OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
TIJORAT BANKLARIDA KASSA IShINI TAShKIL ETISh, INKASSATSIYA VA QIMMATLIKLARNI TAShIShGA DOIR YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 27-iyunda 1831-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/20-sonli “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1831-7, 29.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma”ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2003-yil 17-maydagi 10/2-sonli qarori (2003-yil 1-avgust, roʻyxat raqami 1263 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 15-son);
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma”ga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi 2005-yil 12-martdagi 3-A/3-sonli qarori (2005-yil 29-mart, roʻyxat raqami 1263-1 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil,12-13-son, 98-modda);
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnoma”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 2005-yil 20-avgustdagi 18/6-sonli qarori (2005-yil 28-sentabr, roʻyxat raqami 1263-2 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 39-son, 302-modda).
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-may,
12/2-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 17-maydagi 12/2-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir
YOʻRIQNOMA
(yangi tahriri)
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlari va boshqa qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, kassa operatsiyalarini amalga oshirish, pul tushumini inkassatsiya qilish, qimmatliklarni tashish va ularni saqlashning yagona tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega.
2. Banknot va tangalarni qalbakilashtirish va noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
3. Markaziy bank yoʻq qilib yuborilgan, yoʻqotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yoʻqotgan banknotlar va tangalarning oʻrnini qoplamaydi.
4. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
banknotlar — Markaziy bank tomonidan turli nominaldagi naqd qogʻoz pullar shaklida muomalaga chiqarilgan pullar;
valyuta qimmatliklari — naqd chet el valyutasi, chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari, chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar va sof quyma oltin;
inkassatsiya — bank boʻlinmalari va ularning mijozlaridan qimmatliklarni qabul qilib olish (yetkazib berish), ularni tashish va bank kassalariga topshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
aylanma kassa — naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash hamda chiqim qilish uchun tashkil etilgan kassa;
naqd pul zaxirasi — bank mijozlarining naqd pulga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida maxsus tashkil etilgan zaxira;
kechki kassa — ish kuni tugagandan soʻng inkassatsiya xizmatidan naqd pullar va boshqa qimmatliklar solingan xaltalarni qabul qilib oluvchi bank kassasi;
qayta sanash kassasi — bank amaliyot kuni davomida qabul qilingan hamda kechki kassa tomonidan qabul qilib olingan inkassatsiya xaltalaridagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qayta sanab, saralash hamda ularni toifalarga ajratish va oʻrab-bogʻlashni amalga oshiruvchi bank kassasi;
kirim kassasi — bank amaliyot kuni davomida bank mijozlaridan naqd pullarni qabul qilib oluvchi bank kassasi;
chiqim kassasi — bank amaliyot kuni davomida bank mijozlariga naqd pullarni berishni amalga oshiruvchi bank kassasi;
sayyor kassa — kassa tarmogʻidan (uzelidan) tashqarida bankning maxsus jihozlangan avtomashinasi yordamida kassa operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank kassasi;
maxsus kassa — yirik naqd pul tushumiga ega boʻlgan savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarida pul tushumlarini qabul qilish uchun tashkil etiladigan bank kassalari;
bankomat — mijozlar tomonidan bankning plastik kartalari orqali oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan elektron-mexanik qurilma;
kassa hujjatlari — qimmatliklarni qabul qilish va berishni amalga oshirish va rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi pul hujjatlari (kirim kassa orderi, chiqim kassa orderi, naqd pullarni qoʻyish haqidagi eʼlon, pul cheki, ilova qaydnomalari, yuk xatlari, toʻlov qaydnomalari va boshqalar);
kassa operatsiyalari — qimmatliklarni qabul qilish va mijozlarga berish, qayta sanash, saralash, maydalash, ayirboshlash va oʻrab-bogʻlash.
5. Tijorat banklari (bundan keyingi oʻrinlarda banklar deb yuritiladi) mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatadi va oʻz kassalarida naqd pullarni jamlab, ularni mijozlarga beradi.
6. Banklarning mijozlar bilan kassa operatsiyalari boʻyicha bajaradigan operatsiyalari bank hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomaga asosan ushbu Yoʻriqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bank kassasidan mijozlarga berilgan pullar orasidan aniqlangan kamomad, ortiqcha, toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar yuzasidan qilingan eʼtirozlar bank hisobvaragʻi shartnomasiga asosan tartibga solinadi hamda uning shartlari ushbu Yoʻriqnomada belgilangan tartibga zid kelmasligi lozim.
7. Banklarda mijozlar bilan kassa operatsiyalarini amalga oshirish va naqd pullarga ishlov berish boʻyicha aylanma kassa va operatsion kassalar tashkil etiladi.
Operatsion kassalar quyidagilardan iborat:
kirim va chiqim kassalari (kirim-chiqim kassalari), pulni qayta sanash kassasi, kechki kassa, xoʻjalik yurituvchi subyektlar qoshidagi maxsus kassa va kommunal toʻlovlarini qabul qilish boʻyicha jamgʻarma hamda sayyor kassa va boshqalar.
8. Koʻrsatib oʻtilgan kassalar kassa operatsiyalarining hajmi, xizmat koʻrsatadigan mijozlar soni va kassa xodimlarining belgilangan shtatlar jadvalidan kelib chiqqan holda bank rahbarining farmoyishiga asosan tashkil etiladi.
9. Banklar mijozlarning oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatishlari uchun bankomatlar va toʻlov terminallarini, ularni himoyalash darajasiga qarab, bankda yoki undan tashqarida oʻrnatishlari mumkin.
10. Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingan kassa hujjatlari (pul cheklari, naqd pul topshirish eʼloni, kirim va chiqim kassa ordyerlari, ilova qaydnomalari va yuk xatlari) asosida amalga oshiriladi.
11. Kassa hujjatlari hisobini yuritish, mijozlar imzosining bankka taqdim etilgan namunalariga mos kelishi, ularning hisobvaragʻida mablagʻlarning boʻlishi va pasportdagi maʼlumotlarning toʻgʻri toʻldirilishi boʻyicha bank buxgalteriyasining tegishli xodimlari javobgar hisoblanadilar.
12. Bank rahbarlari, bosh buxgaltyerlari va kassa mudirlari mijozlarga oʻz vaqtida va aniq kassa xizmatini koʻrsatish, shuningdek kassa ishini toʻgʻri tashkil etishga ogʻishmay amal qilish va qimmatliklar butligini taʼminlash boʻyicha masʼuldirlar.
II bob. Banklarning kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) ishini tashkil etish
13. Bosh banklarda kassa ishini nazorat qilish uchun kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) tashkil etiladi. Kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) toʻgʻrisida”gi nizomga asosan faoliyat yuritadi. Boshqarma (boʻlim) zimmasiga nizomda koʻzda tutilmagan vazifalarni yuklash ruxsat etilmaydi.
14. Kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) zimmasiga uning nizomida koʻrsatib oʻtilgan barcha majburiyatlar boshqarma (boʻlim) xodimlari oʻrtasida yozma ravishda taqsimlanadi. Bajariladigan ishlar taqsimoti boshqarma (boʻlim) boshligʻi tomonidan belgilanadi va lavozim majburiyatlari sifatida alohida rasmiylashtirilib, boshqarma (boʻlim)ning har bir xodimiga tanishib chiqish uchun beriladi va ularga imzo qoʻydirgan holda, nusxalari topshiriladi.
Lavozim majburiyatlari boʻyicha yuklatilgan ishlarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun ijrochi xodim shaxsan javobgar hisoblanadi.
15. Boshqarma (boʻlim) xodimlari — ish rejasi, ishning ahvoli boʻyicha oʻzlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asosan, shuningdek taftish hujjatlari, tekshirish va tahlil natijalariga koʻra, kassa ishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida, bank binolarining yongʻindan va xavfdan ogohlantiruvchi texnik vositalari bilan jihozlanganligi, yongʻindan xabar beruvchi signalizatsiya vositalari bilan taʼminlanganligi, ruxsatnoma berish va qoʻriqlash tartibi yuzasidan bank filiallarida ishlarning qanday yoʻlga qoʻyilganligini oʻrganish, ularni tekshirish va amaliy yordam koʻrsatish ishlarini amalga oshiradilar.
16. Boshqarma (boʻlim) xodimlari bir yilda kamida bir marotaba oʻz tasarrufidagi bank filiallarida amaliy yordam koʻrsatish maqsadida tekshirish oʻtkazishlari hamda ish jarayonida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni ushbu Yoʻriqnoma talablariga binoan tekshirish davomida bartaraf etishlari lozim. Banklarda kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashish boʻyicha tekshiruv oʻtkazish uslubi mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan.
17. Lozim boʻlgan taqdirda, tekshiruvchi aniqlangan kamchiliklarni aniq va qancha muddatda bartaraf etish va ishni yaxshi yoʻlga qoʻyish yuzasidan bank filiali rahbari nomiga yozma ravishda koʻrsatma beradi.
18. Kassa ishini toʻgʻri tashkil etilganligi boʻyicha tekshiruv oʻtkazish vaqtida, bank rahbari yoki ushbu boshqarma (boʻlim) faoliyatiga bevosita boshchilik qiluvchi bank rahbarining oʻrinbosari tomonidan imzolangan xizmat farmoyishiga asosan xodimga oʻrganish dasturida koʻrsatilgan reja-topshiriq va pul saqlash omboridagi qimmatliklarni taftish qilish muddati belgilangan bir martalik guvohnoma beriladi.
19. Bosh bankning kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) boshliqlari oʻtkazilgan tekshiruv natijalari boʻyicha tegishli materiallarni kelib tushgan kunidan boshlab 5 kun muddat ichida koʻrib chiqishlari va oʻtkazilgan tekshiruv natijalari yuzasidan boshqarma (boʻlim) xodimlarining shaxsiy fikrlarini tinglashlari hamda ishning samaradorligini oshirish yuzasidan chora koʻrishlari lozim.
20. Tekshiruv natijalari takliflar bilan birga, yozma ravishda bankning Boshqaruv Raisiga yoki uning mazkur ish sohasiga rahbarlik qiluvchi oʻrinbosariga taqdim etiladi, lozim boʻlgan taqdirda, bank filiali rahbariga kerakli koʻrsatmalar beriladi.
21. Kassa operatsiyalari boshqarma (boʻlim)lari rahbarlari tomonidan tekshiruv amalga oshirilgan bankda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan nazorat oʻrnatilishi lozim.
Keyingi tekshirish oʻtkazish vaqtida avvalgi tekshiruv va taftishlar natijasi boʻyicha aniqlangan kamchiliklarning ish jarayonida bartaraf etilganligi tekshirilishi shart.
Kamchilik va tartibbuzarliklar takrorlangan holda uning sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi hamda joyida tegishli va qoʻshimcha choralar koʻriladi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan tekshiruvchi aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha bank filiali rahbari nomiga oʻz takliflarini kiritadi.
III bob. Kassa ishini tashkil etish
22. Har bir bank va uning filiallari mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish uchun oʻz tarkibida tarkibiy boʻlinma — Kassa operatsiyalari boʻlimi (kassa)ga ega boʻlishi shart.
23. Mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish uchun banklar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga kassa xizmatini koʻrsatish boʻyicha ruxsatnoma berish haqida ushbu Yoʻriqnomaning 14-ilovasida koʻrsatilgan shakldagi pul saqlash omborining toʻldirilgan pasporti va tegishli hujjatlarni Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda taqdim etadilar.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy Bosh boshqarmasi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining meʼyoriy hujjatlariga mosligini aniqlaydi hamda joylarda kassa tarmogʻini tekshirishni amalga oshiradi va oʻz xulosasini tayyorlab, hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pul saqlash omborining pasporti toʻrt nusxada tayyorlanib, “Xizmatda foydalanish uchun” grifi qoʻyiladi. Emissiya-kassa operatsiyalari departamenti tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng, uning bir nusxasi yonmaydigan seyfda saqlanadi. Qolgan uch nusxasi joylardagi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga joʻnatiladi. Pul saqlash ombori pasportining birinchi nusxasi Emissiya-kassa operatsiyalari boʻlimi xodimlari tomonidan yangi ochilayotgan bank filialiga, ikkinchi nusxasi ochilayotgan bankning Bosh bankiga joʻnatiladi va uchinchi nusxasi joylardagi Emissiya-kassa operatsiyalari boʻlimining yonmaydigan seyfida saqlanishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bank va uning filial manzili yoki uning nomi oʻzgargan taqdirda, Bosh bank va uning filial rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga pul saqlash omborining pasportini qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun lozim boʻlgan hujjatlar toʻplamini taqdim etish choralarini koʻrishlari shart.
Pasportni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, Markaziy bank uning rad etish sabablarini yozma ravishda maʼlum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Pul saqlash omborining roʻyxatdan oʻtkazilgan pasporti mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatish va aylanma kassa limitini belgilash uchun asos boʻlib hisoblanadi.
26. Katta hajmda naqd pul tushumiga ega boʻlgan bank filiallarida kassa operatsiyalari boʻlimini (xodimlar soni 15 kishidan ortiq boʻlganda) qimmatliklar bilan ishlashdan ozod etilgan boshliq boshqarishi mumkin. U kassa operatsiyalari boʻlimiga rahbarlik qiladi hamda nazorat oʻrnatadi. Kassa ishining toʻgʻri tashkil etilishi va bankda mavjud boʻlgan barcha qimmatliklarni toʻliq saqlashda hamda mijozlarga aniq kassa xizmatini koʻrsatish boʻyicha bank rahbari bilan teng javobgar hisoblanadi.
27. Qimmatliklarni saqlash va ular boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan moddiy javobgarlik ushbu Yoʻriqnomaning 3-ilovasida keltirilgan toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi namunaviy shartnomaga asosan bankning kassa mudiri zimmasiga yuklatiladi. Zarur boʻlgan hollarda koʻrsatib oʻtilgan vazifalar bank rahbarining farmoyishiga asosan kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi zimmasiga yuklatilishi mumkin.
28. Kassa mudiri tomonidan bankning kirim, chiqim hamda chet el valyutalari bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarining bajarilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
29. Kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) boshliqlari (kassa mudirlari) egallab turgan lavozimlariga bank (filiali) rahbarlari tomonidan bank boshqarmalari (respublika, viloyat, shahar) rahbarlari bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod etiladilar.
Boshqarma (boʻlim) boshligʻi lavozimiga bank tizimida kamida 3 yil ishlagan va oliy iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlgan, kassa mudiri lavozimiga esa bank kassasida kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlib, oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
30. Bank rahbari kassa ishiga mutlaqo halol va ishonchli xodimlarni tanlashga alohida eʼtibor berishi lozim. Kassirni ishga qabul qilishda uning ilgari ishlagan joyidan soʻrab-surishtirishi (agarda hech qayerda ishlamagan boʻlsa, turar joyidan tavsifnoma), zarurat tugʻilgan taqdirda esa tegishli tavsifnoma olish orqali sinchiklab tekshirishi talab etiladi.
31. Bank tomonidan xodimning ilgari sudlanmaganligi haqida tuman Ichki ishlar boʻlimlaridan, yashash joyidan va sogʻligʻi haqidagi maʼlumotnomalar hamda fotosuratlar talab etiladi. Kassa xodimlarini ishga qabul qilish bank boʻyicha chiqariladigan buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos boʻlib hisoblanadi.
32. Kassirlik lavozimiga 18 yoshga toʻlgan va undan oshgan shaxslar qabul qilinadi. Har bir kassir bilan yakka tartibdagi toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan talablar kechki kassaning nazoratchi-buxgalteriga ham taalluqlidir.
33. Kassada yaqin qarindoshlarning, agar ularning ishlari bevosita bir-biriga boʻysunish yoki bir-birini nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlsa, birgalikda ishlashlari taqiqlanadi.
34. Tayyorgarlik koʻrmagan yoki tajribaga ega boʻlmagan xodimlarning naqd pul va qimmatliklar bilan bajaradigan operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun ruxsat berish qatʼiyan man etiladi.
35. Bank rahbari kassa va pul saqlash omborlarida qimmatliklar bilan ishlash boʻyicha belgilangan talablarni bajarish uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlarni yaratib berishi shart.
36. Bank va ularning filiallari (minibanklar)da kassa xodimlarining shaxsiy kiyimlari, sumkalari va pullarini saqlash uchun alohida xona ajratilgan boʻlishi shart. Xonaning kaliti ish kuni davomida kassa operatsiyalari boʻlimi boshligʻi yoki kassa mudirida, mini banklarda esa minibank mudirida saqlanishi lozim.
37. Bank rahbarlari kassirlarni maxsus kiyim yoki xalat, sanitariya-gigiyena talablaridan kelib chiqqan holda sovun, sochiq, vazelin yoki glitserin hamda pul sanash mashinalarini vaqti-vaqti bilan tozalab turish maqsadida texnik spirt bilan taʼminlab turishlari shart.
38. Banklarning kassa tarmoqlari kassa tarmoqlarini loyihalashtirish va tuzilishining texnik talablariga muvofiq jihozlanishi, uning boshqa xizmatlardan ajratib qoʻyilgan boʻlishi hamda texnik talablarga binoan binoning birinchi qavatiga joylashtirilishi lozim.
39. Begona shaxslar tomonidan kassa tarmogʻi joylashgan joyni kuzatishlari va oʻrganishlari uchun imkoniyat yaratilmagan boʻlishi lozim. Kassa tarmogʻiga kirish eshigi ish kuni davomida ichkaridan oʻzi yopilib qoluvchi qulf bilan berkitilgan boʻlishi hamda unga tashqarini koʻrish uchun maxsus tuynuk oʻrnatilgan boʻlishi shart.
40. Operatsion kassalarning kabinalari kassa tarmogʻida shunday jihozlangan boʻlishi kerakki, bunda qimmatliklar butligini saqlash uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar (boshliq, kassa mudiri) tomonidan kassirlar ishini nazorat qilib turish uchun imkoniyat yaratilgan boʻlsin.
Agar operatsion kassalarning kabinalari oʻrtasiga darchalar oʻrnatilgan boʻlsa, ularning har ikkala tomoniga qulflovchi moslamalar oʻrnatilishi lozim.
41. Mijozlarga kassa xizmatini koʻrsatuvchi kabinalarning darchalari ichki tomondan qulflanadigan eshikchalar bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
42. Kassirlarning tortmalari alohida qulflanadigan maxsus stollar bilan jihozlangan boʻlishi shart.
43. Kassirlar ish kuni davomida qimmatliklarni saqlash uchun seyflar, metall shkaflar va qimmatliklarni tashish uchun temir aravachalar bilan taʼminlangan boʻlishlari lozim.
44. Kirim va chiqim kassasi kassirlari kirim va chiqim kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega boʻlgan buxgalteriya xodimlarining imzo namunalari bilan, kirim va chiqim kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish bilan shugʻullanuvchi buxgalteriya xodimlari esa — kassirlarning imzo namunalari bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
Imzo namunalarini tegishli xodimlarga oʻz vaqtida berish va ular ishdan boʻshagan vaqtlarida yangisiga almashtirib, eskisini qaytarib olish, shuningdek ushbu masala boʻyicha nazorat oʻrnatish — bankning bosh buxgalteri tomonidan amalga oshirilib, imzo namunalari bank filiali rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Imzo namunalari har yilning 1-yanvar holatiga koʻra, yangilanib turilishi shart.
IV bob. Pul va tangalarni taxlash hamda ularni oʻrab-bogʻlash
45. Oʻzbekiston Respublikasining barcha banklari uchun naqd pulni taxlash, oʻrab-bogʻlash, rasmiylashtirish va saqlashning ushbu Yoʻriqnomada belgilangan yagona tartibi qoʻllaniladi.
46. Bank kassalariga kelib tushadigan barcha naqd pullar belgilangan tartibda birma-bir va donalab qayta sanalishi shart.
47. Kassirlar, oʻzlari kassaga qabul qilgan pul va tangalarni, ularning qiymatiga qarab saralashlari, shundan soʻng pullarni muomalaga yaroqli va eskirgan, tangalarni esa muomalaga yaroqli va nuqsonli toifalarga ajratishlari shart.
48. Kassir qiymatiga qarab saralangan toʻlovga yaroqli pullarni alohida va eskirgan pullarni alohida dastalaydi va oʻrab-bogʻlaydi. Bundan tashqari u har bir eskirgan pul old tarafining oʻng tomoniga, bank nomi, uning kodi, kassir familiyasi va ism-sharifi koʻrsatilgan “Eskirgan” yozuvli toʻrtburchak muhrni bosishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Bir xil qiymatdagi har 100 dona pul saralab dastalanadi va standart banderol bilan xochsimon tarzda oʻrab-bogʻlanadi. Banderollarda bank nomi, uning kodi, qiymati, qoʻyilgan summasi, sanasi, pulni saralashni va qayta sanashni bajargan kassirning familiyasi va ism-sharifi yozilgan toʻrtburchak muhri bosilib, imzosi qoʻyiladi.
50. Banderollar pulning qiymatiga qarab, ularni ajratib turuvchi quyida koʻrsatib oʻtilgan oʻziga xos chiziqlarga ega boʻlishi, yaʼni:
1 soʻm qiymatidagi pullarni oʻrash uchun moʻljallangan banderol — sidirgʻa (bir xil) rangli, 3 soʻmlik uchun — eni 10 mm. boʻlgan bitta qizil yoʻlli, 5 soʻmlik uchun — eni 10 mm. boʻlgan bitta koʻk yoʻlli, 10 soʻmlik uchun — eni 8 mm. boʻlgan ikkita qizil yoʻlli, 25 soʻmlik uchun — eni 8 mm. boʻlgan ikkita koʻk yoʻlli, 50 soʻmlik uchun — eni 8 mm. boʻlgan ikkita sariq yoʻlli, 100 soʻmlik uchun — eni 8 mm. boʻlgan uchta qizil yoʻlli, 200 soʻmlik uchun — eni 15 mm. boʻlgan uchta jigarrang yoʻlli, 500 soʻmlik uchun — eni 15 mm. boʻlgan bitta yashil yoʻlli, 1000 soʻmlik uchun — eni 15 mm. boʻlgan bitta koʻk yoʻlli chiziqlarga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Avtomatik tarzda oʻrab-bogʻlanadigan (banderollanadigan) dastalar uchun bir-biridan farqlanuvchi chiziqlari boʻlmagan bir xil tusdagi banderollardan foydalaniladi.
52. Bir xil qiymatdagi pullarning har 10 dastasi (1000 donadan) bitta bogʻlamga joylashtiriladi, bogʻlam ustiga va ostiga kartondan tayyorlangan standart nakladka qoʻyilib, tuguni va tugilgan joyi boʻlmagan tizimcha bilan ikki marta xochsimon tarzda aylantirib oʻraladi va toʻrt marta tugib bogʻlanadi.
53. Bogʻlamlarni oʻrab bogʻlayotgan kassir tizimchaning uchlaridagi tuguniga yaqin boʻlgan joyga bank kodi bilan birga plombirning tartib raqami tushirilgan plombir bilan plombalaydi. Qoʻyilgan plombadan keyingi tizimchaning uzunligi 2 sm. dan oshmasligi shart.
54. Ustki nakladkalarga bank nomi, uning kodi, pul qiymati, qoʻyilgan pul summasi, sanasi, pullarni saralagan va qayta sanashni bajargan kassirning imzosi qoʻyiladi, shuningdek, familiyasi va ism-sharifi yozilgan toʻrtburchak muhr bosiladi. Eskirgan pullar bogʻlamidagi banderol va nakladkalarning oʻng tarafidagi yuqori burchagiga bank nomi, uning kodi, kassirning familiyasi va ism-sharifi koʻrsatilgan “Eskirgan” yozuvli toʻrtburchak muhr bosilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Agar pullar polietilen paketlarga joylanadigan boʻlsa, pullarning dastalari bitta koʻndalang banderol bilan oʻraladi va ularga oddiy banderollarga qoʻyilishi lozim boʻlgan hamda ushbu Yoʻriqnomaning 49-bandida qayd etib oʻtilgan rekvizitlar qoʻyiladi. Pullarni oʻrab-bogʻlash jarayonida esa 54-bandda qayd etib oʻtilgan tartibda rekvizitlar qoʻyilgan nakladkalardan foydalaniladi. Pul bogʻlamlari dastalarni shakllantirgan kassir tomonidan paketga joylashtiriladi va polietilen paketlarni payvandlab, yopishtiruvchi (multivak va h. k.) apparat yordamida yopishtiriladi hamda apparatga oʻrnatilgan klishe orqali paketning har ikki chokiga bank nomi, uning kodi va kassirning shaxsiy kodi qoʻyiladi.
56. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining naqd pullari 100 donadan dastalanib, bitta koʻndalang banderolga oʻrab-bogʻlanadi. 10 ta dastadan iborat boʻlgan bogʻlamlar bitta koʻndalang banderol bilan tortib bogʻlanib, unga “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining nomi, pulning qiymati, qoʻyilgan summasi, kassir familiyasi yoki uning kodi koʻrsatilgan rekvizitlar bosiladi. Bogʻlamlar polietilen paketlarga solib yopishtiriladi.
57. Toʻliq bogʻlamlarni shakllantirish uchun yetarli boʻlmagan alohida dastalar ularni qabul qilib olgan kassir tomonidan qaytadan birma-bir sanab olinadi va bir xil qiymatdagi yoki har xil qiymatdagi (1 va 3 soʻmliklar alohida, 5, 10, 25, 50 va 100 soʻmliklar alohida, 200, 500 va 1000 soʻmliklar alohida) toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarga qoʻshib bogʻlanishi mumkin, bunda bitta bogʻlamdagi dastalarning soni 10 tadan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarning va turli qiymatdagi pullarning dastalaridan tayyorlangan bogʻlamlarning ustki nakladkalariga rekvizitlar qoʻlda yoziladi. Turli qiymatdagi pullarning dastalaridan shakllantirilgan bogʻlamlarning nakladkalarida har bir qiymatdagi pullarning soni va summasi hamda umumiy summasi koʻrsatiladi.
Dastalari toʻliq boʻlmagan aylanma kassa qoldigʻidagi toʻlovga yaroqli pullar alohida va eskirgan pullar alohida dastalar koʻrinishida shakllantirilishi lozim.
59. Kassirlar toʻlovga yaroqli boʻlgan tangalarni qiymatiga qarab paketlarga joylaydilar. Bir xil qiymatdagi tangali paketlar tashqi choklari boʻlmagan standart qoplarga joylanadi. Har bir qopning ogʻzi matodan tayyorlangan yorliq bilan qoʻshib tikiladi hamda tuguni va titilgan joyi boʻlmagan tizimcha bilan 2,5 aylanishda mahkam bogʻlanadi. Tizimcha siqib bogʻlanganidan soʻng, plomba qoʻyiladi. Paketlarga va tangali qoplarga biriktirilgan yorliqlarga bank nomi, uning kodi, oʻrab-bogʻlangan sana, tanga qiymati, summasi, kassir imzosi qoʻyiladi, uning familiyasi va ism-sharifi yozilgan toʻrtburchak muhr bosiladi.
60. Aylanma kassadagi tangali qoplarga kartondan tayyorlangan yorliqlar qoʻyilishi mumkin. Yorliqlardan tizimcha uchlari oʻtkazilganidan soʻng tizimcha siqib bogʻlanadi va plomba qoʻyiladi. Tangalarning aylanma kassadan tashilishi amalga oshiriladigan hollarda, qoplarning ogʻzi matodan tayyorlangan yorliq bilan birga tikilgan boʻlishi lozim.
61. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining Zarbxonasida oʻrab-bogʻlangan tangali qoplarga biriktirilgan matodan tayyorlangan yorliqlarga Zarbxona nomi, tanga qiymati, qoʻyilgan summa, oʻrab-bogʻlangan sana hamda nazoratchining kodi koʻrsatiladi. Tanganing har bir nominal qiymatiga: 1 soʻm — sariq, 5 soʻm — koʻk, 10 soʻm — oq, 25 soʻm — och qizil (pushti), 50 soʻm — yashil va 100 soʻm — qizil rangli alohida yorliqlar biriktiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Qop ogʻzi ikki xil: yorliqli tomoni — oq, orqa tomoni esa — qizil rangdagi ip bilan tikiladi.
Bunda — qizil ip faqatgina oddiy chok vazifasini emas, balki nazorat choki va plomba vazifasini ham bajaradi.
Tikilayotgan chok mustahkam ushlab turishni taʼminlaydi va chekkalari 3 sm dan kam boʻlmagan va erkin uchlari boʻlgan hajmda uning oʻzidan-oʻzi echilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi lozim.
Xodim qopni ochayotgan vaqtda, qop va choklarning butligiga ishonch hosil qilishi, yorliqning oʻng tomonidagi qizil nazorat ipining birinchi tuguni hamda chokning boʻsh qismini echib, ikkala ipni tortishi kerak.
Chok oson echilishi va echilgan iplar butun boʻlishi lozim.
Tangali qoplar qabul qilinayotgan vaqtda, yorliqning borligi, qop, chok, ip va hokazolarning butunligiga eʼtibor berish lozim. Ipning uzilganligi plombaning buzilganligi bilan barobardir. Inkassatorlarga Zarbxona yoki banklardan shubhali bogʻlamlardagi qoplarni qabul qilish man etiladi.
63. Bitta qopga solinadigan tangalarning eng koʻp (maksimal) summasi 1, 3, 5 tiyin qiymatidagi bronza tangalar uchun — 50 soʻm, 10, 20 tiyin qiymatidagi nikel tangalar uchun 250 soʻm, 50 tiyin qiymatidagi tanga uchun 500 soʻm, 1 soʻm qiymatidagi tanga uchun 1000 soʻm, 5 soʻm qiymatidagi tanga uchun 5000 soʻm, 10 soʻm qiymatidagi tanga uchun 10000 soʻm, 25 soʻm qiymatidagi tanga uchun 25000 soʻm, 50 va 100 soʻm qiymatidagi tangalar uchun 50000 soʻm miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Tangali qoplarda notoʻgʻri qoʻyilmalar aniqlangan taqdirda, ushbu Yoʻriqnomaning 316-bandi talablariga amal qilinishi shart. Dalolatnomaga tanga solingan qop, yorliq va albatta, qop tikilgan ikkala butun (oq va qizil) iplar ilova qilinishi kerak.
