OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
BUYRUGʻI
SUPER ELITA, ELITA VA KEYINGI AVLODLARGA MANSUB URUGʻLIK GʻALLA YETIShTIRISh HUQUQIGA EGA BOʻLISh UChUN XOʻJALIKLAR OʻRTASIDA TANLOV OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida” va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 290-sonli qaroriga asosan buyuraman:
1. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻ. Barnoyev zimmasiga yuklatilsin.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-mart,
41-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2008-yil 22-martdagi 41-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Urugʻchilik toʻgʻrisida” va “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklarga super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqini berish uchun tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Tumanda urugʻlik gʻalla yetishtirish maydoni, urugʻlik uchun ekiladigan gʻalla navlari va kutiladigan urugʻlik gʻalla hajmlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan belgilanadi.
2. Tuman hokimi super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda Komissiya deb yuritiladi) tarkibini tasdiqlaydi va tanlovni eʼlon qilish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya tarkibiga tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi (komissiya raisi), tuman fermerlar kengashi, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi hosiloti, tuman davurugʻnazorat boʻlimi, tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, tuman davlat texnika nazorati boʻlimi va tumanda joylashgan don mahsuloti korxonasi hamda boshqa tegishli tashkilot rahbar mutaxassislari kiritilishi lozim.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2012-yil 30-noyabrdagi 185/a-sonli qarori (roʻyxat raqami 1794-1, 27.12.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 599-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Komissiya super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berish boʻyicha tanlov oʻtkazadi.
Tender tanlovi har yilning 15-iyulidan 15-avgustigacha oʻtkaziladi.
4. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari boshqaruvi (maʼmuriyati) binolarida fuqarolar tanishish imkoni qulay boʻlgan joylarga qoʻyilishi kerak. Eʼlonda tanlovning oʻtkazish vaqti va joyi, taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxati hamda tanlov oʻtkazish tartibi koʻrsatilishi lozim.
5. Tuman hokimining tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinib, eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kundan keyin tanlov oʻtkaziladi.
6. Tanlovda gʻalla yetishtiruvchi fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar ishtirok etish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda yigʻilish oʻtkazishga haqli hisoblanadi.
8. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlov mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan jadval boʻyicha oʻtkaziladi.
9. Tanlov yakunlari boʻyicha Komissiyaning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlash uchun tuman hokimiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnoma nusxalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga taqdim etiladi.
10. Urugʻlik gʻalla yetishtirish toʻgʻrisidagi huquq 1 yilga beriladi.
II. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun ruxsat berishning umumiy shartlari
11. Tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan boshlab 30 kun davomida arizalar qabul qilinadi.
12. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov eʼlon qilingan kunning 30-kuni soat 18-00 da toʻxtatiladi. Agar 30-kun dam olish kuniga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuni soat 18-00 da arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi.
13. Ariza va hujjatlarni komissiyaning kotibi qabul qiladi. Komissiyaning kotibi talabgorlarga tanlovda yuqori ball olishi uchun imkon beradigan barcha holatlarni tushuntirib, lozim boʻlganda uning hujjatlaridagi kamchiliklarni ishchi tartibda bartaraf etish choralarini koʻradi. Komissiya kotibi tanlovda ishtirok etish kunigacha talabgorning baholanadigan imkoniyatlarini asoslantiruvchi hujjatlarning toʻliq taqdim qilinishini, ularning toʻgʻri rasmiylashtirilishini taʼminlashga koʻmaklashishi lozim.
III. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash tartibi
14. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlarni tanlash ikki bosqichdan iborat boʻladi:
birinchi bosqichda hujjatlarning toʻliqligi va mazmuni tekshiriladi;
ikkinchi bosqichda talabgorlarning arizalarida bayon qilingan imkoniyatlarining asoslanganligi oʻrganib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
