Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.01.2018 30.08.1995 yildagi 105-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.01.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HARBIY DOKTRINASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Harbiy doktrina O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-458-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy doktrina O‘zbekiston Respublikasi mudofaa siyosatining negizini tashkil etadi va milliy xavfsizlik umumdavlat konsepsiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, tashqi siyosat, davlatlararo munosabat masalalariga, urush va tinchlik muammolariga mutlaqo yangicha yondashuvlarga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston keng ko‘lamdagi mafkuraviy qarama-qarshilik mushkulotlari o‘tmishda qolgan tarixiy davrda, jahon urushining bevosita xavfi ancha kamayishiga erishilib, “sovuq urush”ga barham berilgan davrda mustaqil davlatga aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni chog‘da xalqaro munosabatlar tarkibidagi o‘zgarishlar, muvozanatlar yangi tizimining shakllanishi keskinlik, mojarolarning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishi, ekstremizm va terrorchilik turli ko‘rinishlarining faollashishi bilan birga kechmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu tufayli ham yosh mustaqil davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini mustahkamlash masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilib va o‘zining ma’naviy hamda intellektual qadriyatlarini tiklash, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalarda tub o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘liga o‘tib, huquqiy, demokratik va dunyoviy jamiyat qurmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazilayotgan demokratik islohotlarni amalda ro‘yobga chiqarishda jamiyatdagi barqarorlikni mustahkamlash va davlatning puxta xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston uchun hayotiy zarurdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shularni nazarda tutib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat va xalqaro munosabatlarning subyekti sifatida o‘zining mudofaa siyosatini barcha mamlakatlarning tinch-totuv yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning mustaqilligini, shuningdek davlatlararo tarkib topgan chegaralarning buzilmasligi va o‘zgarmasligini hurmat qilish prinsiplariga asoslaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi o‘z kuch-g‘ayratlarini barcha davlatlar bilan ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish va bu aloqalarni rivojlantirishga, yalpi tinchlikka, hamma joyda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka va qurolsizlanishga erishish maqsadlariga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi barcha mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish o‘z xalqining turmushini yaxshilash, xalqaro huquqning umum e’tirof etgan normalariga, demokratiya va ijtimoiy adolat prinsiplariga asoslangan ijtimoiy tuzumni mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi, deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda tinchliksevarlik yo‘lidan borib, ayni vaqtda o‘z fuqarolarining hayoti va qadr-qimmatini himoya qilish vazifasini o‘z zimmasiga oladi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustaviga binoan o‘zini o‘zi mudofaa qilishdek ajralmas huquqini amalga oshiradi, davlatning harbiy qudrati va mudofaa qobiliyati oqilona zarurat darajasida bo‘lishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. DOKTRINANING SIYOSIY JIHATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining urushga munosabati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro va davlatlararo muammolarni urush yo‘li bilan hal etishga qat’iyan qarshi chiqadi va jahon hamjamiyati davlatlari o‘rtasida harbiy mojarolar chiqishini preventiv diplomatiya vositasida bartaraf qilishda faol ishtirok etishni, ziddiyatlarni keskinlashtiradigan sabablarga barham berishga yoki ularni yengishga kuch-g‘ayrat sarflashni o‘z tashqi siyosatining asosiy vazifasi deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urushning va urush xavfining oldini olish — bosh strategik yo‘nalish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urushlar va harbiy mojarolarning oldini olishni, harbiy bloklarga kirmaslikni o‘z tashqi siyosatining bosh strategik yo‘nalishi deb e’lon qilib, O‘zbekiston Respublikasi shuni qayd etadiki, u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z Qurolli Kuchlarini boshqa davlatga qarshi ishga solmaydi, O‘zbekiston Respublikasiga yoki O‘zbekiston bilan o‘zaro harbiy yordam to‘g‘risidagi tegishli shartnomalar orqali bog‘langan davlatlarga qarshi hujumni qaytarish hollari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hech kimga tahdid solmaydi va jahondagi birorta ham davlatni o‘zining dushmani deb hisoblamaydi, ulardan birortasiga