65. Qopdagi tanganing bir qismi olingan yoki unga qoʻshimcha solingan hollarda tangalar qoldigʻi donalab sanalishi, paketdagi qadoqlangan tangalar esa, yozuvlariga qarab, qayta sanalishi shart. Bunda qop qaytadan plombalanib, unga kassir imzo qoʻyadi va qopga yangi yorliq biriktiriladi.
66. Kassirlarda qolgan tangali paketlar, agar ulardan toʻla qoplarni shakllantirib boʻlmaydigan boʻlsa, ularni birlashtirish va oʻrab-bogʻlash uchun bir yoki bir nechta kassirga beriladi. Toʻliq qoplarni shakllantirib boʻlmaydigan paketlar bir xil qiymatdagi (nikel tangalar alohida, bronza tangalar alohida) toʻliq boʻlmagan qoplarga joylanishi mumkin. Lekin ularni oʻrab-bogʻlash Zarbxona meʼyori miqdoridan oshmasligi lozim. Ushbu qoplarning yorliqlarida har bir qiymatdagi tangalarning summasi koʻrsatiladi.
Har xil qiymatdagi tangalar solingan paketlardan shakllantirilgan toʻliq va toʻliq boʻlmagan qoplarga biriktirilgan yorliqlarga “Yigʻma”, deb yozib qoʻyiladi.
67. Shu kunning oʻzida mijozlarga berish uchun moʻljallangan pullarning bogʻlamlariga qalin qogʻozdan tayyorlangan faqat ustki standart nakladkalar qoʻyilib, ular tizimcha bilan xochsimon shaklda bogʻlanadi. Bunda tizimcha uchlariga plomba qoʻyilmaydi.
68. Shakllantirilgan kunning oʻzida mijozlarga beriladigan tangali qoplar tizimcha bilan bogʻlanib, kartondan tayyorlangan yorliq biriktiriladi. Bunda, tizimcha uchlariga plomba qoʻyilmaydi.
69. Aylanma kassasida keyingi kunga qolayotgan va kassa mudiri tomonidan qayta sanalgan hamda oʻralgan pullarning bogʻlamlari va tangali qoplar plomba qoʻyilmagan holda tizimcha bilan xochsimon shaklda bogʻlanadi. Dastalarni toʻldirishga yetmagan pullar esa banderol bilan oʻrab bogʻlanadi, lekin ular bogʻlamlarga joylashtirilmaydi.
Bundan tashqari, kassa mudiri tomonidan qayta sanab qadoqlangan va aylanma kassasi qoldigʻida boʻlgan tangalarni, kunlik ehtiyojdan oshirmagan miqdorda pul saqlash omborida paket va qoplarga joylangan holda saqlanishi mumkin.
V bob. Kirim kassalarida operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari
70. Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasida keltirilgan 001-shakldagi naqd pul qoʻyish eʼlonlari boʻyicha, boshqa turdagi bir martalik toʻlovlarni qabul qilish esa 4-ilovada belgilangan 008-shakldagi kirim kassa orderi orqali 44-ilovada koʻrsatilgan 004-shakldagi kvitansiyani berish bilan amalga oshiriladi.
71. 001-shakldagi naqd pul qoʻyish eʼloni 3 qismdan — naqd pul qoʻyish eʼloni, kvitansiya va orderdan iborat. Naqd pul qoʻyish eʼloni kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, kvitansiya naqd pulni topshirgan mijozlarga, ordyerlar esa — buxgalteriya xodimlariga beriladi.
72. Bank xodimlaridan naqd pul qabul qilib olinganda, kvitansiya oʻrniga kirim kassa ordyerlarining kassir tomonidan imzolangan va kirim kassasi kassirining muhri qoʻyilgan nusxalari beriladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan kommunal toʻlovlarni (isitish, issiq suv, ichimlik suv, oqova, elektr energiyasi, gaz va chiqindi uchun) qabul qilish vaqtida har bir xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan toʻlov blankalaridan foydalaniladi.
Barcha soliq toʻlovlari amalga oshirilganda esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan maxsus toʻlov blankalaridan foydalaniladi. Qolgan barcha bir martalik toʻlovlar 002-Sh-TX-shakldagi blankalar yordamida amalga oshiriladi. Blanka shakli mazkur Yoʻriqnomaning 49-ilovasida keltirilgan. Blanka Xabarnomasining birinchi qismi bankning kunlik kassa hujjatlariga tikib qoʻyiladi, ikkinchi qismi esa mijozga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Mijozlar bank hisobvaraqlariga naqd pul qoʻyishlaridan avval buxgalteriya xodimlari hujjatlarni “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻyicha yoʻriqnoma”da (1998-yil 16-noyabr, roʻyxat raqami 533) koʻrsatib oʻtilgan tartibda oldindan tekshirib chiqadilar va rasmiylashtiradilar.
Shundan soʻng kirim kassa jurnaliga imzo qoʻydirib, hujjatlar kassaga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
74. Kassir, kirim hujjatlarini olganidan soʻng, ularda buxgalteriya xodimlarining imzolari borligini va ushbu imzolarning kassirda saqlanayotgan namunalariga mos kelishini tekshirishi, mijoz imzosi qoʻyilganligi, undagi koʻrsatilgan summaning raqam va soʻz bilan yozilganligiga mos kelishini tekshirishi, shundan soʻng mijozni chaqirib, undan naqd pullarni birma-bir sanab qabul qilib olishi shart.
75. Agar mijoz pulni bank kassasiga bir necha hisobvaraqlar boʻyicha bir necha kirim hujjatlari asosida topshirsa, bu holda kassir pulni har bir hujjat boʻyicha alohida qabul qilib oladi.
76. Kassirning stoli ustida pul qoʻyuvchidan qabul qilib olinayotgan puldan boshqa hech qanday pul boʻlmasligi kerak. Kassir tomonidan ilgari qabul qilib olingan barcha pullar stol tortmalarida, metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi shart.
Kirim kassasi kassirining ish joyi shunday jihozlanishi kerakki, unda mijozga pulning qayta sanalayotganligini kuzatib turish imkoni yaratilgan boʻlsin.
77. Pulni qabul qilib olganidan soʻng, kassir kirim hujjatida koʻrsatilgan summani qayta sanalganda chiqqan summa bilan solishtiradi. Ular mos kelgan taqdirda kassir 001-shakldagi naqd pul qoʻyish eʼloniga, kvitansiyaga va unga tegishli boʻlgan order (kirim kassa ordyerlari)ga imzo qoʻyib, kvitansiya (kirim kassa orderi nusxasi)ga muhr bosadi va uni pul topshirgan shaxsga beradi. Shundan soʻng eʼlonning orderini va kirim kassa ordyerlarining nusxalarini kassir masʼul ijrochiga yoki kirim kassa jurnalini yurituvchi xodimga yuboradi va naqd pul qoʻyish eʼlonini oʻzida olib qoladi.
78. Agar mijoz topshirgan naqd pul summasi hujjatda koʻrsatilgan summa bilan oʻzaro mos kelmasa, mijozga hujjatni qaytadan toʻldirish taklif etiladi. Kassir dastlabki hujjatning ustidan chiziq tortadi va uning orqa tomoniga amalda qabul qilib olingan pul summasini yozib qoʻyadi.
Kirim hujjatlari buxgalteriya xodimiga beriladi. Buxgalteriya xodimi kassa jurnalidagi dastlabki koʻrsatilgan summani oʻchiradi va qoʻyilgan pulning yangi summasini yozib, qaytadan qabul qilib olgan hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni kassaga joʻnatadi. Ishdan chiqqan 004-shakldagi kvitansiyalar ushbu Yoʻriqnomaning 79-bandida koʻrsatilgan tartibda saqlanadi, kirim hujjatlari esa yoʻq qilinadi.
79. Agar mijoz bank kassasiga pul topshirmagan boʻlsa, kassir buning sababini aniqlash uchun kirim hujjatlarini kvitansiyalar bilan birga buxgalteriya xodimlariga qaytaradi. Pulning topshirilmaganlik sabablari aniqlanganidan soʻng, kvitansiyalarda qanday sabablarga koʻra uning topshirilmaganligi koʻrsatilib, hujjatga bank rahbari, bosh buxgalter yoki ularning oʻrinbosarlari imzo qoʻyadilar.
Bunday hollarda kassa jurnallaridagi yozuvlar oʻchirilib, kirim hujjatlari yoʻq qilinadi va 004-shakldagi kvitansiya buxgalteriya xodimlariga qaytarilib, ular tomonidan kvitansiya daftarchalarining muqovasiga yopishtirib qoʻyiladi.
80. Toʻlovga yaroqsiz boʻlgan pullarning mavjudligi aniqlangan taqdirda, kassir uni tekshirish uchun kassa mudiriga berishi shart. Ushbu pullarning toʻlovga yaroqsiz ekanligi tasdiqlangan holda, ularga bank nomi tushirilgan muhr hamda shu qarorni qabul qilgan shaxs imzosi qoʻyiladi va “Almashtirib berish rad etildi” degan muhr bosilib, pul egasiga qaytariladi yoki mijoz xohishiga koʻra, ushbu Yoʻriqnomaning 197-bandida koʻrsatilgan tartibda ekspertizaga topshiriladi.
Qalbaki pullar aniqlangan taqdirda, kassir bu haqda darhol kassa operatsiyalari boʻlimi boshligʻi (kassa mudiri)ga va bank boshqaruvchisiga xabar qilishi, kelgusida esa ushbu Yoʻriqnomaning 203-bandida koʻrsatib oʻtilgan talablarga binoan ish tutishi lozim.
Qoʻyilgan pul summasida bunday pullar hisobga olinmaydi, balki mijozga yetmayotgan toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pul summasi oʻrnini qoplash (toʻlash) yoki amalda qabul qilingan toʻlovga yaroqli pul summalariga ushbu Yoʻriqnomaning 78-bandida qayd etib oʻtilgan tartibda boshqa kirim hujjatini toʻldirish (tuzish) taklif etiladi.
81. Kassir kassa mudiridan qabul qilib olgan va topshirgan pul summalarini har kuni oʻzining mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasida keltirilgan 155-shakldagi kitobiga yozib borishi shart.
82. Bank amaliyot kuni oxirida qabul qilib olingan hujjatlar asosida kirim kassasining har bir kassiri 109-shakldagi maʼlumotnoma tuzadi va undagi summani oʻzi qabul qilib olgan pul summasi bilan solishtiradi. Maʼlumotnoma kassir tomonidan imzolanadi va unda koʻrsatilgan kassa aylanmalari (oborotlari)ni buxgalteriya xodimlarining kassa jurnallaridagi yozuvlari bilan solishtiradi. Solishtirish kassirning 109-shakldagi maʼlumotnomaga buxgalteriya xodimining imzosi qoʻyilishi va kassirlar tomonidan esa buxgalteriyaning kirim kassa jurnallariga imzo qoʻyilishi bilan rasmiylashtiriladi. Maʼlumotnomaning shakli mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasida keltirilgan.
83. Kirim (chiqim) kassa jurnalini yuritish buxgalteriya xodimlaridan biriga yuklatiladi.
84. Bank amaliyot kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir ushbu Yoʻriqnomaning IV-bobida belgilangan tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 109-shakldagi maʼlumotnoma bilan birga kassa mudiriga 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirib topshiradi.
85. Kassa mudiri qabul qilib olgan pul summasini kassirning maʼlumotnomasi bilan solishtiradi va qabul qilingan summani oʻzining 155-shakldagi kitobiga yozib, maʼlumotnomaga imzo qoʻyadi hamda uni 004-shakldagi kvitansiya blankalaridan toʻgʻri foydalanilayotganligini tekshirish uchun bosh buxgalterga beradi. Maʼlumotnoma tekshirib boʻlinganidan soʻng, u bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va shu kunning kassa hujjatlariga tikib qoʻyish uchun maxsus ajratilgan xodimga beriladi.
86. Toʻliq bogʻlam va dastani shakllantirish uchun yetmaydigan pullar kun oxirida, kassa mudirining koʻrsatmasiga binoan aylanma kassasi kassirlaridan biriga 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirgan holda birlashtirish uchun beriladi.
87. Zarurat tugʻilgan taqdirda, kirim kassalariga kelib tushgan pullar kassa mudiriga bank amaliyot kuni mobaynida 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirgan holda bir necha marta berilishi mumkin.
Bunday hollarda, kassir pulni berishdan avval, haqiqatda tushgan pulni qabul qilib olingan kirim kassa hujjatlaridagi pulning umumiy summasiga mos kelishiga ishonch hosil qilishi kerak.
88. Bank amaliyot kuni yakunlanishiga qadar tushgan barcha naqd pullar, oʻsha ish kunining oʻzidayoq aylanma kassaga kirim qilinishi va bank balansi boʻyicha tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilishi lozim.
VI bob. Pul va qimmatliklarni chiqim kassalari orqali berish
89. Bank kassasidan naqd pul berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — ushbu Yoʻriqnomaning 45-ilovasida belgilangan shakldagi pul cheklari boʻyicha;
b) bankdan kredit olgan jismoniy shaxslarga, qarz oluvchilarga, omonatchilarga, pensionyerlarga mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasida keltirilgan chiqim kassa ordyerlari boʻyicha beriladi. Banklarning boshqaruv apparati ehtiyojlari va boshqa sarf-xarajatlar uchun beriladigan pullarni chiqim qilish ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
90. Pensiyani belgilagan organning topshiriqnomasiga asosan pensiya va nafaqalarni berish amalga oshiriladigan hollarda chiqim kassa orderi yozib beriladi va u topshiriqnoma bilan birga kunlik kassa hujjatlariga tikiladi.
91. Bankning pul saqlash ombori ochilganidan soʻng, kassa mudiri, filial boshqaruvchisi va bosh buxgalter ishtirokida aylanma kassadagi naqd pul qoldiqlari qayta sanaladi. Naqd pul qoldigʻi mazkur Yoʻriqnomaning 40-ilovasida keltirilgan 120-shakldagi kitobning maʼlumotlariga mos kelishiga ishonch hosil qilinganidan soʻng, kassa mudiri kassirlarga chiqim operatsiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan pul summasini, hisob berish sharti bilan oʻzining 155-shakldagi kitobiga imzo qoʻydirgan holda beradi. Toʻliq va toʻliq boʻlmagan pul bogʻlamlari nakladkalardagi maʼlumotlarga qarab tekshiriladi, toʻliq boʻlmagan dastalardan iborat bogʻlamlar esa birma-bir qayta sanalib (qayta sanash kassa mudiri tomonidan tayinlangan kassa xodimlaridan birining kuzatuvi ostida amalga oshirilishi mumkin) qabul qilinadi.
Tangalar — yorliqlar va paketlardagi yozuvlariga qarab qabul qilinadi.
92. Kassir kassa mudiridan hisob berish sharti bilan olingan barcha summalarni, toʻlangan hujjatlarning soni va summasini hamda kassa mudiriga imzo qoʻydirib, qayta topshirishi kerak boʻlgan hisobdorligidagi summalar qoldigʻini oʻzining 155-shakldagi kitobida qayd etishi lozim.
93. Kassa mudiri kassirlarga hisob berish sharti bilan zarur boʻlgan pul summasini berganidan soʻng, kassada qolgan naqd pulni yana hisoblab, uni ish kuni boshidagi kassa qoldigʻi summasiga taqqoslab koʻrishi shart.
94. Xoʻjalik yurituvchi subyekt vakili naqd pul olish uchun bank buxgalteriyasi (front ofisi)ning ushbu mijozga xizmat koʻrsatuvchi xodimiga pul cheklari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Ular ushbu hujjatlarni tekshirib boʻlgach, mijozlarga kassaga taqdim etishlari uchun pul chekining nazorat markasini yoki chiqim orderining yirtma talonini beradilar.
95. Chiqim hujjatlari alohida hollarda buxgalteriya (front ofis) xodimlari tomonidan maʼlumotlarni kiritish varagʻi (kassa jurnali)ga imzo qoʻydirilgan holda kassaga topshiriladi. Chiqim hujjatlarini pul olayotgan shaxs tomonidan kassaga topshirilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
96. Bankning bosh buxgalteri ixtiyoriga koʻra, kassa jurnalining ikki nusxada yuritilishiga, kassa jurnalining birinchi nusxasiga kassir imzo qoʻygach, chiqim hujjatlarining kassaga topshirilishiga ruxsat etiladi.
97. Kassir chiqim hujjati (pul cheki, kassa orderi va boshqalar)ni olganidan soʻng quyidagilarni bajarishi shart:
a) pul oluvchini chiqim hujjatining raqami boʻyicha chaqirishi;
b) kassaga taqdim etiluvchi nazorat markasi yoki yirtma talonning raqamini chiqim hujjatidagi raqam bilan taqqoslashi va nazorat markasini yoki yirtma talonni tegishli chek yoki orderga yopishtirib qoʻyishi;
v) bankning pul berishni hal etish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslarining imzolari borligini va ushbu imzolar mavjud namunalar bilan bir xilligini tekshirishi;
g) hujjatda raqam va soʻz bilan yozilgan summalar oʻzaro mos kelishini tekshirishi;
d) hujjatda pul oluvchining shaxsiy imzosi borligini va bank masʼul xodimlarining imzosi qoʻyilganligini tekshirishi;
e) pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki guvohnomasi (guvohnoma faqat Mudofaa vazirligi, Ichki Ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan oʻz xizmatchilariga berilgan boʻlsa) borligini tekshirishi;
j) mijozning shaxsini tasdiqlovchi pasport yoki guvohnomasidagi maʼlumotlarni chekdagi maʼlumotlar bilan solishtirishi;
z) hujjatda koʻrsatilgan pul summasini tayyorlaydi, pul oluvchidan u qancha pul olayotganligini soʻraydi, tayyorlangan pul summasini yana bir bor chiqim hujjatlari bilan taqqoslab, uni pul oluvchiga berganidan soʻng, chiqim hujjatlariga imzo qoʻyishi lozim.
Kassirning stoli ustida berishga tayyorlab qoʻyilgan puldan tashqari boshqa hech qanday pul boʻlmasligi kerak.
98. Kassir pullarni birma-bir qayta sanamagan holda, nakladka va banderollarda koʻrsatilgan summalariga qarab oʻrami buzilmagan toʻliq bogʻlamlar va dastalar boʻyicha berishi shart.
Bunda bogʻlamdagi plombalar (kassirlarning shaxsiy raqamlari boʻlgan kafolat choklari) pul oluvchining ishtirokida qirqiladi. Toʻliq boʻlmagan dastalardagi, shuningdek oʻrami buzilgan dastalardagi pullarni kassir birma-bir qayta sanab berishi lozim.
Qop va paketlarga joylangan tangalar — paket va yoriqlardagi yozuvlariga qarab beriladi. Tanga butun qopi bilan beriladigan boʻlsa, bank kassiri qopdagi plombani pul oluvchining ishtirokida qirqishi shart.
99. Kassir pullarni donalab sanab berish uchun dastani ochganidan soʻng, undagi pullarning barchasini birma-bir qayta sanab koʻrishi lozim.
100. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi oʻramlaridagi pullarning bogʻlamlari ochilib, mijozlarga alohida dastalar bilan yoki donalab sanab beriladigan hollarda bogʻlamdagi pul kassa mudirining yoki shu maqsadlar uchun ajratilgan xodimning ishtirokida oldindan va toʻliq birma-bir sanab koʻrilishi lozim.
101. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi oʻramidagi pullar mijozga berilayotgan vaqtda oxirgi uchta nominal qiymatdagi pullarning seriya va raqamlari alohida daftarda qayd etilib, mijozlarga imzo qoʻydirilgan holda berilishi shart.
102. Kassirlar mijozlarga pul berayotgan vaqtda, ularning talabiga binoan, bir qiymatdagi pullarni boshqa qiymatdagi pullarga almashtirib berish taqiqlanadi.
103. Bank kassasidan berilgan pulni olgan shaxs, kassa yonidan ketmay turib olingan umumiy summani hujjatda koʻrsatilgan summa bilan taqqoslashi, uni bogʻlamlar va dastalar boʻyicha tekshirishi, dasta toʻlmagan alohida pullarni esa shu pulni bergan kassirning kuzatuvi ostida birma-bir qayta sanab koʻrish orqali qabul qilib olishi lozim.
104. Bank mijozi qabul qilib olgan barcha pullarni maxsus ajratilgan xonada, bank kassiri yoki nazoratchi kuzatuvi ostida, birma-bir qayta sanab olishi shart.
Bunday hollarda chiqim kassasi kassiri berilayotgan pul bogʻlamlaridagi plombalarni yoki kafolat choklarini kesmaydi, balki, plombalar, tugunlar, banderollar va hokazolar toʻliq saqlanishini kuzatib turadi. Pul dastasidan ortiqcha yoki kamomad chiqqan holda ikki nusxada mazkur Yoʻriqnomaning 31-ilovasida koʻrsatilgan 145-shakldagi dalolatnoma, agarda toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar aniqlansa, 145a-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, uning ikkinchi nusxasi buxgalteriya oʻtkazmalarini amalga oshirish uchun buxgalteriyaga yuboriladi. Bunda barcha banderollar, plombali oʻram materiali yoki polietilen paket va puli toʻgʻri chiqmagan dastaning ustki nakladkasi, shuningdek tanga solingan qopning yorligʻi plombali oʻram bilan birga toʻliq saqlanib qoladi.
105. Mijoz tomonidan bir bogʻlamdagi naqd pullar qayta sanab boʻlinganidan soʻng, bank nazoratchisi bogʻlamning plombasi (kassirlarning shaxsiy raqamlari boʻlgan kafolat choklari)ni qirqib oladi va mijoz tomonidan dastalar boʻyicha qayta sanalayotgan pullarni nazorat qilishni davom ettiradi.
106. Oluvchilarning pul yoki tangalari yetishmayotganligi toʻgʻrisidagi arizalari, agar ular kassa yonidan ketmay pulni qayta sanab olmagan yoki qayta sanash uchun ajratilgan xonada bank nazoratchisi kuzatuvi ostida qayta sanamagan boʻlsalar, qoniqtirilmaydi. Bu haqda chiqim kassalari oldida koʻzga koʻrinarli joyga eʼlon yozib qoʻyilishi shart.
Pul oluvchilarning eʼtirozlari qoniqtirilgan yoki qoniqtirilmaganligidan qatʼi nazar, bank rahbari pul yetishmayotganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish uchun chora koʻrishi shart.
107. Xoʻjalik yurituvchi subyekt vakili bank kassasiga pul topshirmay turib, bir vaqtning oʻzida pul olish uchun chek va naqd pul qoʻyish eʼlonini taqdim etgan hollarda, bunday operatsiyalarni bajarish taqiqlanadi.
108. Bank rahbari alohida hollarda, chekda koʻrsatilgan summa boʻyicha qisman pul berilishiga ruxsat etganidan soʻng, pul oluvchiga ushbu chek boʻyicha berilayotgan amaldagi pul summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berilishi mumkin.
Maʼlumotnomaga rahbar va bosh buxgalter imzolari qoʻyilib, bank muhri bosiladi. Pul oluvchidan olingan pul summasi toʻgʻrisida chekning orqa tomoniga tilxat yozdirib olinadi. Chekka qisman pul toʻlanganligi haqidagi maʼlumotnomaning nusxasi ilova qilinib, u shu kunning kassa hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
109. Bank amaliyot kuni oxirida kassir, hisobdorlik asosida qabul qilingan summani, chiqim hujjatlaridagi summaga va pul qoldigʻiga taqqoslab koʻrganidan soʻng, mazkur Yoʻriqnomaning 35-ilovasida keltirilgan 110-shakldagi hisobot maʼlumotnomasini tuzib imzolaydi va unda koʻrsatilgan kassa aylanmalarini bank buxgalteriyasi xodimlarining kassa jurnallaridagi yozuvlari bilan taqqoslaydi. Taqqoslash kassir tomonidan chiqim kassa jurnaliga imzo qoʻyishi va buxgalteriya xodimlarining kassir maʼlumotnomasiga qoʻyilgan imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
110. Kassaning chiqim aylanmalari mazkur Yoʻriqnomaning 36-ilovasida keltirilgan 111-shakldagi kassa aylanmalari haqidagi jamlama maʼlumotnomaga umumiy summa boʻyicha kiritiladi.
111. Kassir belgilangan tartibda tayyorlangan pul qoldigʻini va shu kunning chiqim kassa hujjatlarini hisobot maʼlumotnomasi bilan birga 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirib, kassa mudiriga topshiradi. Kassa mudiri hisobot maʼlumotnomasini tekshirib, uni pul qoldigʻi bilan taqqoslaganidan soʻng oʻz imzosini qoʻyadi hamda uni shu kunning kassa hujjatlariga tikib qoʻyish uchun kassirlardan biriga beradi.
112. Bank amaliyot kuni oxirida kassirlarda qolgan va boshqa kassirlar tomonidan oʻrab-bogʻlagan alohida dastalardagi pullar va plombalanmagan pul bogʻlamlari kassa mudiriga berilishidan avval, belgilangan tartibda birma-bir qayta sanalishi va oʻrab bogʻlanishi kerak. Boshqa kassirlar tomonidan joylangan alohida tangali paketlar donalab sanalmasdan, turli qiymatdagi tangalarning yigʻma (nikel tangalar alohida, bronza tangalar alohida) qopiga joylanadi.
Toʻliq bogʻlanishi mumkin boʻlmagan bogʻlam va dastalardagi pullarni kun oxirida aylanma kassa kassirlari kassa mudirining koʻrsatmasiga binoan kassirlardan biriga, ularni birlashtirish uchun oʻzlarining 155-shakldagi kitobiga imzo qoʻydirgan holda berishlari mumkin.
113. Bank xodimlariga ish haqi toʻlash uchun olingan boʻnak (avans) qoldigʻi, ish kuni tugaganidan soʻng, kassir tomonidan qopga joylanib, qop ogʻzi yorliq bilan birga qoʻshib tikiladi va tizimcha bilan siqib bogʻlanadi. Tizimchaning titilgan joylari va tugunlari boʻlmasligi kerak. Yorliqda qop bogʻlangan sana va unga solingan pul summasi koʻrsatilganidan soʻng, kassir imzo qoʻyib, unga nomi yozilgan toʻrtburchak muhrni bosadi.
Tizimcha uchlari chandib bogʻlanganidan soʻng, kassirning plombiri bilan plombalanadi. Ushbu qopni keyingi ish kuni boshlanishiga qadar saqlash uchun 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirgan holda kassa mudiriga topshiradi.
Kassa mudiri tomonidan ushbu qopning butligi va uning toʻgʻri bogʻlanganligini tekshirib qabul qilish balansdan oʻtkazilmagan holda amalga oshiriladi.
114. Aylanma kassada mavjud boʻlgan naqd pul, oʻz limiti doirasidan oshmagan holda mijozlarning buyurtmalariga binoan, banklar tomonidan naqd pulni berish maqsadida oldindan tayyorlab qoʻyilishi mumkin.
115. Bank buxgalteridan olingan naqd pul cheklari boʻyicha keyingi ish kuni davomida beriladigan naqd pullarni oldindan tayyorlash va oʻrab-bogʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) pulni oldindan tayyorlab qoʻyish zimmasiga yuklatilgan kassir, kassa yakunlanganidan soʻng, oʻzi qabul qilib olgan chiqim hujjatlarining toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Agar mavjud boʻlgan naqd pullar yetmagan taqdirda, kassir yetmayotgan summani kassa mudirining 155-shakldagi kitobi orqali qabul qilib olishi mumkin;
b) har bir hujjat boʻyicha alohida tayyorlangan naqd pul (toʻliq va toʻliq boʻlmagan bogʻlamlar, plombalari oldindan kesilgan tangali qoplar, pullarning dastalari) kassirga beriladi. U nazoratchining kuzatuvi ostida, pul summalari va bogʻlamlari toʻgʻri tanlanganini tekshiradi hamda tashqi choklari boʻlmagan qopga joylaydi. Qop ogʻzi tikiladi va tugunlari hamda titilgan joylari boʻlmagan tizimcha bilan siqib bogʻlanadi. Yorliqda oʻrab-bogʻlangan sana va joylangan pulning umumiy summasi koʻrsatiladi. Shundan soʻng, kassir va nazoratchining imzolari qoʻyilib, familiyasi va ism-sharifi yozilgan toʻrtburchak muhrlari bosiladi. Tizimcha uchlari chandib bogʻlanadi va kassirning plombiri bilan plombalanib, yorliqqa chiqim hujjatlari biriktirib qoʻyiladi.
Berishga tayyorlab qoʻyilgan va uncha koʻp boʻlmagan summalar joylangan qoplar, umumiy qopga yoki qulflanadigan aravachaga joylanishi mumkin. Kassir ularni plombalaydi, joylangan pulning umumiy summasi koʻrsatilgan yorliqni biriktirib qoʻyadi. Yorliqqa sana, kassir va nazoratchining imzosi qoʻyilib, familiyasi va ism-sharifi yozilgan toʻrtburchak muhr bosiladi. Bunday hollarda barcha chiqim hujjatlari umumiy yorliqqa biriktiriladi;
v) berish uchun tayyorlab qoʻyilgan naqd pulni kassa mudiri chiqim hujjatlari bilan birga kassirning 155-shakldagi kitobiga imzo qoʻyib qabul qilib oladi.
116. Pullar qoplar (aravachalar)ga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlariga qarab qabul qilinadi va bunda ularning butligi, pulning toʻgʻri oʻrab-bogʻlanganligi va plombir izlarining aniq tushganligi tekshiriladi.
Kassir keyingi ish kun ertalab kassa mudiridan 155-shakldagi kitobga imzo qoʻygan holda, pulni aynan shu tartibda qabul qilib oladi.
117. Kassir naqd pulli qoplarni mijozlarga berishni ushbu Yoʻriqnomaning 97-bandiga muvofiq amalga oshiradi. Berilayotgan qoplardan plombalar qirqib olinmaydi.
