tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 42-ilovasida belgilangan 123-shakldagi kitobga nazoratchi kassirning imzosi qoʻyilganidan soʻng, olib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Unda qimmatliklarni olib chiqish sabablari, qimmatliklarning turlari va pullarning nominal qiymatlari boʻyicha alohida koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123-shakldagi kitob faqat kassa mudiri tomonidan toʻldirilishi, undan esa nazoratchi kassir qabul qilib olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu pul va qimmatliklar kassirlar tomonidan nazoratda qayta sanab boʻlinganidan soʻng, 175-shakldagi nazorat qaydnomasiga qayd etgan holda kassa mudiriga topshiriladi. Sanash uchun olib chiqilishi kerak boʻlgan pullar 123-shakldagi kitobga qayd etib borilishi shart. Kitob doimo pul saqlash omborida saqlanishi, ishlatib boʻlingach pul saqlash omborida 1 yilga qadar, shundan soʻng saqlash uchun besh yil muddatga bank arxiviga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Pul saqlash omborlarida mavjud boʻlgan naqd pul va boshqa qimmatliklar (10101 hisobvaraqdagi) 120-shakldagi kitobda, naqd pul zaxirasida mavjud boʻlgan naqd pul va tangalar esa (10102 hisobvaraqdagi) 141-shakldagi kitobda hisobga olinib, ularni oʻz vaqtida toʻldirish — banklarning kassa mudirlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2711. Bank (bank filiali) kassasidagi Markaziy bankka topshirilishi lozim boʻlgan naqd pullar joʻnatilmagan taqdirda, pullar toʻliq bogʻlamlarda yoki toʻliq tanga solingan qoplarda 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻiga kirim qilinadi. Ushbu naqd pullar aylanma kassa va naqd pullar zaxirasi qoldiqlaridan alohida saqlanishi hamda ushbu Yoʻriqnomaning 51-ilovasida keltirilgan 141A-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining tegishli farmoyishiga asosan 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻidan belgilangan tartibda naqd pullarni chiqim qilishga ruxsat etiladi.
(2711-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Pul saqlash omborlarini yopishdan avval qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar pul saqlash omborlarida quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) pul saqlash omborlarida saqlanishi lozim boʻlgan qimmatliklar, kitoblar va hujjatlarning barchasi pul saqlash omboriga olib kirilganligini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aylanma kassadagi, naqd pullar zaxirasidagi va Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar tegishli buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga hamda 120, 141 va 141A-shakldagi kitoblarda koʻrsatilgan qoldiqlarga mos kelishini.
(272-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hamma shkaflar, eshiklar, derazalar va kirim hamda chiqim kassalariga oʻrnatilgan darchalar (stavnya)ning yopilganligini, ventilyator va chiroqlarning oʻchirilganligini tekshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd chet el valyutasi qoldigʻi va chet el valyutasining toʻlov hujjatlari har kuni buxgalteriya xodimlari tomonidan yuritiladigan chet el valyutasining shaxsiy hisobvaraqlari bilan solishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Kitoblarda chiqarilgan qoldiqlarning toʻgʻriligi qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarning imzolari bilan har kuni tasdiqlanib borilishi lozim. Qoldiq summalari yozilib, uning ustidan tuzatiladigan hollarda, ular ushbu mansabdor shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd chet el valyutasining qoldiqlari mazkur Yoʻriqnomaning 43-ilovasida keltirilgan 121-shakldagi kitobda alohida hisobga olinadi. Bunday holda 120-shakldagi umumiy kitobga ushbu qimmatliklar boʻyicha qoldiqlar qayd etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. 120, 121, 141 va 141A-shakldagi kitoblarda har bir bank amaliyot kuni uchun pul saqlash omborlarining yopilishiga qadar har bir hisobvaraq boʻyicha qimmatliklarning umumiy qoldigʻi yozib boriladi.
(274-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar chet el valyutasi bilan operatsiyalar amalga oshirilmagan boʻlsa, keyingi ish kuni 121-shakldagi kitob qoldigʻini chiqarmaslikka ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu daftarlar kun davomida kassa mudirida, ish kuni tugaganidan soʻng — pul saqlash omborida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Aylanma kassasi va naqd pul zaxirasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlanadigan pul saqlash omborlari qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan uch mansabdor shaxslar tomonidan uchta kalit bilan ochiladi va qulflanadi hamda ularning muhrlari bilan muhrlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul saqlash omborlarining kalitlari quyidagilarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi kalit — kassa mudirida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi kalit — rahbarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki temir panjarali uchinchi eshik kaliti — bosh buxgalterda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar shaxslar pul saqlash omborlarining kalitlari va lavozim muhrlarini ish vaqtida va ishdan soʻng boshqa shaxslar tomonidan foydalanish imkoniyatini tugʻdirmagan holda saqlanishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Pul va qimmatliklar saqlanadigan barcha pul saqlash omborlarining (kechki kassaning pul saqlash omborlari ham) eshik va seyflari, metall shkaflari, kassa mudiri xonasidagi, kirim, chiqim hamda pulni qayta sanash kassalariga oʻrnatilgan seyf kalitlarining ikkinchi nusxa (dublikat)lari boʻlishi, ular batafsil roʻyxat bilan tashqi choki boʻlmagan xaltaga solinib, tugunsiz tizimcha bilan tikilishi va unga biriktirilgan qoplamaga (nakladka) qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan uch mansabdor shaxslarning surgʻuchli muhrlari bosilishi lozim. Qopga biriktirilgan qoplama (nakladka)ga ushbu shaxslar tomonidan imzo qoʻyilib, bankning muhri bosilgan ilova xati bilan birga, yaqin joylashgan bankka saqlash uchun topshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash uchun topshiriladigan kalitlar ikkinchi nusxalarining ilova xatida qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan uch mansabdor shaxslarning imzosi qoʻyilib, bankning dumaloq muhri bosilgan yozma talabnomasi va kalitlar topshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiya taqdim etilgandagina, ularning qaytarib berilishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim, chiqim va qayta sanash kassalariga oʻrnatilgan maxsus stollarning ikkinchi (dublikat) kalitlari alohida qopga solinib, uch mansabdor shaxslarning surgʻuchli muhrlari bilan muhrlangan, lekin balansda aks ettirilmagan holda ushbu bankning pul saqlash omborida saqlanishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. Kalitlarning nusxalarini tekshirish — uning birinchi nusxasi sinib yoki yoʻqolib qolgan taqdirda, taftish va tekshiruvlar oʻtkazish vaqtida, qimmatliklarning saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarning oʻzgarishi, mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik davri, mehnat yoki ijtimoiy taʼtilga chiqishi munosabati bilan kassa ishini tashkil etish yuzasidan olib boriladigan tekshiruvlar natijasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Bank rahbari vaqtincha oʻzgargan holda, kvitansiya va kalitlar nusxalarining topshirilishi toʻgʻrisidagi ilova xati bilan birga uning oʻrnini bosuvchi shaxsga beriladi. Bu haqda asosiy kalitlarning topshirilishi bilan bir qatorda, omboridagi qimmatliklarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasida qayd etiladi (30-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Boshqa bankka saqlash uchun topshirilgan kalitlarning nusxalari toʻgʻrisidagi kvitansiya roʻyxat va ilova xatining nusxalari bilan birga rahbar seyfida saqlanib, 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaragʻida 1 soʻm qiymatidagi shartli bahoda baholanib hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
280. Kalitlarning nusxalari saqlanayotgan joydan olinadigan hollarda, qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan kalitlarning olinish sabablari koʻrsatilgan dalolatnoma tuzilib, imzolanadi va dalolatnoma 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaraq orderiga qoʻshib qoʻyiladi. Bank rahbarlari kalitlarning nusxalari olingan kunning oʻzidayoq ularni qaytarish choralarini koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Pul saqlash omborining (seyf, metall shkaf) kaliti yoʻqolib qolgan taqdirda, qulfning ichki tuzilmasi (aylanuvchi qismi, sekreti) oʻzgartirilishi lozim. Bu ishga sinalgan va tegishli ruxsati bor shaxslar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank rahbari tomonidan tayinlangan komissiya qulfning ichki tuzilmasi (aylanuvchi qismi, sekreti) oʻzgartirilganligi va yangi kalitlar tayyorlanganligi haqida dalolatnoma tuzishi shart. Unda qulfni oʻzgartirish va yangi kalitlar tayyorlash sabablari, bu ishlarni bajargan shaxsning familiyasi hamda tegishli ruxsatnomasi borligi koʻrsatiladi. Dalolatnomalar doimo bank rahbarining maxsus yigʻmajildida saqlanadi. Kalitlarning yoʻqolishiga sababchi boʻlgan aybdor shaxslar, voqea tafsilotlariga qarab, intizomiy jazoga tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan va pul saqlash omborlarining kalit hamda muhrlariga ega boʻlgan mansabdor shaxslargina pul saqlash omboriga kirishlari va shu bilan bir qatorda omborga faqat birgalikda kirib-chiqishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankning boshqa xodimlari pul saqlash omboriga faqat rahbar yoki uning oʻrinbosari, agar unga aylanma kassasi bilan operatsiyalar bajarish huquqi berilgan boʻlsa, uning ruxsati bilan, albatta qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar ishtirokida kirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Ish kunlari barcha pul saqlash omborlari qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borilgani yoki olib borilmaganidan qatʼi nazar, qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan ochib koʻrilishi va tekshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Pul saqlash omborlari ochilishidan avval, qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar, qoʻriqlash xizmati vakili ishtirokida eshik, qulf, tizimcha va muhrlar, shuningdek eshiklarning tizimcha oʻtkaziladigan halqa moslamalarining buzilmaganligini tekshirib koʻrishlari, shundan soʻng qoʻriqlash xizmati xodimlaridan pul saqlash omborini muhrlangan holda qabul qilganligi haqida mazkur Yoʻriqnomaning 37-ilovasida keltirilgan 161-shakldagi kitobga imzo qoʻyishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eshiklar, qulflar, tizimcha yoki muhrlar buzilgan, shuningdek pul saqlash omboriga kirish uchun urinish boʻlgani gumon qilingan hollarda, zudlik bilan pul saqlash ombori ochilguniga qadar, bu haqda 3 nusxada (1-nusxasi bank uchun, 2-nusxasi huquqni muhofaza qilish organlariga va 3-nusxasi bankning Bosh bankiga) dalolatnoma tuziladi. Unga qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan barcha mansabdor shaxslar va qoʻriqlash xizmati vakili imzo qoʻyadi va shu joyning oʻzida zarur choralar koʻriladi hamda Bosh bank boshqarmasiga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimchaning bitta aylanasi qirqilib, muhrli taxtacha olinadi va ombor ochilib koʻzdan kechirib chiqilganidan soʻng, muhrlar izi yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deraza, devor, pol va shiftlarga shikast yetkazilgan boʻlsa, mavjud boʻlgan qimmatliklar darhol tekshirib koʻriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. Bunday hollarda esa muhrlar yoʻq qilinmagan holda dalolatnomaga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Ish kuni davomida pul saqlash omborlari kalit bilan qulflab qoʻyilishi, u yerda qimmatliklar mavjud boʻlgan taqdirda qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarning surgʻuchli muhrlari bilan muhrlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa barcha hollarda olib chiqilishi lozim boʻlgan pullarning pul saqlash omborining old xonasida vaqtincha saqlab turilishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul saqlash omborini qoʻriqlash xizmatidan qabul qilish, uni muhrlash va ish kuni oxirida qoʻriqlashga topshirish soqchi ishtirokida amalga oshiriladi. 161-shakldagi kitobda pul saqlash omborlarining amalda ochilgan, yopilgan va qoʻriqlashga topshirilgan vaqti koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161-shakldagi kitoblar omborlarning har bir turi boʻyicha, yaʼni aylanma kassasi va naqd pul zaxirasi, kechki kassalar va pulni qayta sanash kassalarini (naqd pullar ishdan tashqari vaqtlarda saqlanganda) qoʻriqlashga topshirish va qabul qilish uchun alohida tutiladi. Pul saqlash ombori qoʻriqlashga topshirilgandan soʻng, kitob qoʻriqlashga topshirgan shaxsning seyfida yoki metall shkafida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Muhr uchun oʻyilgan chuqurchali taxtacha ustidan oʻtgan tizimcha ustiga muhrlar quyidagi ketma-ketlikda qoʻyilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi — kassa mudirining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — bosh buxgalterning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — rahbarning.