15. Talabgorlar imkoniyatlari 10 ballik reyting shkalasida baholanadi.
16. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda komissiya suvli va lalmi yerlar boʻyicha muayyan super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun berilgan ariza taqdim etgan talabgorlarning hujjatlari asosida ularning takliflarini puxta oʻrganib chiqadi. Bunda ariza beruvchining oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarning toʻliqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
17. Tanlovda ishtirok etuvchilarni arizalari toʻliqligi va mazmuni jihatidan birinchi bosqichda tekshirilgandan soʻng, ikkinchi bosqichda talabgorlarning imkoniyatlari asoslanganligi oʻrganib chiqilib, reyting ballari qoʻyiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etuvchi qatnashuvchilarni tanlashning ikkinchi bosqichi quyidagi koʻrsatkichlar asosida baholanadi:
a) yer maydonlari suvli yerlarda 10 gektardan, lalmi yerlarda 20 gektardan kam boʻlmasligi hamda xoʻjaliklarning yer unumdorligi (tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumoti)ga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
b) suvli yerlarda xoʻjaliklarning suv taʼminoti (tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotlari)ga asosan 4 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi (lalmi yerlarda bundan mustasno);
Yerlarning shoʻrlanganlik darajasi gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyasi maʼlumotlari boʻyicha hamda suv yoʻllariga mosligi, sizot suvlarning joylashuvi (lalmi yerlarda bundan mustasno), ilmiy asoslangan xulosaga koʻra, tuzilgan agroximkartogramma asosida kelgusida tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor va kaliyni hisobga olib, yaqin yillarda sarflanadigan mineral oʻgʻitlar talabi boʻyicha maʼlumotnomasi nusxasi.
Keyingi 3 yilda gʻalla kasalliklari va zararkunandalariga chalinmaganligi va boshqa koʻrsatkichlar inobatga olinadi;
v) talabgorning mutaxassisligi toʻgʻrisidagi hujjat (diplom, shahodatnoma, sertifikat, guvohnoma)ga asosan 5 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Xorijiy davlatlar, shu jumladan MDH davlatlari taʼlim muassasalari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar belgilangan tartibda nostrifikatsiyalangan boʻlishi lozim.
Talabgorning mutaxassisligini baholashda talabgorning maʼlumoti (oliy yoki oʻrta maxsus)dan qatʼi nazar, faqatgina mutaxassislik inobatga olinadi. Mutaxassislik uchun eng yuqori ball fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislikka ega boʻlgan talabgorlarga beriladi. Bunda, fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislik deganda fermerlik faoliyatini yuritishga doir maxsus mutaxassislikka ega shaxslar, shu jumladan aynan shu sohada kasb-hunar kollejini tamomlagan yoki shu sohada bakalavr (magistr) darajasini olgan yoxud boshqa ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar hisoblanadi.
Bir necha mutaxassislik boʻyicha maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlgan talabgorlarning faqatgina bitta eng yuqori balli mutaxassisligi inobatga olinadi;
g) talabgorning qishloq xoʻjaligidagi ish stajini aniqlashda mehnat daftarchasiga asosan faqat urugʻchilik sohasida oʻtalgan ish staji inobatga olinadi va 6 balldan 10 ballgacha baholanadi. Bunda komissiyaga mehnat daftarchasining asli yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi;
d) talabgorning majburiyatlardan holi pul mablagʻlari mavjudligi bank tomonidan berilgan maʼlumotnomada tasdiqlangan boʻlishi lozim. Bank maʼlumotnomasi bank boshqaruvchisi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan va bank muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi shart;
e) talabgorning texnika vositalari bilan taʼminlanganligi ularning turi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib 1 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Tanlovga taklif etilgan texnika vositalari quyidagilar asosida baholanadi:
texnika vositalarini baholashda faqatgina texnik pasportidagi texnik sozligi toʻgʻrisidagi belgi mavjud boʻlgan texnika vositalarigina inobatga olinadi;
taklif etilgan barcha turdagi texnika vositalari uchun qoʻyilgan ballar yigʻindisi 15 balldan oshmasligi lozim;
j) talabgor soʻnggi uch yilda gʻalla sotish shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumot asosida 4 balldan 10 ballgacha baholanadi.