Mijozlar qoplarni maxsus ajratilgan xonada bank xodimining kuzatuvi ostida ochadilar, plombalarni esa, bank xodimi qirqib oladi.
VII bob. Kechki kassa tomonidan pul va boshqa qimmatliklar solingan xalta (qop)larni inkassatsiya xizmati xodimlaridan qabul qilib olish tartibi
118. Bank amaliyot kuni tugaganidan soʻng inkassatsiya xizmati xodimlaridan naqd pul va boshqa qimmatliklar solingan xalta (qop)larni qabul qilish maqsadida banklarda kechki kassalar tashkil etiladi. Kechki kassada inkassatsiya xalta (qop)larini qabul qilib olish kassa va buxgalteriya xodimlari hisobidan tayinlangan kechki kassa kassiri va nazoratchi-buxgalteri tomonidan amalga oshiriladi.
119. Kechki kassaning nazoratchi buxgalteri qayta sanash kassasida ishlashi, shuningdek qayta sanash kassasining nazoratchisi esa, kechki kassa xodimlarining vazifasini bajarishi qatʼiyan taqiqlanadi.
120. Inkassatorlar brigadasi bir yoʻnalish boʻyicha harakatlangan taqdirda, kechki kassaning kassiri naqd pul solingan xalta (qop)larni brigada boshligʻidan, shu brigadada ishlovchi barcha inkassatorlar ishtirokida qabul qilib oladi.
121. Agarda inkassatorlar brigadasi bir nechta yoʻnalish boʻyicha harakatlangan hollarda, pul tushumini yigʻishda qatnashgan avtomashina haydovchisi qimmatliklar solingan xaltalar kassir tomonidan qabul qilib boʻlinguniga qadar avtomashina yonida boʻlishi va boshqa yoʻnalishlardan yigʻilgan pul tushumi solingan xaltalarni qoʻriqlab turishi shart.
122. Inkassatorlar pul tushumi solingan xalta (qop)larni topshirayotgan vaqtda mazkur Yoʻriqnomaning 19-ilovasida keltirilgan ushbu xaltalarga berilgan 006-shakldagi yuk xatlarini, 32-ilovada koʻrsatilgan 107-shakldagi tashrif varaqlarini va boʻsh xalta (qop)larning soni hamda 8-ilovada keltirilgan yoʻnalish boʻyicha inkassatorlarga beriladigan boʻsh xaltalar va tashrif varaqlarining soni toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani yuk xatlari bilan tashrif varaqalaridagi yozuvlar bir-biriga mos kelishini tekshirish uchun kechki kassaning nazoratchi-buxgalteriga taqdim etadi. Inkassatorlardan qabul qilib olinishi kerak boʻlgan xaltalar (qoplar) mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasida keltirilgan qabul qilib olingan naqd pulli xalta, qop hamda boʻsh xaltalarni qayd etish blankasida 2 nusxada toʻldirilib, roʻyxatga olingan yuk xatlarini kassirga beradi.
Inkassatsiya xaltalarini qabul qilish vaqtida tashrif varaqalarida tegishli izohlarsiz qilingan tuzatishlar, tashrif varaqalardagi yozuvlar bilan yuk xatlaridagi yozuvlar oʻzaro mos kelmasligi va boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda, shuningdek qoʻshimcha topshirilgan pul tushumi solingan xaltalarning raqamlari blankaning “Eslatma” ustunida koʻrsatilishi lozim. Qoʻshimcha nazorat qilish uchun varaqda koʻrsatilgan umumiy summa tashrif varaqalaridagi umumiy summalar bilan solishtirilishi shart.
123. Nazoratchi-buxgalter kassaga topshirilishi kerak boʻlgan boʻsh xalta (qop)larning soni va raqamlarini tashrif varaqlariga yozilgan maʼlumotlar va boʻsh xaltalarning amaldagi soniga qarab aniqlaydi.
Shundan soʻng, nazoratchi-buxgalter inkassatorlar tomonidan kassaga topshirilgan xalta (qop)larning sonini maʼlumotnomada (8-ilova) koʻrsatilgan raqamiga mos kelishini tekshiradi va tashrif varaqlarini inkassatorlarga qaytarib beradi.
124. Kassir naqd pul solingan xalta (qop)larni qabul qilib olish vaqtida quyidagilarni:
a) pul solingan xalta (qop)larda biron-bir tashqi shikastlanish va boshqa nuqsonlar (yamoqlar, tashqi choklar, yirtilgan joylar, qisilmagan va shikastlangan plombalar, tizimchalarning uzilgan yoki tugilgan joylari va hokazolar) bor-yoʻqligini;
b) plombirlar izining aniqligi va tasdiqlangan namunalariga mos kelishini (ushbu Yoʻriqnomaning 355-bandi);
v) inkassatorlar topshirayotgan xaltalarning raqamlari yuk xatlarida koʻrsatilgan raqamlariga mos kelishini;
g) tanga solingan qoplarning soni, shuningdek qabul qilinayotgan tushumning umumiy summasi, yuk xatlarida koʻrsatilgan summaga mos kelishini tekshiradi.
125. Har bir yoʻnalish (kirib oʻtish) boʻyicha xalta (qop)larni qabul qilib boʻlganidan soʻng, kassir, nazoratchi-buxgalter, katta inkassator va yigʻuvchi inkassatorlar blankaning (7-ilova) ikkala nusxasiga imzo qoʻyadilar. Birinchi nusxasiga qimmatliklarni topshirgan inkassatorlar brigadasining muhri (shtamp) bosiladi, ikkinchi nusxasiga esa kechki kassaning muhri bosilgan holda, nazoratchi-buxgalter tomonidan brigadaning katta inkassatoriga beriladi. Muhr kechki kassa kassiriga biriktirilgan boʻlib, unda saqlanishi shart.
126. Kassir yoʻnalish (kirib oʻtish) boʻyicha qabul qilingan xalta (qop)larni nazoratchi-buxgalterning kuzatuvi ostida pul saqlash ombori (seyf)ga joylaydi. U nazoratchi-buxgalter bilan birga blankada (7-ilova) koʻrsatilgan xalta (qop)lar sonini yoʻnalish boʻyicha qabul qilib olingan xaltalar soni bilan solishtiradi va qabul qilingan barcha xaltalar pul saqlash ombori (seyf)ga joylanganligiga ishonch hosil qilgach, pul saqlash omborini (seyf) ikkita kalit bilan qulflab, ikkita surgʻuchli muhr bilan muhrlaydilar.
127. Birinchi kalit, muhr bilan birga kassirga, ikkinchi kalit va muhr nazoratchi-buxgalterga biriktiriladi. Bunda har bir xodim omborni oʻz kaliti bilan qulflab, shaxsiy muhri bilan muhrlaydi va belgilangan tartibda qoʻriqlash xizmatiga topshiradi.
128. Pul va boshqa qimmatliklar solingan xaltalarni qabul qilib olinganligi haqidagi hujjatlar inkassatsiya qilingan tushum bilan birga saqlanadi.
129. Barcha yoʻnalishlar boʻyicha qabul qilingan pulli xalta (qop)lar va boʻsh xaltalarning umumiy soni toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (10-ilova) ikki nusxada tuziladi.
Maʼlumotnomaning birinchi nusxasi, xaltalarni qabul qilish hisobini yuritish daftari bilan birga pulni qayta sanash kassasi nazoratchisiga, uning har ikkala nusxasiga imzo qoʻydirgan holda beriladi. Maʼlumotnomaning ikkinchi nusxasi kechki kassa xodimlarining pul saqlash omborida bir yilga qadar saqlanadi, shundan soʻng ular maxsus komissiya ishtirokida yoʻq qilinadi.
130. Inkassatorlar pul yoki boshqa qimmatliklar solingan nuqsonli xalta (qop)larni taqdim etayotgan vaqtda (plombasi shubhali boʻlgan, uning tizimchadan koʻchganligi, xalta (qop) yoki qulfning shikastlanganligi, inkassatsiya qilingan tushum summasi yuk xatida va tashrif varaqasida koʻrsatilgan summa bilan bir-biriga mos kelmasligi va hokazolar) kassir, nazoratchi-buxgalter bilan birga shunday xalta (qop)larni taqdim etgan inkassatorlar ishtirokida ularni ochadi hamda undagi pul va qimmatliklarni birma-bir qayta sanaydi.
131. Nuqsonli xalta (qop)larni ochib, undagi pul hamda qimmatliklarni birma-bir (donalab) qayta sanash bank rahbarining koʻrsatmasiga binoan, xoʻjalik yurituvchi subyektning vakili (mijoz) ishtirokida amalga oshiriladi.
132. Nuqsonli xalta (qop) qabul qilingan barcha hollarda undagi pul va qimmatliklarni qayta sanash natijalari toʻgʻrisida 3 nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga pul va qimmatliklarni qabul qilish hamda qayta sanashda qatnashgan barcha shaxslar imzo qoʻyadi. Dalolatnomada xalta (qop)ning qabul qilingan va ochilgan sanasi, uning raqami, qaysi xoʻjalik yurituvchi subyektga biriktirilganligi, undagi pul va qimmatliklar kim tomonidan qaysi xonada va kimlarning ishtirokida qayta sanalganligi, qanday shikastlar aniqlanganligi, pul va qimmatliklar qanday oʻramda boʻlganligi, pul va qimmatliklarning ilova hujjatlarida koʻrsatilgan summasi va xalta (qop)dagi qimmatliklar turi hamda qiymati boʻyicha qayta sanalgandagi amalda chiqqan summasi koʻrsatiladi.
Dalolatnomaning birinchi nusxasi bankning kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxasi — qimmatliklarni olib kelgan inkassatsiya xodimlariga beriladi, uchinchi nusxasi — qimmatliklarni inkassatorlarga topshirgan xoʻjalik yurituvchi subyektga topshiriladi. Xaltada katta miqdorda kamomad yoki qalbaki pullar aniqlangan taqdirda, dalolatnomaning toʻrtinchi nusxasi tuziladi va u zaruriyat tugʻilgan taqdirda, xaltada qimmatliklar kamomadi yoki qalbaki pullar toʻgʻrisidagi ashʼyoviy dalillar bilan birga (xalta (qop), plomba, banderol yoki tselofan, tizimcha va boshqalar) shahar (tuman) Ichki Ishlar boʻlimiga taqdim etilishi shart.
133. Inkassatorlar qimmatliklar solingan xalta (qop)lar, tashrif varaqalari va boʻsh xalta (qop)larni kam topshirganlarida yoki biron xil tashqi shikastlanish va boshqa nuqsonlari boʻlgan xalta (qop)dagi pul va qimmatliklardan kamomad aniqlangan taqdirda, shuningdek inkassatorlar oʻz yoʻnalishlaridan belgilangan vaqtda qaytmaganlarida hamda brigada ratsiya orqali chaqiriqqa javob bermagan hollarda, inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (navbatchi inkassator) yoki kechki kassaning nazoratchi-buxgalteri bu haqda bank rahbariga, inkassatsiya boʻlimi boshligʻiga, zarurat tugʻilgan taqdirda, inkassatsiya boshqarmasi boshligʻiga darhol xabar berishi shart.
134. Keyingi kun ertalab kechki kassaning kassiri va nazoratchi-buxgalteri quyidagilarni:
a) pul tushumi solinib inkassatsiya qilingan xaltalar va ularga berilgan yuk xatlari, shuningdek boʻsh xaltalar qayta sanash kassasiga ushbu Yoʻriqnomaning 144 — 146-bandlarida belgilangan tartibda topshiradilar;
b) maxsus kassalarning naqd pul solingan qop (xalta)lari va ularga berilgan yuk xatlari kassa mudiriga maʼlumotnomaning (10-ilova) har ikkala nusxasiga imzo qoʻydirgan holda topshiradi.
135. Kassa mudiri maxsus kassalarning naqd pul solingan qop (xalta)larini kechki kassaning kassiri va nazoratchi-buxgalteri ishtirokida ochadi hamda pullarni bogʻlamlar va dastalar boʻyicha, toʻliq boʻlmagan dastalarni birma-bir sanash yoʻli bilan, tangani esa — qoplarga biriktirilgan yorliqlar boʻyicha tekshiradi.
Kassa mudiri haqiqatda mavjud boʻlgan naqd pulni ilova qaydnomasidagi maʼlumotlarga solishtirib koʻrganidan soʻng, kechki kassaning kassiri va nazoratchi-buxgalteri bilan birga qaydnomani hamda unga tegishli boʻlgan yuk xatini imzolaydilar. Shundan soʻng kassa mudiri qabul qilingan pul summasini oʻzining 155-shakldagi kitobiga kiritadi. Yuk xatlari belgilangan tartibda mijozning hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun buxgalteriya xodimiga beriladi, ilova qaydnomalari esa, shu kunning kassa hujjatlariga tikiladi.
136. Agar maxsus kassadan qabul qilingan naqd pulni, kechki kassaning ish sharoitiga koʻra, kassa mudiriga topshirishning iloji boʻlmasa, naqd pulli xalta (qop)lar kechki kassa xodimlari tomonidan 155-shakldagi kitobga imzo qoʻydirgan holda, qayta sanash kassasiga boshchilik qilayotgan nazoratchi kassirga — keyinchalik ushbu Yoʻriqnomaning 134-135-bandlariga muvofiq kassa mudiriga berish uchun topshiriladi. Bunday holda kassa mudiri xalta (qop)larni qayta sanash kassasining nazoratchi kassiri huzurida ochadi.
VIII bob. Naqd pulni qayta sanash
137. Pul va boshqa qimmatliklarni oʻz vaqtida qayta sanash, ularni shakllantirish va oʻrab-bogʻlashni taʼminlash maqsadida, banklarda qayta sanash kassalari tashkil etiladi.
138. Qayta sanash kassasining xonasi, kassa tarmogʻining boshqa xizmatlaridan muhofazalangan, eshiklar ichki tomondan qulflanadigan va kirish eshigiga kuzatuv tuynukchasi (glazok) oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
139. Metall tangalarni mashinalarda qayta sanash uchun alohida xona yoki kabina ajratilishi va uning devor hamda shift (potolok)lari shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplangan boʻlishi shart.
140. Qayta sanash kassasining xonasi qayta sanash brigadasi nazoratchilari tomonidan qayta sanash uchun qabul qilib olingan pul tushumi solingan xaltalarni saqlash uchun qulflanadigan metall tortmali maxsus stollar yoki metall shkaflar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
141. Kassirlar stoli kassirning ish joyini ajratib turuvchi va balandligi 25 — 30 sm.ni tashkil etuvchi oyna bilan ajratilishi, uning tortmalari va qulflanadigan metall stollari esa qayta sanalgan tushumni saqlash uchun sozlangan boʻlishi shart.
142. Pulni qayta sanash — qayta sanash kassasining sanoq brigadalari yoki yakka tartibda kassirlar tomonidan amalga oshiriladi. Agarda bank kassasida brigada usuli bilan ish olib boriladigan boʻlsa, unda har bir brigadaga nazoratchi boshchilik qiladi. Sanoq brigadasi nazoratchisining vazifasi, pulni qayta sanash kassasining tajribali xodimi zimmasiga yuklatiladi. Har bir sanoq brigadasi 6-7 kishidan koʻp boʻlmagan xodimlardan tashkil topishi lozim.
143. Agar pulni qayta sanash kassasida bitta brigada boʻlsa, tushlik vaqtida kassirlar oʻzlarida mavjud boʻlgan naqd pullarni umumiy metall shkafda saqlashlari mumkin. Bunday hollarda har bir kassir oʻziga tegishli boʻlgan pulni alohida qop yoki qutichaga solib qoʻyishi shart. Bunda shkaf ikkita: brigada nazoratchisidagi va kassirlardan biridagi kalitlar bilan qulflanib, nazoratchi-kassirning plombiri bilan plombalanadi. Shkafning qulflanishi va ochilishi brigadaning barcha kassirlari ishtirokida amalga oshiriladi.
144. Nazoratchi yoki brigada nazoratchisi naqd pulli xaltalar bilan ularga tegishli boʻlgan yuk xatlarini kechki kassa kassiri va nazoratchi-buxgalteridan maʼlumotnomaning (10-ilova) ikkala nusxasiga imzo qoʻygan holda qabul qilib oladi.
145. Brigada nazoratchisi xaltalarni blankalar (7-ilova) hamda yuk xatlari boʻyicha ushbu Yoʻriqnomaning 124-bandida koʻzda tutilgan tartibda mustaqil ravishda qabul qilib oladi. Xaltalarni qabul qilish-topshirish vaqtida xonada begona shaxslarning boʻlishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Shundan soʻng, kechki kassa kassiri boʻsh inkassatsiya xaltalari, blankalar (7-ilova), maʼlumotnoma (8-ilova), xaltaning raqamlari qabul qilib olingan naqd pulli xalta, qop hamda boʻsh xaltalarni qayd etish blankasida (7-ilova) koʻrsatilgan raqamiga mos kelishini tekshirish uchun qayta sanash kassasiga rahbarlik qiluvchi nazoratchi kassirga beradi.
146. Bank amaliyot kuni davomida inkassatsiya xodimlari tomonidan keltirilgan naqd pul solingan xaltalarni brigada nazoratchisi tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 124-bandida belgilangan tartibda buxgalteriya tomonidan ajratilgan nazoratchi-buxgalter ishtirokida qabul qilib olinadi. Bunday hollarda blankaning (7-ilova) ikkinchi nusxasi qayta sanash kassasi nazoratchisining muhri bilan muhrlanadi. Muhr nazoratchiga biriktirilgan boʻlib, unda saqlanishi shart. Bank amaliyot kuni mobaynida qabul qilingan naqd pulli xalta(qop)lar va boʻsh xaltalar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (10-ilova) bir nusxada tuziladi.
147. Xaltalar qabul qilinayotgan vaqtda brigada kassirlarining ishini kassaning boshqa xodimi yoki kassa mudiri xaltalarni qayta sanash uchun bermagan holda nazorat qilib turishi lozim.
148. Brigada nazoratchisi tomonidan xaltalar va qayta sanalgan pullarning natijalari haqidagi hisobot 176-shakldagi nazorat qaydnomalarida olib boriladi (15-ilova).
149. Brigada nazoratchisi kassirlarga pulni sanash uchun bittadan xalta beradi, uning raqamini esa nazorat qaydnomasiga oldindan yozib qoʻyadi.
150. Kassir nazoratchining kuzatuvi ostida tizimchaning bir tomonidan kesib xaltani ochadi hamda undan pul va cheklarni oladi soʻngra, xaltani nazoratchiga berib, plombani oʻzida olib qoladi.
151. Nazoratchi barcha pul va cheklarni xaltadan olinganligini tekshirib koʻrganidan soʻng, xaltaning ichki choʻntagidan ilova qaydnomasini oladi, soʻngra xalta bilan hujjatlarni oʻzida nazorat uchun olib qoladi.
152. Ochilgan xaltaning plombasi tizimcha bilan birga, xaltadan olingan qimmatliklar qayta sanab boʻlinguniga qadar kassirda saqlanadi.
153. Qimmatliklar qayta sanab boʻlinganidan soʻng, kassir xaltadan amalda chiqqan pul va cheklar summasini nazoratchiga aytadi. Nazoratchi aytilgan summani ilova qaydnomasining old va orqa tomonlarida koʻrsatilgan summalarga solishtiradi.
Kassir maʼlum qilgan summalar ilova qaydnomasida koʻrsatilgan summalar bilan bir xil chiqsa, nazoratchi ilova qaydnomasi bilan birga yuk xatlarini kassirga imzo qoʻyish uchun beradi.
154. Kamomad, toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar (ular miqdorining qanchaligidan qatʼi nazar) aniqlangan taqdirda, plomba tizimcha bilan birga, topshiruvchining xohishiga binoan, koʻrib chiqish uchun unga beriladi. Bunday hollarda xalta plombasi tizimchadan ajratilmaydi va yorliqda koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning xalta raqami, aniqlangan sana va kamomad summasi, hisobchi-kassir va brigada nazoratchisining imzolari qoʻyilgan holda, brigada nazoratchisida 10 ish kuni mobaynida saqlanadi.
155. Brigadaning kassiri va nazoratchisi tomonidan xaltalardagi hisob-kitob cheklarining toʻgʻri rasmiylashtirilganligi (imzolarning borligi, soʻz va raqam bilan yozilgan summalarning oʻzaro mos kelishi, ular toʻlov uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi xoʻjalik yurituvchi subyektning muhri hamda mansabdor shaxslarning imzolari mavjudligi) tekshiriladi.
Shundan soʻng, nazoratchi ularni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi va nazorat qaydnomasiga summalarni yozib qoʻyadi.
156. Kassir sanab boʻlgan pullarni oʻzining stol tortmasiga solib qoʻyadi hamda cheklarning soni va summalarini 175-shakldagi nazorat varagʻida (21-ilova) qayd etib, hisob brigadasining nazoratchisiga imzo qoʻydirgan holda beradi.
Nazoratchi tomonidan kassirlarga berilgan xaltalardagi pullar qayta sanab boʻlinganidan soʻng, ushbu pullar yoʻriqnomaning IV-bobida qayd etilgan tartibda dastalanadi va oʻrab-bogʻlanadi.
157. Xaltalardagi summalar ilova qaydnomalarida koʻrsatilgan summalarga mos kelmagan taqdirda, kassir nazoratchi bilan birga sanab boʻlingan pullarni ilova qaydnomasining orqa tomonidagi kupyuralar roʻyxati bilan solishtirib koʻrishi, nazoratchi esa, summasi mos kelmagan oʻsha qiymatdagi pullarni qayta sanab koʻrishi shart.
158. Kamomad, ortiqcha, (toʻlovga yaroqsiz, qalbaki) pullar tasdiqlangan taqdirda, kassir tomonidan ilova qaydnomasining old tomonidagi dalolatnoma toʻldiriladi hamda xaltaning yuk xatiga kassir va nazoratchi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning vakili, agar u pul tushumini qayta sanash vaqtida ishtirok etgan boʻlsa, imzolaydilar.
159. Pul va cheklarning kamomad summasi 1000 soʻmdan yuqori boʻlsa, nazoratchi — kassa mudirini, mijozni va bank rahbarini xabardor qiladi.
160. Mablagʻlar oldindan mijoz hisobvaragʻiga oʻtkazilgan holda, qayta sanash vaqtida ular tomonidan xaltalarga solingan pullarning notoʻgʻri qoʻyilganligi (ortiqcha, kamomad, toʻlovga yaroqsiz, qalbaki) aniqlansa, kassir bu haqda alohida dalolatnoma (17-ilova) tuzadi va ushbu dalolatnoma buxgalteriya xodimlariga mijoz hisobvaragʻidagi oʻtkazmani tartibga keltirish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
161. Bank tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 155-bandida koʻrsatib oʻtilgan sabablarga koʻra, qabul qilinishi mumkin boʻlmagan cheklar, xoʻjalik yurituvchi subyektga qaytarib beriladi.
162. Ilova qaydnomasi va yuk xatining orqa tomoniga chekni qaytarish sababi koʻrsatilib, kassir bilan nazoratchi imzo qoʻyadilar. Chek boʻsh xaltaga solinib, qimmatliklarni qayta sanagan kassir tomonidan plombalanadi. Xaltaga xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va chek summasi koʻrsatilgan yorliq biriktirib qoʻyiladi.
163. Qayta sanash vaqtida aniqlangan kamomad, ortiqcha, (toʻlovga yaroqsiz, qalbaki) pullar qayta sanash kassasida har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻyicha alohida daftarda, shuningdek xaltaga notoʻgʻri qoʻyilgan tushumlarni aniqlagan har bir kassir boʻyicha esa alohida kitobga (39-ilova) qayd etiladi.
164. Bank rahbarlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul tushumining topshirilishi boʻyicha tartib oʻrnatish choralarini koʻrishlari shart.
165. Qayta sanash vaqtida aniqlangan toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar hamda tangalar uchun oʻsha xaltaga tegishli boʻlgan ilova qaydnomasi va xaltadagi yuk xatiga dalolatnoma tuzilib, unda har bir pulning seriya va raqamlari, qiymati hamda tangalar summasi koʻrsatiladi. Toʻlovga yaroqsiz pullarga “Almashtirib berish rad etildi” degan muhr bosilib, unda bank nomi, sana va ushbu qarorni qabul qilgan shaxsning imzosi koʻrsatiladi (1-ilova).
166. Dalolatnomada qayd etilgan pul va tangalar qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi xodimga beriladi. Ushbu xodim xoʻjalik yurituvchi subyektning xaltalarida aniqlangan toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullarning qiymati va ularning raqami yoki tangalar summasi boʻyicha qabul qilinganligi yuzasidan maʼlumotnoma tuzadi. Maʼlumotnoma 003-shakldagi kirim ordyerlarini (20-ilova) tuzish va koʻrsatib oʻtilgan pullarning 90145 “Toʻlovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvaragʻiga kirim qilinishi uchun bankning bosh buxgalteriga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
167. Kirim ordyerlari uch nusxada tuzilib — birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga, ikkinchisi — buxgalteriyaning kunlik hujjatlarida qolish uchun va uning uchinchi nusxasi — toʻlovga yaroqsiz (qalbaki) pullar bilan birga saqlanadi. Shundan soʻng, ordyerlar, toʻlovga yaroqsiz pul va tangalar kassa mudiriga topshiriladi.
168. Toʻlovga yaroqsiz pul va tangalar aniqlangan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida mijozning talabiga koʻra bankdan tashqariga olib chiqmaslik sharti bilan, unga koʻrsatilishi mumkin. Kelgusida ushbu toʻlovga yaroqsiz pullar inkassatorlar orqali Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Hisob-kitob-kassa markaziga roʻyxatlar (1 va 23-ilova) bilan birga 90143 “Ekspertizaga qabul qilingan yoʻldagi banknot va tangalar” hisobvaragʻiga oʻz nominal qiymati boʻyicha yuboriladi. Ushbu toʻlovga yaroqsiz pul va tangalar tegishli mutaxassislar tomonidan ekspertiza qilinganidan soʻng, belgilangan tartibda yoʻq qilinadi yoki almashtirib berish uchun tegishli bankka yuboriladi.
169. Aniqlangan qalbaki pullar ushbu Yoʻriqnomaning 203-bandida koʻzda tutilgan tartibda chora koʻrish uchun bank boshqaruvchisiga xabar qilinadi.
170. Zarurat tugʻilgan taqdirda, naqd pul solingan xaltalar kun davomida qayta sanash brigadasining bir nazoratchisi tomonidan ikkinchisiga nazorat qaydnomasining orqa tomonida berilgan xaltalarning raqamlari va umumiy sonini (raqam va soʻz bilan) koʻrsatgan holda imzo qoʻyib, topshirilishi mumkin.
171. Barcha xaltalar ochilib, naqd pullar qayta sanab boʻlinganidan soʻng, qayta sanash brigadalari nazoratchilari nazorat qaydnomalari boʻyicha sanalgan pul tushumi summasini har bir kassir boʻyicha alohida koʻrsatadilar hamda xaltalarga tegishli boʻlgan ilova qaydnomalari va yuk xatlarini, shuningdek cheklarni, pulni qayta sanash kassasiga boshchilik qilayotgan nazoratchi kassirga beradilar. Cheklar 175-shakldagi nazorat varagʻiga ularning soni va summalarini koʻrsatgan holda, imzo qoʻydirib topshiriladi (21-ilova).
172. Nazoratchi kassir ilova qaydnomalari va yuk xatlaridagi kamomad, ortiqcha, toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pul hamda tangalar, cheklardagi kamomadlar, ortiqcha va nuqsonli cheklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qanday toʻldirilganligini tekshirganidan soʻng, buxgalteriya xodimlariga xaltalar yuk xatlarini va hisob-kitob cheklarini qayd etish (raznosnoy) daftariga cheklar soni va summalarini koʻrsatgan holda, imzo qoʻydirib beradi.
173. Xaltalarga tegishli boʻlgan yuk xatlari hisobini yurituvchi buxgalteriya xodimlariga tushumni qayta sanash natijalari boʻyicha kirim kassa jurnaliga yozib qoʻyish va buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun beriladi.
174. Kun oxirida kassir oʻzi qayta sanagan va oʻrab bogʻlagan naqd pul summalarini nazorat qaydnomasidagi (15-ilova) maʼlumotga mos kelishini taqqoslaganidan soʻng, nazorat qaydnomasi kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi.
175. Koʻrsatib oʻtilganlar solishtirib boʻlinganidan soʻng, kassir toʻliq pul bogʻlamlarini kassa mudiriga 175-shakldagi nazorat varagʻiga (21-ilova) imzo qoʻydirgan holda topshiradi. Kassa mudiriga bank amaliyot kuni davomida pul berish ehtiyoji tugʻilgan taqdirda, kun oxiridagi taqqoslash xuddi shu tartibda amalga oshiriladi.
176. Toʻliq bogʻlamlar, dastalar, paketlar va qoplarni shakllantirishga yetmagan pul va tangalar, pulni qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi nazoratchining koʻrsatmasiga binoan, barchasini yigʻib, oʻrab-bogʻlash uchun maxsus ajratilgan bir yoki bir nechta kassirga 175-shakldagi nazorat varaqlariga (21-ilova) imzo qoʻydirib topshiriladi. Ular pulni dastalab, belgilangan tartibda oʻrab-bogʻlaganlaridan soʻng, naqd pulni kassa mudiriga 175-shakldagi nazorat varagʻiga (21-ilova) imzo qoʻydirib, topshiradilar.
177. Kassirlar pulni topshirib boʻlganlaridan soʻng, pulni qayta sanash kassasining brigada nazoratchilari, nazorat qaydnomalarida chiqarilgan va qayta sanalgan pul tushumini har bir kassir boʻyicha qaydnomada koʻrsatilgan summalarni nazorat varaqalarining yakunlari bilan solishtiradilar. Brigada nazoratchilari ortiqcha va kamomad pullarni hisobga olgan holda, qaydnomalarning umumiy summasini oʻzlari ochish va qayta sanash uchun qabul qilib olgan xaltalarga solingan pulning koʻrsatilgan summasiga taqqoslaydilar hamda kassirlarning qaydnomalari, nazorat varaqalari va boʻsh xaltalarni qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi katta kassirga beradilar.
