Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.09.1999 14.06.1991 yildagi 298-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.09.1999
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OITS BILAN KASALLANIShNING OLDINI OLISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 19-avgustdagi 817-I-son “Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning (oiv kasalligining) oldini olish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalar fuqarolarining, shuningdek ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqqan-yuqmaganligini (OITS bilan kasallangan yoki kasallanmaganligini) aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan oʻtish, shu jumladan ismi-sharifini sir saqlagan holda oʻtish huquqi taʼminlanadi. Sogʻliqni saqlash idoralari va muassasalari tekshiriluvchi uchun ham, shuningdek tibbiyot xodimlari uchun ham bunday tekshiruvlarning xavfsizligini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, shuningdek ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, mazkur shaxslarga odamning immunitet tanqisligi virusi yuqqan boʻlishi mumkin deb yoki yuqqan deb taxmin qilish uchun tibbiy yoki huquqiy ruhdagi yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalarining qaroriga muvofiq tibbiy tekshiruvdan oʻtishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virus yuqqanligi aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy istiqomat joylarida profilaktika maqsadida kuzatib borilishi, ajnabiy fuqarolar esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish hamda profilaktika maqsadida kuzatib borish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq belgilanadi hamda matbuotda eʼlon qilinishi va tanishish uchun ochiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalari maʼlum bir shaxs xususida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish yoki uni profilaktika maqsadida kuzatib borish haqida qaror qabul qilgan boʻlsalar, oʻsha shaxs yozma chaqiruvga binoan sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalariga kelishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yoki turgan boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tekshiruvdan oʻtish yoki profilaktika maqsadidagi kuzatish uchun uzrli sababsiz kelmaganlari taqdirda prokurorning ruxsati bilan sogʻliqni saqlash muassasalarining xodimlari tomonidan, zarur hollarda esa oʻzlari yashayotgan yoki turgan joydagi militsiya idoralari xodimlari tomonidan sogʻliqni saqlash muassasalariga keltiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiriluvchi kishi sogʻliqni saqlash idoralari yoki muassasalarining qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda u yuqori turuvchi sogʻliqni saqlash idorasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻziga odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqtirilganligini (OITS bilan kasallanganligini) biladigan hamda profilaktika maqsadidagi kuzatuvdan va davolanishdan ataylab boʻyin tovlab yurgan shaxslar jinoiy javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda belgilab qoʻyiladigan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgan shaxslarning odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqtirilganligi (OITS bilan kasallanganligi) haqida maʼlumot olingan taqdirda bunday shaxslar sogʻliqni saqlash idoralari va muassasalari tomonidan ushbu kasallik tarqalishining oldini olish choralariga rioya qilish zarurligi, hamda ataylab boshqa shaxsni virus yuqtirish xavfi ostiga qoʻyganlik va virusni yuqtirganlik uchun jinoiy javobgar boʻlishlari haqida yozma ravishda ogohlantiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzida OITS kasalligi mavjudligini bilgan shaxsning boshqa shaxsni ataylab shu kasallik virusini yuqtirish xavfi ostiga qoʻyishi yoki uni yuqtirishi jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajnabiy fuqarolar OITS bor-yoʻqligini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtishdan, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar esa kasallikni yuqtirganligi yoki kasallik mavjudligi tufayli profilaktika maqsadidagi kuzatuvdan boʻyin tovlaganlari taqdirda “SSSR dagi ajnabiy fuqarolarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi 1981-yil 24-iyunda qabul qilingan SSSR Qonunining 31-moddasi birinchi qismi 2-bandiga muvofiq SSSRdan chiqarilib yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida diplomatiya imtiyozlari hamda daxlsizlikdan foydalanuvchi chet el diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining diplomatiya xodimlari hamda boshqa shaxslar faqatgina oʻz roziliklari bilan odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqqan-yuqmaganligini (OITS bilan kasallanganligi yoki kasallanmaganligini) aniqlash maqsadida tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bunday shaxslarga tibbiy tekshiruvdan oʻtishni taklif qilishdan avval bunday taklif xususida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamning orttirlgan immunitet tanqisligi virusi yuqqan-yuqmaganligini (OITS bilan kasallanganligi yoki kasallanmaganligini) aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar va uning natijalari tibbiy sir hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday maʼlumotlarni berish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish hamda profilaktika maqsadida kuzatish qoidalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu maʼlumotlarni oshkor qilishda aybdor boʻlgan tibbiyot xodimlari va boshqa shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kasbiy vazifalarini yaxshi bajarmaganligi oqibatida shaxsga odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusi yuqishiga (OITS bilan kasallanishga) sabab boʻlganligi uchun tibbiyot va dorishunoslik xodimlari, shuningdek xizmat koʻrsatish sohasining tibbiy va kosmetik ishlarni amalga oshiruvchi mutaxassislari jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa ittifoqdosh respublikalarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirganlari (OITS bilan kasallanganlari) taqdirda tibbiy va ijtimoiy yordam olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularning davolash joyiga bepul borishi va u yerdan bepul qaytishi taʼminlanadi, shuningdek ularga ambulatoriya sharoitida davolanish uchun bepul dorilar beriladi. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalar bilan kasalxonalarda birga boʻlish huquqiga ega boʻlib, davolanish muddatida ishdan ozod etiladilar va bu vaqt uchun ularga ish joyidan mehnat qilish qobiliyatini vaqtincha yoʻqotganlik nafaqasi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan yoki OITS bilan kasallangan shaxslar uchun boshqa imtiyozlar ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat virus tashuvchilar boʻlganliklari yoki OITS bilan kasallanganliklariga asoslanib, shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tasdiqlagan ixtisoslar roʻyxatidan tashqari) ishdan boʻshatilishiga yoki ularni ishga qabul qilishdan bosh tortishga, davolash va oʻquv muassasalariga qabul qilishdan bosh tortishga, bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilishdan bosh tortishga, shuningdek ularning boshqa huquqlarini kamsitishga va qonuniy manfaatlarini cheklashga, shuningdek kasallik yuqtirgan kishining qarindosh-urugʻlari va yor-birodarlarining uy-joylari va boshqa huquq hamda qonuniy manfaatlari kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy muolaja natijasida kasallik yuqqan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, boshqa ittifoqdosh jumhuriyatlarning fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan tartibda pensiya taʼminoti belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va dorishunoslik xodimlariga, xizmat vazifasi bajarish chogʻida odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virus yuqishi kasb kasalliklari jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OITS bilan kasallangan bemorlarni va odamning orttirilgan immunitet tanqisligi virusini yuqtirgan shaxslar kasalligini aniqlashni, davolashni va ularga bevosita xizmat qilishni taʼminlaydigan tibbiy xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrdagi 371-I-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 69-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 196-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda; 1997-y., 2-son, 69-modda)