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butun va tugunlari boʻlmagan tizimcha, pul saqlash ombori eshigining halqalaridan (burab mahkamlangan va payvandlangan) tizimcha va muhrlarni buzmasdan eshikni ochib boʻlmaydigan qilib oʻtkaziladi. Pul saqlash omborini muhrlashda faqat surgʻuch ishlatilishi shart. Surgʻuchlanadigan taxtachalar zaruriy chuqurchaga ega boʻlib, surgʻuch qoʻyilganda u taxtachaga oʻyilgan chuqurcha diametri doirasidan chiqib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. Muhrlangan pul saqlash omborini qabul qilish vaqtida qoʻriqlash xizmati xodimi muhrlarni ularning namunalari bilan qaytadan solishtirib koʻrgach, 161-shakldagi kitobga imzo qoʻyadi. Pul saqlash omborlari va boshqa eshiklarni muhrlash uchun ishlatiladigan muhrlarning namunalari qoʻriqlash xizmatiga tilxat asosida beriladi. Tilxat bank rahbarida, 161-shakldagi kitob esa kassa mudirining alohida seyfida yoki metall shkafida saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288. Pul bogʻlamini yoki tangalar solingan qoplarni muhrlash yoki plombalash uchun qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar, kassirlar va boshqa xodimlar bank nomi yoki kodi, tartib raqami tushirilgan shaxsiy plombirlar yoki klishe bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu muhrlar, plombirlar, shaxsiy kodli klishelar, nomi yozilgan shtamplar va pul saqlash omborlari kalitlaridan begona shaxslarning boshqa yoʻl bilan foydalanish imkoniyatini yaratib bermagan holda saqlanishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289. Bankdagi barcha muhrlar va pul saqlash omborlarining (seyflar, metall shkaflar) kalitlari, plombirlar, klishelar va kassirlarning nomi yozilgan toʻrtburchak muhrlari rahbar yoki uning yozma farmoyishi bilan tayinlangan va qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan yuritiladigan maxsus hisob yuritish kitobida (27-ilova) roʻyxatga olinishi lozim. Kalitlar, plombirlar, klishelar, muhrlar va kassirlarning nomi yozilgan toʻrtburchak muhrlari ushbu kitobga imzo qoʻydirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290. Ishdan tashqari vaqtlarda pul saqlash omborlari (seyflar, metall aqchadonlar)dan turli kassa xodimlari foydalanadigan hollarda kalit va muhrlarning qoʻldan-qoʻlga oʻtishini qayd etish uchun pulni qayta sanash kassasida alohida, kechki kassa uchun alohida kitob tutilishi lozim. Koʻrsatib oʻtilgan kitoblar kassa mudirida saqlanadi va u orqali qabul qilinadi hamda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassirlar vaqtincha ishda boʻlmagan (betobligi, taʼtilga chiqqan vaqtda) hollarda plombir va klishe, ularning hisobini yurituvchi xodimga topshiriladi va ushbu plombir hamda klisheni boshqa kassirlarga vaqtincha berib turish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Ishda foydalanilmaydigan, shuningdek yaroqsiz holga kelgan muhrlar, kalitlar, plombirlar, klishelar va kassirlarning nomi yozilgan toʻrtburchak muhrlari pul saqlash omboridagi shkaflardan birida oʻrab-bogʻlangan va muhrlangan holda, qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan balansda aks ettirilmagan holda saqlanishi yoki bankning filiali (amaliyot boʻlimi) boshligʻi tomonidan chiqarilgan maxsus farmoyishga asosan komissiya tuzilib, belgilangan tartibda yoʻq qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292. Kassirlar, ish joylaridan vaqtincha uzoqlashgan hollarda pul va qimmatliklar, plombirlar, muhrlar, kassirlarning nomi yozilgan toʻrtburchak muhrlari, shaxsiy kodi boʻlgan klishelar, seyflar, metall shkaflar, pul saqlash omborlarining kalitlarini ochiq holda qoldirish, aravachalar yoki stol tortmalarini qulflamasdan ochiq holda qoldirishlari qatʼiyan man etiladi. Shuningdek, operatsiyalar bajarilayotgan vaqtda pul saqlash omborlari, seyflar, metall shkaflar hamda pul va qimmatliklarni saqlash uchun moʻljallangan stollarga oʻrnatilgan metall aqchadonlar va aravachalar eshiklarining qulflarida kalitlarni qoldirib ketish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293. Ish vaqtida kassa xodimi kasallanib yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz ishini toʻsatdan tashlab ketishga majbur boʻlsa, u holda, uning hisobida turgan va saqlanayotgan barcha qimmatliklar imkoni boricha shu zahoti kassa mudiri tomonidan sanab koʻrilishi va shundan soʻng esa qabul qilib olinishi lozim. Agar shu vaqtda kassir boʻlmasa, u holda qimmatliklar komissiya (kassa mudiri, boshqaruvchi, bosh buxgalter) ishtirokida sanaladi va qabul qilib olinadi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. Zarurat tugʻilgan taqdirda esa naqd pullar boshqa kassirlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294. Barcha naqd pullarni kassirlar bir-birlariga 155-shakldagi kitobga yoki 175-shakldagi nazorat varagʻiga (21-ilova) imzo qoʻydirib berishlari shart. Kassa operatsiyalari boʻlimlari (kassa mudiri) boshliqlari kassirlarning bir-birlariga pullarni toʻgʻri berayotganliklarini muntazam nazorat qilishlari va ular bu haqda 155-shakldagi kitob va 175-shakldagi nazorat varagʻiga imzo qoʻyishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295. Ushbu Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan barcha hisob yuritish kitoblari, shuningdek plombirlar, muhrlar va kalitlar hisobini yuritish kitobi, banklarda kassa ishi tekshirilganligini qayd etish kitobi raqamlangan, tizimcha oʻtkazilgan va bank rahbarining surgʻuchli yoki siyohli muhri bilan muhrlangan boʻlishi lozim. Ularga raqamlangan varaqlar soni yozib qoʻyiladi va uchta mansabdor shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XV bob. Qimmatliklarni taftish qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296. Banklardagi pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklar taftishi hamda ularning saqlanish tartibini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bank rahbarining buyrugʻiga (farmoyishiga) binoan har chorakda kamida bir marta (29-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har yili, yangi yilning 1-yanvar holatiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rahbar, bosh buxgalter yoki kassa mudiri almashganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar vaqtincha almashganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) boshqa hollarda — Bosh bank rahbarlarining farmoyishlari asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297. Oʻtkazilgan taftish yuzasidan “Xizmatda foydalanish uchun” grifi qoʻyilgan dalolatnoma (29-ilova) tuzilib, u alohida tartibda tikilishi va bankning bosh buxgalteri seyfida alohida yigʻmajildda saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298. Taftish oʻtkazish pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklarni taftish qilish toʻgʻrisida koʻrsatma bergan bank rahbari tomonidan chiqarilgan yozma buyrugʻi bilan tayinlanadigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Taftish oʻtkazish uchun jalb etiladigan xodimlar soni operatsiyalar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299. Taftish oʻtkazish uchun muayyan tayyorgarligi bor va qimmatliklar bilan operatsiyalar bajarishga aloqasi boʻlmagan hamda kassa tarmogʻiga kirish uchun ruxsati boʻlgan xodimlar jalb etilib, ulardan biri taftish rahbari etib tayinlanadi. Taftishning toʻgʻri tashkil etilishi va belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkazilishi uchun taftish oʻtkazish boʻyicha buyruq chiqargan bank rahbari javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300. Bosh bank tomonidan uning filiallarida qimmatliklarning saqlanishi boʻyicha taftish oʻtkazilgan boʻlsa, ushbu chorakda takroran chorakli taftish oʻtkazilmasligiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftishlar orasidagi muddat uch oydan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Bank filiali rahbarining almashuvi bilan oʻtkaziladigan qabul qilish va topshirish ishlari, tegishli bank boshqaruvi raisi (oʻrinbosari)ning buyrugʻi bilan tayinlanadigan Bosh bank xodimi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Ushbu bankda ishlamaydigan shaxslarga, Bosh bank rahbarining imzosi qoʻyilgan va bankning dumaloq muhri bilan tasdiqlangan guvohnomasi, shuningdek kassa tarmogʻiga kirish uchun ruxsatnomasi boʻlgandagina, taftish oʻtkazishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazishga jalb etilgan va kassaga kirishga ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslarga vaqtinchalik ruxsatnoma (taftish oʻtkazish muddatiga) toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303. Har chorakda toʻsatdan oʻtkaziladigan taftishlarni 1-yanvar holatiga koʻra, shuningdek mansabdor shaxslar vaqtincha almashgan vaqtda yoki ushbu Yoʻriqnomaning 296-bandidagi “v” va “d” lityerlarida koʻzda tutilgan boshqa hollarda oʻtkaziladigan taftishlar bilan birga qoʻshib oʻtkazishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304. Taftish qimmatliklarni saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar ishtirokida oʻtkaziladi. Taftish mansabdor shaxs ishtirokisiz oʻtkaziladigan hollarda, bu haqda dalolatnomada alohida taʼkidlanib, taftishning barcha qatnashchilari imzo qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305. Oʻtkaziladigan taftishlar bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarga xalaqit bermasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish, toʻsatdan barcha qimmatliklarning aynan bir sanadagi holatini shunday ketma-ketlik bilan tekshirish orqali oʻtkazilishi kerakki, oʻgʻirlik, pul hamda qimmatliklar kamomadini yashirish uchun hech qanday imkoniyat tugʻdirilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306. Taftish rahbari taftishga kirishib, kassa xonasidagi barcha pul saqlash omborlarini tekshiruv boshlangan vaqtda, qimmatliklarning qanchaligidan qatʼi nazar, surgʻuchli muhr bilan muhrlaydi va aylanma kassasida mavjud boʻlgan barcha naqd pullarni va boshqa qimmatliklarni oʻz nazoratiga olib, kechki kassa va pulni qayta sanash kassasida, inkassatorlar javobgarligi ostidagi pul, qimmatliklar hamda naqd pul va qimmatliklar solingan xaltalar bor-yoʻqligini aniqlaydi va bor boʻlsa, ularni boshqa qimmatliklar bilan birga taftish oʻtkazishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307. Kassadagi barcha qimmatliklar toʻliq taftish qilib boʻlinguniga qadar, qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar pul saqlash omborlariga faqat taftish rahbarining kuzatuvi ostida kirishlariga ruxsat etiladi. Bu vaqtda pul va qimmatliklarni olish yoki qoʻyish uning nazorati ostida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, yuqorida qayd etib oʻtilgan barcha qimmatliklarni bir vaqtning oʻzida bir yoʻla taftish qilishning imkoni boʻlmasa, ish kuni oxirida taftish rahbari qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar bilan birgalikda pul saqlash omborlari va seyflarni muhrlab, belgilangan tartibda qoʻriqlash xizmatiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish rahbarining muhri taxtachaga taftish oʻtkazilayotgan bankning mansabdor shaxslari muhrlaridan oldin (yuqoriga) qoʻyilib, muhr namunasi belgilangan tartibda bankning qoʻriqlash xizmatiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308. Taftish rahbari tomonidan pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklar nazorat qayta sanash uchun shaxsan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrami shikastlangan va nakladkasi (qoplama) notoʻgʻri toʻldirilgan bogʻlamlar va qoplar birma-bir va donalab qayta sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309. Bank rahbari, bosh buxgalter yoki kassa mudiri qimmatliklarning but saqlanishi bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlardan ozod etilganida, kassadagi pul va tangalar birma-bir va donalab qayta sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh bank rahbari ishlarni qabul qilish-topshirish toʻgʻrisidagi buyruqda, belgilangan muddatni choʻzishi yoki aylanma va naqd pul zaxirasidagi naqd pullarni tanlab, birma-bir va donalab sanashni amalga oshirishga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullarni tanlov asosida birma-bir va donalab qayta sanash, qimmatliklarning but saqlanishi va aylanma kassa hamda naqd pul zaxirasidagi qimmatliklarni saqlash hamda ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish ishlari uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarni oʻrnatilgan tartibda lavozimlaridan ozod etish bilan bogʻliq boʻlgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310. Pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklar boʻyicha taftish oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aylanma kassasi va naqd pul zaxiralarining naqd pullari bogʻlam va dastalar boʻyicha, tangalar esa — qoplarga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlari boʻyicha, berish uchun oldindan tayyorlab qoʻyilgan va oʻrab bogʻlangan pullar esa, qoplarga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlari boʻyicha tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullarning umumiy summasi 120 va 141-shakldagi kitoblarning maʼlumotlari bilan solishtiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan tekshiruvlardan soʻng, pul va tangalar yoppasiga, birma-bir va donalab qayta sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik banklar (filiallar)da naqd pul va qimmatliklarni har chorakda toʻsatdan taftish qilish va qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar vaqtincha almashgan vaqtda oʻtkaziladigan taftishlar — taftish oʻtkazish uchun farmoyish bergan bank rahbari belgilagan miqdorda qayta sanab koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish oʻtkazuvchi, kassirga pullarni birma-bir sanash uchun berayotgan vaqtda dastadan banderolni olib, uni pullarning maʼlum bir qismi bilan nazorat uchun oldindan oʻzida olib qoladi. Kassir pulni sanab boʻlgach, ularning summasi yoki pullar sonini aytadi, taftish oʻtkazuvchi nazorat uchun qoldirilgan pul summasi yoki pullar sonini unga qoʻshadi va chiqqan summa miqdorini banderolda koʻrsatilgani bilan solishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanalayotgan pullar soni toʻgʻri chiqqanda, nazorat uchun qoldirilgan pullar kassirga qayta sanash va belgilangan tartibda dastalash uchun qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanalayotgan pullarning soni toʻgʻri chiqmagan taqdirda (kam yoki koʻp chiqqanida) — pullarni taftish oʻtkazuvchi shaxsan qayta sanab koʻrishi, shundan soʻng ushbu pullarni avval sanagan kassir tomonidan qayta sanab koʻrilishi, pullarning bogʻlamga toʻgʻri qoʻyilganligi tasdiqlangan taqdirda esa, ushbu pullar belgilangan tartibda banderol bilan qayta oʻrab-bogʻlanishi lozim. Ochilgan bogʻlamning banderollari, ustki nakladkasi va qirqib olinmagan plombali tizimcha (polietilen plyonka) bogʻlamdagi barcha pullar toʻla sanab boʻlinguniga qadar taftish oʻtkazuvchida saqlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat alohida hollarda ularni dastalagan kassirlarga, ushbu pullarni qayta sanashga ruxsat berilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qayta sanash kassasidagi pul va tangalar taftish rahbari yoki taftish oʻtkazishga farmoyish bergan bank rahbari tomonidan belgilangan miqdorda birma-bir sanab tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qayta sanash kassasidagi kechki kassaning mavjud inkassatsiya qilingan pul tushumining ochilmagan xaltalari va bankning xoʻjalik yurituvchi subyekt huzuridagi kassalarning qimmatliklar solingan xaltalari — yuk xatlari, qabul qilingan naqd pulli va boʻsh xaltalarni hisobga olish jurnali hamda yoʻnalishga chiqishda inkassatorlarga berilgan boʻsh xaltalar va tashrif varaqalari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar bilan taqqoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikastlangan, plombalari va muhrlari buzilgan yoki namunalariga mos kelmaydigan xaltalar aniqlansa, ularning ichidagi pullar birma-bir qayta sanaladi. Pullarni qayta sanash jarayonida qatnashish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar (zarur hollarda ichki ishlar organlarining vakili) vakili taklif etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻrami buzilgan va nakladkasi (yorligʻi) notoʻgʻri rasmiylashtirilgan bogʻlamlar (qoplar)dagi pul va tangalarning hammasi qayta sanaladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) chet el valyutasi va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari, bogʻlamlar, dastalardagi va qoplarga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlar va ustki nakladkalar boʻyicha tekshiriladi. Bundan tashqari, taftish rahbari yoki taftish oʻtkazishga farmoyish bergan bank rahbari belgilagan miqdorda pullar birma-bir va donalab sanaladi. Bunda erkin almashtiriladigan valyuta va ushbu valyutadagi yoʻl cheklari, birma-bir va donalab sanalishi, zarur hollarda esa fuqarolarga valyuta operatsiyalari boʻyicha xizmat koʻrsatadigan valyuta ayirboshlash shoxobchalarining kassirlari pul sanashga jalb etilishlari mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qimmatliklarning turlari boʻyicha bogʻlamlarga oʻralgan omonat daftarchalari bogʻlamlarning ustki nakladkalaridagi yozuvlari boʻyicha, shuningdek taftish rahbari yoki taftish oʻtkazishga farmoyish bergan bank rahbari tomonidan belgilangan miqdorda donalab yoki birma-bir tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) boshqa barcha qimmatliklar ularning nominal qiymati boʻyicha yoki shartli bahoda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311. Pul saqlash omborlarida mavjud boʻlgan pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklar qayta sanalganidan soʻng, taftish oʻtkazuvchilar mavjud qimmatliklar miqdorini 120, 121, 141 va 141A-shakldagi kitoblarda, kunlik balans, analitik hisob maʼlumotlari bilan solishtiradilar, bundan tashqari, ular taftish oʻtkazish uchun olingan barcha qimmatliklar pul saqlash omborlariga qaytarib qoʻyilganligini tekshiradilar.