178. Katta kassir brigada nazoratchilari qaytargan boʻsh xaltalar sonini qayta sanash uchun qabul qilib olgan xaltalar soniga mos kelishini va pulning toʻliq topshirilganligini tekshiradi. Tekshirib boʻlganidan soʻng, pulni qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi katta kassir qayta sanab boʻlingan naqd pullarga doir hujjatlarni kassa mudiriga topshiradi.
179. Kassa mudiri kassirlardan qabul qilib olgan pul summasini nazorat qaydnomalarida koʻrsatilganiga mos kelishini tekshiradi. Shundan soʻng aylanma kassasiga oʻzi qabul qilib olgan pul summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga (10-ilova) imzo qoʻyib, maʼlumotnoma (8-ilova), blanka (7-ilova), shuningdek naqd pulni qayta sanashga doir boʻlgan nazorat qaydnomalarini (15-ilova) bankning bosh buxgalteriga topshiradi.
180. Ish kuni oxirida nazorat varaqalari kassirlar tomonidan pulni qayta sanash kassasi nazoratchisiga beriladi va u nazoratchida 10 ish kuni mobaynida saqlanadi.
181. Bosh buxgalter (uning oʻrinbosari) kirim kassa daftari yakunlarini naqd pul joylangan xalta, qop hamda boʻsh xaltalarni hisobga olish blankasini (7-ilova), kechki kassa tomonidan qabul qilib olingan naqd pulli va boʻsh xaltalar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (10-ilova) bilan pulni qayta sanash vaqtida aniqlangan va nazorat qaydnomalarida koʻrsatilgan (15-ilova) ortiqcha, kamomad, toʻlovga yaroqsiz, qalbaki pul va tangalarni hisobga olgan holda taqqoslaydi. Ushbu summani inkassatsiya boʻlimi boshligʻining inkassatorlar tomonidan topshirilgan umumiy tushum summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi bilan (9-ilova) taqqoslaydi va blanka (7-ilova) asosida qabul qilib olingan xaltalar sonini boʻsh xaltalar soni, yoʻnalishga chiqish uchun beriladigan tashrif varaqalarida koʻrsatilgan maʼlumotnoma bilan (8-ilova) solishtirib boʻlganidan soʻng, maʼlumotnomani (10-ilova) imzolaydi.
182. Inkassatorlar tomonidan topshirilgan ilova va nazorat qaydnomalari, tushumning umumiy summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (9-ilova), tashrif varaqlari va yoʻnalishga chiqish uchun berilgan boʻsh xaltalarning soni toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (8-ilova), qabul qilib olingan naqd pulli xalta va qoplarni hisobga olish blankasi (7-ilova), kechki kassa tomonidan qabul qilingan naqd pulli va boʻsh xaltalar (qoplar) toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (10-ilova) kunlik kassa hujjatlariga tikiladi.
183. Nazoratchi kassir ish kuni tugaganidan soʻng yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qayta sanash davomida boʻshatilgan xaltalarini inkassatsiya xodimlari yoki kassa mudiriga alohida kitobga (22-ilova) imzo qoʻydirgan holda beradi.
184. Agar dam olish kunlari inkassatorlar belgilangan tartibda pul tushumini umumiy tarzda yigʻsalar, lekin shu kuni pulni qayta sanash kassasi ishlamagan taqdirda, kassa mudiri yoki qayta sanash kassasi nazoratchisi shunday kunlar arafasida kassa mudiri yoki pulni qayta sanash kassasi nazoratchisining seyfida yoki metall shkafda saqlanayotgan boʻsh xaltalarni ushbu Yoʻriqnomaning 183-bandida oʻrnatilgan tartibda inkassatsiya boʻlimiga topshiradi.
185. Inkassatsiya qilingan tushum dam olish kunlari qayta sanalgan taqdirda, kassirlardan biri qayta sanalgan pulni qayta sanash kassasiga boshchilik qiluvchi xodimning nazorati ostida qabul qilib oladi va saqlaydi. Dam olish kunlari ushbu sanalgan qimmatliklarning daxlsizligini taʼminlash qaysi kassa xodimi (kassa mudiri yoki nazoratchi kassir)ga yuklatilganligi va shu kuni ishlagan barcha kassirlar roʻyxati bank boʻyicha chiqarilgan alohida buyruq bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ishga jalb etilgan xodimlar barcha pul va hujjatlarning pul saqlash ombori yoki seyfga qoʻyilganligini tekshiradilar hamda uni ikkita kalit bilan (har bir xodim mustaqil ravishda) qulflaydilar. Kalitlardan biri kassirda, ikkinchisi nazoratchida saqlanadi. Seyf ushbu shaxslarning muhrlari bilan muhrlanadi va belgilangan tartibda qoʻriqlash xizmatiga topshiriladi.
186. Dam olish kunlari qayta sanalgan tushum kechki kassaning kassiri va nazoratchi buxgalteriga topshirilishi mumkin va bu haqda bank boʻyicha buyruq chiqariladi. Koʻrsatib oʻtilgan tushum ushbu Yoʻriqnomaning IV-bobiga muvofiq dastalanadi va oʻrab bogʻlanadi hamda kechki kassa xodimlariga nazorat varaqasi asosida beriladi. Pul va cheklarning kassa mudiriga topshirilishi, keyingi ish kuni ertalab kechki kassa xodimlari tomonidan 155-shakldagi kitob boʻyicha amalga oshiriladi.
IX bob. Pul va tangalar ekspertizasi
187. Bank kassirlari muomaladagi pullarning tozaligi va ularning sifatini har kuni nazorat qilishlari shart. Pul va metall tangalarni qabul qilish hamda ular bilan ishlashda eskirgan, shikastlangan, shuningdek nuqsonli metall tangalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul va metall tangalarning toʻlovga yaroqlilik belgilarini aniqlash Qoidalariga (1-ilova) binoan muomaladan chiqariladi.
188. Kassirlar, pul sanash mashinalarida qayta sanalgan pul va tangalarni, shuningdek bevosita pul tushumini topshiruvchilar tomonidan saralangan pul va tangalarning haqiqiyligi, toʻlovga yaroqliligi va eskirganligini aniqlash masʼuliyatidan ozod etilmaydilar.
189. Toʻlov yoki almashtirib berish uchun qabul qilingan qalbaki yoki toʻlovga yaroqsiz pullarni qabul qilib olgan bank kassirlari, oʻzlari qabul qilgan qalbaki yoki toʻlovga yaroqsiz pul va metall tangalarning umumiy summasi boʻyicha moddiy javobgar hisoblanadilar.
Toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan pullar almashtirib berilmaydi.
190. Pullarning toʻlovga yaroqliligini aniqlashda ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasida keltirilgan tegishli setkadan foydalaniladi.
191. Banklar va ularning filiallari yongʻinlar yoki boshqa baxtsiz hodisalar oqibatida yaroqsiz holga kelgan pullarni (Davlat yongʻin nazorati organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma taqdim etilganda), ularning haqiqiyligiga ishonch hosil qilgach, bank (filial) rahbari ruxsati bilan almashtirib berish huquqiga egadirlar.
192. Shikastlangan pullarni almashtirib berish, mijozlar ularni bank kassasiga taqdim etganlaridan soʻng, buxgalteriya oʻtkazmalarisiz amalga oshiriladi. Shikastlangan pullarga “Almashtirilgan” degan toʻrtburchak muhr bosiladi va unda bank nomi, sanasi, pulning haqiqiyligini koʻzdan kechirgan shaxsning lavozimi koʻrsatilib, uning imzosi qoʻyiladi. Koʻrsatib oʻtilgan pullar eskirgan pullar toifasiga oʻtkaziladi.
193. Kelgusida pullarning butligini vaqtincha saqlash maqsadida, kassirlarga shikastlangan pullarni butun holda kalkaga yoki yupqa qogʻozga yopishtirish, tabiiy eskirish natijasida yaroqsiz holga kelgan pullarni esa alohida oʻrab bogʻlash tavsiya etiladi.
194. Bank kassirlari tomonidan shikastlangan pullarni polimer materiallar (skotch, sellofan va hokazolar) bilan yelimlash qatʼiyan man etiladi.
195. Agarda kassir uchun pul va tangalarning toʻlovga yaroqliligini aniqlashda qiyinchilik tugʻilsa, bunday holda yakuniy qarorni kassa operatsiyalari boʻlimining boshligʻi (kassa mudiri), zarur hollarda esa — bank rahbari qabul qiladi.
196. Almashtirib berishga ruxsat etilmagan pullarga “Almashtirib berish rad etildi” degan toʻrtburchak muhr bosilib, bank nomi, sanasi, shunday qarorga kelgan xodimning lavozimi koʻrsatiladi va imzosi qoʻyiladi.
197. Agar bank xodimlari pullarning toʻlovga yaroqliligini aniqlashda qiynalsalar, ushbu pullar mijozning xohishiga binoan 1-ilovada koʻrsatib oʻtilgan ariza shakliga muvofiq, ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.
Pullarni ekspertizaga qabul qilinganligi haqida mijozga 004-shakldagi kvitansiya beriladi.
198. Ekspertizaga qabul qilingan pullar koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari ordyerlari asosida 90141 “Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar” hisobvaragʻiga oʻz nominal qiymati boʻyicha kirim qilinadi. Inkassatsiya qilingan pul tushumini qayta sanash vaqtida yoki taftish, tekshiruv va boshqa hollarda ularning toʻlovga yaroqliligiga shubha tugʻdiradigan pul va tangalar ham aynan shu hisobvaraqqa kirim qilinadi.
199. Keyinchalik ekspertizaga olingan pullar bank mijozlarining arizalari bilan birgalikda, ekspertizaga olingan kundan boshlab 10 kundan kechiktirilmagan holda joylardagi Markaziy bank Bosh boshqarmasining Hisob-kitob kassa markazlari (HKKM)ga roʻyxat asosida (1 va 23-ilovalar) inkassatorlarning navbatdagi tashrifi orqali joʻnatiladi
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan toʻlovga yaroqsiz va ularning toʻlovga yaroqliligini aniqlashda shubha tugʻdiruvchi pullar keyinchalik Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasiga yuboriladi.
200. Bank filiallari tomonidan joʻnatilayotgan pullar 90143 “Ekspertizaga qabul qilingan yoʻldagi banknot va tangalar” hisobvaragʻining alohida ochilgan shaxsiy hisobvaragʻida oʻz nominal qiymatida hisobga olinadi. Pul joylangan joʻnatmalar qoplarga joylanib, filial rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudirining surgʻuchli muhrlari bilan muhrlanadi. Ushbu banknot va tangalar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga kirim qilinib, kirim qilinganligi haqidagi yozma tasdiqnomani bank filiali olganidan soʻng, ushbu pullar ekspertizadan oʻtkaziladi. Toʻlovga yaroqsiz deb topilgan summalarni hisobdan chiqarish qimmatliklar kirim qilinganligi toʻgʻrisida olingan tasdiqnomadan soʻng, amalga oshiriladi.
201. Toʻlovga yaroqli deb topilgan pul va tangalar eskirgan pullar toifasiga oʻtkaziladi hamda bir vaqtning oʻzida 90141 “Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar” hisobvaragʻidan chiqim qilinadi.
202. Ekspertizaga yuborilgan pul va tangalarni almashtirib berish rad etilgan taqdirda Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob-kassa markazlariga rad etish sabablarini yozma ravishda maʼlum qiladi.
Shikastlangan pul va tangalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ularni ekspertizaga topshirgan shaxslar xabardor qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bosh ekspertining xulosasi tegishli bankka xabar qilinadi va u mazkur bank uchun majburiydir.
203. Qalbaki pullar 90141 “Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar” hisobvaragʻiga oʻz nominal qiymati boʻyicha kirim qilinadi va bu haqda bank rahbariga xabar qilinadi va u Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus koʻrsatmalariga binoan belgilangan tartibda Ichki ishlarning tuman (shahar) organlariga qalbaki pulning qanday holatda aniqlanganligi, uning seriya va raqamini koʻrsatgan holda xabar qiladi. Qalbaki pullar ushbu hisobvaraqdan chiqim kassa orderi boʻyicha tilxat asosida huquqni muhofaza qilish organiga, uning yozma soʻrovnomasiga asosan beriladi. Qoʻshimcha axborot Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasi va Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga maʼlumot uchun yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
X bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzurida bankning maxsus kassalarini tashkil etish
204. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassasi shartnoma asosida tashkil etiladi va unga bank rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadigan katta kassir yoki nazoratchi boshchilik qilib, ayni vaqtda u kassa xodimlarining ishini ham nazorat qiladi. Shartnoma tuzishda 2-ilovada keltirilgan namunaviy shartnomadan foydalaniladi.
Tushgan pulni inkassatorlar orqali bankka yetkazish uchun maxsus kassaga brezentdan tikilgan standart qop (xalta)lar zarur miqdorda biriktirib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
205. Kassirlardan pulni qabul qilish va ularni qop (xalta)larga joylashtirish bank buyrugʻiga asosan ushbu vazifalar zimmasiga yuklatilgan maxsus kassa xodimlarining biri tomonidan katta kassir yoki nazoratchining kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
Kassirlardan qabul qilib olingan pullar standart brezent qop (xalta)larga joylanib, qoplarning ogʻzi tikiladi va tizimcha bilan 2,5 aylanishda mahkam bogʻlanganidan soʻng, tizimcha uchlari katta kassir tomonidan plombalanadi.
Kassir, katta kassir yoki nazoratchi barcha pullar qoplarga joylanganini tekshiradilar va ular tomonidan tuzilgan 006-shakldagi ilova qaydnomasi (19-ilova) toʻplamining (komplekt) uch nusxasini imzolaydilar.
006-shakldagi blankalar toʻplamining orqa tomonidagi “soni” degan ustunida har bir qiymatdagi tangali qoplarning soni koʻrsatiladi.
Katta kassir tashrif varaqasida koʻzda tutilgan barcha yozuvlarni amalga oshiradi. “Pul tushumi solingan xaltaning raqami” ustunida pul solingan qop (xalta)ning raqami va tangali qoplarning soni koʻrsatiladi. 006-shakldagi (19-ilova) blankalar toʻplamining orqa tomon pastki qismida esa topshirilgan tangali qoplarning umumiy soni soʻz bilan yoziladi.
Inkassatorlar tomonidan pul va tangalar solingan qop (xalta)larning qabul qilinishi ushbu Yoʻriqnomaning 366-bandida bayon etilgan tartibda amalga oshiriladi.
207. Bankka olib kelingan naqd pulli qop (xalta)larni inkassatorlar kechki kassaga ushbu Yoʻriqnomaning 122 — 124-bandlarida koʻzda tutilgan tartibda yoki bevosita kassa mudiriga topshiradilar. Bunday hollarda qop (xalta)larning ochilishi inkassatorlar ishtirokida amalga oshiriladi.
208. Olib kelingan tushumni qabul qilish va qayta sanash natijalariga doir boʻlgan barcha hujjatlar belgilangan tartibda toʻplanib, tikib qoʻyilishi shart. Tikilgan hujjatlar bankning xoʻjalik yurituvchi subyekti huzuridagi maxsus kassada, katta kassirning javobgarligi ostida uch oy, nazorat varaqalari esa 10 ish kuni mobaynida saqlanadi. Saqlash muddati tugaganidan soʻng, koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar yoʻq qilinadi.
209. Xoʻjalik yurituvchi subyekt kassiri pulni bankning maxsus kassasiga topshirishdan avval, kirim hujjatlarini roʻyxatga oladi va xoʻjalik yurituvchi subyektning bosh kassiriga imzolatib, tegishli qaydnomani naqd pul bilan birga, bank kassiriga taqdim etadi.
Kirim hujjati xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan namunaviy shakldagi blankalarda pul tushumini topshirish uchun nusxa koʻchirish qogʻozi (kopirka) orqali ikki nusxada toʻldiriladi.
210. Bank kassiri hujjatning toʻgʻri toʻldirilganligi va imzolar mavjudligini, raqam va soʻz bilan koʻrsatilgan summalarning oʻzaro bir-biriga mos kelishini tekshiradi hamda pulni qabul qilib boʻlganidan soʻng, hujjatning ikkala nusxasiga imzo qoʻyib, nomi yozilgan toʻrtburchak muhrni bosadi. Kassir hujjatning ikkinchi nusxasini bank muhri bilan tasdiqlab, uni mijozga beradi, birinchi nusxasini esa, oʻzida olib qoladi.
211. Bank rahbari pul tushumini bankning maxsus kassasiga plombalangan inkassatsiya xaltalarida topshirish tartibini belgilaydi.
Bunda xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari, pulli xaltalarni plombalash uchun qoʻllaniladigan plombirlarning namunalarini bankka taqdim etadi.
212. Pul tushumi inkassatsiya xaltalarida topshirilayotgan vaqtda xoʻjalik yurituvchi subyektning kassiri 006-shakldagi blankalar toʻplamini uch nusxada (19-ilova) toʻldiradi. Ilova qaydnomasi xaltaning maxsus choʻntagiga joylanadi, yuk xati va kvitansiya xalta bilan birga bankning katta kassiriga taqdim etiladi.
213. Bankning katta kassiri xaltani qabul qilayotgan vaqtda xalta va tizimchaning butligini, plombaning bankka berilgan namunasi bilan bir xilligini tekshiradi. Pul tushumi solingan xaltani qabul qilib olganidan soʻng, katta kassir kvitansiyaga imzo qoʻyadi va unga bank muhrini bosib, xoʻjalik yurituvchi subyekt kassiriga beradi.
214. Bank kassirlari ushbu Yoʻriqnomaning 149 — 157-bandlariga muvofiq xaltalarni ochish va pullarni qayta sanashni bank nazoratchisi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektning bosh kassiri nazorati ostida amalga oshiradilar.
215. Bankning maxsus kassasi kassiri qayta sanash vaqtida aniqlagan toʻlovga yaroqsiz pullarga “Almashtirib berish rad etildi”, degan yozuvli muhrni bosadi va unga bank nomi, sana va lavozimini koʻrsatib, imzo qoʻyadi, xaltaning ilova qaydnomasi va yuk xatiga dalolatnoma tuzib, toʻlovga yaroqsiz boʻlgan har bir pulning seriya va raqami hamda qiymatini koʻrsatadi. Qalbaki pullar aniqlangan taqdirda, ushbu Yoʻriqnomaning 203-bandi talablariga amal qilinishi shart.
Koʻrsatib oʻtilgan pullar, dalolatnomalar bilan birga 90145 “Toʻlovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun bankning kassa mudiriga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
216. Bank kassiri naqd pulni ushbu Yoʻriqnomaning IV-bobiga asosan belgilangan tartibda sanaydi, dastalaydi va oʻrab-bogʻlaydi. Naqd pul miqdori nazorat qaydnomalari yoki kirim hujjatlarida koʻrsatilganiga mos kelishini tekshirganidan soʻng, uni kun oxirida katta kassirga ushbu Yoʻriqnomaning 174 — 177-bandlarida belgilangan tartibda topshiradi.
217. Katta kassir yoki nazoratchi har bir kassir qabul qilgan va qayta sanagan pul tushumi summasini nazorat qaydnomalariga qarab hisoblab chiqadi, summani ularning nazorat varaqlaridagi yakunlariga taqqoslaydi va yuk xatlari bilan boʻsh xaltalarni xoʻjalik yurituvchi subyektning bosh kassiriga inkassatorlarga topshiriladigan boʻsh xaltalar kitobiga (22-ilova) imzo qoʻydirganidan soʻng topshiradi.
218. Katta kassir yoki nazoratchi nazorat qaydnomalarining umumiy summasini bank kassasiga topshirilgan pul tushumi summasi toʻgʻrisidagi xoʻjalik yurituvchi subyektning bosh kassiri tomonidan tuzilgan qaydnomaning yakuniy summasi bilan taqqoslaydi. Ushbu taqqoslash bank kassasi katta kassirining xoʻjalik yurituvchi subyekt qaydnomasidagi imzosi va xoʻjalik yurituvchi subyektining bosh kassiri bank kassasining nazorat qaydnomasiga qoʻyiladigan imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
XI bob. Aylanma kassasida yakun chiqarish tartibi
219. Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari banklarga aylanma kassalarida saqlanadigan naqd pullar qoldigʻiga limit oʻrnatadilar. Aylanma kassa qoldigʻining limiti kun oxiriga oʻrnatiladi.
Aylanma kassasida mavjud boʻlgan pul va metall tangalar summasi belgilangan limit summasidan oshmasligi lozim. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlariga, hisob berish sharti bilan berilgan pul va metall tangalar summasi, bankning aylanma kassasi limitiga qoʻshilmaydi.
Bank rahbarlari aylanma kassalarini oʻrnatilgan limitga qadar toʻldirish choralarini koʻrishlari shart.
220. Mavjud mablagʻlar kelgusidagi toʻlovlarni taʼminlash uchun yetmagan hollarda, banklar aylanma kassa va naqd pullar zaxirasidagi yetishmagan summaga madad pulini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining joylardagi Bosh boshqarmalaridan ularning bergan buyurtmalariga asosan soʻrab oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
221. Aylanma kassasidagi qoldiq limitdan oshib ketgan taqdirda, limitdan oshgan summa qoldigʻi shu kunning oʻzidayoq belgilangan tartibda 10102 “Naqd pullar zaxirasi” balans hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim.
Aylanma kassasining limitdan ortiqcha qoldiqlari pullarning toʻliq bogʻlamlari yoki toʻliq tanga solingan qoplarda naqd pullar zaxirasiga oʻtkazilishi va aylanma kassasining naqd pullaridan alohida stellaj yoki seyflarda saqlanishi hamda mazkur Yoʻriqnomaning 46-ilovasida keltirilgan 141-shakldagi kitobda hisobga olinishi lozim.
10101 “Aylanma kassasidagi naqd pullar” hisobvaragʻidagi limitdan ortiqcha qoldiqlarni 10102 “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻiga oʻtkazish operatsiyalari 10101 “Aylanma kassasidagi naqd pullar” hisobvaragʻidan chiqim kassa ordyerlari orqali hamda 10102 “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻiga kirim kassa ordyerlari orqali rasmiylashtiriladi. 10102 “Naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻidan chiqim qilish chiqim kassa ordyerlari orqali va 10101 “Aylanma kassasidagi naqd pullar” hisobvaragʻiga kirim qilish kirim kassa ordyerlari orqali rasmiylashtiriladi. Boshqa banklarni madad puli bilan taʼminlash — 10101 “Aylanma kassasidagi naqd pullar” hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.
Naqd pullarni Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining Hisob-kitob-kassa markaziga yoki boshqa bankka joʻnatish vaqtida, joʻnatiladigan summa naqd pul zaxirasidan aylanma kassasiga oʻtkaziladi. Naqd pullarni tashish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi inkassatsiya birlashmasining inkassatorlari orqali yaroqli pullarning toʻliq bogʻlamlari yoki tanga solingan toʻliq qoplarda amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
222. Aylanma kassa limiti doirasida eskirgan pullar yetarli miqdorda yigʻilib qolgan banklar, eskirgan pullarni toʻlovga yaroqlilariga oʻzlarining Bosh bank boshqarmalarining kassa operatsiyalari boʻlimlarida almashtirib olishlari mumkin. Bunda eskirgan pullarni olib ketish va almashtirib berilgan pullarni olib kelish banklarning buyurtmalariga asosan inkassatorlar orqali amalga oshiriladi.
223. Eskirgan pullar bank boshqarmalarining kassa operatsiyalari boʻlimlarida yigʻilishiga qarab, Bosh bank boshqarmalari eskirgan pullarni toʻlovga yaroqli pullarga Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining Hisob-kitob-kassa markazlarida inkassatorlar orqali almashtirib olishlari mumkin. Bunda, eskirgan pullar Hisob-kitob-kassa markazi xodimlari tomonidan bank vakili ishtirokida donalab sanab olish orqali qabul qilinadi.
224. Kassa aylanmalari buxgalteriya xodimlarining kassa jurnallari bilan taqqoslanganidan soʻng kassirlar oʻzlarida boʻlgan va oʻrnatilgan tartibda shakllantirilgan pul qoldigʻini kassa mudiriga oʻzlarining maʼlumotnomalari va kassa hujjatlari bilan birga 155-shakldagi kitobi va nazorat varaqlari boʻyicha topshiradilar
225. Kassa mudiri pullarni, hisobot maʼlumotlarini va hujjatlarni kassirlardan qabul qilib olganidan soʻng:
a) kassirlarning maʼlumotnomalarida koʻrsatilgan kassa aylanmalarining summasi buxgalteriya xodimlari tomonidan imzo qoʻydirib tasdiqlanganligini;
b) maʼlumotnomalardagi pul qoldigʻi oʻzining 155-shakldagi kitobidagi yozuvlarni hisobga olgan holda toʻgʻri koʻrsatilganligini;
v) kassirlar topshirgan hujjatlarning soni va summasi maʼlumotnomalarda koʻrsatilganiga mos kelishini tekshiradi.
226. Shundan soʻng, kassa mudiri pulni qayta sanash kassasi qabul qilib olgan pul summalari toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotnomalarida va yozuvlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar, shuningdek pul qabul qilingan yoki shaxsan oʻzi bergan hujjatlar boʻyicha 111-shakldagi jamlama maʼlumotnoma tuzadi va uning yakunlarini buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslaydi. Taqqoslash buxgalteriya xodimining 111-shakldagi maʼlumotnomasiga imzo qoʻyish bilan rasmiylashtirganidan soʻng, ushbu maʼlumotnoma kassirlarning 109-shakldagi va 110-shakldagi hisobot maʼlumotnomalari bilan birga kunlik kassa hujjatlarida saqlanadi.
227. Kassa mudiri shu kungi kassa aylanmalarini taqqoslab boʻlganidan soʻng, 120-shakldagi kitobga pul kirim-chiqimining umumiy summasini yozib qoʻyadi va ertangi kunga belgilangan kassa qoldigʻini chiqaradi.
228. Kassadagi pul qoldigʻi bilan buxgalteriya maʼlumotlari oʻrtasida tafovut paydo boʻlgan holda, buning sababini aniqlab, chorasini koʻrish uchun kassa mudiri darhol rahbar va bosh buxgalterga bu haqda xabar beradi. Ortiqcha yoki kamomad summasi borligi aniqlanganda 145-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Bunda, ortiqcha chiqqan pul bank foydasiga kirim qilinadi, kamomad esa belgilangan tartibda javobgar shaxsdan undirib olinadi.
XII bob. Kunlik kassa hujjatlarini taxlash tartibi
229. Kassa maʼlumotlari jamlanganidan soʻng, kassa mudiri yoki katta kassir kunlik kassa hujjatlarini taxlaydi yoki ilovalar bilan birga, yigʻmajildga taxlab va tikib qoʻyish uchun kassa xodimlaridan biriga beradi.
Kunlik kassa hujjatlari balans hisobvaraqlari (tartib raqamlarining oʻsib borishi) boʻyicha (avval alohida kirim operatsiyalarini bajaruvchi kassirlar boʻyicha, soʻngra qayta sanash kassasi operatsiyalari boʻyicha) kassaning kirimi va chiqimi uchun alohida-alohida qilib taxlanadi, keyin hujjatlarning koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari boʻyicha, avval — kirim, soʻngra — chiqim hujjatlari tarzida tanlab olinadi.
230. Kassa hujjatlari, keyingi ish kunidan kechiktirilmagan holda har kunligi uchun alohida yigʻmajildga taxlab, tikilishi va raqamlanishi shart.
231. Hujjatlarning soʻmdagi maʼlumotlari hisoblash mashinkalarida hisoblanib, axborotlar tasmalarga yoziladi. Hisob tasmalarida yozuvlar alohida, avval kirim, keyin chiqim va soʻngra koʻzda tutilmagan holatlar boʻyicha yozilib, hisobni amalga oshirgan xodim tomonidan har bir holat boʻyicha alohida imzolanadi va yigʻmajildda hujjatlardan oldinga joylashtiriladi.
Hujjatlar yigʻmajildining old tomoniga toʻrtburchak muhr bosiladi yoki yorliq (16-ilova) yopishtiriladi.
232. Kunlik kassa hujjatlaridagi summalar 120-shakldagi kitob bilan taqqoslanganidan soʻng, yigʻmajildning old tomonidagi yozuv, uni shakllantirgan kassa mudiri va kassirning imzolari bilan tasdiqlanadi.
233. Saqlash muddati 5 yildan oshadigan kassa hujjatlari ularning saqlanish muddatiga qarab alohida yigʻmajildlarga tikiladi va bu toʻgʻrida yigʻmajildning old tomonida tegishli yozuv qayd etilishi lozim.
234. Kassa hujjatlari keyingi kundan kechiktirilmagan holda bosh buxgalter tomonidan tekshirilishi, buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslanishi va uning imzosi qoʻyilib tasdiqlanishi lozim.
235. Oxirgi oʻn ikki oy mobaynidagi kassa hujjatlari, bank faoliyatini hujjatli taftishdan oʻtkazilganligidan qatʼi nazar, kassa mudiri javobgarligida, pul saqlash omborida yoki kassa hujjatlarini saqlash zimmasiga yuklatilgan kassirning javobgarligi ostida tegishli tarzda qoʻriqlash va signalizatsiya vositalari hamda muhofaza qilingan qurilmalar bilan taʼminlangan va qoʻriqlashga topshiriladigan alohida seyfda saqlanadi. 12 oydan soʻng kassa hujjatlari bank arxiviga topshirilishi lozim.
236. Kassa hujjatlari boʻyicha maʼlumotnomalar — bosh buxgalter yoki uning oʻrinbosari imzo qoʻygan talabnomaga asosan beriladi.
237. Kassa hujjatlari bilan yigʻmajildlar faqat ayrim hollarda, bank rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan kassa xonasidan olib chiqilishiga ruxsat etiladi. Hujjatlar ish kuni oxirida albatta joyiga qaytarilgan boʻlishi shart.
