Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2024 16.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1793
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2024
Hujjat 17.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SELEKSIYA YUTUGʻIGA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINING AMAL QILISHINI UZAYTIRISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-aprelda 1793-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat patent idorasi direktori A. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-martdagi 13-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 17-18-son, 127-modda) muvofiq oʻsimlik navi va hayvon zotiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 §. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qonunning 14-moddasiga muvofiq seleksiya yutugʻiga patentning amal qilish muddati seleksiya yutugʻi tegishli davlat reyestrida roʻyxatga olingan sanadan eʼtiboran yigirma yilga teng. Tok, yogʻochbop, manzarali, mevali daraxtlar va oʻrmon daraxtlarining navlari, shu jumladan ularning payvandtaglari uchun bu muddat yigirma besh yilni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentning amal qilish muddati patent egasining iltimosnomasiga binoan koʻpi bilan oʻn yilga uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Seleksiya yutugʻiga patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) patentning amal qilishi tugagunga qadar soʻnggi uch oy ichida yoki patentning amal qilishi tugagandan keyin olti oy ichida qoʻshimcha patent bojini toʻlash sharti bilan beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Seleksiya yutugʻiga patentning amal qilishini uzaytirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Seleksiya yutugʻiga patentning (keyingi oʻrinlarda patent deb yuritiladi) amal qilishini uzaytirishga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi tomonidan, vakolati qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadigan vakil yoki patent vakili orqali amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 §. Iltimosnomani berish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan shakl boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi koʻrsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Seleksiya yutugʻiga patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga patentning amal qilishini uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganida iltimosnomani koʻrib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zaruriyat boʻlganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlikka bevosita beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishonchnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kunlik muddat ichida barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularning ushbu Qoidalarning 1—8-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Qoidalarning 5 — 7-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan kerakli hujjatlar mavjud boʻlmagan va/yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga mavjud boʻlmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboriladi. Bunda ishonchnomani koʻrib chiqishning belgilangan muddatining oʻtishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi uzaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Patentning amal qilishini uzaytirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli Davlat reyestriga kiritiladi va Vazirlikning rasmiy byulletenida eʼlon qilinadi. Patent egasiga patentning amal qilishi uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi yozuvli “Patentga ilova” yuboriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Vazirlik patent egasiga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisidagi rad etish asoslari koʻrsatilgan bildirishnomani yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seleksiya yutugʻiga Oʻzbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi),
‎Tel: __________ E-mail: __________
‎__________________________________
‎(F.I.O., yoki yuridik shaxsning nomi)

‎Manzil __________________________
‎Telefon _________________________

‎‎
ILTIMOSNOMA

—‎

oʻsimlik naviga

—‎

hayvon zotiga
‎‎
‎________ - raqamli patentning amal qilishini uzaytirib berishingizni soʻrayman.

‎Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [X] bilan qayd etilsin):

—‎

patentning amal qilishini uzaytirish uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi
hujjat;

—‎

merosga boʻlgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;

—‎

ishlarni yuritish uchun ishonchnoma.
Patent egasi

_________________________________‎

(lavozimi, F.I.O., imzo)

Sana ______________ (M.Oʻ.)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 16-son, 123-modda, 2011-y., 40-son, 421-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)