na hududiy, na boshqa da’vosi bor va barcha mamlakatlar bilan xalqaro huquq, xavfsizlik manfaatlarini o‘zaro hisobga olish asosida munosabatlar o‘rnatishga tayyor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro qurolisiz yashash: yadro qurolini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik va sotib olmaslik prinsiplariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urushning oldini olish borasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro faoliyatining bosh mezonlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy xavfsizlikni ta’minlashda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarning rolini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlar va xalqlar o‘rtasida tinchlik, barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashni bosh maqsad qilib olgan xalqaro hamda mintaqalararo tuzilmalarga faol qo‘shilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlatlar va jahon hamjamiyatining faol ishtirokida Markaziy Osiyoning mintaqaviy xavfsizligi tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro qurollari sinovini yoppasiga taqiqlash va pirovard natijada Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan uni butunlay yo‘q qilish haqidagi shartnomani tuzishga o‘tish uchun sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan holi hudud deb e’lon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyoviy, bakteriologik va boshqa turdagi yalpi qirg‘in qurollarini hamma yerda yo‘q qilish, O‘zbekiston Respublikasining Kimyoviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiyada va bakteriologik qurollarni taqiqlash muammolari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamning ruhiyatiga halokatli ta’sir etadigan vositalar, tektonik va boshqa turdagi qurollar yaratilishi, sinovdan o‘tkazilishi va ishlab chiqarilishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaga qurol-yarog‘ yetkazib berish va u bilan savdo qilish ustidan samarali nazorat o‘rnatishning, shu jumladan qonunsiz harbiy tuzilmalarni qurol bilan ta’minlashning oldini olish maqsadida samarali nazorat o‘rnatishning kelishilgan chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Bu chora-tadbirlarga axborot almashishni, o‘zaro tekshiruvlarni, muntazam maslahatlashuvlarni, nazorat qilishning milliy vositalaridan foydalanishni asos qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konversiyani faol amalga oshirishga qaratilgan harakatlarni beg‘araz yordam va imtiyozli kreditlar berish tarzida moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha mamlakatlarda oddiy qurol-yarog‘lar va qurolli kuchlarni qisqartirish, o‘zaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash chora-tadbirlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qurilishning oshkoraligi va harbiy sohadagi aloqalarning kengaytirilishiga ko‘maklashuvchi davlatlararo harbiy hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro munosabatlarda milliy va diniy murosasizlikka yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fundamentalizm, ekstremizm, terrorchilikning kuchayish tendensiyasiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlikni saqlash bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarga, barcha davlatlarning harbiy kuch ishlatishdan yoki harbiy kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechishiga asoslangan mustahkam davlatlararo munosabatlar tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shinlarni faqat milliy chegaralar doirasida joylashtirishni pirovard maqsad qilib olib, o‘zgalar hududida ajnabiy harbiylarning turishini izchil qisqartirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-siyosiy ittifoqlarning mintaqaviy miqyosda ham, jahon miqyosida ham siyosiy hamkorlik vositasiga aylantirilishiga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DOKTRINANING HARBIY-TAShKILIY JIHATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo mintaqasining o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston barcha mintaqalarda va eng avvalo Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun qat’iy va izchil harakat qiladi. Bu mintaqaning o‘ziga xos xususiyati, dunyoda tutgan siyosiy o‘rnining nozikligi shundaki, voqealar rivoji salbiy tus olgudek bo‘lsa, u butun jahonda barqarorlikni izdan chiqarib yuboruvchi kuchli detonatorga aylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyoda turli etnik va diniy guruhlarga mansub 60 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi. Bu mintaqada yadro qurollari, shuningdek vayron qiluvchi qudratli kuchga ega bo‘lgan oddiy qurollar to‘plangan. Mintaqada to‘qnashuvlar yuz bersa, aql bovar qilmaydigan falokatlarga olib kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda bu mintaqadagi ko‘pgina mamlakatlar o‘rtasida tom ma’nodagi chegaralar yo‘q. Bunday sharoitda ushbu mamlakatlarning birontasida kelib chiqqan mojaro butun mintaqaga yoyilib ketishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahonda va eng avvalo Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy-siyosiy vaziyat salbiy tomonga rivojlangan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi oldida o‘z xavfsizligini ta’minlash masalasi ko‘ndalang bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi urushning oldini olish ishidagi o‘z siyosiy-diplomatik va boshqa tinchlikparvar sa’y-harakatlari ustuvorligini ta’kidlash bilan bir qatorda o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni zarur deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xavfning potensial manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xavfning potensial manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahonning turli mintaqalarida qurolli guruhlar yuqori darajada jamlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahondagi siyosiy vaziyatning keskinligi pasaymayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim davlatlar yoki davlatlar bloklarining o‘z siyosatini o‘tkazishda kuch ishlatishga moyilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim davlatlarning boshqa davlatlar chegaralari yaqinida qurolli kuchlar guruhlarini ko‘paytirishga intilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shni mamlakatlardagi siyosiy vaziyatning beqarorligi va uning kuchayib ketish ehtimoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlaridagi vaziyatga o‘z ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan harakatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstremistik siyosiy tashkilotlar, g‘ayriqonuniy harbiy tuzilmalar tomonidan mintaqada amalga oshirilayotgan terrorchilik xatti-harakatlari, shuningdek ularning millatchilik kayfiyatlarini va diniy murosasizlikni avj oldirishga qaratilgan faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi zamon urushlarining xususiyati va oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar sharoitida yangi jahon urushining kelib chiqish ehtimoli kamaydi. Ayni vaqtda jahonning turli mintaqalarida lokal urushlar va harbiy mojarolar kelib chiqishi xavfi ortdi, ular jahon ko‘lamidagi oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hozirgi zamon urushlarining strategik xarakteri va oqibatlariga baho berishda quyidagi qoidalarga asoslanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro urushi lokal urush bo‘la olmaydi va biron-bir davlat yadro urushi boshlagudek bo‘lsa, u butun insoniyat uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p miqdorda kimyoviy qurollar, vayron qiluvchi qudratli kuchga ega bo‘lgan qurollar to‘plangan davlatlar o‘rtasida oddiy qurollar vositasida olib boriladigan lokal urushlar ham jahon ko‘lamiga yoyilib, oqibatda butun tsivilizatsiya uchun xuddi shunday halokatli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy texnologiyalarning takomillashtirilishi va qurolli kurash vositalarining rivojlantirilishi harbiy mojarolarning lokal urushlarga, lokal urushlarning esa mintaqaviy urushga yoki har qanday bosqichda yadro urushiga o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan jahon miqyosidagi urushga aylanish ehtimolini tug‘diradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonga yoki u bilan o‘zaro harbiy yordam to‘g‘risidagi shartnomalar orqali bog‘langan davlatlarga qarshi qaratilgan tajovuzning oldini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi o‘z harbiy imkoniyatlaridan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh harbiy-strategik vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining bosh harbiy-strategik vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlik davrida davlatning mudofaa qobiliyatini respublikaning hududiy yaxlitligini, uning suverenitetiga qarshi qilinishi mumkin bo‘lgan ig‘vo va tajovuzlarning oldini olishni kafolatlaydigan oqilona zarurat darajasida saqlab turishdan, hujumlarni ham mustaqil tarzda, ham Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi Shartnoma qatnashchisi bo‘lgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan o‘zaro hamkorlikda daf etish uchun Qurolli Kuchlarining har taraflama doimiy tayyor turishini ta’minlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush chiqqan taqdirda — ham o‘z kuchlari bilan, ham O‘zbekiston Respublikasi bilan tegishli shartnomalar orqali bog‘langan boshqa davlatlarning harbiy kuch-qudrati bilan birgalikda tajovuzni kafolatli tarzda daf etish, tajovuzkorni qat’iyan mag‘lub qilishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar qurilishi va ularni strategik qo‘llash prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xavf-xatarni, urushning ehtimol tutilgan xarakterini, mudofaa vazifalari ko‘lamini anglagan holda va respublikaning iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiq Qurolli Kuchlar qurilishi, ularning tarkibini takomillashtirish va tayyorgarlikdan o‘tkazish amalga oshiriladi, ularni jangda qo‘llash