238. Kunlik kassa hujjatlari bankning taftishchilariga taftish brigadasi boshligʻining tilxatiga asosan beriladi. Taftish oʻtkazilayotgan vaqtda hujjatlar taftish boshligʻining javobgarligi ostida boʻladi. Kassa hujjatlari taftish tugaganidan soʻng bank kassasiga qaytarilishi shart. Kassa mudiri esa ushbu hujjatlarni toʻliq topshirilganligini tekshirib tilxatni taftish boshligʻiga qaytarib beradi.
239. Kassa hujjatlari bankdan “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda) 12-moddasiga asosan bank rahbarining imzosi qoʻyilgan va muhri bilan tasdiqlangan holda yopiq va muhrlangan konvertda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlariga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Kassa hujjatining olingan asl nusxasi oʻrniga, uning kassa mudiri tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxasi (kserokopiyasi), hujjat olib qoʻyilganligi haqidagi barcha yozishmalar, olinish bayonnomasi, hujjatning asl nusxasini olgan shaxsning tilxati yoki hujjatning joʻnatilganligi toʻgʻrisidagi pochta kvitansiyasi va hokazolar tikib qoʻyiladi.
Bir kalendar yilining turli sanalariga tegishli bir necha kunlik kassa hujjatlari bir yoʻla olinishi kerak boʻlgan hollarda, olingan hujjatlardan birining oʻrniga uning nusxasi (kserokopiyasi), hujjatni olish uchun talabnoma (olish (olib qoʻyish) bayonnomasi va hokazolar), boshqa hujjatlar oʻrniga esa ularning talabnomasi qayerda turganligi koʻrsatilgan faqat nusxa (kserokopiya)lari qoʻyiladi.
XIII bob. Saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar bilan operatsiyalar bajarish tartibi
240. Banklar, quyidagilarni saqlash uchun qabul qiladi:
a) notarial idoralardan — meros mulk tarkibiga kiruvchi qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlar va marvariddan tayyorlangan buyumlar, qimmatbaho metallar quymasi (yombisi), shlix (oltin qum), tabiiy holda topilgan oltin va kumush yombilari (samorodok), eski, sobiq SSSR davrida va Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan zarb qilingan tangalar, shuningdek xorijiy davlatlar tangasi, chet el valyutasi, chet el valyutasida yozib berilgan toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, oʻtkazma (perevodi) va hokazolar;
b) boshqa organlardan — qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va marvariddan yasalgan buyumlar, shuningdek qimmatbaho toshlar, eski, sobiq SSSR davrida va Oʻzbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan zarb qilingan tangalar, chet el tangalari hamda chet el valyutasi va shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm va tangalarini;
v) qimmatli qogʻozlar, kafolat va kafilliklar hamda garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar, garov shartnomalarining asl nusxalarini.
241. Kassa mudiri topshirilayotgan qimmatliklarning paketlarda yoki boshqa bogʻlamlarda har bir turi va baholangan summasi koʻrsatilgan ariza-roʻyxat asosida qabul qiladi. Bunda u paketlar va boshqa bogʻlamlardagi qoʻyilmalarni tekshirib koʻrmaydi, ammo paket va bogʻlamlarning hamda muhrlarning butligini albatta tekshirib koʻrishi shart.
242. Saqlash uchun qabul qilinayotgan qimmatliklar bank filiallarida qimmatliklarni topshiruvchi shaxslar bilan kelishilgan bahoda 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaraqda hisobga olinadi. Qiymati shartli boʻlgan buyumlar (masalan, kalitlar) 1 soʻm qiymatidagi shartli bahoda qabul qilinadi.
243. Saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar (paket, quticha va hokazolar) qabul qilinish sanalari boʻyicha birinchi raqamdan boshlab, navbatdagi tartib raqamlari bilan raqamlanadi.
Qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida bank saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklarning turi, bahosi va raqami koʻrsatilgan 004-shakldagi kvitansiyani beradi.
244. Bankda saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklarning qisman qaytarilishiga ruxsat etiladi. Qimmatliklarning bir qismini olish zarurati tugʻilgan taqdirda, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklar butun holda ularni topshirgan shaxsga qaytariladi va qolgan qismi bankka saqlash uchun qayta topshiriladi.
245. Qimmatliklarni qaytarish, qimmatliklarni topshirgan organ rahbari tomonidan imzolanib, muhri bosilgan soʻrov xati va qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilinganlik toʻgʻrisidagi 004-shakldagi kvitansiyani taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
246. Qimmatliklarni saqlash uchun qabul qilgan banklar, ularning but saqlanishi boʻyicha egalari oldida qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardirlar.
247. Qimmatbaho metallar davlat hisobiga kirim qilinganida, ushbu operatsiyalarni bajarish vakolatiga ega boʻlgan organlar ularni mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga topshirishlari shart.
XIV bob. Pul va boshqa qimmatliklarni saqlash hamda ularning butligi yuzasidan nazorat oʻrnatish
248. Pul saqlash omborlaridagi naqd pul mablagʻlari va boshqa qimmatliklar bank boshqaruvchisi, bosh buxgalteri va kassa mudiri javobgarligi ostida boʻladi.
Ushbu javobgarlikni bank filiali (amaliyot boʻlimi boshligʻi) boshqaruvchisi oʻrinbosari zimmasiga yuklashga ruxsat etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
249. Pul va qimmatliklarni hamda pul saqlash omborlari kalitlarini taʼtilga chiqish, xizmat safariga ketish, betoblik va boshqa sabablarga koʻra, bir mansabdor shaxsdan boshqasiga vaqtincha topshirilishi bankning bosh buxgalteri va kassa mudiridan bank rahbarining buyrugʻiga asosan, boshqaruvchidan esa Bosh bank rahbarining yozma ruxsatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
250. Mansabdor shaxslarning mehnat taʼtili jadvallari, xizmat safariga chiqish rejalari shunday tuzilishi kerakki, bunda bir vaqtning oʻzida, qimmatliklarning but saqlanishiga javobgar boʻlgan bir nechta mansabdor shaxslarning bankda boʻlmasligiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
251. Barcha pul va boshqa qimmatliklar pul saqlash omborida saqlanishi lozim. Agarda banklarda bir nechta pul saqlash omborlari mavjud boʻlsa, ular tartib raqamlari qoʻyilgan holda, raqamlangan boʻlishi kerak.
252. Pul saqlash omboridagi naqd pul zaxirasining pul mablagʻlari va boshqa qimmatliklar panjarali eshikchasi boʻlgan tokchalarda (stellaj yoki seyflarda) yoki qulflanadigan metall javonlarda saqlanishi lozim.
253. Pul saqlash omboridagi aylanma kassasining naqd pullari va boshqa qimmatliklari naqd pul zaxirasidagi qimmatliklardan alohida ajratilgan seyf, stellaj yoki temir aravachalarda saqlanishi lozim. Aylanma kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar mansabdor shaxslar tomonidan tekshirib koʻrilgach, kassa mudiri tomonidan qulflanadi.
Agar aravachalarda aylanma kassasining keyingi ish kuni chiqim operatsiyalarni amalga oshirish uchun kassir tomonidan tayyorlab qoʻyilgan naqd pullari saqlanayotgan boʻlsa, aravachalar qulflanadi va tegishli kassirlarning plombirlari bilan plombalanadi. Har bir aravachaga yorliq osilib, unga sana yoziladi, pulni tayyorlagan kassir imzosi qoʻyilib, nomi yozilgan toʻrtburchak muhri bosiladi hamda solingan pullarning umumiy summasi koʻrsatiladi.
254. Pul saqlash omborlarida qimmatliklarni zudlik bilan evakuatsiya qilish zarurati tugʻilgan taqdirda, ularni tashish uchun brezent qoplar, plomba va tizimchalar yetarli miqdorda saqlanishi shart.
Qoplar miqdori pul saqlash omborida saqlanayotgan naqd pul va boshqa qimmatliklar hajmidan va zarurat tugʻilgan taqdirda pul saqlash omboridagi barcha qimmatliklar va hujjatlarni bir vaqtda olib chiqib ketish uchun qancha qop zarur boʻlishidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qoplar 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaragʻiga 1ta qop — 1 soʻm qiymatidagi shartli bahoda kirim qilinib, alohida qoplarga joylashtirilishi va uchta mansabdor shaxslarning muhrlari bilan muhrlanishi lozim. Ushbu qoplardan boshqa maqsadlarda foydalanish qatʼiyan man etiladi.
255. Pul saqlash omborida quyidagilar alohida saqlanishi shart:
a) aylanma kassasining naqd pullari. Bunda mijozga berish uchun oldindan tayyorlab qoʻyilgan naqd pullar aylanma kassasining boshqa qimmatliklaridan alohida saqlanishi;
b) naqd pullar zaxirasi ;
v) chet el valyutasi (cheklar);
g) boshqa qimmatliklar.
256. Har gal pul saqlash omboriga pul qoʻyilganida yoki pul olinganidan soʻng, qimmatliklarning saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar pul saqlash omborida amalda qolgan qimmatliklarning yuritilayotgan hisob (roʻyxatlar va aylanma kassasining hisob yuritish kitobi boʻyicha) maʼlumotlariga mos kelishini tekshirib koʻrishlari va bunga ishonch hosil qilishlari lozim.
257. Ikki yoki undan ortiq pul saqlash omborlaridagi, stellaj va tokchalarga bir turdagi qimmatliklar va bir turdagi pul yoki tangalar joylashtirilganda, bunday ombordagi har bir stellaj (tokcha)ga qoʻyilgan qimmatliklar boʻyicha roʻyxat (26-ilova) tuziladi. Roʻyxat pul qoʻyilgan sana va amaldagi summa koʻrsatilgan stellajlardagi qimmatliklar bilan birga saqlanishi yoki pul saqlash omborida alohida yigʻmajildda saqlanishi lozim.
258. Qimmatliklarni saqlashda foydalaniladigan stellajlar, tokchalar (polki), aravachalar, seyflar va metall shkaflar bank amaliyot kuni tugaganidan soʻng u yerda qimmatliklar boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, kassa mudiri tomonidan kalit bilan qulflab qoʻyilishi shart. Kalitlar kassa mudirining pul saqlash omboridagi shkafida saqlanishi lozim.
259. Mijozlarga berish uchun oldindan tayyorlab qoʻyilgan pullar, alohida shkaf, tokcha, stellaj yoki aravachalarda saqlanishi shart.
260. Ombordagi barcha metall shkaflar, stellajlar, seyflar, shuningdek kassa tarmogʻidagi seyflar, metall shkaflar va aqchadon (kopilki)larga tartib raqami qoʻyilgan holda raqamlangan boʻlishi kerak.
261. Pul saqlash omboriga pul va qimmatliklar qabul qilinayotgan vaqtda, qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar, quyidagilarni:
a) pullarni — toʻliq, toʻliq boʻlmagan va yigʻma bogʻlamlarni dastalar soni hamda nakladkadagi yozuvlari boʻyicha, tangalarni esa, qoplarga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlari boʻyicha;
b) kassa mudiri tomonidan sanalgan yigʻma va toʻliq boʻlmagan pul bogʻlamlarini ularning ustki nakladka va yorliqlaridagi yozuvlarini hisobga olib, sanash yoʻli bilan;
v) tangalarni — paketlar soni hamda ularda koʻrsatilgan summalari boʻyicha;
g) berish uchun oldindan tayyorlab qoʻyilgan pullarni — qop (aravacha)larga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlari boʻyicha;
d) turi, qiymati boʻyicha dastalanib birlashtirilgan chet el valyutasi va valyuta toʻlov hujjatlarini — dastalar soni hamda nakladkalardagi yozuvlari boʻyicha, plombalangan qoplardagi tangalarni esa — ularga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlari boʻyicha tekshiradi. Alohida pul va toʻlov hujjatlari, shuningdek belgilangan tartibda qoplarga joylanmagan tangalarning hammasini qayta sanashlari shart.
Bunda, aholiga valyuta ayirboshlash xizmatini koʻrsatuvchi valyuta ayirboshlash shoxobchalarining, shuningdek kirim-chiqim kassalarining kassirlaridan kelib tushadigan chet el valyutasi va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari pul saqlash omborlariga qabul qilinishidan avval, maxsus ajratilgan kassir tomonidan kassa mudiri nazorati ostida birma-bir qayta sanab koʻrilishi, ularning toʻlovga yaroqliligini tekshirishi va belgilangan tartibda qayta oʻrab-bogʻlanishi zarur. Dastalarning banderollarida va bogʻlamlarning ustki nakladkalarida bogʻlamlarni sanagan va tayyorlagan kassir imzosi, uning nomi yozilgan va bank nomi yozilib, kodi tushirilgan shtamp, bogʻlam tayyorlangan sana, qimmatliklar turi, nominali boʻyicha qoʻyilma summasi koʻrsatiladi;
e) “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining bogʻlami buzilmagan chek, omonat va kvitansiya daftarchalari — birma-bir sanalmasdan bogʻlamlari boʻyicha;
j) boshqa qimmatliklarni (shartli yoki nominal bahoda) donalab yoki birma-bir sanab chiqadilar.
262. Pul saqlash omborida mavjud boʻlgan toʻlovga yaroqli pullar eskirgan pullardan alohida saqlanishi shart.
263. Bank kassirlari oʻrab-bogʻlagan pul va tangalar aylanma kassa qoldigʻida birma-bir va donalab qayta sanalmasdan, ular jamlangan kunidan boshlab ikki yilgacha saqlanishi mumkin.
Yaxshi jihozlangan pul saqlash omborlaridagi tanga solingan qoplarni polga qoʻyilgan poddon ustida saqlashga ruxsat etiladi.
Chet el valyutasi (cheklar, qimmatli qogʻozlar) bogʻlamlar yoki paketlarda, tangalar esa xaltalarda valyuta nomlari boʻyicha alohida, har bir turdagi valyuta esa, oʻz nominal qiymati boʻyicha saqlanadi.
264. Pullarning namunalari bank omborida saqlanishi lozim, zarurat tugʻilganda esa, ularni koʻrsatish uchun olib chiqilishi mumkin va ish kuni oxirida belgilangan tartibda pul saqlash omboriga qaytarib qoʻyilishi shart.
265. 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar”hisobvaragʻida (ularning hisobi alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi) hisobi yuritiladigan va saqlash uchun topshirilgan qimmatliklar kelgan sanasi boʻyicha, bir sanada kelganlari esa, qimmatliklarning tartib raqamlariga qarab joylashtirilgan holda saqlanadi. Paketga har birining egasi boʻyicha koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaragʻiga kirim orderining nusxasi (20-ilova) biriktirib qoʻyiladi va unda paketning egasi, qimmatliklar turi, ularning raqami, hisobvaraqqa kiritilgan sanasi va summasi koʻrsatiladi.
266. Daftar va alohida varaq koʻrinishdagi, qatʼiy hisobda turuvchi barcha blankalar “Almashtirish shoxobchasi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2002-yil 14-mart, roʻyxat raqami 1114 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son) asosan qoʻllaniladigan 09002 Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali valyuta va yoʻl cheklarini sotib olishda beriladigan maʼlumotnoma sertifikati, 09004 Valyuta va yoʻl cheklarini inkassoga qabul qilish toʻgʻrisidagi kvitansiya, 09005 Valyuta va yoʻl cheklarini ekspertizaga qabul qilishda ishlatiladigan maʼlumotnoma, 09006 Naqd chet el valyutasini xorijga olib chiqishda beriladigan ruxsatnoma, 09007 Valyuta va yoʻl cheklarini sotishda toʻldiriladigan maʼlumotnoma, 09012 Shikastlangan valyutalarni yaroqligiga almashtirishda toʻldiriladigan kvitansiya va 09015 Yoʻl cheklarini naqd xorijiy valyutaga almashtirib olishda ishlatiladigan kvitansiya kitobchasi 50 varaqdan iborat boʻlishi shart va u toʻldirilganda, qora qogʻoz orqali ikki nusxada toʻldirilishi munosabati bilan daftarchalar 25 soʻm qiymatida baholanadi. Ularning har biri, daftarcha yoki har bir varaq boʻyicha shartli ravishda bir soʻmga, saqlash uchun qabul qilingan aksiya, veksel, jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan depozit sertifikatlari va Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar oʻz nominal qiymati boʻyicha baholanib, 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaragʻida hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
267. Kassadagi qatʼiy hisobda turuvchi blankalar hisobi kassa mudiri tomonidan kun oxirida 171-shakldagi kitobda, blankalar qoldigʻining bahosi koʻrsatilgan holda yuritiladi.
Qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor (bank rahbari, bosh buxgalter va kassa mudiri) shaxslar yoki maxsus ajratilgan nazoratchi ishtirokida kassir tomonidan chek va kvitansiya daftarchalarining alohida bogʻlamlarini ochilishiga qarab, har bir bogʻlamdagi daftarchalar soni, har bir daftarchadagi varaqlar (cheklar yoki kvitansiyalar) soni hamda ulardagi raqamlarning ketma-ketligi tekshiriladi.
268. Chek daftarchalarini rasmiylashtirish va keyinchalik ularni mijozlarga berish — bank mijozlarining buyurtmalariga asosan amalga oshiriladi. Nuqsonli va ishdan chiqqan chek daftarchalarining imzo qoʻyiladigan qismini uchburchak shaklida qirqish orqali bekor qilinadi. Bunda daftarchalar maxsus komissiya tomonidan yondirib, yoʻq qilinguniga qadar, qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan imzolangan dalolatnomalar bilan birga 93609 hisobvaraqda hisobga olinadi. Ushbu dalolatnomada naqd pul cheki daftarchalarining nuqsonlari batafsil koʻrsatib oʻtiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
269. 94500 “Garov sifatidagi qimmatli qogʻozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hisobvaraqlarida yuritilayotgan kreditlar taʼminoti sifatida qabul qilingan qimmatli qogʻozlar kafolat va kafillik yoki garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar, garov shartnomalari bank kassasiga bank boshqaruvchisining farmoyishiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”da (2004-yil 13-avgust, roʻyxat raqami 773-17 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 369-modda) belgilangan tartibda balansdan tashqari kirim kassa orderi bilan kirim qilinadi va shu tartibda majburiyatlar toʻliq bajarilganidan soʻng, boshqaruvchining farmoyishiga asosan balansdan tashqari chiqim kassa orderi orqali chiqim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
270. Pul va boshqa qimmatliklarni pul saqlash omboridan kassa tarmogʻiga faqat taftish oʻtkazish uchun yoki nazorat qayta sanash maqsadida bankning kassa mudiri tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 42-ilovasida belgilangan 123-shakldagi kitobga nazoratchi kassirning imzosi qoʻyilganidan soʻng, olib chiqilishi mumkin.
Unda qimmatliklarni olib chiqish sabablari, qimmatliklarning turlari va pullarning nominal qiymatlari boʻyicha alohida koʻrsatilishi shart.
123-shakldagi kitob faqat kassa mudiri tomonidan toʻldirilishi, undan esa nazoratchi kassir qabul qilib olishi shart.
Ushbu pul va qimmatliklar kassirlar tomonidan nazoratda qayta sanab boʻlinganidan soʻng, 175-shakldagi nazorat qaydnomasiga qayd etgan holda kassa mudiriga topshiriladi. Sanash uchun olib chiqilishi kerak boʻlgan pullar 123-shakldagi kitobga qayd etib borilishi shart. Kitob doimo pul saqlash omborida saqlanishi, ishlatib boʻlingach pul saqlash omborida 1 yilga qadar, shundan soʻng saqlash uchun besh yil muddatga bank arxiviga topshirilishi lozim.
271. Pul saqlash omborlarida mavjud boʻlgan naqd pul va boshqa qimmatliklar (10101 hisobvaraqdagi) 120-shakldagi kitobda, naqd pul zaxirasida mavjud boʻlgan naqd pul va tangalar esa (10102 hisobvaraqdagi) 141-shakldagi kitobda hisobga olinib, ularni oʻz vaqtida toʻldirish — banklarning kassa mudirlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
272. Pul saqlash omborlarini yopishdan avval qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar pul saqlash omborlarida quyidagilarni:
a) pul saqlash omborlarida saqlanishi lozim boʻlgan qimmatliklar, kitoblar va hujjatlarning barchasi pul saqlash omboriga olib kirilganligini;
b) aylanma kassasidagi va naqd pul zaxirasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga hamda 120 va 141-shakldagi kitoblarda koʻrsatilgan qoldiqlariga mos kelishini;
Keyingi tahrirga qarang.
v) hamma shkaflar, eshiklar, derazalar va kirim hamda chiqim kassalariga oʻrnatilgan darchalar (stavnya)ning yopilganligini, ventilyator va chiroqlarning oʻchirilganligini tekshirishlari shart.
Naqd chet el valyutasi qoldigʻi va chet el valyutasining toʻlov hujjatlari har kuni buxgalteriya xodimlari tomonidan yuritiladigan chet el valyutasining shaxsiy hisobvaraqlari bilan solishtiriladi.
273. Kitoblarda chiqarilgan qoldiqlarning toʻgʻriligi qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarning imzolari bilan har kuni tasdiqlanib borilishi lozim. Qoldiq summalari yozilib, uning ustidan tuzatiladigan hollarda, ular ushbu mansabdor shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanishi shart.
Naqd chet el valyutasining qoldiqlari mazkur Yoʻriqnomaning 43-ilovasida keltirilgan 121-shakldagi kitobda alohida hisobga olinadi. Bunday holda 120-shakldagi umumiy kitobga ushbu qimmatliklar boʻyicha qoldiqlar qayd etilmaydi.
274. 120, 141 va 121-shakldagi kitoblarda har bir bank amaliyot kuni uchun pul saqlash omborlarining yopilishiga qadar har bir hisobvaraq boʻyicha qimmatliklarning umumiy qoldigʻi yozib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar chet el valyutasi bilan operatsiyalar amalga oshirilmagan boʻlsa, keyingi ish kuni 121-shakldagi kitob qoldigʻini chiqarmaslikka ruxsat etiladi.
Ushbu daftarlar kun davomida kassa mudirida, ish kuni tugaganidan soʻng — pul saqlash omborida saqlanishi lozim.
275. Aylanma kassasi va naqd pul zaxirasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlanadigan pul saqlash omborlari qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan uch mansabdor shaxslar tomonidan uchta kalit bilan ochiladi va qulflanadi hamda ularning muhrlari bilan muhrlanadi.
Pul saqlash omborlarining kalitlari quyidagilarda:
birinchi kalit — kassa mudirida;
ikkinchi kalit — rahbarda;
ichki temir panjarali uchinchi eshik kaliti — bosh buxgalterda saqlanishi lozim.
Javobgar shaxslar pul saqlash omborlarining kalitlari va lavozim muhrlarini ish vaqtida va ishdan soʻng boshqa shaxslar tomonidan foydalanish imkoniyatini tugʻdirmagan holda saqlanishini taʼminlashlari shart.
276. Pul va qimmatliklar saqlanadigan barcha pul saqlash omborlarining (kechki kassaning pul saqlash omborlari ham) eshik va seyflari, metall shkaflari, kassa mudiri xonasidagi, kirim, chiqim hamda pulni qayta sanash kassalariga oʻrnatilgan seyf kalitlarining ikkinchi nusxa (dublikat)lari boʻlishi, ular batafsil roʻyxat bilan tashqi choki boʻlmagan xaltaga solinib, tugunsiz tizimcha bilan tikilishi va unga biriktirilgan qoplamaga (nakladka) qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan uch mansabdor shaxslarning surgʻuchli muhrlari bosilishi lozim. Qopga biriktirilgan qoplama (nakladka)ga ushbu shaxslar tomonidan imzo qoʻyilib, bankning muhri bosilgan ilova xati bilan birga, yaqin joylashgan bankka saqlash uchun topshirilishi shart.
Saqlash uchun topshiriladigan kalitlar ikkinchi nusxalarining ilova xatida qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan uch mansabdor shaxslarning imzosi qoʻyilib, bankning dumaloq muhri bosilgan yozma talabnomasi va kalitlar topshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiya taqdim etilgandagina, ularning qaytarib berilishi mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi lozim.
Kirim, chiqim va qayta sanash kassalariga oʻrnatilgan maxsus stollarning ikkinchi (dublikat) kalitlari alohida qopga solinib, uch mansabdor shaxslarning surgʻuchli muhrlari bilan muhrlangan, lekin balansda aks ettirilmagan holda ushbu bankning pul saqlash omborida saqlanishiga ruxsat etiladi.
277. Kalitlarning nusxalarini tekshirish — uning birinchi nusxasi sinib yoki yoʻqolib qolgan taqdirda, taftish va tekshiruvlar oʻtkazish vaqtida, qimmatliklarning saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarning oʻzgarishi, mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik davri, mehnat yoki ijtimoiy taʼtilga chiqishi munosabati bilan kassa ishini tashkil etish yuzasidan olib boriladigan tekshiruvlar natijasida amalga oshiriladi.
278. Bank rahbari vaqtincha oʻzgargan holda, kvitansiya va kalitlar nusxalarining topshirilishi toʻgʻrisidagi ilova xati bilan birga uning oʻrnini bosuvchi shaxsga beriladi. Bu haqda asosiy kalitlarning topshirilishi bilan bir qatorda, omboridagi qimmatliklarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasida qayd etiladi (30-ilova).
279. Boshqa bankka saqlash uchun topshirilgan kalitlarning nusxalari toʻgʻrisidagi kvitansiya roʻyxat va ilova xatining nusxalari bilan birga rahbar seyfida saqlanib, 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaragʻida 1 soʻm qiymatidagi shartli bahoda baholanib hisobga olinadi.
280. Kalitlarning nusxalari saqlanayotgan joydan olinadigan hollarda, qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan kalitlarning olinish sabablari koʻrsatilgan dalolatnoma tuzilib, imzolanadi va dalolatnoma 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvaraq orderiga qoʻshib qoʻyiladi. Bank rahbarlari kalitlarning nusxalari olingan kunning oʻzidayoq ularni qaytarish choralarini koʻrishlari shart.
281. Pul saqlash omborining (seyf, metall shkaf) kaliti yoʻqolib qolgan taqdirda, qulfning ichki tuzilmasi (aylanuvchi qismi, sekreti) oʻzgartirilishi lozim. Bu ishga sinalgan va tegishli ruxsati bor shaxslar jalb etiladi.
Bank rahbari tomonidan tayinlangan komissiya qulfning ichki tuzilmasi (aylanuvchi qismi, sekreti) oʻzgartirilganligi va yangi kalitlar tayyorlanganligi haqida dalolatnoma tuzishi shart. Unda qulfni oʻzgartirish va yangi kalitlar tayyorlash sabablari, bu ishlarni bajargan shaxsning familiyasi hamda tegishli ruxsatnomasi borligi koʻrsatiladi. Dalolatnomalar doimo bank rahbarining maxsus yigʻmajildida saqlanadi. Kalitlarning yoʻqolishiga sababchi boʻlgan aybdor shaxslar, voqea tafsilotlariga qarab, intizomiy jazoga tortiladi.
282. Qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan va pul saqlash omborlarining kalit hamda muhrlariga ega boʻlgan mansabdor shaxslargina pul saqlash omboriga kirishlari va shu bilan bir qatorda omborga faqat birgalikda kirib-chiqishlari lozim.
Bankning boshqa xodimlari pul saqlash omboriga faqat rahbar yoki uning oʻrinbosari, agar unga aylanma kassasi bilan operatsiyalar bajarish huquqi berilgan boʻlsa, uning ruxsati bilan, albatta qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar ishtirokida kirishlari mumkin.
283. Ish kunlari barcha pul saqlash omborlari qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borilgani yoki olib borilmaganidan qatʼi nazar, qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan ochib koʻrilishi va tekshirilishi shart.
284. Pul saqlash omborlari ochilishidan avval, qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar, qoʻriqlash xizmati vakili ishtirokida eshik, qulf, tizimcha va muhrlar, shuningdek eshiklarning tizimcha oʻtkaziladigan halqa moslamalarining buzilmaganligini tekshirib koʻrishlari, shundan soʻng qoʻriqlash xizmati xodimlaridan pul saqlash omborini muhrlangan holda qabul qilganligi haqida mazkur Yoʻriqnomaning 37-ilovasida keltirilgan 161-shakldagi kitobga imzo qoʻyishlari lozim.
Eshiklar, qulflar, tizimcha yoki muhrlar buzilgan, shuningdek pul saqlash omboriga kirish uchun urinish boʻlgani gumon qilingan hollarda, zudlik bilan pul saqlash ombori ochilguniga qadar, bu haqda 3 nusxada (1-nusxasi bank uchun, 2-nusxasi huquqni muhofaza qilish organlariga va 3-nusxasi bankning Bosh bankiga) dalolatnoma tuziladi. Unga qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan barcha mansabdor shaxslar va qoʻriqlash xizmati vakili imzo qoʻyadi va shu joyning oʻzida zarur choralar koʻriladi hamda Bosh bank boshqarmasiga xabar beriladi.
Tizimchaning bitta aylanasi qirqilib, muhrli taxtacha olinadi va ombor ochilib koʻzdan kechirib chiqilganidan soʻng, muhrlar izi yoʻq qilinadi.
Deraza, devor, pol va shiftlarga shikast yetkazilgan boʻlsa, mavjud boʻlgan qimmatliklar darhol tekshirib koʻriladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi. Bunday hollarda esa muhrlar yoʻq qilinmagan holda dalolatnomaga qoʻshib qoʻyiladi.
285. Ish kuni davomida pul saqlash omborlari kalit bilan qulflab qoʻyilishi, u yerda qimmatliklar mavjud boʻlgan taqdirda qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarning surgʻuchli muhrlari bilan muhrlanishi shart.
Boshqa barcha hollarda olib chiqilishi lozim boʻlgan pullarning pul saqlash omborining old xonasida vaqtincha saqlab turilishiga ruxsat etilmaydi.
Pul saqlash omborini qoʻriqlash xizmatidan qabul qilish, uni muhrlash va ish kuni oxirida qoʻriqlashga topshirish soqchi ishtirokida amalga oshiriladi. 161-shakldagi kitobda pul saqlash omborlarining amalda ochilgan, yopilgan va qoʻriqlashga topshirilgan vaqti koʻrsatiladi.
