Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2024 19.11.1991 yildagi 426-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARISh VA XUSUSIYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq holga keltirilgunga qadar amaldagi normativ hujjatlarning ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismlari qoʻllanaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar va mol-mulk turlari va guruhlari haqida hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlash haqida takliflar taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻzlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini respublika mulkiga va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (kommunal mulk) ajratish tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 1992-1993-yillarga moʻljallangan Davlat dasturini ishlab chiqsin va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdigʻiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunni amalga oshirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki xususiylashtirilajak mulkni sotib olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar berishga oid yoʻriqnomani ikki oy muddat ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Iqtisodiy islohot, budjet siyosati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasi ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 19-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
426-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 44-modda)