Talabgorning har bir koʻrsatkichi boʻyicha tegishli ballni berish masalasi komissiya aʼzolari tomonidan suvli va lalmi yerlar uchun mazkur Nizomning 2-3-ilovalarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar asosida koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi va har bir koʻrsatkich boʻyicha bitta ball beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Yigʻilishda komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovoziga koʻra qoʻyilgan reyting ballariga asosan tanlov gʻoliblari aniqlanadi.
Tanlovda har bir komissiya aʼzosi tomonidan talabgorga qoʻyilgan ballar yigʻindisi komissiyada ball qoʻygan aʼzolar soniga boʻlinadi va talabgorga qoʻyilgan oʻrtacha ball hisoblab chiqariladi.
19. Eng koʻp ball toʻplagan talabgorlar tanlov gʻoliblari deb komissiya raisi tomonidan eʼlon qilinadi.
20. Komissiya yakuniy yigʻilishining bayonnomasi mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda ikki nusxada tuzilib, komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi.
21. Komissiyaning yakuniy yigʻilishi bayoni va unga ilova qilingan hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga va viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish ishlari boʻyicha hujjatlarni yuritish
22. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish boʻyicha hujjatlari komissiya kotibi tomonidan yuritiladi. Komissiya kotibi qoida tariqasida, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimi boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Komissiyaning talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq barcha hujjatlari alohida yigʻma jildlarda saqlanadi. Mazkur hujjatlar urugʻchilik xoʻjaliklarining barchasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng 2 hafta mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga va viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari arxiviga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Har bir yigʻma jildda quyidagi hujjatlar tikilishi lozim:
a) komissiyaning tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlari;
b) tanlovga talabgor tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar;
v) tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash varaqasi;
g) komissiyaning har bir ariza boʻyicha talabgorlarni tanlovda ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarorlari;
d) har bir komissiya aʼzosi tomonidan toʻldirilgan tanlov varaqalari;
e) tanlov yakuni boʻyicha qoʻyilgan ballar hisob-kitobi;
j) tanlov oʻtkazish yakunlari yuzasidan komissiya tomonidan qabul qilingan bayonnomalar;
z) talabgorlarni tanlash va tanlov oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar.
Jildga reyting ballari berishga asos boʻlgan barcha hujjatlar (shu jumladan, asli taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari) tikilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Komissiyaning faoliyatiga doir hujjatlarning toʻliq yuritilishi, saqlanishi va belgilangan muddatlarda arxivga topshirilishiga komissiya raisi va kotibi shaxsan javobgardir.
V. Tanlov gʻoliblarining vazifa va funksiyalari
26. Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlgan fermer, tajriba va boshqa xoʻjaliklar qaysi navdan necha gektar ekishi va qancha hajmda urugʻlik yetishtirishi viloyat hokimining kelgusi yil hosili uchun talab etiladigan urugʻlik tayyorlash hajmlari va navlarni joylashtirish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan belgilab beriladi.
Bunda tanlov gʻoliblarining vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat boʻladi:
a) asosiy vazifalar:
respublika ehtiyojini qondirish uchun navlar boʻyicha zarur miqdordagi, standart talablariga mos keluvchi nav urugʻlarining avlodlarini hisobga olgan holda yetishtirish;
koʻpaytirilayotgan navning qimmatli xoʻjalik, texnologik xususiyatlarini saqlab qolish;
yuqori sifatli va nav sofligiga ega boʻlgan super elita, elita va keyingi avlodli urugʻlarni yetishtirish;
super elita, elita va keyingi avlodli urugʻliklarni yetishtirish va qayta ishlash tartib va qoidalariga amal qilish;
nav mualliflari va nav originatorlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va meʼyorlarda sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
b) yuklatilgan vazifalarga asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
urugʻlik maydonlari yuqori unumdor, mexanizmlar yordamida ishlov berishga qulay, suv bilan yaxshi taʼminlangan, shoʻrlanmagan va tekis dalalarda joylashtiriladi;
almashib ekish va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish dasturini tuzadi va ularning hisobini olib boradi;
har bir gektar superelita urugʻi ekilgan maydonga, elita va keyingi avlodli urugʻlar ekilgan maydonga bir mutaxassis hisobida bittadan yuqori malakali urugʻchi-mutaxassislar bilan taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
super elita, elita va keyingi avlodli urugʻlik maydonlarini ixcham qilib joylashtiradi, belgilangan tartibda va maqbul muddatlarda oraliq himoya masofani saqlagan holda ekadi;
foydalanishga ruxsat etilgan preparatlar bilan zararsizlantirilgan urugʻlarni ekadi;
Keyingi tahrirga qarang.