161-shakldagi kitoblar omborlarning har bir turi boʻyicha, yaʼni aylanma kassasi va naqd pul zaxirasi, kechki kassalar va pulni qayta sanash kassalarini (naqd pullar ishdan tashqari vaqtlarda saqlanganda) qoʻriqlashga topshirish va qabul qilish uchun alohida tutiladi. Pul saqlash ombori qoʻriqlashga topshirilgandan soʻng, kitob qoʻriqlashga topshirgan shaxsning seyfida yoki metall shkafida saqlanishi lozim.
286. Muhr uchun oʻyilgan chuqurchali taxtacha ustidan oʻtgan tizimcha ustiga muhrlar quyidagi ketma-ketlikda qoʻyilishi lozim:
birinchi — kassa mudirining;
ikkinchi — bosh buxgalterning;
uchinchi — rahbarning.
Butun va tugunlari boʻlmagan tizimcha, pul saqlash ombori eshigining halqalaridan (burab mahkamlangan va payvandlangan) tizimcha va muhrlarni buzmasdan eshikni ochib boʻlmaydigan qilib oʻtkaziladi. Pul saqlash omborini muhrlashda faqat surgʻuch ishlatilishi shart. Surgʻuchlanadigan taxtachalar zaruriy chuqurchaga ega boʻlib, surgʻuch qoʻyilganda u taxtachaga oʻyilgan chuqurcha diametri doirasidan chiqib ketmasligi lozim.
287. Muhrlangan pul saqlash omborini qabul qilish vaqtida qoʻriqlash xizmati xodimi muhrlarni ularning namunalari bilan qaytadan solishtirib koʻrgach, 161-shakldagi kitobga imzo qoʻyadi. Pul saqlash omborlari va boshqa eshiklarni muhrlash uchun ishlatiladigan muhrlarning namunalari qoʻriqlash xizmatiga tilxat asosida beriladi. Tilxat bank rahbarida, 161-shakldagi kitob esa kassa mudirining alohida seyfida yoki metall shkafida saqlanishi shart.
288. Pul bogʻlamini yoki tangalar solingan qoplarni muhrlash yoki plombalash uchun qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar, kassirlar va boshqa xodimlar bank nomi yoki kodi, tartib raqami tushirilgan shaxsiy plombirlar yoki klishe bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
Ushbu muhrlar, plombirlar, shaxsiy kodli klishelar, nomi yozilgan shtamplar va pul saqlash omborlari kalitlaridan begona shaxslarning boshqa yoʻl bilan foydalanish imkoniyatini yaratib bermagan holda saqlanishini taʼminlashlari shart.
289. Bankdagi barcha muhrlar va pul saqlash omborlarining (seyflar, metall shkaflar) kalitlari, plombirlar, klishelar va kassirlarning nomi yozilgan toʻrtburchak muhrlari rahbar yoki uning yozma farmoyishi bilan tayinlangan va qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan yuritiladigan maxsus hisob yuritish kitobida (27-ilova) roʻyxatga olinishi lozim. Kalitlar, plombirlar, klishelar, muhrlar va kassirlarning nomi yozilgan toʻrtburchak muhrlari ushbu kitobga imzo qoʻydirib beriladi.
290. Ishdan tashqari vaqtlarda pul saqlash omborlari (seyflar, metall aqchadonlar)dan turli kassa xodimlari foydalanadigan hollarda kalit va muhrlarning qoʻldan-qoʻlga oʻtishini qayd etish uchun pulni qayta sanash kassasida alohida, kechki kassa uchun alohida kitob tutilishi lozim. Koʻrsatib oʻtilgan kitoblar kassa mudirida saqlanadi va u orqali qabul qilinadi hamda topshiriladi.
Kassirlar vaqtincha ishda boʻlmagan (betobligi, taʼtilga chiqqan vaqtda) hollarda plombir va klishe, ularning hisobini yurituvchi xodimga topshiriladi va ushbu plombir hamda klisheni boshqa kassirlarga vaqtincha berib turish qatʼiyan man etiladi.
291. Ishda foydalanilmaydigan, shuningdek yaroqsiz holga kelgan muhrlar, kalitlar, plombirlar, klishelar va kassirlarning nomi yozilgan toʻrtburchak muhrlari pul saqlash omboridagi shkaflardan birida oʻrab-bogʻlangan va muhrlangan holda, qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan balansda aks ettirilmagan holda saqlanishi yoki bankning filiali (amaliyot boʻlimi) boshligʻi tomonidan chiqarilgan maxsus farmoyishga asosan komissiya tuzilib, belgilangan tartibda yoʻq qilinishi shart.
292. Kassirlar, ish joylaridan vaqtincha uzoqlashgan hollarda pul va qimmatliklar, plombirlar, muhrlar, kassirlarning nomi yozilgan toʻrtburchak muhrlari, shaxsiy kodi boʻlgan klishelar, seyflar, metall shkaflar, pul saqlash omborlarining kalitlarini ochiq holda qoldirish, aravachalar yoki stol tortmalarini qulflamasdan ochiq holda qoldirishlari qatʼiyan man etiladi. Shuningdek, operatsiyalar bajarilayotgan vaqtda pul saqlash omborlari, seyflar, metall shkaflar hamda pul va qimmatliklarni saqlash uchun moʻljallangan stollarga oʻrnatilgan metall aqchadonlar va aravachalar eshiklarining qulflarida kalitlarni qoldirib ketish qatʼiyan taqiqlanadi.
293. Ish vaqtida kassa xodimi kasallanib yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz ishini toʻsatdan tashlab ketishga majbur boʻlsa, u holda, uning hisobida turgan va saqlanayotgan barcha qimmatliklar imkoni boricha shu zahoti kassa mudiri tomonidan sanab koʻrilishi va shundan soʻng esa qabul qilib olinishi lozim. Agar shu vaqtda kassir boʻlmasa, u holda qimmatliklar komissiya (kassa mudiri, boshqaruvchi, bosh buxgalter) ishtirokida sanaladi va qabul qilib olinadi hamda bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. Zarurat tugʻilgan taqdirda esa naqd pullar boshqa kassirlarga beriladi.
294. Barcha naqd pullarni kassirlar bir-birlariga 155-shakldagi kitobga yoki 175-shakldagi nazorat varagʻiga (21-ilova) imzo qoʻydirib berishlari shart. Kassa operatsiyalari boʻlimlari (kassa mudiri) boshliqlari kassirlarning bir-birlariga pullarni toʻgʻri berayotganliklarini muntazam nazorat qilishlari va ular bu haqda 155-shakldagi kitob va 175-shakldagi nazorat varagʻiga imzo qoʻyishlari shart.
295. Ushbu Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan barcha hisob yuritish kitoblari, shuningdek plombirlar, muhrlar va kalitlar hisobini yuritish kitobi, banklarda kassa ishi tekshirilganligini qayd etish kitobi raqamlangan, tizimcha oʻtkazilgan va bank rahbarining surgʻuchli yoki siyohli muhri bilan muhrlangan boʻlishi lozim. Ularga raqamlangan varaqlar soni yozib qoʻyiladi va uchta mansabdor shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
XV bob. Qimmatliklarni taftish qilish
296. Banklardagi pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklar taftishi hamda ularning saqlanish tartibini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) bank rahbarining buyrugʻiga (farmoyishiga) binoan har chorakda kamida bir marta (29-ilova);
b) har yili, yangi yilning 1-yanvar holatiga koʻra;
v) rahbar, bosh buxgalter yoki kassa mudiri almashganida;
g) qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar vaqtincha almashganida;
d) boshqa hollarda — Bosh bank rahbarlarining farmoyishlari asosida.
297. Oʻtkazilgan taftish yuzasidan “Xizmatda foydalanish uchun” grifi qoʻyilgan dalolatnoma (29-ilova) tuzilib, u alohida tartibda tikilishi va bankning bosh buxgalteri seyfida alohida yigʻmajildda saqlanishi shart.
298. Taftish oʻtkazish pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklarni taftish qilish toʻgʻrisida koʻrsatma bergan bank rahbari tomonidan chiqarilgan yozma buyrugʻi bilan tayinlanadigan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Taftish oʻtkazish uchun jalb etiladigan xodimlar soni operatsiyalar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
299. Taftish oʻtkazish uchun muayyan tayyorgarligi bor va qimmatliklar bilan operatsiyalar bajarishga aloqasi boʻlmagan hamda kassa tarmogʻiga kirish uchun ruxsati boʻlgan xodimlar jalb etilib, ulardan biri taftish rahbari etib tayinlanadi. Taftishning toʻgʻri tashkil etilishi va belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkazilishi uchun taftish oʻtkazish boʻyicha buyruq chiqargan bank rahbari javobgar boʻladi.
300. Bosh bank tomonidan uning filiallarida qimmatliklarning saqlanishi boʻyicha taftish oʻtkazilgan boʻlsa, ushbu chorakda takroran chorakli taftish oʻtkazilmasligiga ruxsat etiladi.
Taftishlar orasidagi muddat uch oydan oshmasligi lozim.
301. Bank filiali rahbarining almashuvi bilan oʻtkaziladigan qabul qilish va topshirish ishlari, tegishli bank boshqaruvi raisi (oʻrinbosari)ning buyrugʻi bilan tayinlanadigan Bosh bank xodimi tomonidan amalga oshirilishi lozim.
302. Ushbu bankda ishlamaydigan shaxslarga, Bosh bank rahbarining imzosi qoʻyilgan va bankning dumaloq muhri bilan tasdiqlangan guvohnomasi, shuningdek kassa tarmogʻiga kirish uchun ruxsatnomasi boʻlgandagina, taftish oʻtkazishiga ruxsat etiladi.
Taftish oʻtkazishga jalb etilgan va kassaga kirishga ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslarga vaqtinchalik ruxsatnoma (taftish oʻtkazish muddatiga) toʻldiriladi.
303. Har chorakda toʻsatdan oʻtkaziladigan taftishlarni 1-yanvar holatiga koʻra, shuningdek mansabdor shaxslar vaqtincha almashgan vaqtda yoki ushbu Yoʻriqnomaning 296-bandidagi “v” va “d” lityerlarida koʻzda tutilgan boshqa hollarda oʻtkaziladigan taftishlar bilan birga qoʻshib oʻtkazishga ruxsat etilmaydi.
304. Taftish qimmatliklarni saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar ishtirokida oʻtkaziladi. Taftish mansabdor shaxs ishtirokisiz oʻtkaziladigan hollarda, bu haqda dalolatnomada alohida taʼkidlanib, taftishning barcha qatnashchilari imzo qoʻyadilar.
305. Oʻtkaziladigan taftishlar bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarga xalaqit bermasligi lozim.
Taftish, toʻsatdan barcha qimmatliklarning aynan bir sanadagi holatini shunday ketma-ketlik bilan tekshirish orqali oʻtkazilishi kerakki, oʻgʻirlik, pul hamda qimmatliklar kamomadini yashirish uchun hech qanday imkoniyat tugʻdirilmasligi lozim.
306. Taftish rahbari taftishga kirishib, kassa xonasidagi barcha pul saqlash omborlarini tekshiruv boshlangan vaqtda, qimmatliklarning qanchaligidan qatʼi nazar, surgʻuchli muhr bilan muhrlaydi va aylanma kassasida mavjud boʻlgan barcha naqd pullarni va boshqa qimmatliklarni oʻz nazoratiga olib, kechki kassa va pulni qayta sanash kassasida, inkassatorlar javobgarligi ostidagi pul, qimmatliklar hamda naqd pul va qimmatliklar solingan xaltalar bor-yoʻqligini aniqlaydi va bor boʻlsa, ularni boshqa qimmatliklar bilan birga taftish oʻtkazishni amalga oshiradi.
307. Kassadagi barcha qimmatliklar toʻliq taftish qilib boʻlinguniga qadar, qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar pul saqlash omborlariga faqat taftish rahbarining kuzatuvi ostida kirishlariga ruxsat etiladi. Bu vaqtda pul va qimmatliklarni olish yoki qoʻyish uning nazorati ostida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, yuqorida qayd etib oʻtilgan barcha qimmatliklarni bir vaqtning oʻzida bir yoʻla taftish qilishning imkoni boʻlmasa, ish kuni oxirida taftish rahbari qimmatliklar but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar bilan birgalikda pul saqlash omborlari va seyflarni muhrlab, belgilangan tartibda qoʻriqlash xizmatiga topshiradi.
Taftish rahbarining muhri taxtachaga taftish oʻtkazilayotgan bankning mansabdor shaxslari muhrlaridan oldin (yuqoriga) qoʻyilib, muhr namunasi belgilangan tartibda bankning qoʻriqlash xizmatiga topshiriladi.
308. Taftish rahbari tomonidan pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklar nazorat qayta sanash uchun shaxsan ajratiladi.
Oʻrami shikastlangan va nakladkasi (qoplama) notoʻgʻri toʻldirilgan bogʻlamlar va qoplar birma-bir va donalab qayta sanaladi.
309. Bank rahbari, bosh buxgalter yoki kassa mudiri qimmatliklarning but saqlanishi bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlardan ozod etilganida, kassadagi pul va tangalar birma-bir va donalab qayta sanaladi.
Bosh bank rahbari ishlarni qabul qilish-topshirish toʻgʻrisidagi buyruqda, belgilangan muddatni choʻzishi yoki aylanma va naqd pul zaxirasidagi naqd pullarni tanlab, birma-bir va donalab sanashni amalga oshirishga ruxsat berishi mumkin.
Pullarni tanlov asosida birma-bir va donalab qayta sanash, qimmatliklarning but saqlanishi va aylanma kassa hamda naqd pul zaxirasidagi qimmatliklarni saqlash hamda ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish ishlari uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarni oʻrnatilgan tartibda lavozimlaridan ozod etish bilan bogʻliq boʻlgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
310. Pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklar boʻyicha taftish oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) aylanma kassasi va naqd pul zaxiralarining naqd pullari bogʻlam va dastalar boʻyicha, tangalar esa — qoplarga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlari boʻyicha, berish uchun oldindan tayyorlab qoʻyilgan va oʻrab bogʻlangan pullar esa, qoplarga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlari boʻyicha tekshiriladi.
Pullarning umumiy summasi 120 va 141-shakldagi kitoblarning maʼlumotlari bilan solishtiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan tekshiruvlardan soʻng, pul va tangalar yoppasiga, birma-bir va donalab qayta sanaladi.
Yirik banklar (filiallar)da naqd pul va qimmatliklarni har chorakda toʻsatdan taftish qilish va qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar vaqtincha almashgan vaqtda oʻtkaziladigan taftishlar — taftish oʻtkazish uchun farmoyish bergan bank rahbari belgilagan miqdorda qayta sanab koʻrilishi mumkin.
Taftish oʻtkazuvchi, kassirga pullarni birma-bir sanash uchun berayotgan vaqtda dastadan banderolni olib, uni pullarning maʼlum bir qismi bilan nazorat uchun oldindan oʻzida olib qoladi. Kassir pulni sanab boʻlgach, ularning summasi yoki pullar sonini aytadi, taftish oʻtkazuvchi nazorat uchun qoldirilgan pul summasi yoki pullar sonini unga qoʻshadi va chiqqan summa miqdorini banderolda koʻrsatilgani bilan solishtiriladi.
Sanalayotgan pullar soni toʻgʻri chiqqanda, nazorat uchun qoldirilgan pullar kassirga qayta sanash va belgilangan tartibda dastalash uchun qaytarib beriladi.
Sanalayotgan pullarning soni toʻgʻri chiqmagan taqdirda (kam yoki koʻp chiqqanida) — pullarni taftish oʻtkazuvchi shaxsan qayta sanab koʻrishi, shundan soʻng ushbu pullarni avval sanagan kassir tomonidan qayta sanab koʻrilishi, pullarning bogʻlamga toʻgʻri qoʻyilganligi tasdiqlangan taqdirda esa, ushbu pullar belgilangan tartibda banderol bilan qayta oʻrab-bogʻlanishi lozim. Ochilgan bogʻlamning banderollari, ustki nakladkasi va qirqib olinmagan plombali tizimcha (polietilen plyonka) bogʻlamdagi barcha pullar toʻla sanab boʻlinguniga qadar taftish oʻtkazuvchida saqlanishi shart.
Faqat alohida hollarda ularni dastalagan kassirlarga, ushbu pullarni qayta sanashga ruxsat berilishi mumkin;
b) qayta sanash kassasidagi pul va tangalar taftish rahbari yoki taftish oʻtkazishga farmoyish bergan bank rahbari tomonidan belgilangan miqdorda birma-bir sanab tekshiriladi;
v) qayta sanash kassasidagi kechki kassaning mavjud inkassatsiya qilingan pul tushumining ochilmagan xaltalari va bankning xoʻjalik yurituvchi subyekt huzuridagi kassalarning qimmatliklar solingan xaltalari — yuk xatlari, qabul qilingan naqd pulli va boʻsh xaltalarni hisobga olish jurnali hamda yoʻnalishga chiqishda inkassatorlarga berilgan boʻsh xaltalar va tashrif varaqalari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar bilan taqqoslanadi.
Shikastlangan, plombalari va muhrlari buzilgan yoki namunalariga mos kelmaydigan xaltalar aniqlansa, ularning ichidagi pullar birma-bir qayta sanaladi. Pullarni qayta sanash jarayonida qatnashish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar (zarur hollarda ichki ishlar organlarining vakili) vakili taklif etilishi mumkin;
g) oʻrami buzilgan va nakladkasi (yorligʻi) notoʻgʻri rasmiylashtirilgan bogʻlamlar (qoplar)dagi pul va tangalarning hammasi qayta sanaladi;
d) chet el valyutasi va chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari, bogʻlamlar, dastalardagi va qoplarga biriktirilgan yorliqlardagi yozuvlar va ustki nakladkalar boʻyicha tekshiriladi. Bundan tashqari, taftish rahbari yoki taftish oʻtkazishga farmoyish bergan bank rahbari belgilagan miqdorda pullar birma-bir va donalab sanaladi. Bunda erkin almashtiriladigan valyuta va ushbu valyutadagi yoʻl cheklari, birma-bir va donalab sanalishi, zarur hollarda esa fuqarolarga valyuta operatsiyalari boʻyicha xizmat koʻrsatadigan valyuta ayirboshlash shoxobchalarining kassirlari pul sanashga jalb etilishlari mumkin;
e) qimmatliklarning turlari boʻyicha bogʻlamlarga oʻralgan omonat daftarchalari bogʻlamlarning ustki nakladkalaridagi yozuvlari boʻyicha, shuningdek taftish rahbari yoki taftish oʻtkazishga farmoyish bergan bank rahbari tomonidan belgilangan miqdorda donalab yoki birma-bir tekshiriladi;
j) boshqa barcha qimmatliklar ularning nominal qiymati boʻyicha yoki shartli bahoda tekshiriladi.
311. Pul saqlash omborlarida mavjud boʻlgan pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklar qayta sanalganidan soʻng, taftish oʻtkazuvchilar mavjud qimmatliklar miqdorini 120, 121 va 141-shakldagi kitoblarda, kunlik balans, analitik hisob maʼlumotlari bilan solishtiradilar, bundan tashqari, ular taftish oʻtkazish uchun olingan barcha qimmatliklar pul saqlash omborlariga qaytarib qoʻyilganligini tekshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Buxgalteriya hisobidan oʻtkazilmagan tilxat va boshqa hujjatlarning summalari kassa qoldigʻiga qoʻshilmaydi va kassirdan chiqqan kamomad deb hisoblanadi. Kassada chiqqan ortiqcha pullar bank foydasiga kirim qilinishi zarur va ular 321-bandda koʻrsatilgan ayrim hollardan tashqari qaytarib berilmaydi.
Biror bogʻlamdan pullar kam yoki ortiqcha chiqsa, ushbu bogʻlamni sanagan kassir dastalagan barcha bogʻlamlar birma-bir qayta sanaladi. Qopdagi tangalar kam yoki ortiqcha chiqqanda ham undagi pullar, agar taftish rahbari lozim topsa shu tarzda tekshiriladi.
312. Qimmatliklarni taftish qilinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi va taftish oʻtkazishda qatnashgan barcha xodimlar hamda qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar unga imzo qoʻyadilar. Pul va qimmatliklar kam yoki koʻp chiqqan taqdirda, hisob-kitobda tafovut borligi aniqlangan holda va qimmatliklar but saqlanishini taʼminlash jarayonida kamchiliklar borligi aniqlanganda, dalolatnomalar nusxasi bosh bankka joʻnatiladi.
Qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar almashishi munosabati bilan taftish oʻtkazilganda, aylanma kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarning saqlanishi bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarga, shuningdek, ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarga imzo qoʻyish pul va qimmatliklar toʻliq tekshirilib, dalolatnomaga imzo qoʻyilguniga qadar, topshiruvchi shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
313. Pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklarni taftish qilishdan tashqari, har chorakda bank rahbari tomonidan tuzilgan reja asosida kassa ishining tashkil etilishi, qoʻriqlash ishlari va signalizatsiya vositalarining ahvoli, ruxsatnoma boʻyicha kirish tartibiga rioya qilinishi, kalitlar, muhrlar, plombirlar, klishelar hisobini yuritish va ularni saqlash qoidalariga amal qilinishi, pul tushumining inkassatsiya qilinishi hamda kechki kassa ishining qanday tashkil etilganligi tekshiriladi.
Tekshirish oʻtkazish uchun ushbu vazifani bajara oladigan va bu uchastka ishini yaxshi biladigan bank xodimlari jalb etiladi.
Tekshirilayotgan masalalar boʻyicha kamchiliklar borligi aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuzilib, unda kamchiliklar, ishda qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan xodimlarning familiyalari, kamchilik sabablari va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar koʻrsatiladi. Dalolatnomaga tekshiruvchi va tekshirilgan uchastkaga rahbarlik qiluvchi xodim imzo qoʻyadi.
314. Oʻtkazilgan barcha tekshiruvlar tekshirishni qayd etish kitobi (28-ilova)ga qayd etib boriladi. Unda tekshiruvchining familiyasi va lavozimi, u tekshirgan uchastka, tekshiruv oʻtkazilgan vaqt, tekshiruv hajmi va uning natijalari yoziladi (dalolatnomaga ilova qilinadi yoki kamchiliklar yoʻqligi haqida yozib qoʻyiladi).
Kitob bank rahbarining seyfida saqlanishi lozim.
Bank rahbarlari oʻtkazilgan taftish va tekshiruv natijalarini besh kun muddat ichida koʻrib chiqishlari va aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan tuzatishlari, shuningdek mazkur Yoʻriqnomaga qatʼiy rioya etgan holda tashkiliy choralarni koʻrishlari shart.
315. Bank rahbarlari pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklarni taftish oʻtkazishdan tashqari, har oyda kamida bir marotaba aylanma kassasi va naqd pul zaxirasidagi pullarning ushbu Yoʻriqnomadagi 310-bandining “a” literidagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshlarida koʻrsatilgan tartibda nazorat uchun qayta sanalishini taʼminlashlari shart. Bunda ular asosan taftish oʻtkazilayotgan bank kassirlari tomonidan oʻrab-bogʻlangan pul bogʻlamlarini va tangalar solingan qoplarni shaxsan oʻzlari tanlab olishlari va olib chiqilayotgan pul summasini 123-shakldagi kitobga (tekshirish maqsadini koʻrsatgan holda) qayd etib borishlari lozim.
Nazorat qayta sanash qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslardan birining yoki qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishga aloqasi boʻlmagan yoki maxsus ajratilgan xodim ishtirokida amalga oshiriladi. Qayta sanash uchun ajratilgan pullar belgilangan tartibda ularni sanagan kassirlar tomonidan oʻrab-bogʻlanadi. Banderol, ustki nakladka va yorliqlarning chap qismiga “Nazoratda qayta sanaldi” degan toʻrtburchak muhr bosiladi.
Nazorat qayta sanash va pullarning toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarini qoʻshish kassa mudiri tomonidan bajarilgan hollarda, ularni nazorat qilish, bank rahbari yoki bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi.
316. Pullarning bogʻlamlarga yoki tangali qoplarga notoʻgʻri qoʻyilganligi aniqlanganda, ortiqcha pul va tangalar uni aniqlagan bank foydasiga kirim qilinib, 4 nusxada 145-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi — ilova xati bilan birga, ortiqcha chiqishga yoʻl qoʻygan bankka, ikkinchisi — ortiqcha qoʻyilmaga yoʻl qoʻygan bankning bosh bankiga, uchinchisi — Markaziy bankning Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga maʼlumot uchun, toʻrtinchisi nusxasi esa — ortiqcha pul mavjudligini aniqlagan bankning kunlik kassa hujjatlariga tikiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar kamomad aniqlansa, 145-shakldagi, toʻlovga yaroqsiz, qalbaki pullar aniqlanganda, 145a-shakldagi dalolatnoma 4 nusxada tuziladi:
dalolatnomaning birinchi nusxasi ustki nakladkasi bilan birga 10 ta toʻliq banderol va plomba qoʻyilgan tizimcha (polietilen paket) hamda ilova xati bilan birga, kamomad (toʻlovga yaroqsiz, qalbaki pullar)ga yoʻl qoʻygan bankka yuboriladi;
ikkinchisi — kamomad (toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar)ga yoʻl qoʻygan bankning Bosh bankiga;
uchinchisi — Markaziy bankning Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga maʼlumot uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
dalolatnomaning toʻrtinchi nusxasi — kamomad (toʻlovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar) ni aniqlagan bankning kunlik kassa hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
Dalolatnomalarga tartib raqamlari qoʻyilishi va ularga qoʻyiladigan tartib raqamlari yangi yilning birinchi yanvaridan boshlab yangilanishi shart.
317. Kamomad (qalbaki, toʻlovga yaroqsiz pullar) summasi boʻyicha dalolatnomani olgan bank, ushbu masalani koʻrib chiqib, kamomad summasini aybdor shaxsdan undirib olish choralarini koʻrishi va koʻrsatib oʻtilgan summani dalolatnomani yuborgan bankka oʻtkazib berishi lozim.
318. Aniqlangan ortiqcha pullar kassaga kirim qilinib, bank foydasiga oʻtkaziladi. Ushbu hisobvaraqqa kirim qilingan summalar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek ayrim shaxslarning hisobvaraqlariga, ushbu ortiqcha pullar ularga tegishli ekanligini asoslab yozgan iltimosnomasiga koʻra, bank rahbarining ruxsati bilan qaytarilishi mumkin.
319. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasining oʻramidan aniqlangan ortiqcha pullar summasiga oʻrnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va tijorat bankining 29816 “Qayta sanash vaqtida aniqlangan ortiqcha naqd pullar” hisobvaragʻiga kirim qilinib, Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazining tegishli hisobvaragʻiga naqd pulsiz shaklda (pul oʻtkazish yoʻli bilan) oʻtkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
320. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan yoʻl qoʻyilgan nuqsonli pullar aniqlangan taqdirda, banklar ikki nusxada 145a-shakldagi dalolatnoma tuzishlari va shunga asosan nuqsonli pullarni Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasining Hisob-kitob-kassa markazida yaroqli pullarga almashtirib olishlari mumkin.
321. Barcha kamomad pul, uning summasi qanchaligidan qatʼi nazar (aniqlanganda darhol toʻldirib qoʻyilgan boʻlsa ham), kassa boʻyicha chiqim qilinib, kamomadga yoʻl qoʻygan xodimning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va ushbu kamomad uning oʻrni toʻla qoplanguniga qadar, ushbu hisobvaraqda turadi.
322. Agar pul va boshqa qimmatliklar kamomadi talon-toroj, masʼuliyatsizlik yoki oʻgʻrilik natijasida aniqlangan boʻlsa, bu haqda bank rahbari darhol huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beradi va ular bir qarorga kelgunga qadar, kamomad chiqishiga yoʻl qoʻygan bank xodimini qimmatliklar bilan ishlashdan chetlashtiradi.
323. Bosh bankka joʻnatiladigan 145-shakldagi dalolatnomaga bank rahbari va bosh buxgalter imzo qoʻygan maxsus xabarnoma ilova qilinib, unda voqea sodir boʻlgan joy va sana, uning aniqlangan sanasi, voqea mazmuni (talon-toroj qilish, oʻgʻrilik, tunash, qalbakilashtirish), yetkazilgan zarar summasi; aybdor shaxsning lavozimi, familiyasi va ismi, sharifi; uning bankdagi ish staji va bank manfaatlarini koʻzlagan holda taʼminlash hamda yetkazilgan zarar undirib olinishini koʻzlab koʻrilgan choralar koʻrsatiladi.
324. Talon-toroj, oʻgʻrilik va suiisteʼmol bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hollar natijasida chiqqan pul va qimmatliklar kamomadi, uning hisobi yuritilgan hisobvaraqdan tegishli tarzda chiqarilib, ushbu qimmatliklar hisobini yuritish boʻyicha belgilangan tartibda aybdor shaxsga yoziladi.
Xatoga yoʻl qoʻygan kassirlar oʻramidagi naqd pul va metall tangalar, toʻliq qayta sanalishi lozim.
Talon-toroj va oʻgʻrilik, boshqa suiisteʼmol hollari bilan bogʻliq, shuningdek kamomadga doir boʻlgan barcha yozishmalar, qarzlarning hammasi toʻlab boʻlinganidan soʻng yoki bu qarz bank balansidan chiqarilgandan keyingina, arxivga topshiriladi.
XVI bob. Tijorat banklari va filial binolaridan tashqarida joylashgan operatsion kassalarini tashkil etish va ular faoliyatini yuritish boʻyicha qoʻyiladigan talablar
325. Tijorat banki tomonidan tashkil etilgan hamda qanday nomlanishidan qatʼi nazar, barcha jamgʻarma kassalari, ularning shoxobchalari va minibank kassalari, turli kommunal va boshqa toʻlovlarni qabul qiluvchi maxsus kassalar (keyingi oʻrinlarda — bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalari) uchun ushbu bobdagi talablar bir xil tartibda qoʻllaniladi (xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi bankning maxsus kassalari bundan mustasno).
