12.09.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Anglashuv memorandumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ XOʻJALIGI TAShKILOTLARI UChUN BOShQARUV KADRLARINI OʻQITIShDA HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati, kelgusida “Tomonlar” deb nomlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi tashkilotlari uchun boshqaruv kadrlarini ikki tomonlama tayyorlash dasturini (bundan buyon — dastur) amalga oshirish orqali ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash istaklarini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy menejment uslublari bilimlariga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar iqtisodiyotning oʻsishi va rivojlanishiga munosib hissa qoʻshishi mumkinligi va shu tarzda xoʻjalik tashkilotlarining yosh boshqaruvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish davlatning kelgusidagi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishi toʻgʻrisida fikr bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yilda 20 ta oʻzbek boshqaruvchilaridan iborat boshlangʻich guruh malaka oshirish maqsadida Germaniyada amaliyot oʻtab qaytganligini mamnuniyat bilan qayd etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlangʻich dasturning sezilarli natijalarini inobatga olib Tomonlar quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻzbek tomonining Oʻzbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalashga munosib hissa qoʻsha oladigan yangi boshqaruvchilar avlodini oʻqitishga yoʻnaltirilgan ikki tomonlama dasturni amalga oshirish boʻyicha tashabbusini koʻllab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati yaqin kelajakda xalq xoʻjaligi tashkilotlari, xususan ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar uchun boshqaruv kadrlarini kasbiy va til boʻyicha tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishdan oʻz manfaatdorligini maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati 2009-yilgacha oʻzbek dasturini amalga oshirishda oʻzining imkoniyati darajasida koʻmaklashishga tayyorligini tasdiqlaydi. Boshqaruvchilarni oʻqitish ikki tomonlama dasturini amalga oshirishdagi Germaniya tomonining hissasi tanlab olingan boshqaruvchilarning Germaniya Federativ Respublikasida korxonalarga maqsadli tashrif buyurishlari bilan birgalikda, ixtisoslashtirilgan maʼruza seminarlari va amaliy treninglar oʻtkazish orqali har xil amaliyot turlarini oʻtashni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida tadbirlarning davomiyligi va mazmuni oʻzbek boshqaruvchilarining xorijiy tilni bilish va kasbiy talab darajasi, shuningdek Germaniya tomonining imkoniyatlariga bogʻliq. Germaniyada qabul qilinadigan boshqaruvchilarning soni Germaniya tomonidan har yili Federal budjet moliyaviy mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻlarning miqdoriga bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Dasturni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Germaniya tomoni bosh boshqaruvchi sifatida “Invent” (Xalqaro malaka oshirish va rivojlantirish MChJ) jamiyatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbek tomoni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasini (SSP) belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. SSP oʻzbek tomonidan dasturning muvofiqlashtiruvchisi sifatida dasturga Germaniya hissasi (ulushi) uchun zarur kasbiy va tilga oid bilimlarga ega boʻlgan yetarlicha daʼvogarlar tanlovini amalga oshiradi. Bunda SSP oʻqitish kurslarini taklif etuvchi barcha oʻzbek tashkilotlari bilan teng huquqlilik asosida va Oʻzbekistonning barcha hududlarida hamkorlik qiladi. Shunday qilib, barcha munosib daʼvogarlarning va mamlakatning barcha hududlari vakillarining dasturda qatnashishlari uchun teng imkoniyatlar taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻzbek boshqaruvchilarini kasbiy va til boʻyicha tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuzaga keluvchi xarajatlar, shuningdek barcha xalqaro transport xarajatlari boshqaruv kadrlarini yuborayotgan oʻzbek tomonining tashkilotlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Germaniya tomoni dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq va Germaniya Federativ Respublikasi hududida yuzaga keluvchi barcha xarajatlarni qoplashga tayyorligini tasdiqlaydi. Ushbu xarajatlar stipendiyalar toʻlash, sugʻurta va dastur ishtirokchilarining yashashi bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Dasturni amalga oshirish natijalarini baholash uchun zaruriyatga qarab xalq xoʻjaligi tashkilotlarining boshqaruvchi kadrlari malakalarini oshirishga xizmat qiladigan uzoq muddatli barqaror faoliyat tadbirlarini taʼminlash va ularning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiquvchi Germaniya — Oʻzbek Boshqaruvchi qoʻmitasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu anglashuv Memorandumi Toshkent shahrida 2007-yil 12-sentabrda, ikki asl nusxada, har biri nemis va oʻzbek tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 4-son)