nav va tur tozaligi boʻyicha dala koʻrigi va oʻtogʻini eng kamida ikki marta oʻtkazishni tashkillashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Mazkur Nizomda belgilangan talablar buzilgan holda xoʻjaliklar oʻrnatilgan tartibda urugʻlik yetkazish huquqidan mahrum etiladi.
VI. Yakuniy qoidalar
28. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar Komissiya tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUAZIZOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi E. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-mart
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Suvli va lalmi yerlarda super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun tanlovini oʻtkazish
JADVALI
JADVALI
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Suvli yerlar tanlovida ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
REYTING BALLARI
| T/r | Baholash mezonlari | Reyting koʻrsatkichlari | Reyting ballari | Taqdim etiladigan hujjatlar |
| 1. | Ekin maydoni holati | 60 ball bonitetdan yuqori | 10 ball | Tuman yer resurslari boʻlimining maʼlumoti |
| 50 dan 60 gacha | 8 ball | |||
| 40 dan 50 gacha | 4 ball | |||
| 2. | Suv taʼminoti | Yaxshi | 10 ball | Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining maʼlumoti |
| Oʻrta | 8 ball | |||
| Yomon | 1 ball | |||
| 3. | Shoʻrlanganlik darajasi | Kuchli shoʻrlangan 1-2 % | 1 ball | Gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasining maʼlumotlari |
| Oʻrta shoʻrlangan 0,5—1,0 % | 6 ball | |||
| Kam shoʻrlangan 0,3—0,5 % | 8 bal | |||
| Shoʻrlanmagan | 10 ball | |||
| 4. | Talabgorning mutaxassisligi | Agronom, | 10 ball |
Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi |
| iqtisodchi, yurist, injener, |
9 ball | |||
| hisobchi, mexanik, | 8 ball | |||
| zootexnik, veterinar, | 7 ball | |||
| boshqa mutaxassis | 5 ball | |||
| 5. | Talabgorning qishloq xoʻjaligidagi ish staji | 15 yil va undan yuqori | 10 ball | Mehnat daftarchasi yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi |
| 10 yildan 15 yilgacha | 9 ball | |||
| 5 yildan 10 yilgacha | 8 ball | |||
| 3 yildan 5 yilgacha | 7 ball | |||
| 1 yildan 3 yilgacha | 6 ball | |||
| 6. | Talabgorning maʼlumoti | Oliy | 10 ball | Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi |
| Oʻrta maxsus | 7 ball | |||
| Oʻrta | 5 ball | |||
| 7. | Talabgor hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki | 10 mln. soʻmdan yuqori | 10 ball | Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat |
| 5 mln. — 10 mln. soʻmgacha | 8 ball | |||
| 1 mln. — 5 mln. soʻmgacha | 6 ball | |||
| 500 mingdan — 1 mln. soʻmgacha | 4 ball | |||
| 8. | Talabgorga tegishli yaroqli texnika | Haydov traktori yoki oʻrim texnikasi | 10 ball | Texnik pasport |
| Ekish seyalkasi | 9 ball | |||
| Transport traktori | 8 ball | |||
| Yuk mashinasi | 2 ball | |||
| Yengil mashinasi | 1 ball | |||
| Boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi | 1 ball | |||
| 9. | Talabgorning soʻnggi uch yil davomida gʻalla sotish boʻyicha shartnomalarning bajarishi | 3 yil surunkali bajarganda | 10 ball | Tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma |
| 3 yildan 2 yil bajarganda | 8 ball | |||
| 3 yildan 1 yil bajarganda | 6 ball |
Keyingi tahrirga qarang.
