Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YOSHLARNI UMUMIY OʻRTA, OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI VA OLIY TAʼLIM TIZIMI BILAN QAMRAB OLINISHINI, SHUNINGDEK KEYINCHALIK ULARNING ISHGA JOYLASHISHINI HISOBGA OLISH VA HISOBOTINI YURITISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Yoshlar yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan, shuningdek bolalarning umumiy oʻrta taʼlim bilan, umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan qamrab olinishini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishini va oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirishini, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari hamda muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishini hisobga olish va hisobotini yuritishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining yoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimi bilan qamrab olinishini hamda keyinchalik ularning ishga joylashishini hisobga olish maqsadida 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha davlat va idoraviy statistika hisobotlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim bilan, umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan qamrab olinishi, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishi, oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishi hamda oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishining doimiy monitoringini olib borish uchun tahliliy axborotlarni tayyorlash sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarini bitirgan yoshlarning keyinchalik band boʻlish turlari boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisidagi hisobot tizimini belgilangan tartibda 1-ilovaga muvofiqlashtirsin va uni 2008-yilning II yarim yilligidan boshlab amalga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar hokimliklari:
bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishini, umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqishni davom ettirishini muntazam asosda tanqidiy oʻrganib chiqsinlar va ularning 100 foiz qamrab olinishini taʼminlaydigan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar;
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari, shuningdek muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga samarali joylashishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar;
har chorakda (chorak oxirgi oyining 20-sanasidan kechikmasdan) yoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim tizimi bilan qamrab olinishi toʻgʻrisida, shuningdek ularni ishga joylashtirishning ahvoli va darajasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga axborot taqdim etsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-iyun,
145-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim tizimi bilan qamrab olinishi, shuningdek keyinchalik ularning ishga joylashishi monitoringini taʼminlash uchun davlat va idoraviy statistika hisobotlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
| T/r | Hisobotlar nomi | Hisobotlar shifri | Ishlab chiqish kesimi | Tasdiqlovchi organ |
| |
Idoraviy statistika hisoboti | |||
| 1. | Umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida oʻqish bilan qamrab olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | 1-BOʻ (maktab) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyicha | Xalq taʼlimi vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda |
| 2. | Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim bilan qamrab olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | 1-OʻQ (maktab) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyicha | Xalq taʼlimi vazirligi |
| 3. | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | 2-BOʻ (al, khk) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyicha | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda |
| 4. | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | 2-OʻQ (al, khk) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyicha | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi |
| 5. | Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | 3-BOʻ (otm) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda |
| 6. | Oliy taʼlim muassasalari talabalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | 3-OʻQ (otm) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 7. | Ishga joylashishga muhtoj hamda ishga joylashgan yoshlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | 1-mehnat (yoshlar) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyicha | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda |
| |
Davlat statistika hisoboti | |||
| 8. | Umumtaʼlim maktablarining 20__/20__ oʻquv yili boshidagi hisoboti | 1-KM | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyicha | Davlat statistika qoʻmitasi |
| 10. | Akademik litsey, kasb-hunar kollejining 20__/20__ oʻquv yili boshidagi hisoboti | 2-OʻMKTM | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar boʻyicha | Davlat statistika qoʻmitasi |
| 12. | Oliy taʼlim muassasasining 20__/20__ oʻquv yili boshidagi hisoboti | 3-OTM | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha | Davlat statistika qoʻmitasi |
Izoh. Davlat va idoraviy statistika hisobotlari shakllarini taqdim etish muddatlari va davriyligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq belgilanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim bilan, umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan qamrab olinishi, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishi hamda oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirishi, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishining doimiy monitoringini olib borish uchun tahliliy axborotlarni tayyorlash
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
| T/r | Ishlarni tashkil etish uchun masʼul vazirlik, idora | Axborot manbai | Axborotning mazmuni | Axborot taqdim etish tartibi | Taqdim etish muddati va davriyligi | |
| kim tomonidan taqdim etiladi | qayerga taqdim etiladi | |||||
| 1. | Xalq taʼlimi vazirligi | Idoraviy statistika hisoboti | Umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari soni: 1-iyuldagi holati boʻyicha 1-sentabrdagi holati boʻyicha |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasi | Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari | hisobot davridan keyin 7-kundan kechikmasdan |
| Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi; tumanlar va shaharlar hokimliklari |
hisobot davridan keyin 10-kun | ||||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari; Xalq taʼlimi vazirligi |
