OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
BUYRUGʻI
SELEKSIYA YUTUGʻIGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINING AMAL QILISHINI UZAYTIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-aprelda 1793-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. “Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori A. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-mart,
13-son
Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-martdagi 13-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish
QOIDALARI
Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 17-18-son, 127-modda) muvofiq oʻsimlik navi va hayvon zotiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish tartibini belgilaydi.
1 §. Umumiy qoidalar
1. Qonunning 14-moddasiga muvofiq seleksiya yutugʻiga patentning amal qilish muddati seleksiya yutugʻi tegishli davlat reyestrida roʻyxatga olingan sanadan eʼtiboran yigirma yilga teng. Tok, yogʻochbop, manzarali, mevali daraxtlar va oʻrmon daraxtlarining navlari, shu jumladan ularning payvandtaglari uchun bu muddat yigirma besh yilni tashkil etadi.
Patentning amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan koʻpi bilan oʻn yilga uzaytirilishi mumkin.
2. Seleksiya yutugʻiga patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasiga (keyingi oʻrinlarda Patent idorasi deb yuritiladi) patentning amal qilishi tugagunga qadar soʻnggi uch oy ichida yoki patentning amal qilishi tugagandan keyin olti oy ichida qoʻshimcha patent bojini toʻlash sharti bilan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Seleksiya yutugʻiga patentning amal qilishini uzaytirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Seleksiya yutugʻiga patentning (keyingi oʻrinlarda patent deb yuritiladi) amal qilishini uzaytirishga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi tomonidan, vakolati qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadigan vakil yoki patent vakili orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2 §. Iltimosnomani berish va koʻrib chiqish
5. Patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi koʻrsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
6. Seleksiya yutugʻiga patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga patentning amal qilishini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida iltimosnomani koʻrib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
7. Zaruriyat boʻlganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
8. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Patent idorasiga bevosita beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ishonchnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularning ushbu Qoidalarning 1—8-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi.
10. Ushbu Qoidalarning 5 — 7-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan kerakli hujjatlar mavjud boʻlmagan va/yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga mavjud boʻlmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi. Bunda ishonchnomani koʻrib chiqishning belgilangan muddatining oʻtishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi uzaytiriladi.
Patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli Davlat reyestriga kiritiladi va Patent idorasining rasmiy byulletenida eʼlon qilinadi. Patent egasiga patentning amal qilishi uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi yozuvli “Patentga ilova” yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Patent idorasi patent egasiga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisidagi rad etish asoslari koʻrsatilgan bildirishnomani yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga
ILOVA
ILOVA
| | | |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 100047, Toshkent shahri, Toʻytepa koʻchasi, 2a uy. __________________________________ |
|
| |||
| |
— |
oʻsimlik naviga | |
| | | | |
| |
— |
hayvon zotiga | |
| ________ - raqamli patentning amal qilishini uzaytirib berishingizni soʻrayman. | |||
Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [X] bilan qayd etilsin) | |||
| |
— |
patentning amal qilishini uzaytirish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi | |
| | | hujjat; |
|
| |
— |
merosga boʻlgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi; | |
| | | | |
| |
— |
ishlarni yuritish uchun ishonchnoma. | |
| | | | |
| | | Patent egasi |
_________________________________ |
| | | |
(lavozimi, F.I.O., imzo) |
| | | Sana ______________ | (M.Oʻ.) |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 123-modda, 2011-y., 40-son, 421-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)