Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 23.09.1994 yildagi 2020-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR HAMDA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 31-bandiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda; № 8, 191-modda; 1992-yil, 1, 50-modda; № 4, 168-modda; № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda; 1994-yil, № 1, 14-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 3-moddaning 1-bandi quyidagi mazmundagi “x” bandcha bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“x) jismoniy shaxs — patent egasining (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan oʻz ishlab chiqarishida foydalanishidan yoki ular litsenziyalar sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan olgan daromad summasi, shu jumladan valyuta tushumi, foydalana boshlagan sanadan eʼtiboran:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent boʻyicha ixtirodan foydalanilsa — 5 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki patent boʻyicha ixtirodan foydalanilsa — 3 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent boʻyicha sanoat namunasidan foydalanilsa — 3 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki patent boʻyicha sanoat namunasidan foydalanilsa — 2 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma boʻyicha foydali modeldan foydalanilsa — 2 yil davomida”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-modda 1-bandining “b” bandchasidagi “ixtirolar, kashfiyotlar va ularning ilk sanoat nusxalarini” degan soʻzlar “intelektual mulk obyektlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 7-moddaning “v” bandchasidagi “shuningdek kashfiyot, ixtiro hamda sanoat namunalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin va “uchun mualliflik haqi summalaridan;” degan soʻzlardan oldin “shuningdek intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 8-moddaning 1-bandida keltirilgan jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Soliq solinadigan yillik daromad miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirilgan holda)

Soliq summasi

eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobarigacha daromad summasining 15 foizi
eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan (+ 1 soʻm) 60 barobarigacha eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan olinadigan soliq + 24 barobaridan ortiq summaning 25 foizi
eng kam oylik ish haqi miqdorining60 barobaridan (+ 1 soʻm) 120 barobarigacha eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan olinadigan soliq + 60 barobaridan ortiq summaning 35 foizi
eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan (+ 1 soʻm) va undan ortiq eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan ortiq summaning 45 foizi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 9-moddaning ikkinchi qismi “ijara haqi” degan soʻzlardan keyin “intellektual mulk obyektlariga beriladigan huquqlarga ega boʻlganlik uchun patent boji, huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazganlik yigʻimlari va huquqlar uchun litsenziya toʻlovlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 13-modda 2-bandining beshinchi xatboshidagi “kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalarining” degan soʻzlar “intellektual mulk obyektlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonun quyidagi mazmundagi 15-1-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15-1-modda. Daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga tuzatish kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga tuzatish kiritish huquqiga egadir”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 17-moddaning uchinchi qismi “ijara haqi” degan soʻzlardan keyin “intellektual mulk obyektlariga beriladigan huquqlarga ega boʻlganlik uchun patent boji, huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazganlik yigʻimlari va huquqlar uchun litsenziya toʻlovlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 23-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)