prinsiplari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar qurilishi ularning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishni ta’minlay oladigan xillarini, qo‘shin turlari va maxsus qo‘shinlarni tuzish hamda mutanosib rivojlantirish asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlar, Harbiy-havo kuchlari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari, Maxsus va muhandislik-qurilish qo‘shinlari hamda Milliy gvardiyadan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar qurilishini takomillashtirishdan ko‘zlangan maqsad ularni davlat tuzilishining xususiyatlariga, mintaqaning fizik-jug‘rofiy sharoitlariga muvofiqlashtirishdan, Qurolli Kuchlarning xillari va qo‘shin turlarini, qurollarning asosiy tizimlarini uyg‘un rivojlantirish va qo‘llashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar qurilishida islohot tinchlik davri qo‘shinlar guruhlarining jangovar qudrati lokal (mintaqaviy) miqyosdagi tajovuzni daf etishni ta’minlaydigan darajada bo‘lishiga alohida ahamiyat bergan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urush chiqqan taqdirda Qurolli Kuchlar o‘z vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondonining urush davrida operativ rezervi hisoblanuvchi Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari hamda Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlari bilan birgalikda ado etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari muntazam, kadrlar armiyasi qoidasi asosida quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarning tarkibi va tuzilishi, ularning texnika bilan qurollantirilishi va qurolli kurash vositalarini takomillashtirish, kadrlar tayyorlash, safarbarlik resurslariga va zaxiralariga bo‘lgan talab-ehtiyoj, harbiy qurilishni pul bilan ta’minlash ishini O‘zbekiston Respublikasi tajovuzni ham mustaqil tarzda, ham Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi Shartnoma qatnashchisi bo‘lgan davlatlarning qurolli kuchlari bilan birgalikda harakat qilib, bartaraf etish uchun puxta va oqilona ehtiyoj prinsipiga rioya etish zarurati bilan bog‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarni doimiy jangovar shay holatda saqlab turishga, ularni barcha zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlashga, xalq xo‘jaligini, aholini va hududni tajovuzni daf etishga tayyorlashga qaratilgan tadbirlar majmuini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Armiyaga chaqirilishdan oldingi tayyorgarlik sifatini oshirish, o‘spirin yoshlarni hamma yerda sog‘lomlashtirish, harbiy mutaxassislar tayyorlash davlat dasturlariga asos qilib olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shinlarni jahon andozalari talablariga javob beradigan zamonaviy texnika, qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, bu sohada ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirish harbiy-texnika siyosatiga asos qilib olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi tajovuzga javob tariqasidagi harakatlarni nazarda tutib ish olib borar ekan, ayni vaqtda tajovuzkorni jilovlash tadbirlarini o‘tkazishni zarur deb hisoblaydi va Qurolli Kuchlarni qo‘qisdan hujum bo‘lishini istisno etadigan va tajovuzkorga darhol qarshi zarba berishni ta’minlaydigan darajada shay holda saqlab turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajovuz boshlangan vaqtda strategik miqyosdagi harbiy harakatlarning asosiy turi mudofaa bo‘ladi. Bunda vaziyatga qarab, muayyan yo‘nalishlarda hujum harakatlari olib borish istisno etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan tinchlik davrida qo‘shinlar har qanday sharoitda, shu jumladan dushman yadro qurolini qo‘llagan sharoitda ham jangovar harakat olib borishga tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shtablar va qo‘shinlarning operativ va jangovar tayyorgarligi ham mudofaa, ham hujum operatsiyalarini tayyorlash va olib borish usullarini o‘zlashtirish hamda takomillashtirishga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy tarkibga ta’lim va tarbiya berish jarayoni jangovar navbatchilik vazifalarini aniq bajarishga, jangovar shaylik darajasini, qo‘shinlarning operativ va jangovar tayyorgarlik sifatini oshirishga, qurol-yarog‘, harbiy texnikani va ulardan samarali foydalanish usullarini mohirona egallashga, shaxsiy tarkibda O‘zbekiston Respublikasiga, o‘z xalqiga, Harbiy qasamyodga, harbiy burchga sadoqatni, shuningdek ona Vatanining tarixi va an’analariga chuqur hurmat-ehtiromni, o‘z Vatanining himoyasi uchun yuksak shaxsiy mas’uliyatni shakllantirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi tinchlik vaqtida Qurolli Kuchlarning infrastrukturasini rivojlantirishni ta’minlash va davlatning strategik iqtisodiy dasturlarini bajarish maqsadida muhandislik-qurilish qo‘shinlarini kengaytirishni nazarda tutadi. Urush chiqqan taqdirda muhandislik-qurilish qo‘shinlari mudofaa inshootlari, kommunikatsiya moslamalari qurishga va