Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “BAHOLOVChI TAShKILOTLAR FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh VA KOʻRSATILAYOTGAN XIZMATLAR UChUN ULARNING MASʼULIYATINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 24 MARTDAGI PQ–843-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun ularning masʼuliyatini oshirish toʻgʻrisida” 2008-yil 24-martdagi PQ-843-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-iyun,
128-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 8-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida” 2003-yil 8-maydagi 210-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 36-modda):
a) 4-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“baholovchilarning malaka imtihonlari oʻtkazilishini tashkil etish”;
oltinchi xatboshidagi “va jismoniy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) Baholash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
“4. Baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun baholash faoliyatining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi:
koʻchar mulkni baholash huquqi uchun, qimmatli qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari;
koʻchmas mulkni baholash huquqi uchun, mulkiy kompleks sifatidagi korxonalardan tashqari;
biznesni baholash huquqi uchun (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalar, moddiy va nomoddiy aktivlarning barcha turlari)”;
2) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Quyidagilar baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standartlari talablariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga rioya qilish;
litsenziya olishda ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda toʻliq shakllantirilgan ustav kapitalining mavjudligi;
fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisining mavjudligi;
faoliyatning faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan turini amalga oshirish;
baholovchi tomonidan baholash faoliyatini faqat bitta baholovchi tashkilotda amalga oshirish. Bunda baholash faoliyati baholovchi tomonidan boshqa baholovchi tashkilotda faqat u baholash faoliyatini amalga oshirgan baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma toʻxtatilgandan, bekor qilingandan yoki uning muddati tugagandan keyin amalga oshirilishi mumkin;
baholovchi tashkilot shtatida ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorda baholovchilarning mavjudligi;
baholashni oʻtkazishda olingan axborotning maxfiyligini taʼminlash;
baholashni oʻtkazish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
baholovchi tashkilotning rahbari lavozimiga faqat baholovchini tayinlash;
baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqillikni taʼminlash;
baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxs (shaxslar) tomonidan baholash toʻgʻrisida haqqoniy hisobot tuzish;
baholovchi tashkilotda oʻz baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari mavjudligi;
litsenziyalovchi organni nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligi toʻgʻrisida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 10 kun muddatda xabardor qilish;
yarim yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga belgilangan shaklda baholash faoliyati toʻgʻrisida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi talabiga koʻra baholashni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa axborotlarni taqdim etish.
Quyidagilar:
koʻchar mulkni (qimmatli qogʻozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari) baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 1500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida ikkita baholovchi shtatiga ega boʻlishi kerak;
koʻchmas mulkni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalardan tashqari) baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 2000 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida uchta baholovchi shtatiga ega boʻlishi kerak;
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalar, moddiy va nomoddiy aktivlarning barcha turlarini) baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 2500 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida toʻrtta baholovchi shtatiga ega boʻlishi kerak.
Bunda ustav kapitalining kamida 30 foizi pul mablagʻlaridan iborat boʻlishi kerak.
Baholovchi tashkilotlar qoʻshimcha baholash faoliyati professional xizmatlarining faqat quyidagi turlarini koʻrsatishi mumkin:
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish;
baholash jarayonini avtomatlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini tarqatish”;
3) 8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi talab qilib olish depozit hisob raqami;
faoliyatning litsenziya talabgori amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanayotgan turi;
b) yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilishi uchun yigʻimning litsenziya talabgori toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) litsenziya talabgori shtatida turgan ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdordagi baholovchilar malaka sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
d) taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
e) baholovchilarni ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari;
j) shakllantirilgan ustav kapitali miqdori toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan berilgan hujjat;
z) pul mablagʻlarining ustav kapitaliga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshlangʻich hisobga olish hujjatlari nusxalari);
i) oʻz baholovchilari ishlari sifatini nazorat qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari nusxalari”;
4) 17-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “faoliyat turi” soʻzlaridan keyin “va uning yoʻnalishlari” soʻzlari qoʻshilsin;
5) 22-bandda:
“etishi uchun yetarli boʻlgan” soʻzlari “etadigan” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish uchun litsenziya talabgoriga koʻpi bilan 30 kun muddat beriladi”;
6) 25-bandda:
“koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar” soʻzlari “qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyaning asl nusxasi va koʻrsatilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
7) 33-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Quyidagilar baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol ravishda buzishga kiradi:
baholash toʻgʻrisida mulkdorga va (yoki) buyurtmachiga moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan haqqoniy boʻlmagan hisobot tuzish;
haqqoniy boʻlmagan ekspert xulosasi tuzish;
baholash ishlarini oʻtkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqillikni taʼminlamaganlik;
litsenziyalovchi organ tomonidan oʻtkaziladigan litsenziya talablari va shartlarini tekshirishlardan boʻyin tovlash;
baholash faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik masʼuliyati sugʻurta polisining mavjud emasligi;
ushbu Nizomda nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirish;
8) 35-bandda:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefon raqami;
muassislarning ustav kapitaliga qoʻshgan mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumot”;
9) Baholash faoliyatini litsenziyalash sxemasida:
1-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “jismoniy shaxs” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi)”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 224-modda; 2011-y., 1-2-son, 8-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)