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Lalmi yerlar tanlovida ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI
REYTING BALLARI
| T/r | Baholash mezonlari | Reyting koʻrsatkichlari | Reyting ballari | Taqdim etiladigan hujjatlar |
| 1. | Ekin maydoni holati | 40 balldan yuqori | 10 ball | Tuman yer resurslari boʻlimining maʼlumoti |
| 30 dan 40 gacha | 8 ball | |||
| 20 dan 30 gacha | 4 ball | |||
| 2. | Talabgorning mutaxassisligi | Agronom, | 10 ball | Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi |
| iqtisodchi, yurist, injener, |
9 ball | |||
| hisobchi, mexanik, | 8 ball | |||
| zootexnik, veterinar, | 7 ball | |||
| boshqa mutaxassis | 5 ball | |||
| 3. | Talabgorning qishloq xoʻjaligidagi ish staji | 15 yil va undan yuqori | 10 ball | Mehnat daftarchasi yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi |
| 10 yildan 15 yilgacha | 9 ball | |||
| 5 yildan 10 yilgacha | 8 ball | |||
| 3 yildan 5 yilgacha | 7 ball | |||
| 1 yildan 3 yilgacha | 6 ball | |||
| 4. | Talabgorning maʼlumoti | Oliy | 10 ball | Maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi |
| Oʻrta maxsus | 7 ball | |||
| Oʻrta | 5 ball | |||
| 5. | Talabgor hisobvaragʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki | 5 mln. soʻmdan yuqori | 10 ball | Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat |
| 2,5 mln. — 5,0 mln. soʻmgacha | 8 ball | |||
| 0,5 mln. — 2,5 mln. soʻmgacha | 6 ball | |||
| 250 mingdan — 0,5 mln. soʻmgacha | 4 ball | |||
| 6. | Talabgorga tegishli yaroqli texnika | Haydov traktori yoki oʻrim texnikasi | 10 ball | Texnik pasport |
| Ekish seyalkasi | 9 ball | |||
| Transport traktori | 8 ball | |||
| Yuk mashinasi | 2 ball | |||
| Yengil mashinasi | 1 ball | |||
| Boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi | 1 ball | |||
| 7. | Talabgorning soʻnggi uch yil davomida gʻalla sotish boʻyicha shartnomalarning bajarishi | 3 yil surunkali bajarganda | 10 ball | Tuman statistika boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma |
| 3 yildan 2 yil bajarganda | 8 ball | |||
| 3 yildan 1 yil bajarganda | 6 ball |
Keyingi tahrirga qarang.
Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik gʻalla yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun xoʻjaliklar oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
| | | | |
|
______________ viloyati ______________ tumani | |||
|
(komissiyaning nomi) |
| ||
|
____________ - SONLI BAYoNNOMASI | |||
| _____________ viloyati ____________ tumani “___” __________ 200_ yil Raislik qildi: _____________________________________________________ | |||
| |
(komissiya raisi F.I.Sh.) | ||
| Qatnashdilar: ______________________________________________________ | |||
| |
(komissiya aʼzosi F.I.Sh.) | ||
|
__________________________________________________________________ | |||
|
(komissiya aʼzosi F.I.Sh.) | |||
|
| |||
| _____________________________________________ urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov yakunlari toʻgʻrisida. Kun tartibidagi masala yuzasidan komissiya raisi _______________________ _________________________________________________ axboroti eshitildi. __________________________________________________________________ Kun tartibidagi masalani muhokama qilib, komissiya | |||
|
| |||
| ___________________________ urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov yakunlari quyidagicha tasdiqlansin. | |||
| T/r | Tanlov gʻoliblarining nomi | Maydoni, ga | Toʻplagan bali |
|
1. |
|
|
|
|
2. |
|
|
|
|
3. |
|
|
|
|
4. |
|
|
|
|
5. |
| | |
| | | | |
| | Komissiya raisi |
__________________ |
____________ |
| | |
(F.I.Sh.) |
(imzo) |
| | Komissiya aʼzolari: |
__________________ |
____________ |
| | |
(F.I.Sh.) |
(imzo) |
| | Kotib |
__________________ |
____________ |
| | |
(F.I.Sh.) |
(imzo) |