(311-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya hisobidan oʻtkazilmagan tilxat va boshqa hujjatlarning summalari kassa qoldigʻiga qoʻshilmaydi va kassirdan chiqqan kamomad deb hisoblanadi. Kassada chiqqan ortiqcha pullar bank foydasiga kirim qilinishi zarur va ular 321-bandda koʻrsatilgan ayrim hollardan tashqari qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biror bogʻlamdan pullar kam yoki ortiqcha chiqsa, ushbu bogʻlamni sanagan kassir dastalagan barcha bogʻlamlar birma-bir qayta sanaladi. Qopdagi tangalar kam yoki ortiqcha chiqqanda ham undagi pullar, agar taftish rahbari lozim topsa shu tarzda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312. Qimmatliklarni taftish qilinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi va taftish oʻtkazishda qatnashgan barcha xodimlar hamda qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar unga imzo qoʻyadilar. Pul va qimmatliklar kam yoki koʻp chiqqan taqdirda, hisob-kitobda tafovut borligi aniqlangan holda va qimmatliklar but saqlanishini taʼminlash jarayonida kamchiliklar borligi aniqlanganda, dalolatnomalar nusxasi bosh bankka joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar almashishi munosabati bilan taftish oʻtkazilganda, aylanma kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning saqlanishi bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarga, shuningdek, ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarga imzo qoʻyish pul va qimmatliklar toʻliq tekshirilib, dalolatnomaga imzo qoʻyilguniga qadar, topshiruvchi shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313. Pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklarni taftish qilishdan tashqari, har chorakda bank rahbari tomonidan tuzilgan reja asosida kassa ishining tashkil etilishi, qoʻriqlash ishlari va signalizatsiya vositalarining ahvoli, ruxsatnoma boʻyicha kirish tartibiga rioya qilinishi, kalitlar, muhrlar, plombirlar, klishelar hisobini yuritish va ularni saqlash qoidalariga amal qilinishi, pul tushumining inkassatsiya qilinishi hamda kechki kassa ishining qanday tashkil etilganligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish oʻtkazish uchun ushbu vazifani bajara oladigan va bu uchastka ishini yaxshi biladigan bank xodimlari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan masalalar boʻyicha kamchiliklar borligi aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuzilib, unda kamchiliklar, ishda qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan xodimlarning familiyalari, kamchilik sabablari va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar koʻrsatiladi. Dalolatnomaga tekshiruvchi va tekshirilgan uchastkaga rahbarlik qiluvchi xodim imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314. Oʻtkazilgan barcha tekshiruvlar tekshirishni qayd etish kitobi (28-ilova)ga qayd etib boriladi. Unda tekshiruvchining familiyasi va lavozimi, u tekshirgan uchastka, tekshiruv oʻtkazilgan vaqt, tekshiruv hajmi va uning natijalari yoziladi (dalolatnomaga ilova qilinadi yoki kamchiliklar yoʻqligi haqida yozib qoʻyiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kitob bank rahbarining seyfida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank rahbarlari oʻtkazilgan taftish va tekshiruv natijalarini besh kun muddat ichida koʻrib chiqishlari va aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan tuzatishlari, shuningdek mazkur Yoʻriqnomaga qatʼiy rioya etgan holda tashkiliy choralarni koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315. Bank rahbarlari pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklarni taftish oʻtkazishdan tashqari, har oyda kamida bir marotaba aylanma kassasi va naqd pul zaxirasidagi pullarning ushbu Yoʻriqnomadagi 310-bandining “a” literidagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshlarida koʻrsatilgan tartibda nazorat uchun qayta sanalishini taʼminlashlari shart. Bunda ular asosan taftish oʻtkazilayotgan bank kassirlari tomonidan oʻrab-bogʻlangan pul bogʻlamlarini va tangalar solingan qoplarni shaxsan oʻzlari tanlab olishlari va olib chiqilayotgan pul summasini 123-shakldagi kitobga (tekshirish maqsadini koʻrsatgan holda) qayd etib borishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qayta sanash qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslardan birining yoki qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishga aloqasi boʻlmagan yoki maxsus ajratilgan xodim ishtirokida amalga oshiriladi. Qayta sanash uchun ajratilgan pullar belgilangan tartibda ularni sanagan kassirlar tomonidan oʻrab-bogʻlanadi. Banderol, ustki nakladka va yorliqlarning chap qismiga “Nazoratda qayta sanaldi” degan toʻrtburchak muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qayta sanash va pullarning toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarini qoʻshish kassa mudiri tomonidan bajarilgan hollarda, ularni nazorat qilish, bank rahbari yoki bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316. Pullarning bogʻlamlarga yoki tangali qoplarga notoʻgʻri qoʻyilganligi aniqlanganda, ortiqcha pul va tangalar uni aniqlagan bank foydasiga kirim qilinib, 4 nusxada 145-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi — ilova xati bilan birga, ortiqcha chiqishga yoʻl qoʻygan bankka, ikkinchisi — ortiqcha qoʻyilmaga yoʻl qoʻygan bankning bosh bankiga, uchinchisi — Markaziy bankning Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga maʼlumot uchun, toʻrtinchisi nusxasi esa — ortiqcha pul mavjudligini aniqlagan bankning kunlik kassa hujjatlariga tikiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kamomad aniqlansa, 145-shakldagi, toʻlovga yaroqsiz, qalbaki pullar aniqlanganda, 145a-shakldagi dalolatnoma 4 nusxada tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnomaning birinchi nusxasi ustki nakladkasi bilan birga 10 ta toʻliq banderol va plomba qoʻyilgan tizimcha (polietilen paket) hamda ilova xati bilan birga, kamomad (toʻlovga yaroqsiz, qalbaki pullar)ga yoʻl qoʻygan bankka yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchisi — kamomad (toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar)ga yoʻl qoʻygan bankning Bosh bankiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchisi — Markaziy bankning Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga maʼlumot uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnomaning toʻrtinchi nusxasi — kamomad (toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar) ni aniqlagan bankning kunlik kassa hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomalarga tartib raqamlari qoʻyilishi va ularga qoʻyiladigan tartib raqamlari yangi yilning birinchi yanvaridan boshlab yangilanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317. Kamomad (qalbaki, toʻlovga yaroqsiz pullar) summasi boʻyicha dalolatnomani olgan bank, ushbu masalani koʻrib chiqib, kamomad summasini aybdor shaxsdan undirib olish choralarini koʻrishi va koʻrsatib oʻtilgan summani dalolatnomani yuborgan bankka oʻtkazib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318. Aniqlangan ortiqcha pullar kassaga kirim qilinib, bank foydasiga oʻtkaziladi. Ushbu hisobvaraqqa kirim qilingan summalar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek ayrim shaxslarning hisobvaraqlariga, ushbu ortiqcha pullar ularga tegishli ekanligini asoslab yozgan iltimosnomasiga koʻra, bank rahbarining ruxsati bilan qaytarilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining oʻramidan aniqlangan ortiqcha pullar summasiga oʻrnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va bank (bank filiali)ning 29816 “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar” hisobvaragʻiga kirim qilinib, Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazining tegishli hisobvaragʻiga naqd pulsiz shaklda (pul oʻtkazish yoʻli bilan) oʻtkazib beriladi.
(319-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan yoʻl qoʻyilgan nuqsonli pullar aniqlangan taqdirda, banklar ikki nusxada 145a-shakldagi dalolatnoma tuzishlari va shunga asosan nuqsonli pullarni Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining Hisob-kitob-kassa markazida yaroqli pullarga almashtirib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Barcha kamomad pul, uning summasi qanchaligidan qatʼi nazar (aniqlanganda darhol toʻldirib qoʻyilgan boʻlsa ham), kassa boʻyicha chiqim qilinib, kamomadga yoʻl qoʻygan xodimning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu kamomad uning oʻrni toʻla qoplanguniga qadar, ushbu hisobvaraqda turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322. Agar pul va boshqa qimmatliklar kamomadi talon-toroj, masʼuliyatsizlik yoki oʻgʻrilik natijasida aniqlangan boʻlsa, bu haqda bank rahbari darhol huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beradi va ular bir qarorga kelgunga qadar, kamomad chiqishiga yoʻl qoʻygan bank xodimini qimmatliklar bilan ishlashdan chetlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323. Bosh bankka joʻnatiladigan 145-shakldagi dalolatnomaga bank rahbari va bosh buxgalter imzo qoʻygan maxsus xabarnoma ilova qilinib, unda voqea sodir boʻlgan joy va sana, uning aniqlangan sanasi, voqea mazmuni (talon-toroj qilish, oʻgʻrilik, tunash, qalbakilashtirish), yetkazilgan zarar summasi; aybdor shaxsning lavozimi, familiyasi va ismi, sharifi; uning bankdagi ish staji va bank manfaatlarini koʻzlagan holda taʼminlash hamda yetkazilgan zarar undirib olinishini koʻzlab koʻrilgan choralar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324. Talon-toroj, oʻgʻrilik va suiisteʼmol bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hollar natijasida chiqqan pul va qimmatliklar kamomadi, uning hisobi yuritilgan hisobvaraqdan tegishli tarzda chiqarilib, ushbu qimmatliklar hisobini yuritish boʻyicha belgilangan tartibda aybdor shaxsga yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatoga yoʻl qoʻygan kassirlar oʻramidagi naqd pul va metall tangalar, toʻliq qayta sanalishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talon-toroj va oʻgʻrilik, boshqa suiisteʼmol hollari bilan bogʻliq, shuningdek kamomadga doir boʻlgan barcha yozishmalar, qarzlarning hammasi toʻlab boʻlinganidan soʻng yoki bu qarz bank balansidan chiqarilgandan keyingina, arxivga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVI bob. Tijorat banklari va filial binolaridan tashqarida joylashgan operatsion kassalarini tashkil etish va ular faoliyatini yuritish boʻyicha qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325. Bank (bank filiali) tomonidan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bank (filiali) binosidan tashqarida operatsion kassalar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank (bank filiali) tomonidan bank binosida va binosidan tashqarida tashkil etilgan hamda qanday nomlanishidan qatʼi nazar, bank amaliyot kuniga ulangan barcha omonat (jamgʻarma) kassalari va minibank kassalari, turli kommunal va boshqa toʻlovlarni qabul qiluvchi kassalar, pul oʻtkazmalari shoxobchalari (keyingi oʻrinlarda bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar deb yuritiladi) uchun ushbu bobdagi talablar bir xil tartibda qoʻllaniladi (xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari bundan mustasno). Valyuta ayirboshlash shoxobchalari (kassalari) binolariga talablar va ish tartibi “Ayirboshlash shoxobchasi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 2183, 2011-yil 17-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 3-son, 28-modda) muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar uchun bank filiali rahbarining buyrugʻiga asosan, mehnat qonunchiligiga rioya etilgan holda, ish vaqti tugagandan keyin soat 18:00dan — 21:00gacha uzaytirilgan ish kuni hamda dam olish kunlarida ishlash tartibi joriy etilishi mumkin.
(325-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3251. Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan operatsion kassalarga uzaytirilgan ish kuni belgilangan taqdirda ular tomonidan kassa qoldigʻi bankning kechki kassasiga ushbu Yoʻriqnomaning 136-bandida belgilangan tartibda inkassatsiya xizmati orqali topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank binosidan tashqarida tashkil etilgan operatsion kassalar uchun, qonunchilikda belgilangan tartibda, dam olish kunlarida ishlash tartibi belgilangan boʻlsa, ushbu operatsion kassalarga kun boshida madad pullari berish va ish kuni tugagandan keyin ulardan kassa qoldigʻini inkassatsiya xizmati orqali qabul qilish uchun bank binosida dam olish kunlari ishlaydigan navbatchi kassa tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatchi kassa uchun bank binosida alohida xavfsizlik choralari koʻrilgan xona ajratiladi va ushbu xona yonmaydigan, ikkita kalit bilan qulflanadigan seyf bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatchi kassa ishini tashkil etish uchun ikkita shtat birligi: navbatchi kassa kassiri va nazoratchi buxgalter shtatlari joriy etiladi. Navbatchi kassa kassiri va nazoratchi buxgalter lavozimlariga mos ravishda bank kassasi va buxgalteriyasida yetarli ish tajribasiga ega boʻlgan xodimlar tayinlanadilar va ular bilan yakka tartibda toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladi. Navbatchi kassa kassiri va nazoratchi buxgalteriga alohida seyf kalitlari va surgʻuchli muhr biriktirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatchi kassirning ish vaqti bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarning dam olish kunlaridagi ish vaqtining boshlanishi va tugashini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatchi kassa tomonidan madad pulini berish uchun navbatchi kassa kassiri dam olish kunidan oldingi ish kuni oxirida kassa mudiridan belgilangan tartibda hisobdorlik asosida yetarli miqdordagi milliy va chet el valyutasini bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarga berish uchun oladi. Navbatchi kassa dam olish kunlari bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalardagi milliy va xorijiy valyutadagi naqd pul qoldiqlarini mazkur Yoʻriqnomaning VII bobida nazarda tutilgan kechki kassa uchun belgilangan tartib asosida inkassatorlar tomonidan olib kelib topshirilgan xaltalarni (qoplarni) qabul qilib oladi.
(3251-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 27-iyundagi 19/3-sonli (roʻyxat raqami 1831-1, 10.07.2009-y.) qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 29-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326. Banklar (bank filiallari) tomonidan bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarini tashkil etish va uning faoliyatini yuritish — Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 327, 329 va 331-bandlari talablariga rioya etilganligi haqidagi tekshiruv natijalari yuzasidan ijobiy xulosa olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
