OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
KIChIK VA OʻRTA BIZNES KORXONALARINI ULAR TOMONIDAN TAShKIL ETILAYOTGAN IShLAB ChIQARIShLAR UChUN TEXNOLOGIK USKUNALAR YuZASIDAN IMPORT BOJXONA BOJLARINI TOʻLAShDAN OZOD ETISh TARTIBINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 26-iyunda 694-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 1999-yil 25-martdagi EG 04-02-05/624, 02/8-50-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik va oʻrta biznes korxonalarini ular tomonidan tashkil etilayotgan ishlab chiqarishlar uchun texnologik uskunalar yuzasidan import bojxona bojlarini toʻlashdan ozod etish tartibi” (1999-yil 8-aprel, roʻyxat raqami 694 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 4-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-iyun,
65-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-iyun,
01-02/8-41-son
Kelishilgan:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-iyun
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 257-modda)