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining ish tartibi bank filiali rahbarining buyrugʻiga asosan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
326. Tijorat banklari tomonidan bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarini tashkil etish va uning faoliyatini yuritish — Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 327, 329 va 331-bandlari talablariga rioya etilganligi haqidagi tekshiruv natijalari yuzasidan ijobiy xulosa olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
327. Tijorat banklari va ular filiallarining bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarini faqat oʻzlari joylashgan hudud (viloyat, tuman, shahar)da ochishlari mumkin va ushbu hududdan tashqarida ularni ochilishiga ruxsat etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
328. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining shtatiga nazoratchi-buxgalter, nazoratchi kassir va kassir shtat birliklari kiritilishi shart.
329. Nazoratchi-buxgalter yoki kassir vaqtincha (mehnatga vaqtincha layoqatsizlik davri, mehnat yoki ijtimoiy taʼtilda) ishda boʻlmagan taqdirda uning oʻrniga bank filiali rahbari tomonidan chiqarilgan buyruq asosida filialning tegishli xodimlaridan biri vaqtincha tayinlanganidan soʻng, bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassasi oʻz ish faoliyatini davom ettirishi mumkin.
330. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassasi “Bank muassasalarini qoʻriqlash va yongʻindan xabar beruvchi texnik vositalar bilan jihozlashga doir Talabnoma” (1998-yil 21-dekabr, roʻyxat raqami 575) talablari asosida jihozlangan boʻlishi shart.
Bankdan tashqarida joylashgan amaliyot kassalari xonalariga oʻrnatilgan qoʻriqlash, yongʻindan va xavfdan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari Ichki ishlar vazirligining hududiy idoralari huzuridagi “Qoʻriqlash” boʻlimi va uning tarkibidagi Markazlashgan qoʻriqlash xizmati (PSO)ga shartnoma asosida (PSO boʻlmagan hududlarda IIB navbatchi qismiga) ulanib, kechayu-kunduz (24 soat) ularning nazoratida boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
331. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining binosi alohida kiriladigan 2 ta xonadan iborat boʻlishi hamda hujjatlarni bir-biriga topshirish uchun kassa xonalari oʻrtasidagi devorga kichik darchalar (tuynuk) oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Birinchi xona nazoratchi-buxgalter uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, tekshirish hamda tegishli buxgalteriya oʻtkazmalarini modem oʻtkazmasi orqali amalga oshirish uchun, ikkinchi xona kassirga — naqd pullarni qabul qilish va saqlash hamda ularni topshirish uchun moʻljallangan boʻlishi shart.
332. Operatsion kassasi xodimlari pul sanash mashinkasi, hisoblash mashinkasi (kalkulyator), kompyuter printeri bilan birga, seyf yoki maxsus metall javon, pullarni oʻrab-bogʻlash uchun banderol, tizimcha va plombalar, kassir uchun biriktirilgan maxsus plombir va amaliyot kassasining nomi yozilgan yoki uning tartib raqami koʻrsatilgan muhr va shtamplar hamda boshqa tegishli blankalar bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
333. Tijorat banklarining bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalariga bankomat va terminal oʻrnatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
334. Bankdan tashqarida joylashgan amaliyot kassalarida pul muomalasiga doir operatsiyalar Markaziy bankning “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2005-yil 10-oktabr, roʻyxat raqami 1518 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 43-44-son, 334-modda) asosan tashkil etilishi shart.
335. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarida barcha toʻlovlar (kommunal xizmatlari uchun, soliq va boshqa toʻlovlar) naqd pullarda, shuningdek oʻrnatilgan terminallar yordamida plastik kartochkalar orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek bank tomonidan taklif etilayotgan barcha omonat turlari boʻyicha naqd pul qabul qilish, ular boʻyicha foizlar toʻlash hamda omonatni qaytarish, shu bilan birga omonatlardan qonunchilikda koʻzda tutilgan toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
336. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassasiga xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan ozod etish, mijozlar va aholidan naqd pullarni qabul qilish va ularga naqd pul berish boʻyicha hujjatlar aylanishi, naqd pullarni qabul qilish va topshirish, naqd pullar va hujjatlarni bank filialidan yoki bank filialiga inkassatsiya xizmati orqali yetkazib berish qatʼiy ravishda ushbu Yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Bunda tijorat bank filiali tegishli inkassatsiya xizmati bilan tuzilgan shartnoma asosida bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarini zarur miqdorda madad puli bilan taʼminlaydi va bank amaliyot kuni yakunlanganidan soʻng, amaliyot kassasida mavjud boʻlgan milliy valyutadagi nakd pul qoldiqlari amaliyot kassasiga qarashli boʻlgan bank hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun, chet el valyutasidagi qoldiqlar esa saqlash uchun bank filiali yoki tumanda joylashgan boshqa bank filialiga vaqtincha topshirilishi shart.
Kun oxirida operatsion kassasida naqd pullar qoldigʻining qolishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
337. Bankdan tashqarida joylashgan amaliyot kassalarida amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya hisobi qatʼiy ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari”ga (2006-yil 24-iyul, roʻyxat raqami 1602 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 299-modda) muvofiq amalga oshirilish shart.
338. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalari bank filialida mavjud boʻlgan kompyuter dasturi orqali bevosita modem aloqasi bilan bogʻlangan boʻlishi shart.
Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining nazoratchi-buxgalteri oʻzining shaxsiy maxfiy kodi (paroli) orqali mazkur dasturga kirishi va mijoz bilan boʻlgan har bir kassa operatsiyasini alohida tegishli hisobvaraqlar orqali aks ettirib borishi lozim.
339. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining faoliyati ustidan nazorat oʻrnatish ushbu Yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
340. Bosh bankning kassa operatsiyalari boshqarmasi (boʻlimi) bankning ichki audit xizmati va ichki nazorat xodimlari bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta bankdan tashqarida joylashgan amaliyot kassasida quyidagilarni:
Keyingi tahrirga qarang.
a) aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qabul qilib olingan naqd pullarni ularning tegishli hisobvaraqlariga oʻz vaqtida oʻtkazilishini;
b) bank omonatchilarining hisobvaraqlarida qolgan pullarni ularning omonat daftarchalari bilan mos kelishini toʻliq inventarizatsiya qilishni;
v) inventarizatsiya natijasida noqonuniy oʻzlashtirish holatlari aniqlangan taqdirda, omonatchilar mablagʻlarini bank mablagʻlari hisobidan zudlik bilan tiklash choralari koʻrilganligini;
g) noqonuniy oʻzlashtirishlarga yoʻl qoʻygan moddiy javobgar shaxslardan bankka yetkazilgan zararni toʻliq undirilishini taʼminlash maqsadida, tegishli hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilganligini;
d) omonat daftarchalarning kirim-chiqim hisobi boʻyicha qatʼiy ravishda tartib raqami qoʻyilgan varaqlari ip oʻtkazilib, muhrlangan va bank filiali rahbari tomonidan tasdiqlangan kitoblarda qabul qiluvchi va topshiruvchining shaxsiy imzosi qoʻyilgan holda yuritilishini tekshirishlari shart.
341. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassasida pul muomalasi va kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini chuqur oʻrgatish boʻyicha kassa xodimlari uchun doimiy ravishda Bosh bankda maxsus oʻquv kurslari tashkil etilishi lozim.
342. Bankdan tashqarida joylashgan operatsion kassalarining xodimlari bank Boshqaruvi tomonidan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim.
XVII bob. Inkassatsiya xizmatini tashkil etish
343. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilish va bank boʻlimlari oʻrtasida qimmatliklarni tashish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Inkassatsiya birlashmasining hududiy boshqarmalari va boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tijorat Xalq banki tizimida naqd pul tushumini inkassatsiya qilish ushbu Yoʻriqnomaga mos ravishda ishlab chiqilib, Xalq banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan ichki tartib asosida tashkil etiladi. Xalq bankining inkassatsiya xizmatini tashkil etish borasidagi ichki tartibi ushbu Yoʻriqnomada belgilangan meʼyorlarga mos kelishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
344. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Inkassatsiya birlashmasi mustaqil tashkilot boʻlib, oʻz nizomi asosida ish yuritadi. Shuningdek, u oʻz tasarrufida hududiy inkassatsiya boshqarmalariga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
345. Inkassatsiya xizmatining son tarkibi pul tushumini inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashish boʻyicha bajariladigan majburiyatlar koʻlami va uning murakkabligidan kelib chiqqan holda, shtatlar jadvali bilan belgilanadi.
346. Inkassatsiya xizmatiga, agar ish bevosita inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashish bilan bogʻliq boʻlsa, qurolli kuchlar safida amalda xizmatni oʻtagan, sogʻlom, tegishli nazorat organlari tekshiruvidan oʻtgan va xizmat rahbari tomonidan belgilangan, lekin uch oydan oshmagan sinov muddati mobaynida tayyorgarlik koʻrgan shaxslar qabul qilinadi.
347. Har bir xodimga shaxsiy yigʻmajild ochilib unda boshqa hujjatlar qatorida quyidagilar boʻlishi lozim:
a) toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi shartnoma;
b) xizmat sirlari, qimmatliklarni inkassatsiya qilish va tashish boʻyicha maʼlumotlarni oshkor etmaslik haqida tilxat;
v) xodim bilan tuzilgan sugʻurta shartnomasi;
g) yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
348. Yangi ishga qabul qilingan xodimlar bilan boshlangʻich mashgʻulotlar oʻtkazilib, ularning bilimlari sinalganidan soʻng, mustaqil ishga qoʻyiladi va shu bilan birga inkassatsiya xizmatiga tegishli boʻlgan meʼyoriy hujjatlarga doir “Texnik oʻquv” mashgʻulotlari oʻtkazilib, xodimning olgan bilimlari boʻyicha muntazam ravishda sinov oʻtkazib boriladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilish hamda qimmatliklarni tashish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni bajaruvchi xodimlar bilan toʻliq shaxsiy moddiy javobgarlik toʻgʻrisida namunaviy shartnoma (3-ilova) tuziladi.
349. Tabel quroli biriktirilgan har bir xodim, xizmat vazifasini bajarish vaqtida sogʻligʻiga ziyon yetkazilishi ehtimoli borligi uchun oldindan inkassatsiya birlashmasi hisobidan sugʻurta qilinadi. Agar xizmat vazifasini oʻtash vaqtida xodim vafot etsa, sugʻurta qilingan toʻlov qonunchilikda belgilangan tartibda uning merosxoʻrlariga toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
350. Inkassatsiya xizmati rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari tomonidan muntazam ravishda har chorakda kamida bir marotaba, inkassatorlar tomonidan pul tushumini inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashish qoidalarining bajarilishi boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazishlari lozim. Tekshirish natijalari mazkur Yoʻriqnomaning 34-ilovasida keltirilgan 172-shakldagi kitobda qayd etilishi lozim.
Inkassatsiya xizmati xodimlari tomonidan pul tushumini inkassatsiya qilish, qimmatliklarni tashish va bank mijozlariga xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik — inkassatsiya xizmati rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Bank mijozlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha tekshirishlar — bank rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga tijorat bank filiallari binosida joylashgan inkassatsiya boʻlimining ish faoliyati ustidan doimiy nazorat oʻrnatish va yilning har choragida inkassatsiya boʻlimida ishning tashkil etilishi, yaʼni xizmat kitobi va jurnallarning yuritilishi, mijozlar pul tushumini inkassatsiya qilish, qimmatliklarning tashilishini amalga oshirish, inkassatsiya xizmati avtomashinalarining ishchi holati, ularning maxsus texnik vositalari bilan jihozlanganligi, avtomashinalar yoʻnalishga chiqmagan vaqtlarda ularning bokslarda saqlanishi hamda inkassatorlarning jismoniy va ruhiy holatlarini oʻrganib chiqib, uning natijasi boʻyicha maʼlumotlarni Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalarining Emissiya — kassa operatsiyalari boʻlimlariga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
351. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Emissiya — kassa operatsiyalari departamenti va uning hududiy Bosh boshqarmalaridagi tarkibiy boʻlinmalari inkassatsiya xizmati ishi yuzasidan muntazam ravishda tekshiruv va nazorat olib borishlari shart.
Inkassatsiya birlashmasining masʼul xodimlari hududiy inkassatsiya boshqarmalariga ishning qanday tashkil etilganligi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida muntazam ravishda xizmat safarlariga borib turishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
XVIII bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilishni tashkil etish
352. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini yigʻish va bank boʻlimiga yetkazib berish boʻyicha xizmat koʻrsatish bank, mijoz va inkassatsiya xizmati oʻrtalarida tuzilgan 3 va 4 tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
353. Naqd pul mablagʻlarini inkassatsiya qilish xizmatlari xoʻjalik yurituvchi subyektlardan, vositachilik toʻlovlari undirilmagan holda amalga oshiriladi. Keyinchalik ushbu xarajatlar banklar tomonidan, bank boʻlimi va inkassatsiya xizmati oʻrtalarida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida, inkassatsiya xizmati har oyda taqdim etadigan toʻlov hisobotlari boʻyicha qoplanadi.
354. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxati (18-ilova) inkassatorlar tomonidan pul tushumi yigʻiladigan inkassatsiya boʻlimining tegishli kitobida hamda elektron yozuv tarzida yuritiladi.
Har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun har oyda 107-shakldagi tashrif varaqasi (32-ilova) tuzilib, unga subyekt roʻyxatga olingan raqam beriladi.
Pul tushumining hajmiga qarab har bir xoʻjalik yurituvchi subyektga kerakli miqdorda “BANK” yozuvi tushirilgan maxsus inkassatsiya xaltalari sotiladi. Har bir xaltaga kasr sonli raqam qoʻyilib, surati subyektning roʻyxatdagi raqami, maxraji esa xaltaning tartib raqamidan iborat boʻladi. Yakshanba va bayram kunlarida “V” indeksli xaltalar beriladi.
355. Inkassatsiya qilinayotgan har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt bankka plombirning aniq izi tushirilgan ikkita plomba namunasini beradi. Agar pul tushumi solingan xaltalar joylardagi inkassatsiya boʻlimlariga topshirilsa, plomba namunalari uch nusxada beriladi. Plomba namunasida xoʻjalik yurituvchi subyektning qisqartirilgan nomi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Inkassatsiya boʻlimi boshligʻi va bankning kassa mudiri yuqorida koʻrsatilgan namunalarni tekshirib, ularni tizimchadagi xoʻjalik yurituvchi subyekt plomba namunasining quyi qismiga oʻz plombalarini bosib tasdiqlaydilar, shundan soʻng bankning kassa mudiri oʻzining plomba namunasi bilan tasdiqlaydi.
Tasdiqlangan plomba namunalarining birinchi nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyektga beriladi. Inkassator pulli xaltalarni qabul qilish vaqtida, unga ushbu namuna koʻrsatiladi. Ikkinchi nusxasi inkassatorlardan pulli xaltalar qabul qilinayotgan vaqtda nazorat uchun bankning kechki kassasiga topshiriladi.
Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt pul tushumini inkassatsiya boʻlimiga topshirsa, plomba namunasining uchinchi nusxasi qabul qilinayotgan pulli xaltalardagi plombalar bir xilligini tekshirish uchun shu boʻlimining inkassatoriga beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
356. Xoʻjalik yurituvchi subyektlardan pul tushumini yigʻish yoʻnalishlarini va ularning tashrif vaqti jadvallarini inkassatsiya boʻlimi boshligʻi tuzib chiqadi. Inkassatorlarning obyektga borish vaqti, bank kassasiga eng koʻp tushadigan pul tushumi vaqtini hisobga olgan holda belgilanadi.
Inkassatsiya yoʻnalishlarining qatnov jadvali, zarurat tugʻilgan taqdirda har yilning 1-yanvar holatiga yangilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
357. Brigadada ishlovchilarning soni uch kishidan kam boʻlmagan holda, ularning inkassatsiya qilish sharoitiga qarab, inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari) tomonidan belgilanadi.
Brigada aʼzolaridan biri brigada boshligʻi, boshqasi pul tushumini yigʻib oluvchi etib tayinlanadi. Pul tushumini yigʻib olish vaqtida brigada boshligʻi bilan haydovchi pul tushumi solingan xaltalarni qoʻriqlaydilar va yigʻuvchining ishini kuzatib boradilar.
Ayrim hollarda inkassatsiya qilish ikkita xodim orqali, ikki kundan oshmagan muddatda bajarilishi mumkin. Bunda brigada boshligʻi vazifasini inkassator-haydovchi bajaradi. Hududiy inkassatsiya boshqarmasining boshligʻi inkassatsiya brigada tarkibini kerakli miqdorda inkassatorlar bilan toʻldirish choralarini koʻrishi lozim.
358. Inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (navbatchi inkassator) pul tushumini yigʻish uchun inkassatorlarga yoʻnalishga chiqishlaridan avval 172-shakldagi kitobga imzo qoʻydirgan holda; yigʻuvchi inkassatorga — bir yil muddatga beriladigan 173-shakldagi ishonchnoma (33-ilova), 107-shakldagi tashrif varaqalari (32-ilova), inkassatsiya boʻlimining yoʻnalish raqami koʻrsatilgan muhrni; brigada boshligʻiga — yoʻnalishga beriladigan tashrif varaqlari va boʻsh xaltalar soni haqidagi maʼlumotnomani (8-ilova) topshiradi.
Inkassatorlar yoʻnalishga olinadigan boʻsh xaltalarni inkassatorlarga topshiriladigan boʻsh xaltalar kitobi (22-ilova) boʻyicha bankdan shartnomada belgilangan vaqtda oladilar. Banklar qulflanadigan va metall shkaflar oʻrnatilgan alohida xonani inkassatsiyaga ajratib berishlari va ushbu xonada yoʻnalishga chiqiladigan kuni ishlatilmaydigan xaltalarni saqlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
359. Inkassatsiya xizmatida foydalaniladigan barcha surgʻuchli muhrlar, plombirlar, kalitlar va shtamplar inkassatsiya boʻlimi boshligʻi yuritadigan maxsus daftarda (27-ilova) qayd etilishi lozim (inkassatsiya boʻlimi boʻyicha navbatchi mavjud boʻlgan boshqarmalarda ularning hisobi hududiy inkassatsiya boshqarmasi boshligʻining farmoyishi boʻyicha yuritiladi). Barcha inkassatsiya boʻlimlarida plombirlar, kalitlar, shtamplar va surgʻuchli muhrlar shu daftarga imzo qoʻydirib beriladi.
Mazkur Yoʻriqnomada koʻzda tutilgan barcha hisob daftarlari, shuningdek plombirlar, muhrlar, kalitlar, texnika xavfsizligi boʻyicha yuritiladigan kitob, inkassatsiya qilinuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob daftari (18-ilova) raqamlanishi, tikilishi va hududiy inkassatsiya boshqarmasining surgʻuchli (siyohli) muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
360. Inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator) inkassatorlarni yoʻnalishga chiqarishdan avval, maxsus avtomobilning ishga tayyorligini tekshiradi va yoʻnalish varagʻida tegishli yozuvni qayd etadi. Shuningdek, haydovchi-inkassatorning yoʻnalishga chiqish tayyorgarligi (uning jismoniy holati va haydovchilik guvohnomasi borligi) tekshiriladi.
361. Inkassatsiya xizmatining maxsus avtomashinalaridan ishdan tashqari boshqa maqsadlar uchun foydalanish qatʼiyan man etiladi.
Xizmat avtomashinalarini ishlatish va saqlash uchun javobgarlik inkassatsiya xizmati (boʻlimi) boshligʻi (uning oʻrinbosari) zimmasiga yuklatiladi. Bank hovlisida inkassatsiya xizmatining maxsus avtomashinalaridan tashqari boshqa avtotransportning saqlanishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Inkassatsiyaning maxsus avtomashinasida bank hududidan tashqariga chiqish huquqiga, faqat maxsus avtomashinaning inkassator-haydovchisi ega.
Inkassatsiya yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan vaqtda maxsus avtomashina buzilib qolib, uni joyida tuzatishning iloji boʻlmagan taqdirda, yoʻnalishga boshqa avtomashina ajratiladi va bunda ushbu yoʻnalish brigadasi uchun belgilangan haydovchi-inkassator almashtirilmaydi.
362. Inkassatorlar xizmat vazifasini bajarish uchun yoʻnalishga chiqishlaridan avval inkassatsiya boʻlimi rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan kunlik yoʻriqnoma oʻtkazilganidan soʻng, ushbu Yoʻriqnomaning 48-ilovasida keltirilgan kunlik yoʻriqnoma kitobiga imzo qoʻydiriladi.
363. Qimmatliklarni inkassatsiya qilish ishlariga jalb etilgan inkassatsiya xizmati xodimlari maxsus kiyim-kechak va shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishlari shart.
XIX bob. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi
364. Barcha doimiy naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini oʻzlarining hisobvaraqlari ochilgan bankka oʻz vaqtida kirim qilish uchun inkassatsiya xizmati orqali topshirishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Doimiy pul tushumiga ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar deponentlangan ish haqi, pensiya, nafaqa, gonorar va boshqa mehnat munosabatlari bilan bogʻliq oʻz vaqtida toʻlanmagan hamda ayrim hollarda xodim tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni qoplash uchun kassaga toʻlangan naqd pullar va boshqa toʻlovlarni, kassa limitidan ortiqcha naqd pullarni uning asosiy talab qilib olguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat qiluvchi bank kassasiga xoʻjalik yurituvchi subyekt hisobvaragʻiga kiritib qoʻyish uchun bevosita oʻzi olib kelib (samonos) topshirishi mumkin.
Bunda bevosita oʻzi olib kelib topshirish (samonos) yoʻli bilan pul mablagʻlarini asosiy bank hisobvaragʻi ochilmagan bank (filial) kassasiga topshirilishi qatʼiyan man etiladi. Boshqa bank mijozlaridan oʻzi olib kelib topshirish yoʻli bilan naqd pullarni qabul qilgan banklarga (filiallarga) nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qoʻllaniladi.
365. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar inkassatorlarga pul tushumini topshirayotgan vaqtda har bir xalta uchun 006-shakldagi (19-ilova) blankalar komplektini qora qogʻoz orqali uch nusxada toʻldirib beradilar.
Blankaning 1-nusxasi (ilova qaydnomasi) inkassatsiya xaltasining maxsus choʻntagiga solinadi, 2-nusxasi (xaltaga yuk xati) pul tushumi solingan xalta bilan birga yigʻuvchi-inkassatorga beriladi va uning 3-nusxasi esa (kvitansiya) mijozda qoladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning masʼul xodimi inkassatorga pul tushumi solingan xaltani topshirishda tashrif varaqasiga koʻzda tutilgan barcha yozuvlarni qayd etadi. Ushbu yozuvlarning inkassator tomonidan qayd etilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Inkassatorga pul tushumi solingan ikkita yoki undan ortiq xalta topshirilgan taqdirda yoki undan ikkita yoki undan ortiq boʻsh xalta olinganda tashrif varaqasining “pul tushumi solingan xaltaning raqami” va “inkassatordan qabul qilingan boʻsh xaltaning raqami” degan ustunlariga raqamlar oʻrniga xaltalar soni soʻz bilan yoziladi.
367. Xaltalarni qabul qilib olishda yigʻuvchi-inkassator quyidagilarni:
a) xaltaning yaroqliligi va butligini;
b) uning toʻgʻri plombalanganligi (plomba qoʻyilgan tizimchaning butligi, plombir izining aniqligi va uning namuna bilan bir xilligi)ni;
v) qabul qilinayotgan va topshirilayotgan xaltalarning raqamlari tashrif varaqasida, yuk xatida va kvitansiyada koʻrsatilgan raqamlariga mos kelishini;
g) xoʻjalik yurituvchi subyektning javobgar shaxsi tomonidan yuk xati va kvitansiyalarga imzosi qoʻyganligini;
d) tashrif varaqasida koʻrsatilgan pul tushumi summasining yuk xati va kvitansiyadagi yozuvlariga mos kelishini hamda yuk xati bilan kvitansiyada raqam va soʻz bilan yozilgan summalarning oʻzaro mos kelishini tekshiradi.
Shundan soʻng kvitansiyaning 3-nusxasiga imzo qoʻyib unga sana, qabul qilib olinayotgan xaltaning raqamini yozib, yoʻnalish muhrini bosadi va xoʻjalik yurituvchi subyektning masʼul xodimiga boʻsh xaltani topshiradi.
Yigʻuvchi-inkassator ikki yoki undan ortiq xaltalarni qabul qilayotgan vaqtda, xaltalar soni bilan tushumning umumiy summasini har bir xaltaga tegishli yuk xati hamda kvitansiyadagi yozuvlariga qarab tekshirib oladi.
Xaltaning butun emasligi yoki ilova hujjatlarining notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi aniqlangan taqdirda, pul tushumi solingan xaltalarni qabul qilish toʻxtatiladi. Yigʻuvchi-inkassator ishtirokida faqat inkassatorlar brigadasining yoʻnalishdagi qatnov jadvali buzilishiga olib kelmaydigan xato va kamchiliklar tuzatilishi mumkin.
Boshqa hollarda xoʻjalik yurituvchi subyekt (pul topshiruvchi)dan pul tushumi solingan xaltalarni qabul qilish ularning qayta tashrif vaqtida amalga oshiriladi va bu haqda tashrif varagʻiga tegishli yozuvlar qayd etiladi.
Pul tushumi solingan xaltalarni topshirishdan bosh tortish holatlarida, xoʻjalik yurituvchi subyekt tashrif varagʻiga topshirmaslik sabablarini qayd etib, uni oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
368. Inkassatorlar brigadasining boshligʻi yigʻuvchi inkassatordan pul tushumi solingan xaltalarni, yuqorida koʻrsatilgan tartibda qabul qilib oladi, shundan soʻng unga navbatdagi xoʻjalik yurituvchi subyektdan tushumini qabul qilish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektiga tegishli boʻsh xaltani beradi.
Pul tushumi solingan xaltalarning yuk xatlari va tashrif varaqalari yigʻuvchi-inkassatorda qoladi. Yoʻnalish boʻylab harakatlangan vaqtida, pul tushumi solingan xaltalar qoplarda yoki maxsus qutilarda inkassatorlar brigadasining boshligʻida saqlanadi.
369. Banklarga olib kelingan pul tushumli xaltalarni inkassatorlar bankning kechki kassasiga ushbu Yoʻriqnomaning 122 — 124-bandlarida qayd etilgan tartibda topshiradilar.
370. Xaltalar oʻrnatilgan tartibda imzo qoʻyib topshirilganidan soʻng, brigada boshligʻi inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator)ga blankani (7-ilova), haydovchi inkassator yoʻnalishga chiqish uchun berilgan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati guvohnomasini, yigʻuvchi-inkassator esa ishonchnomani, tashrif varaqalarini, muhrni, shuningdek brigadaning barcha aʼzolari qurol, oʻq-dori va qurol olib yurish uchun berilgan ruxsatnomalarini topshiradilar.
Inkassatsiya boʻlimining boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator) barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga xizmat koʻrsatilgani va inkassatorlar bank kassasiga topshirgan xaltalarning soni ular xoʻjalik yurituvchi subyektlardan qabul qilgan xaltalarning soniga mos kelishini tekshirib chiqqanidan soʻng, bu haqda blankada (7-ilova), shuningdek yigʻuvchi inkassatordan ishonchnoma, tashrif varaqalari va yoʻnalish muhri qabul qilinganligi haqida 172-shakldagi kitobga qayd etadi.
Inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator) inkassatorlar tomonidan qabul qilib olingan naqd pulli xalta, qop hamda boʻsh xaltalarni qayd etish blankasi (7-ilova) boʻyicha topshirilgan pul tushumining umumiy summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (9-ilova)ni tuzib, uni tegishli bankning bosh buxgalteriga beradi.
Bundan tashqari inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator) har kuni bank rahbariga avvalgi kun uchun inkassatorlarga pul tushumini topshirmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (25-ilova)ning ikkinchi nusxasiga imzo qoʻygan holda topshiradi.
371. Agar umumiy belgilangan dam olish kunlari inkassatorlar tomonidan pul tushumi yigʻilsa, lekin qayta sanash kassasi ishlamasa, kassa mudiri yoki qayta sanash kassasining nazoratchisi ushbu kunlari inkassatorlar brigadasiga boʻsh inkassatsiya xaltalarini ushbu Yoʻriqnomaning 183-184-bandlarida belgilangan tartibda topshiradi.
372. Yoʻnalishdan yigʻib kelingan va pul tushumi solingan xaltalarni maxsus ajratilgan seyflarda inkassatorlar javobgarligi ostida saqlashga ruxsat etiladi.
Bunday hollarda inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator) yigʻuvchi inkassatorga va brigada boshligʻiga plombirlar, kalitlar, muhrlar hisobini yuritish daftariga imzo qoʻydirib, surgʻuchli muhrlarni va kalitlarni beradi. Seyflar ikkita kalit bilan qulflanib, ushbu shaxslarning surgʻuchli muhrlari bilan belgilangan tartibda muhrlanadi hamda qoʻriqlashga 161-shakldagi kitobga imzo qoʻyib topshiriladi. Daftar inkassatorlar brigadasi boshligʻining alohida seyfida yoki temir shkafida saqlanadi. Plombir (muhr) namunasining bir nusxasi qoʻriqlash xizmati xodimi (militsioner)ga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
373. Inkassatorlar inkassatsiya qilingan pul tushumi bilan birga tashrif varaqalari va yuk xatlarini seyflarda saqlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Seyflarni qulflash, muhrlash hamda qoʻriqlash xizmatiga topshirish — inkassatorlar xaltalarni har bir yoʻnalishdan olib kelganlaridan soʻng amalga oshiriladi.
Xaltalarni seyflarga qoʻyish, seyflarga navbatdagi xaltalarni qoʻyish uchun ochish, shuningdek xaltalarni kassa xodimlariga topshirish uchun olish inkassatorlar brigadasining barcha aʼzolari ishtirokida amalga oshirilib, bu haqda 161-shakldagi kitobda qayd etib, unga inkassatorlar bilan qoʻriqlash xizmati xodimlari imzo qoʻyadilar.
