Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasini takomillashtirish va sud-huquq islohotlarini yanada chuqurlashtirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasiga Oliy sud raisining oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilishi va shtatlar birligining soni 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-may,
PF-3605-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-maydagi PF-3605-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilishi
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-maydagi PF-3605-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlarining umumiy soni
|
Lavozimlar nomi |
Lavozimlar soni | ||
| 1) Rais |
1 | ||
| 2) Raisning birinchi oʻrinbosari |
1 | ||
| 3) Rais oʻrinbosari |
3 | ||
| 4) Sudyalar |
29 | ||
| 5) Boʻlim boshliqlari, katta konsultantlar, konsultantlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar |
106 | ||
| |
Jamn 140 ta |
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining rais oʻrinbosari — Harbiy sudlov hayʼatining raisi va 4 ta sudyadan iborat harbiy hayʼati hamda 12 kishidan iborat harbiy hayʼat kotibiyati Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.