Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh, ShUNINGDEK AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-may,
PF-3996-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-sonli Farmonining ilovasidagi “R.V. Abduqodirov — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbari” soʻzlari “S.X. Bekenov — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-fevraldagi F-2118-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini tayyorlash, koʻrib chiqish va imzolash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3, 6-bandlarda, III boʻlim nomlanishida, 8 va 23-bandlarda “Apparatining”, “Apparatiga”, “Apparatida” hamda “Apparati bilan” soʻzlari tegishli ravishda “Ijro etuvchi apparatining”, “Ijro etuvchi apparatiga”, “Ijro etuvchi apparatida” hamda “Ijro etuvchi apparati bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 12-bandning uchinchi xatboshida “oʻrinbosari” soʻzi “Birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 13-bandda:
“oʻrinbosari” soʻzi “Birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Apparat rahbariga” soʻzlari “Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 16 va 20-bandlardagi “Apparat rahbari” soʻzlari “Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-maydagi PF-3996-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari roʻyxati
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 21-sentabrdagi R-2836-sonli farmoyishi 2-ilovasining 2-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-yanvardagi PQ-770-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi va uning 1-ilovasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 170-modda)