Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“BUXOROTEKS” OAJNI MODERNIZATSIYA QILISH VA TEXNIKAVIY QAYTA JIHOZLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
“Buxoroteks” OAJ ishlab chiqarish maydonlarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash jarayoniga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Taʼkidlab oʻtilsinki, Buxoro viloyati xoʻjalik sudining 2007-yil 3-avgustdagi qarori bilan “Buxoroteks” OAJ bankrot deb eʼtirof etildi.
“Buxoroteks” OAJ kreditorlari yigʻilishining Buxoro shahridagi “Buxoroteks” OAJ 1-sonli yigiruv-toʻquv fabrikasining binolar va inshootlardan iborat mulkiy kompleksini, “DEU Interneyshnl” (Koreya Respublikasi) kompaniyasiga sotish, uning negizida paxta tolasini qayta ishlash boʻyicha xorijiy korxona bunyod etish toʻgʻrisidagi qaroriga rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “DEU Interneyshnl” kompaniyasi oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oldi:
“Buxoroteks” OAJ 1-sonli yigiruv-toʻquv fabrikasining umumiy miqdori 7 mlrd. soʻmlik mulkiy kompleksini 10 yil muddat ichida 1-ilovadagi jadvalga muvofiq toʻlab borish sharti bilan sotib olishni taʼminlash;
mazkur fabrika negizida yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, quvvati yiliga 19,5 ming tonna paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonani barpo etish uchun, 2-ilovadagi jadvalga muvofiq, 43 mln. AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritish;
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 80 foizini eksportga yetkazib berish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda xorijiy investorning majburiyatlari va ularning bajarilish jadvali aniq aks ettirilgan holda “Buxoroteks” OAJ 1-sonli yigiruv-toʻquv fabrikasining mulkiy kompleksi sotilishi yuzasidan shartnoma tuzishda “Buxoroteks” OAJni tugatish boshqaruvchisiga koʻmaklashsin;
xorijiy investor oʻz zimmasiga olgan investitsiya majburiyatlarini albatta bajarishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-sonli Farmoni 1-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar “Buxoroteks” OAJ 1-sonli yigiruv-toʻquv fabrikasi negizida “DEU Interneyshnl” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan yangi xorijiy korxonaga tatbiq etilsin.
6. “Buxoroteks” OAJning 1-sonli yigiruv-toʻquv fabrikasi negizida yangitdan tashkil etilayotgan xorijiy korxona oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun keltiradigan texnologik uskuna, ehtiyot qism, texnik jihoz, butlovchi buyumlar, materiallar va boshqa moddiy resurslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-fevral,
PQ-798-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-fevraldagi PQ-798-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“DEU Interneyshnl” kompaniyasi tomonidan “Buxoroteks” OAJ 1-sonli yigiruv-toʻquv fabrikasining mulkiy kompleksi uchun toʻlovlarni amalga oshirish
JADVALI
|
|
(mlrd soʻm) | |
|
T/r |
Toʻlov amalga oshiriladigan yil |
Toʻlov summasi |
|
1. |
2008-yil |
0,5 |
|
2. |
2009-yil |
0,5 |
|
3. |
2010-yil |
0,7 |
|
4. |
2011-yil |
0,7 |
|
5. |
2012-yil |
0,7 |
|
6. |
2013-yil |
0,7 |
|
7. |
2014-yil |
0,7 |
|
8. |
2015-yil |
0,8 |
|
9. |
2016-yil |
0,8 |
|
10. |
2017-yil |
0,9 |
|
Jami: |
7,0 |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-fevraldagi PQ-798-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“DEU Interneyshnl” kompaniyasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritish
JADVALI
|
|
(mln AQSh dollari) |
|
Investitsiya kiritish yili |
Investitsiya summasi |
|
2008-yil |
20,0 |
|
2009-yil |
23,0 |
|
Jami: |
43,0 |
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 2-son, 104-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 36-son, 477-modda)