OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
“OʻZBEK IPAGI” UYuShMASI KORXONALARIGA BANKLAR TOMONIDAN AJRATILGAN KREDITLARNI QAYTARISh TOʻGʻRISIDA MUVAQQAT TARTIBNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 702-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 15-noyabrdagi “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ–512-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 46-47-son, 456-modda) asosan qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999-yil 31-martda 1-99-son bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 6-aprelda 30-son bilan tasdiqlangan ““Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalariga banklar tomonidan ajratilgan kreditlarni qaytarish toʻgʻrisida muvaqqat tartib” (1999-yil 14-aprel, roʻyxat raqami 702) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyun,
13/4-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyun,
62-son
Kelishilgan:
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 243-modda)