Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (“ODAM SAVDOSIGA QARShI KURAShISh TOʻGʻRISIDA” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008 YIL 17 APRELDAGI OʻRQ-154-SON QONUNI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-apreldagi OʻRQ-154-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 2-iyun,
117-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-iyundagi 117-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tariflariga izohlarning 6-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Odam savdosi qurboni boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ularning shaxsini aniqlash (ularda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda) va ularga Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha xatti-harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilinadilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizom ikkinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Maktabgacha taʼlim, umumtaʼlim, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, uy-joy xoʻjaligi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, voyaga yetmaganlar ishi boʻyicha komissiyalar, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatuvchi va ularni himoya qiluvchi ixtisoslashtirilgan muassasalar va boshqa muassasalar, shuningdek fuqarolar vasiylik va homiylik organlariga:
ota-onasi yoki farzandlikka oluvchilari boʻlmagan bolalar toʻgʻrisida;
ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bolalar toʻgʻrisida;
ota-onasining tarbiyasida boʻlishi bolalar manfaatlariga zid boʻlganda, shuningdek ularning hayoti va sogʻligʻi uchun bevosita tahdid mavjud boʻlgan bolalar toʻgʻrisida;
ota-onasi 6 oydan ortiq yoʻq boʻlgan bolalar toʻgʻrisida, agar bu bolalarning manfaatlari uchun zarur boʻlsa;
ota-onasining kasalligi sababli ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar toʻgʻrisida;
ota-onasi ularni tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa shunga oʻxshash muassasalardan olishdan bosh tortgan bolalar toʻgʻrisida;
odam savdosidan jabrlangan bolalar toʻgʻrisida;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan shaxslar toʻgʻrisida;
sogʻligʻi tufayli homiy tayinlanishiga muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar berishga majburdirlar”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 204-modda)