(326-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327. Bank (bank filiali)ning bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarini faqat oʻzlari joylashgan tuman yoki tumanlarga boʻlinmagan shaharda ochishlari mumkin va ushbu hududdan tashqarida ularni ochilishiga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalar tomonidan faqat aholidan kommunal toʻlovlar, soliq va boshqa majburiy toʻlovlar, jarimalar, majburiy va ixtiyoriy sugʻurta uchun toʻlovlar, shuningdek, omonatlarga kirim qilish uchun hamda boshqa toʻlovlarni amalga oshirish uchun naqd pulda yoki bank plastik kartochkalaridan terminal vositasida qabul qilinishi mumkin. Shuningdek, bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalar tomonidan bevosita aholiga ularning talablariga muvofiq omonatlaridagi pul mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank binosidan tashqarida joylashgan operatsion kassalar tushgan naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati orqali har kuni bank kassalariga topshirishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda inkassatsiya xizmati yoʻnalishi oʻzlari joylashgan tuman yoki tumanlarga boʻlinmagan shahar hududidan tashqariga chiqishlariga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlarga boʻlingan shahar hududida faoliyat yuritayotgan banklar (bank filiali) tomonidan bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar mazkur Yoʻriqnomaning 331-bandi talablariga muvofiq tashkil etilishi mumkin. Ushbu kassalarga tushgan naqd pul tushumlari ularni tashkil etgan bank (bank filiali) kassalariga inkassatsiya xizmati orqali topshirilishi shart.
(327-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining shtatiga nazoratchi-buxgalter, nazoratchi kassir va kassir shtat birliklari kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329. Nazoratchi-buxgalter yoki kassir vaqtincha (mehnatga vaqtincha layoqatsizlik davri, mehnat yoki ijtimoiy taʼtilda) ishda boʻlmagan taqdirda uning oʻrniga bank filiali rahbari tomonidan chiqarilgan buyruq asosida filialning tegishli xodimlaridan biri vaqtincha tayinlanganidan soʻng, bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassasi oʻz ish faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassa banklar (bank filiallari)ni ichki ishlar idoralari huzuridagi qoʻriqlash boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlashni tashkil etish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat talablari asosida jihozlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalar xonalari bank (bank filiali) va ichki ishlar idoralari huzuridagi qoʻriqlash boʻlinmalari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash, yongʻindan va xavfdan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan jihozlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish vaqti (8 soat) davomida bitta qoʻriqlash xizmati xodimi yordamida qoʻriqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash, yongʻindan va xavfdan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalaridan yuboriladigan “Tashvish” xabari boʻyicha Texnik qoʻriqlash punkti (TQP) tomonidan tezkor guruh yordamida muhofaza qilinadi.
(330-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining binosi alohida kiriladigan 2 ta xonadan iborat boʻlishi hamda hujjatlarni bir-biriga topshirish uchun kassa xonalari oʻrtasidagi devorga kichik darchalar (tuynuk) oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi xona nazoratchi-buxgalter uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, tekshirish hamda tegishli buxgalteriya oʻtkazmalarini modem oʻtkazmasi orqali amalga oshirish uchun, ikkinchi xona kassirga — naqd pullarni qabul qilish va saqlash hamda ularni topshirish uchun moʻljallangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332. Operatsion kassasi xodimlari pul sanash mashinkasi, hisoblash mashinkasi (kalkulyator), kompyuter printeri bilan birga, seyf yoki maxsus metall javon, pullarni oʻrab-bogʻlash uchun banderol, tizimcha va plombalar, kassir uchun biriktirilgan maxsus plombir va amaliyot kassasining nomi yozilgan yoki uning tartib raqami koʻrsatilgan muhr va shtamplar hamda boshqa tegishli blankalar bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333. Banklar (bank filiallari)ning bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalariga bankomat va terminal oʻrnatilishi mumkin.
(333-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334. Bankdan tashqarida joylashgan amaliyot kassalarida pul muomalasiga doir operatsiyalar Markaziy bankning “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2005-yil 10-oktabr, roʻyxat raqami 1518 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 43-44-son, 334-modda) asosan tashkil etilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarda naqd pullarni omonatlarga qabul qilish, ular boʻyicha foizlar toʻlash hamda omonatni qaytarish “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2205, 2011-yil 4-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 9-son, 97-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(335-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan ozod etish, mijozlar va aholidan naqd pullarni qabul qilish va ularga naqd pul berish boʻyicha hujjatlar aylanishi, naqd pullarni qabul qilish va topshirish, naqd pullar va hujjatlarni bank filialidan yoki bank filialiga inkassatsiya xizmati orqali yetkazib berish qatʼiy ravishda ushbu Yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bank (bank filiali) inkassatsiya xizmati bilan tuzilgan shartnoma asosida bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarni zarur miqdorda madad puli bilan taʼminlaydi. Bank amaliyot kuni yakunlanganidan soʻng, operatsion kassada mavjud boʻlgan milliy va chet el valyutalaridagi naqd pul qoldiqlari hamda boshqa qimmatliklar tegishli bank (bank filiali) kassasiga inkassatsiya xizmati orqali topshirilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kun oxirida operatsion kassada naqd pullar qoldigʻining qolishi taqiqlanadi.
(336-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337. Bankdan tashqarida joylashgan amaliyot kassalarida amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya hisobi qatʼiy ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari”ga (2006-yil 24-iyul, roʻyxat raqami 1602 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 299-modda) muvofiq amalga oshirilish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalari bank filialida mavjud boʻlgan kompyuter dasturi orqali bevosita modem aloqasi bilan bogʻlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining nazoratchi-buxgalteri oʻzining shaxsiy maxfiy kodi (paroli) orqali mazkur dasturga kirishi va mijoz bilan boʻlgan har bir kassa operatsiyasini alohida tegishli hisobvaraqlar orqali aks ettirib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
339. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining faoliyati ustidan nazorat oʻrnatish ushbu Yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340. Bosh bankning kassa (jamgʻarma) operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) bankning ichki audit xizmati va ichki nazorat xodimlari bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta bankdan tashqarida joylashgan amaliyot kassasida quyidagilarni:
(340-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qabul qilib olingan naqd pullarni ularning tegishli hisobvaraqlariga oʻz vaqtida oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank omonatchilarining hisobvaraqlarida qolgan pullarni ularning omonat daftarchalari bilan mos kelishini toʻliq inventarizatsiya qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) inventarizatsiya natijasida noqonuniy oʻzlashtirish holatlari aniqlangan taqdirda, omonatchilar mablagʻlarini bank mablagʻlari hisobidan zudlik bilan tiklash choralari koʻrilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) noqonuniy oʻzlashtirishlarga yoʻl qoʻygan moddiy javobgar shaxslardan bankka yetkazilgan zararni toʻliq undirilishini taʼminlash maqsadida, tegishli hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) omonat daftarchalarning kirim-chiqim hisobi boʻyicha qatʼiy ravishda tartib raqami qoʻyilgan varaqlari ip oʻtkazilib, muhrlangan va bank filiali rahbari tomonidan tasdiqlangan kitoblarda qabul qiluvchi va topshiruvchining shaxsiy imzosi qoʻyilgan holda yuritilishini tekshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassasida pul muomalasi va kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini chuqur oʻrgatish boʻyicha kassa xodimlari uchun doimiy ravishda Bosh bankda maxsus oʻquv kurslari tashkil etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining xodimlari bank Boshqaruvi tomonidan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVII bob. Inkassatsiya xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilish va bank boʻlimlari oʻrtasida qimmatliklarni tashish Markaziy bank huzuridagi Inkassatsiya birlashmasining hududiy boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tijorat Xalq banki tizimida naqd pul tushumini inkassatsiya qilish ushbu Yoʻriqnomaga mos ravishda ishlab chiqilib, Xalq banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan ichki tartib asosida tashkil etiladi. Xalq bankining inkassatsiya xizmatini tashkil etish borasidagi ichki tartibi ushbu Yoʻriqnomada belgilangan meʼyorlarga mos kelishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul tushumini inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashish Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnoma asosida inkassatsiya xizmati tomonidan maxsus chiroqli (mayoqcha) va tovushli signal (sirena)lar hamda radioaloqa vositalari bilan jihozlangan va tashqi qismlari rangli-grafik sxema asosida boʻyalib, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlarida maxsus tezkor (operativ) avtomashina sifatida roʻyxatga qoʻyilgan avtomashinalar yordamida amalga oshiriladi.
(343-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Inkassatsiya birlashmasi mustaqil tashkilot boʻlib, oʻz nizomi asosida ish yuritadi. Shuningdek, u oʻz tasarrufida hududiy inkassatsiya boshqarmalariga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345. Inkassatsiya xizmatining son tarkibi pul tushumini inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashish boʻyicha bajariladigan majburiyatlar koʻlami va uning murakkabligidan kelib chiqqan holda, shtatlar jadvali bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346. Inkassatsiya xizmatiga, agar ish bevosita inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashish bilan bogʻliq boʻlsa, qurolli kuchlar safida amalda xizmatni oʻtagan, sogʻlom, tegishli nazorat organlari tekshiruvidan oʻtgan va xizmat rahbari tomonidan belgilangan, lekin uch oydan oshmagan sinov muddati mobaynida tayyorgarlik koʻrgan shaxslar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347. Har bir xodimga shaxsiy yigʻmajild ochilib unda boshqa hujjatlar qatorida quyidagilar boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmat sirlari, qimmatliklarni inkassatsiya qilish va tashish boʻyicha maʼlumotlarni oshkor etmaslik haqida tilxat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xodim bilan tuzilgan sugʻurta shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348. Yangi ishga qabul qilingan xodimlar bilan boshlangʻich mashgʻulotlar oʻtkazilib, ularning bilimlari sinalganidan soʻng, mustaqil ishga qoʻyiladi va shu bilan birga inkassatsiya xizmatiga tegishli boʻlgan meʼyoriy hujjatlarga doir “Texnik oʻquv” mashgʻulotlari oʻtkazilib, xodimning olgan bilimlari boʻyicha muntazam ravishda sinov oʻtkazib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilish hamda qimmatliklarni tashish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni bajaruvchi xodimlar bilan toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik toʻgʻrisida namunaviy shartnoma (3-ilova) tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349. Tabel quroli biriktirilgan har bir xodim, xizmat vazifasini bajarish vaqtida sogʻligʻiga ziyon yetkazilishi ehtimoli borligi uchun oldindan inkassatsiya birlashmasi va uning hududiy inkassatsiya boshqarmalari hisobidan sugʻurta qilinadi. Agar xizmat vazifasini oʻtash vaqtida xodim vafot etsa, sugʻurta qilingan toʻlov qonunchilikda belgilangan tartibda uning merosxoʻrlariga toʻlanadi.
(349-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350. Inkassatsiya xizmati rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari tomonidan muntazam ravishda har chorakda kamida bir marotaba, inkassatorlar tomonidan pul tushumini inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashish qoidalarining bajarilishi boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazishlari lozim. Tekshirish natijalari mazkur Yoʻriqnomaning 34-ilovasida keltirilgan 172-shakldagi kitobda qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya xizmati xodimlari tomonidan pul tushumini inkassatsiya qilish, qimmatliklarni tashish va bank mijozlariga xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik — inkassatsiya xizmati rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank mijozlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha tekshirishlar — bank rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga bank filiallari binosida joylashgan inkassatsiya boʻlimining ish faoliyati ustidan doimiy nazorat oʻrnatish va yilning har choragida inkassatsiya boʻlimida ishning tashkil etilishi, yaʼni xizmat kitobi va jurnallarning yuritilishi, mijozlar pul tushumini inkassatsiya qilish, qimmatliklarning tashilishini amalga oshirish, inkassatsiya xizmati avtomashinalarining ishchi holati, ularning maxsus texnik vositalari bilan jihozlanganligi, avtomashinalar yoʻnalishga chiqmagan vaqtlarda ularning bokslarda saqlanishi hamda inkassatorlarning jismoniy va ruhiy holatlarini oʻrganib chiqib, uning natijasi boʻyicha maʼlumotlarni Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining Emissiya — kassa operatsiyalari boʻlimlariga taqdim etadilar.
(350-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Emissiya — kassa operatsiyalari departamenti va uning hududiy Bosh boshqarmalaridagi tarkibiy boʻlinmalari inkassatsiya xizmati ishi yuzasidan muntazam ravishda tekshiruv va nazorat olib borishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya birlashmasining masʼul xodimlari hududiy inkassatsiya boshqarmalariga ishning qanday tashkil etilganligi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida muntazam ravishda xizmat safarlariga borib turishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XVIII bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini yigʻish va bank boʻlimiga yetkazib berish boʻyicha xizmat koʻrsatish bank, mijoz va inkassatsiya xizmati oʻrtalarida tuzilgan 3 va 4 tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman yoki tumanlarga boʻlinmagan shahardagi inkassatsiya boʻlimlari faqat shu tuman yoki shahar hududida faoliyat koʻrsatayotgan doimiy naqd pul tushumiga ega xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan inkassatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzishlari mumkin.
(352-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 27-iyundagi 19/3-sonli (roʻyxat raqami 1831-1, 10.07.2009-y.) qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 29-son, 338-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyekt inkassatsiya xizmati bilan shartnoma tuzish uchun naqd pul tushumini topshirish shoxobchasi joylashgan manzilini tasdiqlovchi va undan foydalanish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar nusxasini shartnoma tuzish haqidagi arizaga ilova qilgan holda inkassatsiya xizmatiga taqdim etadi.