Turli inkassatsiya brigadalari tomonidan inkassatsiya qilingan pul tushumining xaltalarini bitta seyfda saqlashga ruxsat etilmaydi.
374. Pulni qayta sanash kassasi ish boshlashidan avval inkassatorlar kelishilgan vaqtda kelishlari va pul tushumi solingan xaltalarni ushbu Yoʻriqnomaning 124-bandida koʻzda tutilgan tartibda, qayta sanash kassasining nazoratchi kassiriga topshirishi, tashrif varaqalari, ishonchnoma, yoʻnalishga berilgan Davlat yoʻl harakati xavfsizlik xizmati guvohnomasi, muhr, seyflarning kalitlari va surgʻuchli muhr (plombir)larini esa tegishli kitoblar orqali inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari, navbatchi inkassator)ga topshirishlari lozim.
XX bob. Bank qimmatliklarini tashishni tashkil etish
375. Pul, tanga va boshqa qimmatliklarni tashish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Inkassatsiya birlashmasining joylardagi boʻlimlari orqali tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, banklarning yozma buyurtmalari va Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalarining farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
Farmoyishlar toʻrt nusxada tayyorlanib, uning birinchi nusxasi qimmatliklarni joʻnatuvchi bankda, ikkinchi nusxasi qimmatliklarni qabul qilib oluvchi bankda, uchinchi nusxasi inkassatsiya birlashmasida (joylarda boshqarmalarda) va toʻrtinchi nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Emissiya-kassa operatsiyalari departamentida (joylarda Emissiya-kassa operatsiyalari boʻlimlarida) nazorat olib borish uchun saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
376. Qimmatliklarni joʻnatuvchi bank oldindan telefon yoki telegraf orqali qimmatliklarni qabul qilib oluvchi banklarni qimmatliklar ortilgan avtotransportning yoʻlga chiqish vaqti va undagi qimmatliklarni qabul qilish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini tashkil etib turishlari haqida xabardor qilishlari lozim.
377. Qimmatliklar tashilishini amalga oshirish va ularning hajmini hisobga olgan holda inkassatorlar brigadasi aʼzolarining soni belgilanadi. Bunda ularning soni shahar, tuman va viloyat (hudud) ichida tashilishini inobatga olgan holda kamida uch kishidan, viloyatlararo (hududlararo) tashilish vaqtida esa kamida olti kishidan iborat boʻlgan brigada tuzish hamda qoʻriqlash va yetkazib berish muddatini belgilab, topshiriqni bajarish tartibi haqida inkassatorlarga yoʻriqnoma oʻtkazilib, kunlik yoʻriqnoma kitobiga imzo qoʻydiriladi.
378. Inkassatorlardan biri boshliq etib tayinlanadi va u brigada (guruh)ning qimmatliklarni tashishga doir barcha ishlarini tashkil etadi. Unga bir martalik, old tarafida uning familiyasi, ism-sharifi koʻrsatilib, imzo namunasi qayd etilgan hamda inkassatsiya boshqarmasi boshligʻi va bosh buxgalterining imzolari qoʻyilib, muhri bilan tasdiqlangan mazkur Yoʻriqnomaning 38-ilovasida keltirilgan 179-shakldagi ishonchnoma beriladi. Ishonchnomaning orqa tarafida brigada tarkibiga kiruvchi qolgan barcha inkassatorlarning familiyalari yoziladi va ism-shariflarining bosh harflari koʻrsatiladi hamda ushbu roʻyxat boshliqning imzosi va inkassatsiya boshqarmasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Agar qimmatliklarni tashish inkassatsiya boʻlimining inkassatorlari orqali amalga oshirilsa, ularga inkassatsiya boshqarmasining boshligʻi va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan ishonchnoma beriladi. Oy tugaganidan soʻng, inkassatsiya boʻlimi boshligʻi (uning oʻrinbosari) ishonchnomalardan foydalanganligi haqida hududiy inkassatsiya boshqarmasi oldida roʻyxatlar boʻyicha hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
379. Pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklar inkassatorlarga bank rahbari, bosh buxgalter va kassa mudiri imzolagan chiqim kassa ordyerlari ushbu mansabdor shaxslar ishtirokida berilishi lozim. Ordyerlarda qimmatliklarni belgilangan joyga joʻnatish toʻgʻrisidagi farmoyishining raqami va sanasi koʻrsatilishi shart.
Joʻnatuvchi bank farmoyishda koʻrsatilgan summani inkassatsiya xodimlariga toʻliq berilishini taʼminlashi shart.
380. Bankning aylanma kassalaridagi limitdan ortiqcha qoldiqlarini Hisob-kitob-kassa markaziga yetkazib berish, yaroqli pullarni toʻliq bogʻlamlarda, alohida hollarda esa eskirgan pullarni toʻliq boʻlmagan bogʻlamlarda amalga oshirish mumkin.
381. Inkassatorlar qimmatliklarni qabul qilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatadilar. Inkassatorlar pullarni birma-bir dastalar va bogʻlamlari boʻyicha, bogʻlamlarning toʻgʻri oʻrab-bogʻlanganligi va ularning butligini, har bir bogʻlamdagi dastalar sonini, ustki nakladkalarda koʻrsatilgan summalarning toʻgʻriligini, ulardagi rekvizitlarning bir-biriga mos kelishini hamda plombalarning but va aniq bosilganligini, tselofan paket va kafolat choklarining butligini tekshirib, qabul qilish orqali amalga oshiradilar.
382. Inkassatorlar tomonidan tangalar qoplarda, uning butligi va toʻgʻri bogʻlanganligi, qoplarga biriktirilgan matoli yorliqlarda tangalarning qiymati va summasi qayd etilganligi, plombalarning butligi va ularning yaqqol tushirilganligi hamda kassirlarning imzolari qoʻyilganligini tekshirib qabul qilinadi. Shikastlangan va nuqsonli tangalar bankdan toʻliq va toʻliq boʻlmagan qoplarda Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markaziga, zarurat tugʻilgan taqdirda esa toʻlmagan qoplarni birlashtirmagan holda joʻnatishga ruxsat etiladi.
Inkassatorlar tomonidan pul bogʻlamlari va tangali qoplarni qabul qilish vaqtida aniqlangan nuqsonli bogʻlamlar va qoplar qabul qilinmaydi.
383. Tashish uchun tayyorlab qoʻyilgan, qoplarga joylashtirilmagan naqd pul bilan inkassatsiya xodimi yoki kassa xodimining bir oʻzini yolgʻiz qoldirish qatʼiyan man etiladi.
384. Qimmatliklar qabul qilib olinganidan soʻng, kassa mudiri yoki uning koʻrsatmasiga binoan boshqa kassa xodimining nazorati ostida inkassatorlar ularni standart brezent qoplarga joylaydilar. Har bir qopning ogʻzi tikilib, tizimcha bilan ikki yarim aylanishda siqib bogʻlanadi. Tizimcha uchlari matodan tayyorlangan yorliqdan oʻtkazilib, yorliqda qimmatliklarni joʻnatuvchi bank nomi, qopning oʻrab-bogʻlangan sanasi va roʻyxatdagi (23-ilova) raqamiga mos keluvchi tartib raqami koʻrsatilib, tizimcha uchlari mahkam bogʻlanadi. Shundan soʻng qop plombalanib, undagi yorliqqa pul oʻrab-bogʻlanishini nazorat qiluvchi kassa xodimi imzo qoʻyadi.
Qimmatliklar qabul qilingani toʻgʻrisida inkassatorlar brigadasining boshligʻi chiqim kassa ordyerlariga imzo qoʻyadi, brigada aʼzolari ordyerlarning orqa tomoniga imzo qoʻyib, unga ularning familiyasi, ism-sharifi, shaxsiy guvohnomalaridagi maʼlumotlar va olingan summa koʻrsatiladi.
385. Qabul qilingan va qoplarga joylangan qimmatliklarning but saqlanishiga va qoplardagi plombalarning butligiga, qimmatliklarni belgilangan joyga yetkazish uchun masʼul boʻlgan brigadaning barcha inkassatorlari toʻliq moddiy javobgardirlar.
386. Naqd pul va tangalar yoki boshqa qimmatliklarni joʻnatuvchi bankning kassa mudiri tomonidan 4 nusxada roʻyxat (23-ilova) tuziladi va ular joʻnatuvchi bankning mansabdor shaxslari tomonidan imzolanib, bank muhri bosilib tasdiqlanadi.
Roʻyxatning birinchi nusxasi qimmatliklarni qabul qiluvchi bank rahbariga topshirish uchun inkassatsiya brigadasining boshligʻiga beriladi, 2-3 nusxalardan inkassatorlar brigadasi qimmatliklarni qabul qilish va topshirishda foydalanadi va ushbu nusxalar topshiriq bajarilganidan soʻng, inkassatsiya boʻlimiga topshiriladi, ularning biri bajarilgan ish uchun haq toʻlanishiga asos boʻlsa, 4-nusxasi esa qimmatliklarni joʻnatuvchi bankning kunlik kassa hujjatlarida ordyerlar bilan inkassatsiya birlashmasining ishonchnomasi va Markaziy bankning tegishli farmoyishi bilan birga tikiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
387. Bankdan inkassatorlar orqali qabul qilgan qimmatliklarni darhol tashishning imkoni boʻlmagan taqdirda, plombalangan qoplarda bankning pul saqlash omborida (koʻzda tutilmagan holatlar boʻyicha hisobvaragʻiga kirim qilinmagan holda) saqlash uchun qoldirilish mumkin. Pul saqlash ombori qoʻshimcha ravishda brigada boshligʻining plombiri (surgʻuchli muhri) bilan plombalanadi (muhrlanadi) va qoʻriqlash uchun belgilangan tartibda topshiriladi. Plomba (muhr) namunasi qoʻriqlash xodimiga beriladi. Bunday hollarda, pul saqlash ombori inkassatorlar brigadasining boshligʻi ishtirokida ochiladi.
388. Qimmatliklar va qurollar omborlar (seyflar)da saqlanishiga hamda qoʻriqlash uchun belgilangan tartibda topshirilishiga ruxsat etiladi. Qabul qilingan qimmatliklar, boshqa moslashtirilgan xonada yoki bronlangan maxsus avtomashinada ham saqlanishi mumkin. Bunday holda qimmatliklar ularni saqlanishi uchun javobgar boʻlgan inkassatorlar tomonidan qoʻriqlanadi.
389. Belgilangan joyga yetkazib borish uchun chet el valyutasini qabul qilishni inkassatorlar Markaziy bankning amaldagi “Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalarida valyuta boyliklari bilan olib boriladigan kassa ishi toʻgʻrisida”gi nizom (1998-yil 3-avgustda 468-raqam bilan roʻyxatga olingan) va mazkur Yoʻriqnomaga asosan amalga oshiradilar.
390. Inkassatorlar tomonidan qabul qilib olingan qimmatliklarning barchasi qabul qilib boʻlinganidan soʻng ularni avtomashina yoki boshqa turdagi transport yordamida tashish uchun olib chiqilishi, albatta, inkassatorlar brigadasining boshligʻi va militsiya xodimlari (soqchilar) ishtirokida amalga oshiriladi.
391. Har safar qimmatliklar avtomashinaga yoki boshqa turdagi transportga, bir xonadan boshqa bir xonaga tashilayotgan vaqtda ularning soni sanab chiqilishi shart. Bunda brigada inkassatorlari shunday joylashishi lozimki, ularga qimmatliklarni tashiyotgan xodimlarning har bir harakati koʻrinib turishi lozim.
392. Qimmatliklar maxsus avtomashinalarga joylashtirib boʻlinganidan (agar ular alohida yukxona bilan jihozlangan boʻlsalar) soʻng, ularning yukxona eshigi inkassatorlar brigadasi boshligʻining plombiri bilan plombalanib, kassa mudiri (yoki ushbu vazifa buyruq orqali yuklatilgan boshqa xodim)ning plombiri bilan tasdiqlanadi. Plomba namunasi roʻyxatlar bilan birga 161-shakldagi kitobga qayd etilgan holda, inkassatorlar brigadasi boshligʻiga topshiriladi.
393. Qimmatliklar tegishli joyga olib borilganidan soʻng, qimmatliklarni qabul qilib oluvchi bankning masʼul xodimi maxsus avtomashina yukxonasi eshigiga bosilgan plombani inkassatorlar brigadasi boshligʻi orqali berib yuborilgan plomba namunasi bilan solishtirib koʻrib, plombalarga bosilgan muhrlar bir-biriga mos kelishiga ishonch hosil qilganidan soʻng 161-shakldagi kitobga imzo qoʻyadi hamda avtomashina yukxonasi eshigini ochishga ruxsat beradi. Qimmatliklar ushbu Yoʻriqnomaning 401-402-bandlarida belgilangan tartibda qabul qilib olinadi.
Maxsus avtomashina yukxonasining plomba tizimchalari qimmatliklar qabul qilib boʻlingunga qadar saqlab turiladi, qimmatliklar (qop va bogʻlamlar) yoki boshqalar yetishmagan taqdirda, avtomashina yukxonasining plomba tizimchasi bilan qopning plombali tizimchasi, plomba namunalari bilan birga boshqa hujjatlar qatorida taqdim etiladi.
394. Agar maxsus avtomashinada boshqa banklarga tegishli qimmatliklar joylashgan boʻlsa, ombor eshigi inkassatorlar brigadasi boshligʻi plombasi bilan plombalanadi va yuki tushirib olingan bankning javobgar shaxsi plombasi bilan tasdiqlanadi. Plomba namunasi 161-shakldagi kitobga qayd etilgan holda inkassatorlar brigadasi boshligʻiga topshiriladi. Ushbu tartib qimmatliklar tegishli banklarga olib borib topshirilguniga qadar davom etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
395. Inkassatsiya xizmatining avtomashinalarida yoki boshqa turdagi transportda qimmatliklarni tashish ushbu topshiriqni bajarayotgan brigadaning barcha inkassatorlari kuzatuvi ostida amalga oshiriladi. Bunday holda, transport haydovchilari topshiriqni bajarish vaqtida boshqa yoʻnalish boʻyicha oʻz ishlarini davom ettirishi yoki boshqa joyga ketib qolishi taqiqlanadi.
Qimmatliklarni tashish inkassatsiya xizmatining yopiq kuzovli avtomashinalarida amalga oshirilishi shart. Lekin baʼzi hollarda istisno tariqasida, yopiq kuzovli yollangan avtotransportlarda qimmatliklarni tashishga ruxsat etiladi.
396. Qimmatliklar ortilgan avtomashinaning harakatlanish vaqtida inkassatorlar brigadasi boshligʻi haydovchining kabinasida, boshqa inkassatorlar esa kuzatuvchi mashinada boʻlishlari shart. Bunda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati avtomashinasi kolonnaning oldida harakatlanishi, orqasidan qimmatliklar ortilgan avtomashina, uning ortidan esa kuzatuvchi mashina harakatlanishi lozim. Inkassatorlarning boshqa bir joyga kirib oʻtishlari, shuningdek avtomashinada begona shaxs yoki tashilayotgan qimmatliklarga aloqasi boʻlmagan boshqa yuklarni tashishlari qatʼiyan man etiladi.
397. Inkassatorlar brigadasi boshligʻining barcha koʻrsatmalari aniq va soʻzsiz bajarilishi shart.
Qimmatliklar uzoq muddat davomida tashiladigan boʻlsa, brigada boshligʻi sharoitdan kelib chiqqan holda, inkassatorlar oʻrtasida navbatchilik qilishni tashkil etadi. Qimmatliklarni kuzatib borayotgan inkassatorlarning chetlashishlari brigada boshligʻining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
398. Agar yoʻlda harakatlanayotgan transport buzilib qolsa yoki boshqa yoʻl-transport hodisasi sodir etilib, maxsus avtotransportning harakatlanishi uchun iloj boʻlmasa, inkassatsiya brigadasining boshligʻi bu haqda zudlik bilan inkassatsiya birlashmasi (hududiy boshqarmasi)ga va Markaziy bankning Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga xabar berishi shart. Inkassatsiya birlashmasi (boshqarmasi) zudlik bilan qimmatliklarni belgilangan joyga but va oʻz vaqtida yetkazib borish, ularning daxlsizligini taʼminlash maqsadida, sodir etilgan hodisa sabablarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
399. Qimmatliklarni boshqa avtotransportga ortish lozim boʻlgan hollarda, maxsus avtotransportning (agar u alohida yukxonaga ega boʻlib, plombalangan boʻlsa) eshiklari ochilib, qimmatliklarni tushirish va ularni boshqa avtotransportga qayta yuklab, uning eshiklarini plombalash voqea sodir etilgan joydagi eng yaqin atrofda joylashgan bank rahbari va kassa mudiri ishtirokida qayta yuklanayotgan qimmatliklarning sonini, majburiy ravishda qayta sanab koʻrishi va uni roʻyxat bilan solishtirib, qimmatliklar qayta ortilgan maxsus avtotransport eshiklarini plombalashi hamda plomba namunasini inkassatorlar brigadasi boshligʻiga topshirishlari shart.
400. Qimmatliklarning yoʻqolgani, oʻgʻirlangani yoki yetishmasligi yoʻlda yoxud ular topshirilayotgan vaqtda aniqlangan hollarda, inkassatorlar brigadasining boshligʻi qimmatliklarni joʻnatgan bank rahbariga, inkassatsiya boshqarmasiga (boʻlimiga), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning hududiy Bosh boshqarmasiga zudlik bilan maʼlum qiladi. Qimmatliklarni izlab topish va oʻz joyiga qoʻyishga doir shoshilinch tadbirlarni amalga oshirishi hamda ushbu voqeani tekshirib chiqish uchun joylardagi tegishli Ichki ishlar organlariga darhol xabar berishi shart.
Bank boʻlimiga keltirilgan pul va boshqa qimmatliklar, ular qachon keltirilganligidan qatʼi nazar, kechiktirilmagan holda darhol qabul qilib olinishi shart.
Qimmatliklarni topshirish, albatta inkassatorlar brigadasi boshligʻi va ishonchnomada koʻrsatilgan xodimlarning ishtirokida amalga oshiriladi.
401. Banklarda pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilinishi, ularning but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan qoplarning butligi, plombir (muhr) izlarining aniq tushirilganligi va ularning raqamlari roʻyxatda koʻrsatilgan raqamlarga mos kelishi, bogʻlamlarning toʻgʻri oʻrab bogʻlanganligi va ularning butligi, har bir bogʻlamdagi dastalar soni, oʻrab-bogʻlash sanasi, nakladkalarda koʻrsatilgan summalarning toʻgʻriligi, kassirlarning imzolari, ularning nomi yozilgan toʻrtburchak muhrlari hamda bankning nomi va kodi tushirilgan muhrlari mavjudligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
402. Qoplardagi tangalar, ularning toʻgʻri bogʻlangani va butligi, qopga biriktirilgan yorliqlaridagi bankning nomi va kodi borligi, oʻrab-bogʻlangan sana, tanga qiymati va qoplarga joylangan summa koʻrsatilgani, plombalarning butligi va yaqqolligi, shuningdek kassirlarning imzolari va nomlari yozilgan toʻrtburchak muhrlari borligi tekshirilib qabul qilinadi. Shikastlangan yoki shubhali oʻramlarda inkassatorlar tomonidan olib kelingan pullarning bogʻlamlari va qoplardagi tangalar, inkassatorlar ishtirokida birma-bir donalab qayta sanab olish orqali qabul qilinadi.
Bunda, qoplarning plombali oʻramlari va qoplarga tegishli boʻlgan yorliqlar qimmatliklarni qabul qilish tugaguniga qadar saqlanadi. Qimmatliklarning kamomadi (bogʻlam, dasta va h. k.) aniqlangan holda, qoplarning plombali oʻramlari va qoplarga tegishli yorliqlar boshqa hujjatlar qatorida pulni sanagan bankka taqdim etiladi.
403. Bank rahbarlari tegishli hujjatlar koʻrsatilgan taqdirda inkassatorlar brigadasidan qimmatliklarni qabul qilishni va ularga qimmatliklarni topshirishni faqat ish kunlari emas, balki umumiy dam olish kunlarida ham belgilangan tartibda taʼminlashlari shart.
404. Kassaga kirim qilish uchun olib kelingan pullarni qabul qilish vaqtida toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar aniqlangan taqdirda, shuningdek kamomad yoki ortiqcha pullar chiqqan hollarda, pulni qabul qiluvchi bank tomonidan 145 va 145a-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Bunday hollarda ushbu Yoʻriqnomaning 316 — 318-bandlari talabiga amal qilishi va kamomad yoki ortiqcha chiqqan pullarning qanchaligidan qatʼi nazar, ilova hujjatlarida koʻrsatilgan summa kassaga kirim qilinishi lozim. Kamomad summasini aybdor shaxsdan undirib olish uchun tegishli hisobga oʻtkaziladi, ortiqcha chiqqan pullar esa bank foydasiga kirim qilinadi.
405. Qimmatliklar qabul qilinib boʻlinganidan soʻng bankning qimmatliklarni but saqlanishi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslari va olib kelingan qimmatliklarni bankka topshiruvchi inkassatorlar brigadasi joʻnatilgan qimmatliklar roʻyxatining har uchchala nusxasining orqa tomonidagi “tilxat” qismiga imzo qoʻyganlaridan soʻng, roʻyxatning uch nusxasiga bank muhri bosiladi. Inkassatorlar brigadasi boshligʻiga roʻyxatning ikkinchi va uchinchi nusxalari topshiriladi.
406. Inkassatorlar brigadasining boshligʻi doimiy ish joyiga qaytganidan soʻng, qimmatliklar belgilangan joyga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi shart. Roʻyxatning bir nusxasi inkassatsiya boshqarmasiga yuboriladi va u tegishli bankka joʻnatiladigan toʻlov talabnomasiga ilova qilinadi.
Qimmatliklarni qabul qiluvchi bank shartnomada belgilangan muddatlarda inkassatsiya xizmatiga qimmatliklarni tashish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni taqdim etilgan hisoblar asosida toʻlab berishi shart.
XXI bob. Mansabdor shaxslarning qimmatliklar but saqlanishi va qimmatliklar bilan ishlashda belgilangan qoidalarga rioya qilinishi boʻyicha javobgarligi
407. Kassalarda barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgarlik banklar va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, kassa mudirlari,pul tushumini inkassatsiya qilish va qimmatliklarning tashilish holati boʻyicha esa bank rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Inkassatsiya birlashmasi (Xalq banki tizimida esa ushbu bankning inkassatsiya xizmati) boshliqlari javobgardirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
408. Kassa ishining toʻgʻri tashkil etilganligi, saqlanayotgan barcha qimmatliklarning tegishli tarzda va but saqlanishi, shuningdek mijozlarga kassa xizmati koʻrsatilishining aniq olib borilishi uchun bank bosh buxgaltyerlari, Kassa operatsiyalari boʻlimlarining boshliqlari (kassa mudirlari), qimmatliklarning oʻz vaqtida yigʻib olinishi, tashilishi hamda ularning but saqlanishini taʼminlash uchun Inkassatsiya boshqarmasi boshliqlari, inkassatsiya boʻlimi boshliqlari yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar bank rahbarlari bilan bir qatorda javobgardirlar.
409. Qimmatliklar va ular bilan ishlash zimmasiga yuklatilgan banklar va inkassatsiya birlashmasining barcha xodimlari kassa operatsiyalarini amalga oshirish va hisobini yuritish hamda pul va qimmatliklarni saqlash, inkassatsiya qilish va qimmatliklarni tashishning ushbu Yoʻriqnomada belgilangan qoidalarini bilishlari shart. Xodimlar tomonidan har qanday tartibbuzarlikka yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan taqdirda, ular koʻrsatilgan qoidalarni bilmasliklarini roʻkach qila olmaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
410. Bank rahbarlari haftada ikki marta kassa xodimlari bilan ularning ushbu Yoʻriqnoma qoidalari boʻyicha bilimlarini oshirish maqsadida texnik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishini tashkil etishlari shart. Oʻtkazilgan darslar alohida tutilgan daftarda (47-ilova) roʻyxatga olinishi va oʻtilgan darslar boʻyicha kassa xodimlari imtihon qilinishlari shart.
411. Bank rahbarlari, bosh buxgaltyerlar va kassa mudirlari kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlashlari, bank kassalariga tushgan pullarni oʻz vaqtida kirim qilinishi yuzasidan nazorat oʻrnatishlari lozim.
Banklarga, operatsiya vaqti tugaganidan soʻng, chiqim operatsiyalarini amalga oshirish qatʼiyan man etiladi.
412. Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqi miqdorining bir barobaridan koʻp boʻlgan summada pul va qimmatliklar oʻgʻirlangani, kassa hisobida xatoga yoʻl qoʻyilgan har bir holat toʻgʻrisida va koʻrilgan choralar yuzasidan bank rahbarlari oʻzlari boʻysunuvchi bosh bankka xabar beradilar.
413. Qimmatliklarni tashish, xaltalarni esa inkassatsiya qilish vaqtida yoʻqotilishi hamda ularni tashish vaqtida sodir etilgan boshqa favqulodda hodisalar yuz bergan vaqtda inkassatorlar brigadasi boshligʻi bu haqda inkassatsiya birlashmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ushbu Yoʻriqnomaning 398-bandida keltirilgan tartibda darhol xabar berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
414. Kassa va inkassatsiya xodimlariga quyidagilar qatʼiyan man etiladi:
a) qimmatliklar bilan ishlash boʻyicha oʻziga topshirilgan vazifani boshqa shaxslarga ishonib topshirish, shuningdek ushbu Yoʻriqnoma va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining boshqa koʻrsatmalarida belgilangan oʻz vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) mijozlarning naqd pullarini olish yoki ularning bankdagi hisobvaraqlariga pul qoʻyish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bevosita bajarish, shuningdek ulardan buxgalteriya xodimlarini chetlab oʻtib pul qoʻyish yoki pul olishga doir hujjatlarni qabul qilish;
v) shaxsiy pullari hamda boshqa qimmatliklarini bankning pul va qimmatliklari bilan birga saqlash.
Keyingi tahrirga qarang.
415. Kassa xodimlari oʻzlari tayyorlagan pul bogʻlamlari, dastalar va ular imzolagan boshqa oʻramlardagi pul va qimmatliklar orasidan kamomad chiqsa, shuningdek ular tomonidan saralangan va oʻrab-bogʻlangan pullar ichidan toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar hamda tangalar chiqqani va kundalik ish faoliyatida bankka yetkazilgan moddiy zarar va yoʻl qoʻyilgan boshqa kamchiliklar uchun toʻla moddiy javobgardirlar. Kassa xodimlari amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻzlari oʻrab-bogʻlagan va imzolagan bogʻlamlardan qachon va qaysi bankda 145 va 145a-shakldagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilgan kamomad, toʻlovga yaroqsiz va qalbaki pullar yoki boshqa nuqsonlar chiqishidan qatʼi nazar, koʻrsatib oʻtilgan javobgarlikka tortiladilar.
416. Inkassatorlar belgilangan joyga yetkazib berish uchun qabul qilib olingan pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishiga toʻla moddiy javobgar hisoblanadilar.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki SOʻMlarining toʻlovga yaroqlilik belgilarini aniqlash
QOIDALARI
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi kuchiga ega boʻlgan va ularning haqiqiyligiga shubha tugʻdirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining pullari boʻlgan soʻm va tangalar toʻlovga yaroqli hisoblanadi. Barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi banknotlarni hech qanday moneliksiz toʻlovga qabul qilishlari va pul tushumi hisobida banklarga topshirishlari lozim:
a) har qanday qismida teshik yoki yirtilishlar, siyqalanishlar, dogʻlar, qalam va siyohda yozilgan yozuvlar boʻlgan pullar;
b) yirtilgan va yelimlangan pullar, agar pulning qismlari shak-shubhasiz bitta banknotga tegishli boʻlsa;
v) boʻyoq moddalari toʻkilgan, tabiiy rangi oʻzgargan, kuydirilgan, boʻyalgan yoki chizilgan pullar;
g) oʻzining toʻla hajmini saqlab qolmagan pullar.
2. Shikastlanish turidan qatʼi nazar (shakli buzilgan, pachoqlangan, siyqalangan, teshilgan, qirqilgan, sindirilgan, ishqorga solingan, biror bir metall bilan payvandlangan, olovda eritilgan, koʻkarib va qorayib ketgan) oʻzining toʻla hajmini va old tomonidagi qiymati tasvirini saqlab qolgan hamda haqiqiyligiga shubha tugʻdirmaydigan metall tangalar toʻlovga yaroqli hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining banklariga yuqorida koʻrsatib oʻtilgan nuqsonlar bilan kelib tushgan pul va tangalar saralanishi va eskirgan pullar toifasiga hisobga olinishi lozim.
4. “Davlat belgisi” Davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan yoʻl qoʻyilgan nuqsonli banknot va tangalarni hech qanday moneliksiz yaroqli pul va tangalarga almashtirib olish uchun, banklar tomonidan Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob-kassa markazlariga topshiriladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt va jismoniy shaxslar nuqsonli pul va tangalarni banklarda yoki Hisob-kitob-kassa markazlarida yaroqlilariga almashtirib olishlari mumkin.
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yoʻriqnomaga
18-ILOVA
18-ILOVA
|
__________________________________________ inkassatsiya boʻlimi inkassatorlari | ||||||||
| | | | | | | | | |
|
T/r |
Shartnoma raqami |
Shartnoma |
Xoʻjalik yurituvchi |
Manzili va te |
Xizmat |
Biriktirilgan xaltalar |
Shartnomaning | |
|
soni |
xalta raqami | |||||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | | | | | | | | |
| | Boshlandi 20____ yil “____” ________________ Yakunlandi 20____ yil “____” ________________ |
| | |||||
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 258-modda; 2009-y., 29-son, 338-modda; 2011-y., 29-son, 310-modda, 40-son, 445-modda; 2017-y., 24-son, 508-modda, 32-son, 823-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/1831-6/0228-son)