Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.05.2008 yildagi 115-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOShKENT ShAHRIDA SINGAPUR MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISh INSTITUTI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 5-sentabrdagi PQ-691-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining barcha bino va inshootlar kompleksi qurilishini, rekonstruksiya qilinishini, kapital taʼmirlanishini, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishini oʻz vaqtida tugallash, shuningdek uning 2008-2009 oʻquv yili boshlangungacha foydalanishga topshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 5-sentabrdagi PQ-691-son qaroriga muvofiq Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 5 yil muddatga, shu jumladan institutni jihozlash va faoliyat koʻrsatishi uchun respublikaga keltirilayotgan asbob-uskunalar, multimediy mahsulotlari, adabiyotlar, inventarlar va moddiy-texnika resurslarini olib kirishda soliqlarning barcha turlaridan va bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti” obyekti boʻyicha “OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihachi, “12-trest” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh pudratchi etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti” obyekti boʻyicha bosh loyihachi va bosh pudratchilar tomonidan bajariladigan va buyurtmachilarga — Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi va Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga toʻlov uchun taqdim qilinadigan loyiha-qidiruv va qurilish ishlari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha “nol stavkasi” qoʻllanilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti” obyekti boʻyicha bosh pudratchi va uning subpudratchi tashkilotlari, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha ushbu obyektni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun ular tomonidan keltiriladigan asbob-uskunalar, qurilish materiallari va mebellar uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 203-modda)