(352-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353. Naqd pul mablagʻlarini inkassatsiya qilish xizmatlari xoʻjalik yurituvchi subyektlardan, vositachilik toʻlovlari undirilmagan holda amalga oshiriladi. Keyinchalik ushbu xarajatlar banklar tomonidan, bank boʻlimi va inkassatsiya xizmati oʻrtalarida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida, inkassatsiya xizmati har oyda taqdim etadigan toʻlov hisobotlari boʻyicha qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati (18-ilova) inkassatorlar tomonidan pul tushumi yigʻiladigan inkassatsiya boʻlimining tegishli kitobida hamda elektron yozuv tarzida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun har oyda 107-shakldagi tashrif varaqasi (32-ilova) tuzilib, unga subyekt roʻyxatga olingan raqam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul tushumining hajmiga qarab har bir xoʻjalik yurituvchi subyektga kerakli miqdorda “BANK” yozuvi tushirilgan maxsus inkassatsiya xaltalari sotiladi. Har bir xaltaga kasr sonli raqam qoʻyilib, surati subyektning roʻyxatdagi raqami, maxraji esa xaltaning tartib raqamidan iborat boʻladi. Yakshanba va bayram kunlarida “V” indeksli xaltalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355. Inkassatsiya qilinayotgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt bankka plombirning aniq izi tushirilgan ikkita plomba namunasini beradi. Agar pul tushumi solingan xaltalar joylardagi inkassatsiya boʻlimlariga topshirilsa, plomba namunalari uch nusxada beriladi. Plomba namunasida xoʻjalik yurituvchi subyektning qisqartirilgan nomi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya boʻlimi boshligʻi va bankning kassa mudiri yuqorida koʻrsatilgan namunalarni tekshirib, ularni tizimchadagi xoʻjalik yurituvchi subyekt plomba namunasining quyi qismiga oʻz plombalarini bosib tasdiqlaydilar, shundan soʻng bankning kassa mudiri oʻzining plomba namunasi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan plomba namunalarining birinchi nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyektga beriladi. Inkassator pulli xaltalarni qabul qilish vaqtida, unga ushbu namuna koʻrsatiladi. Ikkinchi nusxasi inkassatorlardan pulli xaltalar qabul qilinayotgan vaqtda nazorat uchun bankning kechki kassasiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(355-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3551. 100 ta va undan koʻproq turgʻun savdo shoxobchalari va savdo oʻrinlari mavjud boʻlgan bozorlarda (haftada bir kun ishlaydigan bozor va mol bozorlaridan tashqari) va savdo majmualarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kunlik naqd pul tushumlarini qabul qilish uchun inkassatsiya punktlari tashkil etilishi mumkin. Inkassatsiya punkti joylashgan xona eshiklari ichki tomondan qulflanishi lozim. Inkassatsiya punkti naqd pul tushumlari solinib, plombalangan xaltalarni (plomba namunalari bilan taqqoslab) mijozlardan qabul qilib olishi uchun inkassatsiya boʻlimi boshligʻi va kassa mudiri tomonidan tasdiqlangan plomba namunalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Inkassatorlar xoʻjalik yurituvchi subyektlardan naqd pullar solingan xaltalarni qabul qilib olishlari uchun inkassatsiya punkti xonasi toʻsiq (baryer) bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya punkti inkassatorlari xoʻjalik yurituvchi subyektlardan inkassatsiya xaltalarini mazkur Yoʻriqnomaning XIX bobi talablariga asosan qabul qiladi.
(3551-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356. Xoʻjalik yurituvchi subyektlardan pul tushumini yigʻish yoʻnalishlarini va ularning tashrif vaqti jadvallarini inkassatsiya boʻlimi boshligʻi tuzib chiqadi. Inkassatorlarning obyektga borish vaqti, bank kassasiga eng koʻp tushadigan pul tushumi vaqtini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya yoʻnalishlarining qatnov jadvali, zarurat tugʻilgan taqdirda har yilning 1-yanvar holatiga yangilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda inkassatsiya yoʻnalishi oʻzlari joylashgan tuman yoki tumanlarga boʻlinmagan shahar hududidan tashqariga chiqishi mumkin emas.
(356-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 27-iyundagi 19/3-sonli (roʻyxat raqami 1831-1, 10.07.2009-y.) qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 29-son, 338-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357. Brigadada ishlovchilarning soni uch kishidan kam boʻlmagan holda, ularning inkassatsiya qilish sharoitiga qarab, inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Brigada aʼzolaridan biri brigada boshligʻi, boshqasi pul tushumini yigʻib oluvchi etib tayinlanadi. Pul tushumini yigʻib olish vaqtida brigada boshligʻi bilan haydovchi pul tushumi solingan xaltalarni qoʻriqlaydilar va yigʻuvchining ishini kuzatib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda inkassatsiya qilish ikkita xodim orqali, ikki kundan oshmagan muddatda bajarilishi mumkin. Bunda brigada boshligʻi vazifasini inkassator-haydovchi bajaradi. Hududiy inkassatsiya boshqarmasining boshligʻi inkassatsiya brigada tarkibini kerakli miqdorda inkassatorlar bilan toʻldirish choralarini koʻrishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358. Inkassatsiya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari (navbatchi inkassator) pul tushumini yigʻish uchun inkassatorlarga yoʻnalishga chiqishlaridan avval 172-shakldagi kitobga imzo qoʻydirgan holda; yigʻuvchi inkassatorga — bir yil muddatga beriladigan 173-shakldagi ishonchnoma (33-ilova), 107-shakldagi tashrif varaqalari (32-ilova), inkassatsiya boʻlimining yoʻnalish raqami koʻrsatilgan muhrni; brigada boshligʻiga Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi guvohnomasini, yoʻnalishga beriladigan tashrif varaqlari va boʻsh xaltalar soni haqidagi maʼlumotnomani (8-ilova) topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatorlar yoʻnalishga olinadigan boʻsh xaltalarni inkassatorlarga topshiriladigan boʻsh xaltalar kitobi (22-ilova) boʻyicha bankdan shartnomada belgilangan vaqtda oladilar. Banklar qulflanadigan va metall shkaflar oʻrnatilgan alohida xonani inkassatsiyaga ajratib berishlari va ushbu xonada yoʻnalishga chiqiladigan kuni ishlatilmaydigan xaltalarni saqlashlari shart.
(358-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359. Inkassatsiya xizmatida foydalaniladigan barcha surgʻuchli muhrlar, plombirlar, kalitlar va shtamplar inkassatsiya boʻlimi boshligʻi yuritadigan maxsus daftarda (27-ilova) qayd etilishi lozim (inkassatsiya boʻlimi boʻyicha navbatchi mavjud boʻlgan boshqarmalarda ularning hisobi hududiy inkassatsiya boshqarmasi boshligʻining farmoyishi boʻyicha yuritiladi). Barcha inkassatsiya boʻlimlarida plombirlar, kalitlar, shtamplar va surgʻuchli muhrlar shu daftarga imzo qoʻydirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plombirlar, muhrlar, shtamplar va kalitlar hisobini yuritish va ular harakatini qayd etish daftari (27-ilova) hamda Pul tushumini inkassatsiya qilishda tashrif varaqasi, xalta, muhr va ishonch qogʻozlarining hisobini yuritish kitobi (34-ilova) raqamlanishi, tikilishi va hududiy inkassatsiya boshqarmasining muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
(359-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360. Inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator) inkassatorlarni yoʻnalishga chiqarishdan avval, maxsus avtomobilning ishga tayyorligini tekshiradi va yoʻnalish varagʻida tegishli yozuvni qayd etadi. Shuningdek, haydovchi-inkassatorning yoʻnalishga chiqish tayyorgarligi (uning jismoniy holati va haydovchilik guvohnomasi borligi) tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361. Inkassatsiya xizmatining maxsus avtomashinalaridan ishdan tashqari boshqa maqsadlar uchun foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat avtomashinalarini ishlatish va saqlash uchun javobgarlik inkassatsiya xizmati (boʻlimi) boshligʻi (uning oʻrinbosari) zimmasiga yuklatiladi. Bank hovlisida inkassatsiya xizmatining maxsus avtomashinalaridan tashqari boshqa avtotransportning saqlanishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiyaning maxsus avtomashinasida bank hududidan tashqariga chiqish huquqiga, faqat maxsus avtomashinaning inkassator-haydovchisi ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan vaqtda maxsus avtomashina buzilib qolib, uni joyida tuzatishning iloji boʻlmagan taqdirda, yoʻnalishga boshqa avtomashina ajratiladi va bunda ushbu yoʻnalish brigadasi uchun belgilangan haydovchi-inkassator almashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362. Inkassatorlar xizmat vazifasini bajarish uchun yoʻnalishga chiqishlaridan avval inkassatsiya boʻlimi rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan kunlik yoʻriqnoma oʻtkazilganidan soʻng, ushbu Yoʻriqnomaning 48-ilovasida keltirilgan kunlik yoʻriqnoma kitobiga imzo qoʻydiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363. Qimmatliklarni inkassatsiya qilish ishlariga jalb etilgan inkassatsiya xizmati xodimlari maxsus kiyim-kechak va shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIX bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364. Barcha doimiy naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini oʻzlarining hisobvaraqlari ochilgan bankka oʻz vaqtida kirim qilish uchun inkassatsiya xizmati orqali topshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy pul tushumiga ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar deponentlangan ish haqi, pensiya, nafaqa, gonorar va boshqa mehnat munosabatlari bilan bogʻliq oʻz vaqtida toʻlanmagan hamda ayrim hollarda xodim tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni qoplash uchun kassaga toʻlangan naqd pullar va boshqa toʻlovlarni, kassa limitidan ortiqcha naqd pullarni uning asosiy talab qilib olguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat qiluvchi bank kassasiga xoʻjalik yurituvchi subyekt hisobvaragʻiga kiritib qoʻyish uchun bevosita oʻzi olib kelib (samonos) topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bevosita oʻzi olib kelib topshirish (samonos) yoʻli bilan pul mablagʻlarini asosiy bank hisobvaragʻi ochilmagan bank (filial) kassasiga topshirilishi qatʼiyan man etiladi. Boshqa bank mijozlaridan oʻzi olib kelib topshirish yoʻli bilan naqd pullarni qabul qilgan banklarga (filiallarga) nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar inkassatorlarga pul tushumini topshirayotgan vaqtda har bir xalta uchun 006-shakldagi (19-ilova) blankalar komplektini qora qogʻoz orqali uch nusxada toʻldirib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Blankaning 1-nusxasi (ilova qaydnomasi) inkassatsiya xaltasining maxsus choʻntagiga solinadi, 2-nusxasi (xaltaga yuk xati) pul tushumi solingan xalta bilan birga yigʻuvchi-inkassatorga beriladi va uning 3-nusxasi esa (kvitansiya) mijozda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366. Yigʻuvchi inkassator pul tushumi solingan xaltani qabul qilishdan avval pul topshiruvchiga fotosurati boʻlgan shaxsiy guvohnomasini, pul tushumini olish uchun 173-shakldagi ishonchnomani (33-ilova) va 107-shakldagi tashrif varaqani (32-ilova) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektning masʼul xodimi inkassatorga pul tushumi solingan xaltani topshirishda tashrif varaqasiga koʻzda tutilgan barcha yozuvlarni qayd etadi. Ushbu yozuvlarning inkassator tomonidan qayd etilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatorga pul tushumi solingan ikkita yoki undan ortiq xalta topshirilgan taqdirda yoki undan ikkita yoki undan ortiq boʻsh xalta olinganda tashrif varaqasining “pul tushumi solingan xaltaning raqami” va “inkassatordan qabul qilingan boʻsh xaltaning raqami” degan ustunlariga raqamlar oʻrniga xaltalar soni soʻz bilan yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367. Xaltalarni qabul qilib olishda yigʻuvchi-inkassator quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xaltaning yaroqliligi va butligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uning toʻgʻri plombalanganligi (plomba qoʻyilgan tizimchaning butligi, plombir izining aniqligi va uning namuna bilan bir xilligi)ni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qabul qilinayotgan va topshirilayotgan xaltalarning raqamlari tashrif varaqasida, yuk xatida va kvitansiyada koʻrsatilgan raqamlariga mos kelishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xoʻjalik yurituvchi subyektning javobgar shaxsi tomonidan yuk xati va kvitansiyalarga imzosi qoʻyganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tashrif varaqasida koʻrsatilgan pul tushumi summasining yuk xati va kvitansiyadagi yozuvlariga mos kelishini hamda yuk xati bilan kvitansiyada raqam va soʻz bilan yozilgan summalarning oʻzaro mos kelishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng kvitansiyaning 3-nusxasiga imzo qoʻyib unga sana, qabul qilib olinayotgan xaltaning raqamini yozib, yoʻnalish muhrini bosadi va xoʻjalik yurituvchi subyektning masʼul xodimiga boʻsh xaltani topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻuvchi-inkassator ikki yoki undan ortiq xaltalarni qabul qilayotgan vaqtda, xaltalar soni bilan tushumning umumiy summasini har bir xaltaga tegishli yuk xati hamda kvitansiyadagi yozuvlariga qarab tekshirib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaltaning butun emasligi yoki ilova hujjatlarining notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi aniqlangan taqdirda, pul tushumi solingan xaltalarni qabul qilish toʻxtatiladi. Yigʻuvchi-inkassator ishtirokida faqat inkassatorlar brigadasining yoʻnalishdagi qatnov jadvali buzilishiga olib kelmaydigan xato va kamchiliklar tuzatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa hollarda xoʻjalik yurituvchi subyekt (pul topshiruvchi)dan pul tushumi solingan xaltalarni qabul qilish ularning qayta tashrif vaqtida amalga oshiriladi va bu haqda tashrif varagʻiga tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul tushumi solingan xaltalarni topshirishdan bosh tortish holatlarida, xoʻjalik yurituvchi subyekt tashrif varagʻiga topshirmaslik sabablarini qayd etib, uni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368. Inkassatorlar brigadasining boshligʻi yigʻuvchi inkassatordan pul tushumi solingan xaltalarni, yuqorida koʻrsatilgan tartibda qabul qilib oladi, shundan soʻng unga navbatdagi xoʻjalik yurituvchi subyektdan tushumini qabul qilish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektiga tegishli boʻsh xaltani beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul tushumi solingan xaltalarning yuk xatlari va tashrif varaqalari yigʻuvchi-inkassatorda qoladi. Yoʻnalish boʻylab harakatlangan vaqtida, pul tushumi solingan xaltalar qoplarda yoki maxsus qutilarda inkassatorlar brigadasining boshligʻida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369. Banklarga olib kelingan pul tushumli xaltalarni inkassatorlar bankning kechki kassasiga ushbu Yoʻriqnomaning 122 — 124-bandlarida qayd etilgan tartibda topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370. Xaltalar oʻrnatilgan tartibda imzo qoʻyib topshirilganidan soʻng, brigada boshligʻi inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator)ga blankani (7-ilova), haydovchi inkassator yoʻnalishga chiqish uchun berilgan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati guvohnomasini, yigʻuvchi-inkassator esa ishonchnomani, tashrif varaqalarini, muhrni, shuningdek brigadaning barcha aʼzolari qurol, oʻq-dori va qurol olib yurish uchun berilgan ruxsatnomalarini topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya boʻlimining boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator) barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga xizmat koʻrsatilgani va inkassatorlar bank kassasiga topshirgan xaltalarning soni ular xoʻjalik yurituvchi subyektlardan qabul qilgan xaltalarning soniga mos kelishini tekshirib chiqqanidan soʻng, bu haqda blankada (7-ilova), shuningdek yigʻuvchi inkassatordan ishonchnoma, tashrif varaqalari va yoʻnalish muhri qabul qilinganligi haqida 172-shakldagi kitobga qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator) inkassatorlar tomonidan qabul qilib olingan naqd pulli xalta, qop hamda boʻsh xaltalarni qayd etish blankasi (7-ilova) boʻyicha topshirilgan pul tushumining umumiy summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (9-ilova)ni tuzib, uni tegishli bankning bosh buxgalteriga beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator) har kuni bank rahbariga avvalgi kun uchun inkassatorlarga pul tushumini topshirmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (25-ilova)ning ikkinchi nusxasiga imzo qoʻygan holda topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371. Agar umumiy belgilangan dam olish kunlari inkassatorlar tomonidan pul tushumi yigʻilsa, lekin qayta sanash kassasi ishlamasa, kassa mudiri yoki qayta sanash kassasining nazoratchisi ushbu kunlari inkassatorlar brigadasiga boʻsh inkassatsiya xaltalarini ushbu Yoʻriqnomaning 183-184-bandlarida belgilangan tartibda topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372. Yoʻnalishdan yigʻib kelingan va pul tushumi solingan xaltalarni maxsus ajratilgan seyflarda inkassatorlar javobgarligi ostida saqlashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator) yigʻuvchi inkassatorga va brigada boshligʻiga plombirlar, kalitlar, muhrlar hisobini yuritish daftariga imzo qoʻydirib, plombiratorlarni va kalitlarni beradi. Seyflar ikkita kalit bilan qulflanib, ushbu shaxslarning plombiratorlari bilan belgilangan tartibda muhrlanadi hamda qoʻriqlashga 161-shakldagi kitobga imzo qoʻyib topshiriladi. Daftar inkassatorlar brigadasi boshligʻining alohida seyfida yoki temir shkafida saqlanadi. Plombir (muhr) namunasining bir nusxasi qoʻriqlash xizmati xodimi (militsioner)ga topshiriladi.