hisobot davridan keyin 12-kun | ||||
| Idoraviy statistika hisoboti | Umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining keyingi oʻqish turlari boʻyicha taqsimoti: 1-sentabrdagi holati boʻyicha 1-dekabrdagi holati boʻyicha |
Umumtaʼlim maktablari | Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari | hisobot davridan keyin 7-kundan kechikmasdan | ||
| Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining hududiy boshqarmalari | |||||
| Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi | hisobot davridan keyin 10-kun | ||||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari Xalq taʼlimi vazirligi |
hisobot davridan keyin 15-kun | ||||
| Davlat statistika hisoboti | ____yilda umumtaʼlim maktabini bitirgan yoshlarning taqsimlanishi (yakuniy maʼlumotlar) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda) | Tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shaklining manzil qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarning oʻtish sxemasiga muvofiq | Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq | ||
| 2. | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi | Idoraviy statistika hisoboti | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan 9-sinf bitiruvchilaridan 1-sentabrdagi holati boʻyicha 1-dekabrdagi holati boʻyicha |
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari | Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari | hisobot davrdan keyin 7-kunidan kechikmasdan |
| Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari; Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi |
hisobot davridan keyin 10-kun | ||||
| Idoraviy statistika hisoboti | Keyingi bandlik turlari boʻyicha taqsimlangan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari soni 1-iyuldan 30-noyabrgacha har oyda |
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari | hisobot oyidan keyingi oyning 7-kunidan kechikmasdan | ||
| Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari (tumanlar va shaharlar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan kelishgan holda) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari; Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi |
hisobot davridan keyin 10-kun | ||||
| Hisobga olish hujjatlari | 30-noyabrdagi holatiga koʻra ishga joylashmagan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari roʻyxati (elektron tarzda) | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari (Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari orqali) | Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari; tumanlar va shaharlar hokimliklari |
1-dekabrgacha | ||
| Davlat statistika hisoboti | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari bitiruvchilarining keyingi bandlik turlari boʻyicha taqsimlanishi (yakuniy maʼlumotlar) | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari | Tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shaklining manzil qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarning oʻtish sxemasiga muvofiq | Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq | ||
| 3. | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi | Idoraviy statistika hisoboti | Oliy taʼlim muassasalarining taʼlim bosqichlari boʻyicha taqsimlangan bitiruvchilari soni va 30-noyabrdagi holatiga koʻra ularning keyingi bandligi | Oliy taʼlim muassasalari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari |
7-dekabrdan kechikmasdan |
| Hisobga olish hujjatlari | 30-noyabrdagi holatiga koʻra ishga joylashmagan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari roʻyxati (elektron tarzda) | Oliy taʼlim muassasalari | Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari; tumanlar va shaharlar hokimliklari; Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar |
1-dekabrgacha | ||
| Davlat statistika hisoboti | Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining keyinchalik ular mehnatidan foydalanish turlari boʻyicha taqsimlanishi | Oliy taʼlim muassasalari | Tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shaklining manzil qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarning oʻtish sxemasiga muvofiq | Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq | ||
| 4. | Mudofaa vazirligi | Hisobga olish hujjatlari | Muddatli harbiy xizmatni tugallagan va mudofaa ishlari organlarida hisobga qoʻyilgan shaxslar roʻyxati | Shaharlar, tumanlar, mudofaa ishlari organlari | Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari; tumanlar va shaharlar hokimliklari |
Hukumat qarorlariga muvofiq bir yilda ikki marta |
| 5. | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | Ishga joylashmagan yoshlarni anketalash maʼlumotlari natijalari | Ishga joylashmagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashish maqsadlari toʻgʻrisida axborotlar | Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari taʼlim muassasalari bilan birgalikda | Tumanlar va shaharlar hokimliklari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari |
7-dekabrdan kechikmasdan |
| Idoraviy statistika hisoboti | Ishga joylashgan va ishga joylashishga muhtoj yoshlar, shu jumladan muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslar soni | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari; Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
Hisobot oyidan keyingi oyning 12-kunigacha | ||
| 6. | Davlat statistika qoʻmitasi | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining davlat va idoraviy statistika hisobotlari asosida statistik ishlanmalar | Yoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim bilan qamrab olinishi va ularning keyingi ishga joylashishi toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari (sharhlari bilan) | Davlat statistika qoʻmitasi | Iqtisodiyot vazirligi; Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi; Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi; Xalq taʼlimi vazirligi; “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati |
sentabr yanvar |
| 7. | Iqtisodiyot vazirligi | Yigʻma statistika maʼlumotlari, sharhlari bilan | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarning umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim bilan qamrab olinishini taʼminlashning tahlili; | Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi | sentabr |
| Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning hisobot yilida ishga joylashishi tahlili | yanvar | |||||
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 253-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)