Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
DEPORTATSIYA QILINGAN SHAXSLAR, KAM SONLI MILLATLAR VA XALQLARNING HUQUQLARINI TIKLASH BILAN BOGʻLIQ MASALALARGA DOIR BITIMNI RATIFIKATSIYA QILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Mustaqil Davlat Hamdoʻstligi tarkibiga kirgan davlatlarning rahbarlari 1992-yil 9-oktabrda Bishkek shahrida imzolangan deportatsiya qilingan shaxslar, kam sonli millatlar va xalqlarning huquqlarini tiklash bilan bogʻliq masalalarga doir Bitim ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
758-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 42-modda)