OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING
QARORI
PULLIK TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISHGA BOSQICHMA-BOSQICH OʻTAYOTGAN DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASALARINI MOLIYALASH TARTIBIGA OʻZGARTIRISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-mayda 679-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 26-dekabrdagi 210-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 24-dekabrdagi 20-sonli “Pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3603, 27.01.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 380-modda) qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 1999-yil 2-martda 20-son bilan tasdiqlangan “Pullik tibbiy xizmat koʻrsatishga bosqichma-bosqich oʻtayotgan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibi”ning (1999-yil 22-mart, roʻyxat raqami 679) V boʻlimi chiqarilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-aprel,
35-son
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-aprel,
5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 169-modda)