(372-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373. Inkassatorlar inkassatsiya qilingan pul tushumi bilan birga tashrif varaqalari va yuk xatlarini, shuningdek ishonchnoma va yoʻnalish raqami koʻrsatilgan muhrni seyflarda saqlashlari shart.
(373-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seyflarni qulflash, muhrlash hamda qoʻriqlash xizmatiga topshirish — inkassatorlar xaltalarni har bir yoʻnalishdan olib kelganlaridan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaltalarni seyflarga qoʻyish, seyflarga navbatdagi xaltalarni qoʻyish uchun ochish, shuningdek xaltalarni kassa xodimlariga topshirish uchun olish inkassatorlar brigadasining barcha aʼzolari ishtirokida amalga oshirilib, bu haqda 161-shakldagi kitobda qayd etib, unga inkassatorlar bilan qoʻriqlash xizmati xodimlari imzo qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli inkassatsiya brigadalari tomonidan inkassatsiya qilingan pul tushumining xaltalarini bitta seyfda saqlashga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374. Pulni qayta sanash kassasi ish boshlashidan avval inkassatorlar kelishilgan vaqtda kelishlari va pul tushumi solingan xaltalarni ushbu Yoʻriqnomaning 124-bandida koʻzda tutilgan tartibda, qayta sanash kassasining nazoratchi kassiriga topshirishi, tashrif varaqalari, ishonchnoma, yoʻnalishga berilgan Davlat yoʻl harakati xavfsizlik xizmati guvohnomasi, muhr, seyflarning kalitlari va surgʻuchli muhr (plombir)larini esa tegishli kitoblar orqali inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator)ga topshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XX bob. Bank qimmatliklarini tashishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375. Pul, tanga va boshqa qimmatliklarni tashish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Inkassatsiya birlashmasining joylardagi boʻlimlari orqali tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, banklarning yozma buyurtmalari va Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoyishlar toʻrt nusxada tayyorlanib, uning birinchi nusxasi qimmatliklarni joʻnatuvchi bankda, ikkinchi nusxasi qimmatliklarni qabul qilib oluvchi bankda, uchinchi nusxasi inkassatsiya birlashmasida (joylarda boshqarmalarda) va toʻrtinchi nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Emissiya-kassa operatsiyalari departamentida (joylarda Emissiya-kassa operatsiyalari boʻlimlarida) nazorat olib borish uchun saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
376. Qimmatliklarni joʻnatuvchi bank oldindan telefon yoki telegraf orqali qimmatliklarni qabul qilib oluvchi banklarni qimmatliklar ortilgan avtotransportning yoʻlga chiqish vaqti va undagi qimmatliklarni qabul qilish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini tashkil etib turishlari haqida xabardor qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377. Qimmatliklar tashilishini amalga oshirish va ularning hajmini hisobga olgan holda inkassatorlar brigadasi aʼzolarining soni belgilanadi. Bunda ularning soni shahar, tuman va viloyat (hudud) ichida tashilishini inobatga olgan holda kamida uch kishidan, viloyatlararo (hududlararo) tashilish vaqtida esa kamida olti kishidan iborat boʻlgan brigada tuzish hamda qoʻriqlash va yetkazib berish muddatini belgilab, topshiriqni bajarish tartibi haqida inkassatorlarga yoʻriqnoma oʻtkazilib, kunlik yoʻriqnoma kitobiga imzo qoʻydiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378. Inkassatorlardan biri boshliq etib tayinlanadi va u brigada (guruh)ning qimmatliklarni tashishga doir barcha ishlarini tashkil etadi. Brigada boshligʻiga bir martalik, uning familiyasi, ismi, otasining ismi, imzo namunasi qayd etilgan va brigada tarkibiga kiruvchi barcha inkassatorlarning familiyalari yozilgan hamda ismlari, otasining ismlari bosh harflari koʻrsatilgan hamda inkassatsiya boshqarmasi boshligʻi va bosh buxgalterining imzolari qoʻyilib, muhr bilan tasdiqlangan hamda mazkur Yoʻriqnomaning 38-ilovasida keltirilgan 179-shakldagi ishonchnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qimmatliklarni tashish inkassatsiya boʻlimining inkassatorlari orqali amalga oshirilsa, ularga inkassatsiya boshqarmasining boshligʻi va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan ishonchnoma beriladi. Oy tugaganidan soʻng, inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari) ishonchnomalardan foydalanganligi haqida hududiy inkassatsiya boshqarmasi oldida roʻyxatlar boʻyicha hisobot beradi.
(378-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379. Pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklar inkassatorlarga bank rahbari, bosh buxgalter va kassa mudiri imzolagan chiqim kassa ordyerlari ushbu mansabdor shaxslar ishtirokida berilishi lozim. Ordyerlarda qimmatliklarni belgilangan joyga joʻnatish toʻgʻrisidagi farmoyishining raqami va sanasi koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnatuvchi bank farmoyishda koʻrsatilgan summani inkassatsiya xodimlariga toʻliq berilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380. Bankning aylanma kassalaridagi limitdan ortiqcha qoldiqlarini Hisob-kitob-kassa markaziga yetkazib berish, yaroqli pullarni toʻliq bogʻlamlarda, alohida hollarda esa eskirgan pullarni toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarda amalga oshirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381. Inkassatorlar qimmatliklarni qabul qilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatadilar. Inkassatorlar pullarni birma-bir dastalar va bogʻlamlari boʻyicha, bogʻlamlarning toʻgʻri oʻrab-bogʻlanganligi va ularning butligini, har bir bogʻlamdagi dastalar sonini, ustki nakladkalarda koʻrsatilgan summalarning toʻgʻriligini, ulardagi rekvizitlarning bir-biriga mos kelishini hamda plombalarning but va aniq bosilganligini, tselofan paket va kafolat choklarining butligini tekshirib, qabul qilish orqali amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382. Inkassatorlar tomonidan tangalar qoplarda, uning butligi va toʻgʻri bogʻlanganligi, qoplarga biriktirilgan matoli yorliqlarda tangalarning qiymati va summasi qayd etilganligi, plombalarning butligi va ularning yaqqol tushirilganligi hamda kassirlarning imzolari qoʻyilganligini tekshirib qabul qilinadi. Shikastlangan va nuqsonli tangalar bankdan toʻliq va toʻliq boʻlmagan qoplarda Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga, zarurat tugʻilgan taqdirda esa toʻlmagan qoplarni birlashtirmagan holda joʻnatishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inkassatorlar tomonidan pul bogʻlamlari va tangali qoplarni qabul qilish vaqtida aniqlangan nuqsonli bogʻlamlar va qoplar qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
383. Tashish uchun tayyorlab qoʻyilgan, qoplarga joylashtirilmagan naqd pul bilan inkassatsiya xodimi yoki kassa xodimining bir oʻzini yolgʻiz qoldirish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384. Qimmatliklar qabul qilib olinganidan soʻng, kassa mudiri yoki uning koʻrsatmasiga binoan boshqa kassa xodimining nazorati ostida inkassatorlar ularni standart brezent qoplarga joylaydilar. Har bir qopning ogʻzi tikilib, tizimcha bilan ikki yarim aylanishda siqib bogʻlanadi. Tizimcha uchlari matodan tayyorlangan yorliqdan oʻtkazilib, yorliqda qimmatliklarni joʻnatuvchi bank nomi, qopning oʻrab-bogʻlangan sanasi va roʻyxatdagi (23-ilova) raqamiga mos keluvchi tartib raqami koʻrsatilib, tizimcha uchlari mahkam bogʻlanadi. Shundan soʻng qop plombalanib, undagi yorliqqa pul oʻrab-bogʻlanishini nazorat qiluvchi kassa xodimi imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatliklar qabul qilingani toʻgʻrisida inkassatorlar brigadasining boshligʻi chiqim kassa ordyerlariga imzo qoʻyadi, brigada aʼzolari ordyerlarning orqa tomoniga imzo qoʻyib, unga ularning familiyasi, ism-sharifi, shaxsiy guvohnomalaridagi maʼlumotlar va olingan summa koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385. Qabul qilingan va qoplarga joylangan qimmatliklarning but saqlanishiga va qoplardagi plombalarning butligiga, qimmatliklarni belgilangan joyga yetkazish uchun masʼul boʻlgan brigadaning barcha inkassatorlari toʻliq moddiy javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
386. Naqd pul va tangalar yoki boshqa qimmatliklarni joʻnatuvchi bankning kassa mudiri tomonidan 4 nusxada roʻyxat (23-ilova) tuziladi va ular joʻnatuvchi bankning mansabdor shaxslari tomonidan imzolanib, bank muhri bosilib tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning birinchi nusxasi qimmatliklarni qabul qiluvchi bank rahbariga topshirish uchun inkassatsiya brigadasining boshligʻiga beriladi, 2-3 nusxalardan inkassatorlar brigadasi qimmatliklarni qabul qilish va topshirishda foydalanadi va ushbu nusxalar topshiriq bajarilganidan soʻng, inkassatsiya boʻlimiga topshiriladi, ularning biri bajarilgan ish uchun haq toʻlanishiga asos boʻlsa, 4-nusxasi esa qimmatliklarni joʻnatuvchi bankning kunlik kassa hujjatlarida ordyerlar bilan inkassatsiya birlashmasining ishonchnomasi va Markaziy bankning tegishli farmoyishi bilan birga tikiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387. Bankdan inkassatorlar orqali qabul qilgan qimmatliklarni darhol tashishning imkoni boʻlmagan taqdirda, plombalangan qoplarda bankning pul saqlash omborida (koʻzda tutilmagan holatlar boʻyicha hisobvaragʻiga kirim qilinmagan holda) saqlash uchun qoldirilish mumkin. Pul saqlash ombori qoʻshimcha ravishda brigada boshligʻining plombiri (surgʻuchli muhri) bilan plombalanadi (muhrlanadi) va qoʻriqlash uchun belgilangan tartibda topshiriladi. Plomba (muhr) namunasi qoʻriqlash xodimiga beriladi. Bunday hollarda, pul saqlash ombori inkassatorlar brigadasining boshligʻi ishtirokida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388. Qimmatliklar va qurollar omborlar (seyflar)da saqlanishiga hamda qoʻriqlash uchun belgilangan tartibda topshirilishiga ruxsat etiladi. Qabul qilingan qimmatliklar, boshqa moslashtirilgan xonada yoki bronlangan maxsus avtomashinada ham saqlanishi mumkin. Bunday holda qimmatliklar ularni saqlanishi uchun javobgar boʻlgan inkassatorlar tomonidan qoʻriqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389. Belgilangan joyga yetkazib borish uchun chet el valyutasini qabul qilishni inkassatorlar Markaziy bankning amaldagi “Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalarida valyuta boyliklari bilan olib boriladigan kassa ishi toʻgʻrisida”gi nizom (1998-yil 3-avgustda 468-raqam bilan roʻyxatga olingan) va mazkur Yoʻriqnomaga asosan amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
390. Inkassatorlar tomonidan qabul qilib olingan qimmatliklarning barchasi qabul qilib boʻlinganidan soʻng ularni avtomashina yoki boshqa turdagi transport yordamida tashish uchun olib chiqilishi, albatta, inkassatorlar brigadasining boshligʻi va militsiya xodimlari (soqchilar) ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391. Har safar qimmatliklar avtomashinaga yoki boshqa turdagi transportga, bir xonadan boshqa bir xonaga tashilayotgan vaqtda ularning soni sanab chiqilishi shart. Bunda brigada inkassatorlari shunday joylashishi lozimki, ularga qimmatliklarni tashiyotgan xodimlarning har bir harakati koʻrinib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392. Qimmatliklar maxsus avtomashinalarga joylashtirib boʻlinganidan (agar ular alohida yukxona bilan jihozlangan boʻlsalar) soʻng, ularning yukxona eshigi inkassatorlar brigadasi boshligʻining plombiri bilan plombalanib, kassa mudiri (yoki ushbu vazifa buyruq orqali yuklatilgan boshqa xodim)ning plombiri bilan tasdiqlanadi. Plomba namunasi roʻyxatlar bilan birga 161-shakldagi kitobga qayd etilgan holda, inkassatorlar brigadasi boshligʻiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393. Qimmatliklar tegishli joyga olib borilganidan soʻng, qimmatliklarni qabul qilib oluvchi bankning masʼul xodimi maxsus avtomashina yukxonasi eshigiga bosilgan plombani inkassatorlar brigadasi boshligʻi orqali berib yuborilgan plomba namunasi bilan solishtirib koʻrib, plombalarga bosilgan muhrlar bir-biriga mos kelishiga ishonch hosil qilganidan soʻng 161-shakldagi kitobga imzo qoʻyadi hamda avtomashina yukxonasi eshigini ochishga ruxsat beradi. Qimmatliklar ushbu Yoʻriqnomaning 401-402-bandlarida belgilangan tartibda qabul qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus avtomashina yukxonasining plomba tizimchalari qimmatliklar qabul qilib boʻlingunga qadar saqlab turiladi, qimmatliklar (qop va bogʻlamlar) yoki boshqalar yetishmagan taqdirda, avtomashina yukxonasining plomba tizimchasi bilan qopning plombali tizimchasi, plomba namunalari bilan birga boshqa hujjatlar qatorida taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394. Agar maxsus avtomashinada boshqa banklarga tegishli qimmatliklar joylashgan boʻlsa, maxsus avtomashina yukxonasi eshigi inkassatorlar brigadasi boshligʻi plombasi bilan plombalanadi va yuki tushirib olingan bankning javobgar shaxsi plombasi bilan tasdiqlanadi. Plomba namunasi 161-shakldagi kitobga qayd etilgan holda inkassatorlar brigadasi boshligʻiga topshiriladi. Ushbu tartib qimmatliklar tegishli banklarga olib borib topshirilguniga qadar davom etadi.
(394-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
395. Inkassatsiya xizmatining avtomashinalarida yoki boshqa turdagi transportda qimmatliklarni tashish ushbu topshiriqni bajarayotgan brigadaning barcha inkassatorlari kuzatuvi ostida amalga oshiriladi. Bunday holda, transport haydovchilari topshiriqni bajarish vaqtida boshqa yoʻnalish boʻyicha oʻz ishlarini davom ettirishi yoki boshqa joyga ketib qolishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatliklarni tashish inkassatsiya xizmatining yopiq kuzovli avtomashinalarida amalga oshirilishi shart. Lekin baʼzi hollarda istisno tariqasida, yopiq kuzovli yollangan avtotransportlarda qimmatliklarni tashishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
396. Qimmatliklar ortilgan avtomashinaning harakatlanish vaqtida inkassatorlar brigadasi boshligʻi haydovchining kabinasida, boshqa inkassatorlar esa kuzatuvchi mashinada boʻlishlari shart. Bunda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati avtomashinasi kolonnaning oldida harakatlanishi, orqasidan qimmatliklar ortilgan avtomashina, uning ortidan esa kuzatuvchi mashina harakatlanishi lozim. Inkassatorlarning boshqa bir joyga kirib oʻtishlari, shuningdek avtomashinada begona shaxs yoki tashilayotgan qimmatliklarga aloqasi boʻlmagan boshqa yuklarni tashishlari qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397. Inkassatorlar brigadasi boshligʻining barcha koʻrsatmalari aniq va soʻzsiz bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatliklar uzoq muddat davomida tashiladigan boʻlsa, brigada boshligʻi sharoitdan kelib chiqqan holda, inkassatorlar oʻrtasida navbatchilik qilishni tashkil etadi. Qimmatliklarni kuzatib borayotgan inkassatorlarning chetlashishlari brigada boshligʻining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398. Agar yoʻlda harakatlanayotgan transport buzilib qolsa yoki boshqa yoʻl-transport hodisasi sodir etilib, maxsus avtotransportning harakatlanishi uchun iloj boʻlmasa, inkassatsiya brigadasining boshligʻi bu haqda zudlik bilan inkassatsiya birlashmasi (hududiy boshqarmasi)ga va Markaziy bankning Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga xabar berishi shart. Inkassatsiya birlashmasi (boshqarmasi) zudlik bilan qimmatliklarni belgilangan joyga but va oʻz vaqtida yetkazib borish, ularning daxlsizligini taʼminlash maqsadida, sodir etilgan hodisa sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
399. Qimmatliklarni boshqa avtotransportga ortish lozim boʻlgan hollarda, maxsus avtotransportning (agar u alohida yukxonaga ega boʻlib, plombalangan boʻlsa) eshiklari ochilib, qimmatliklarni tushirish va ularni boshqa avtotransportga qayta yuklab, uning eshiklarini plombalash voqea sodir etilgan joydagi eng yaqin atrofda joylashgan bank rahbari va kassa mudiri ishtirokida qayta yuklanayotgan qimmatliklarning sonini, majburiy ravishda qayta sanab koʻrishi va uni roʻyxat bilan solishtirib, qimmatliklar qayta ortilgan maxsus avtotransport eshiklarini plombalashi hamda plomba namunasini inkassatorlar brigadasi boshligʻiga topshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400. Qimmatliklarning yoʻqolgani, oʻgʻirlangani yoki yetishmasligi yoʻlda yoxud ular topshirilayotgan vaqtda aniqlangan hollarda, inkassatorlar brigadasining boshligʻi qimmatliklarni joʻnatgan bank rahbariga, inkassatsiya boshqarmasiga (boʻlimiga), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning hududiy Bosh boshqarmasiga zudlik bilan maʼlum qiladi. Qimmatliklarni izlab topish va oʻz joyiga qoʻyishga doir shoshilinch tadbirlarni amalga oshirishi hamda ushbu voqeani tekshirib chiqish uchun joylardagi tegishli Ichki ishlar organlariga darhol xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank boʻlimiga keltirilgan pul va boshqa qimmatliklar, ular qachon keltirilganligidan qatʼi nazar, kechiktirilmagan holda darhol qabul qilib olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatliklarni topshirish, albatta inkassatorlar brigadasi boshligʻi va ishonchnomada koʻrsatilgan xodimlarning ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. Banklarda pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilinishi, ularning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan qoplarning butligi, plombir (muhr) izlarining aniq tushirilganligi va ularning raqamlari roʻyxatda koʻrsatilgan raqamlarga mos kelishi, bogʻlamlarning toʻgʻri oʻrab bogʻlanganligi va ularning butligi, har bir bogʻlamdagi dastalar soni, oʻrab-bogʻlash sanasi, nakladkalarda koʻrsatilgan summalarning toʻgʻriligi, kassirlarning imzolari, ularning nomi yozilgan toʻrtburchak muhrlari hamda bankning nomi va kodi tushirilgan muhrlari mavjudligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402. Qoplardagi tangalar, ularning toʻgʻri bogʻlangani va butligi, qopga biriktirilgan yorliqlaridagi bankning nomi va kodi borligi, oʻrab-bogʻlangan sana, tanga qiymati va qoplarga joylangan summa koʻrsatilgani, plombalarning butligi va yaqqolligi, shuningdek kassirlarning imzolari va nomlari yozilgan toʻrtburchak muhrlari borligi tekshirilib qabul qilinadi. Shikastlangan yoki shubhali oʻramlarda inkassatorlar tomonidan olib kelingan pullarning bogʻlamlari va qoplardagi tangalar, inkassatorlar ishtirokida birma-bir donalab qayta sanab olish orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, qoplarning plombali oʻramlari va qoplarga tegishli boʻlgan yorliqlar qimmatliklarni qabul qilish tugaguniga qadar saqlanadi. Qimmatliklarning kamomadi (bogʻlam, dasta va h. k.) aniqlangan holda, qoplarning plombali oʻramlari va qoplarga tegishli yorliqlar boshqa hujjatlar qatorida pulni sanagan bankka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403. Bank rahbarlari tegishli hujjatlar koʻrsatilgan taqdirda inkassatorlar brigadasidan qimmatliklarni qabul qilishni va ularga qimmatliklarni topshirishni faqat ish kunlari emas, balki umumiy dam olish kunlarida ham belgilangan tartibda taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404. Kassaga kirim qilish uchun olib kelingan pullarni qabul qilish vaqtida toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar aniqlangan taqdirda, shuningdek kamomad yoki ortiqcha pullar chiqqan hollarda, pulni qabul qiluvchi bank tomonidan 145 va 145a-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Bunday hollarda ushbu Yoʻriqnomaning 316 — 318-bandlari talabiga amal qilishi va kamomad yoki ortiqcha chiqqan pullarning qanchaligidan qatʼi nazar, ilova hujjatlarida koʻrsatilgan summa kassaga kirim qilinishi lozim. Kamomad summasini aybdor shaxsdan undirib olish uchun tegishli hisobga oʻtkaziladi, ortiqcha chiqqan pullar esa bank foydasiga kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405. Qimmatliklar qabul qilinib boʻlinganidan soʻng bankning qimmatliklarni but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslari va olib kelingan qimmatliklarni bankka topshiruvchi inkassatorlar brigadasi joʻnatilgan qimmatliklar roʻyxatining har uchchala nusxasining orqa tomonidagi “tilxat” qismiga imzo qoʻyganlaridan soʻng, roʻyxatning uch nusxasiga bank muhri bosiladi. Inkassatorlar brigadasi boshligʻiga roʻyxatning ikkinchi va uchinchi nusxalari topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406. Inkassatorlar brigadasining boshligʻi doimiy ish joyiga qaytganidan soʻng, qimmatliklar belgilangan joyga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart. Roʻyxatning bir nusxasi inkassatsiya boshqarmasiga yuboriladi va u tegishli bankka joʻnatiladigan toʻlov talabnomasiga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatliklarni qabul qiluvchi bank shartnomada belgilangan muddatlarda inkassatsiya xizmatiga qimmatliklarni tashish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni taqdim etilgan hisoblar asosida toʻlab berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXI bob. Mansabdor shaxslarning qimmatliklar but saqlanishi va qimmatliklar bilan ishlashda belgilangan qoidalarga rioya qilinishi boʻyicha javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407. Kassalarda barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgarlik banklar va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, kassa mudirlari,pul tushumini inkassatsiya qilish va qimmatliklarning tashilish holati boʻyicha esa bank rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Inkassatsiya birlashmasi (Xalq banki tizimida esa ushbu bankning inkassatsiya xizmati) boshliqlari javobgardirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408. Kassa ishining toʻgʻri tashkil etilganligi, saqlanayotgan barcha qimmatliklarning tegishli tarzda va but saqlanishi, shuningdek mijozlarga kassa xizmati koʻrsatilishining aniq olib borilishi uchun bank bosh buxgaltyerlari, Kassa operatsiyalari boʻlimlarining boshliqlari (kassa mudirlari), qimmatliklarning oʻz vaqtida yigʻib olinishi, tashilishi hamda ularning but saqlanishini taʼminlash uchun Inkassatsiya boshqarmasi boshliqlari, inkassatsiya boʻlimi boshliqlari yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar bank rahbarlari bilan bir qatorda javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409. Qimmatliklar va ular bilan ishlash zimmasiga yuklatilgan banklar va inkassatsiya birlashmasining barcha xodimlari kassa operatsiyalarini amalga oshirish va hisobini yuritish hamda pul va qimmatliklarni saqlash, inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashishning ushbu Yoʻriqnomada belgilangan qoidalarini bilishlari shart. Xodimlar tomonidan har qanday tartibbuzarlikka yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan taqdirda, ular koʻrsatilgan qoidalarni bilmasliklarini roʻkach qila olmaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410. Bank rahbarlari haftada ikki marta kassa xodimlari bilan ularning ushbu Yoʻriqnoma qoidalari boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida texnik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishini tashkil etishlari shart. Oʻtkazilgan darslar alohida tutilgan daftarda (47-ilova) roʻyxatga olinishi va oʻtilgan darslar boʻyicha kassa xodimlari imtihon qilinishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
411. Bank rahbarlari, bosh buxgaltyerlar va kassa mudirlari kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlashlari, bank kassalariga tushgan pullarni oʻz vaqtida kirim qilinishi yuzasidan nazorat oʻrnatishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarga, operatsiya vaqti tugaganidan soʻng, chiqim operatsiyalarini amalga oshirish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
412. Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqi miqdorining bir barobaridan koʻp boʻlgan summada pul va qimmatliklar oʻgʻirlangani, kassa hisobida xatoga yoʻl qoʻyilgan har bir holat toʻgʻrisida va koʻrilgan choralar yuzasidan bank rahbarlari oʻzlari boʻysunuvchi bosh bankka xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
413. Qimmatliklarni tashish, xaltalarni esa inkassatsiya qilish vaqtida yoʻqotilishi hamda ularni tashish vaqtida sodir etilgan boshqa favqulodda hodisalar yuz bergan vaqtda inkassatorlar brigadasi boshligʻi bu haqda inkassatsiya birlashmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ushbu Yoʻriqnomaning 398-bandida keltirilgan tartibda darhol xabar berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
414. Kassa va inkassatsiya xodimlariga quyidagilar qatʼiyan man etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qimmatliklar bilan ishlash boʻyicha oʻziga topshirilgan vazifani boshqa shaxslarga ishonib topshirish, shuningdek ushbu Yoʻriqnoma va Markaziy bankning boshqa koʻrsatmalarida belgilangan oʻz vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarish;
(414-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mijozlarning naqd pullarini olish yoki ularning bankdagi hisobvaraqlariga pul qoʻyish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bevosita bajarish, shuningdek ulardan buxgalteriya xodimlarini chetlab oʻtib pul qoʻyish yoki pul olishga doir hujjatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shaxsiy pullari hamda boshqa qimmatliklarini bankning pul va qimmatliklari bilan birga saqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qabul qilinmagan (topshirilmagan) pulli va boʻsh xalta (qop)larga kassa hujjatlarini toʻldirish.
(414-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
415. Kassa xodimlari oʻzlari tayyorlagan pul bogʻlamlari, dastalar va ular imzolagan boshqa oʻramlardagi pul va qimmatliklar orasidan kamomad chiqsa, shuningdek ular tomonidan saralangan va oʻrab-bogʻlangan pullar ichidan toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar hamda tangalar chiqqani va kundalik ish faoliyatida bankka yetkazilgan moddiy zarar va yoʻl qoʻyilgan boshqa kamchiliklar uchun toʻla moddiy javobgardirlar. Kassa xodimlari amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻzlari oʻrab-bogʻlagan va imzolagan bogʻlamlardan qachon va qaysi bankda 145 va 145a-shakldagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilgan kamomad, toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar yoki boshqa nuqsonlar chiqishidan qatʼi nazar, koʻrsatib oʻtilgan javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
416. Inkassatorlar belgilangan joyga yetkazib berish uchun qabul qilib olingan pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishiga toʻla moddiy javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki SOʻMlarining toʻlovga yaroqlilik belgilarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi kuchiga ega boʻlgan va ularning haqiqiyligiga shubha tugʻdirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining pullari boʻlgan soʻm va tangalar toʻlovga yaroqli hisoblanadi. Barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi banknotlarni hech qanday moneliksiz toʻlovga qabul qilishlari va pul tushumi hisobida banklarga topshirishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har qanday qismida teshik yoki yirtilishlar, siyqalanishlar, dogʻlar, qalam va siyohda yozilgan yozuvlar boʻlgan pullar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yirtilgan va yelimlangan pullar, agar pulning qismlari shak-shubhasiz bitta banknotga tegishli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boʻyoq moddalari toʻkilgan, tabiiy rangi oʻzgargan, kuydirilgan, boʻyalgan yoki chizilgan pullar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻzining toʻla hajmini saqlab qolmagan pullar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shikastlanish turidan qatʼi nazar (shakli buzilgan, pachoqlangan, siyqalangan, teshilgan, qirqilgan, sindirilgan, ishqorga solingan, biror bir metall bilan payvandlangan, olovda eritilgan, koʻkarib va qorayib ketgan) oʻzining toʻla hajmini va old tomonidagi qiymati tasvirini saqlab qolgan hamda haqiqiyligiga shubha tugʻdirmaydigan metall tangalar toʻlovga yaroqli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining banklariga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan nuqsonlar bilan kelib tushgan pul va tangalar saralanishi va eskirgan pullar toifasiga hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan yoʻl qoʻyilgan nuqsonli banknot va tangalarni hech qanday moneliksiz yaroqli pul va tangalarga almashtirib olish uchun, banklar tomonidan Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob-kassa markazlariga topshiriladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt va jismoniy shaxslar nuqsonli pul va tangalarni banklarda yoki Hisob-kitob-kassa markazlarida yaroqlilariga almashtirib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga
18-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

________________________________ inkassatsiya boʻlimi inkassatorlari orqali pul tushumlarini topshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning
‎ROʻYXATI

T/r

Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi

Faoliyat turi

Manzili va telefon raqami

Biriktirilgan xaltalar

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnomani bekor qilingan sanasi

soni‎

xalta raqami‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

‎‎
‎Boshlandi 20___ yil “___” ________________________

Yakunlandi 20___ yil “___” _______________________

(18-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga
50-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎Kassir

‎XABARNOMA

____________________________________________________________

(toʻlov oluvchi davlat soliq inspeksiyasi nomi)

‎‎Bank muassasasi ________________________________________________
Toʻlov oluvchining h/r ____________________________________________
Bank kodi ____________
Soliq toʻlovchining manzili ________________________________________
STIRi

DSIdagi ShHV _____

‎‎____________________________________________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

Soliq turi‎‎

Oʻtgan yildan qarzi‎‎

Joriy yil toʻlovi‎‎

Ustama jarima‎‎

Jami naqd pul miqdori‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎soʻm

tiyin

____________________________________________________________

‎‎(summa soʻz bilan)

Toʻlovchining imzosi ‎‎Sana‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎Kassir

PATTA

KIRIM ORDERI

(50-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga
51-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

141A-shakl‎

‎‎
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI

‎‎_________________________________________________

(bank nomi)

‎10198 - HISOBVARAGʻI BOʻYIChA MARKAZIY BANKKA TOPShIRILADIGAN NAQD PULLAR ZAXIRASINI HISOBGA OLISh

‎KITOBI

20___ yil “__” ________ da boshlandi‎
20___ yil “__” ________ da tugatildi‎

‎‎‎Ushbu kitobga yozuvlar uning toʻlguniga qadar kiritiladi‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎______________ oyi

_____ ga qoldiq‎‎ _____ ga qoldiq‎‎ _____ ga qoldiq‎‎
Toʻlovga yaroqli pullar‎
1 soʻm‎
3 soʻm‎
5 soʻm‎
10 soʻm‎
25 soʻm‎
50 soʻm‎
100 soʻm‎
200 soʻm‎
500 soʻm‎
1000 soʻm‎
Jami:‎
Eskirgan pullar‎
1 soʻm‎
5 soʻm‎
10 soʻm‎
25 soʻm‎
50 soʻm‎
100 soʻm‎
200 soʻm‎
500 soʻm‎
1000 soʻm‎
Jami:‎
Toʻlovga yaroqli metall tangalar‎
1 tiyin‎
3 tiyin‎
5 tiyin‎
10 tiyin‎
20 tiyin‎
50 tiyin‎
1 soʻm‎
5 soʻm‎
10 soʻm‎
25 soʻm‎
50 soʻm‎
100 soʻm‎
Jami:‎
Nuqsonli metall tangalar‎
1 tiyin‎
3 tiyin‎
5 tiyin‎
10 tiyin‎
20 tiyin‎
50 tiyin‎
1 soʻm‎
5 soʻm‎
10 soʻm‎
25 soʻm‎
50 soʻm‎
100 soʻm‎
Jami:‎
Hammasi boʻlib:‎
Boshqaruvchi‎ Imzolar Imzolar Imzolar
Bosh buxgalter‎
Kassa mudiri‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎(kitobning oxirgi varagʻi)‎

‎TASDIQLOVChI YoZUV

‎‎
‎Ushbu kitobda raqamlangan va ipdan oʻtkazilgan jami

____________________________________________________ varaqlar mavjud

(soni soʻz bilan yoziladi)‎

‎_______________ - raqamdan _____________ - raqamgacha

‎Boshqaruvchi ______________________‎
Bosh buxgalter _____________________‎
Kassa mudiri _____________________‎
20____ yil “___” __________________‎
(51-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1831-2, 21.07.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 258-modda; 2009-y., 29-son, 338-modda; 2011-y., 29-son, 310-modda, 40-son, 445-modda; 2017-y., 24-son, 508-modda, 32-son, 823-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/1831-6/0228-son)