avariya-tiklash ishlarini bajarishga jalb etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlardan foydalanish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi, tinch vositalar yordamidagi kuch-g‘ayratlar hamisha ham urushlar va qurolli mojarolarning oldini olish imkonini beravermaydi deb hisoblab, quyidagi maqsadlarda o‘z Qurolli Kuchlarini qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi hujumni daf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajovuzdan o‘zaro mudofaalanish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-330-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jangovar harakatlar olib borish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni qaror qabul qiladi va buyruq beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning, jamiyat va davlatning xavfsizligiga tahdid soladigan tajovuzni, ichki vaziyatni beqarorlashtirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining amal qilishini izdan chiqarishga qaratilgan harakatlarning oldini olish va ularga barham berish maqsadida Oliy Bosh qo‘mondon vaziyatni barqarorlashtirish ishida Qurolli Kuchlardan foydalanish huquqiga ega, uning bu xususdagi qarori keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida muhokama etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarni Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari va Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari bilan birgalikda strategik maqsadda qo‘llashni rejalashtirish ishiga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi umumiy rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika iqtisodiyotini, hududini va aholisini mudofaaga tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot, davlat organlari va boshqaruv tizimining urush davrida ishlashga safarbarlik tayyorgarligi, shuningdek mamlakat hududini va aholisini mudofaaga tayyorlash davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashdagi muhim yo‘nalishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tayyorgarlik harbiy tajovuz bo‘lgan taqdirda qisqa muddat ichida eng ko‘p odamlar rezervini, moddiy-texnika resurslarini safarbar etish, xalq xo‘jaligini urush davri sharoitida ishlashga o‘tkazish imkonini beradigan tashkiliy va amaliy tadbirlar majmuini tinchlik davrida ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning safarbarlik tayyorgarligi jumlasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol-yarog‘, harbiy texnika va mol-mulkni, shuningdek davlat xavfsizligini ta’minlash, Qurolli Kuchlar ehtiyojlarini qondirishga kerakli noharbiy mahsulotlarni ishlab chiqarish (ta’mirlash) uchun safarbarlik quvvatlarini vujudga keltirish va saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush davrida davlat xavfsizligini ta’minlash, sanoatda, transportda, avtomobil yo‘llarida, aloqa obyektlarida tiklash, foydalanish, ta’mirlash, qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish uchun, tibbiy ta’minotni tashkil etish, boshqa ehtiyojlar uchun, maxsus tuzilmalarni va muassasalarni barpo etish hamda shay tutish, shuningdek bu tuzilmalarni Qurolli Kuchlar tarkibiga berish yoki ulardan Qurolli Kuchlar manfaatlarini ko‘zlab foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik zaxirasida moddiy boyliklarni to‘plash, saqlash va yangilab borish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududni tinchlik davrida va urush davrida oldindan mudofaaga tayyorlash Qurolli Kuchlarning barcha turlarini rivojlantirish, qayta joylashtirish, jamlash va jangovar muvofiqlashtirish, mamlakat ichkarisidagi muhim obyektlarni va xalq xo‘jaligini zamonaviy zarba vositalari ta’siridan himoyalash manfaatlarini ko‘zlab tadbirlar majmuini amalga oshirish yo‘li bilan ro‘yobga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumdavlat tadbirlari kommunikatsiya va transportning barcha turlarini yaratish va rivojlantirish, aloqa va boshqaruv vositalarini tayyorlash, davlat va safarbarlik zaxiralari bazalari, omborlari tarmog‘ini rivojlantirish, mudofaa buyurtmalarini bajarishga mo‘ljallangan korxonalar va tashkilotlarni tayyorlash, ularning faoliyat ko‘rsatishi va himoya etilishini tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini mudofaaga tayyorlash tinchlik davrida ham, urush davrida ham umumdavlat amaliy tadbirlari majmuini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining harbiy tayyorgarligi tinchlik davrida Qurolli Kuchlarning yuksak jangovar tayyorligini ta’minlash, qisqartirilgan tarkib va kadrlardan iborat qo‘shilmalar va qismlarni, yangi tuzilayotgan qo‘shilmalar va qismlarni urush davri shtatida belgilangan darajaga yetkazib butlash va safarbar qilish, shuningdek xavf tug‘ilgan davrda va urush vaqtida talafotlarning o‘rnini to‘ldirish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining harbiy tayyorgarligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruv arafasidagi va chaqirilayotgan yoshlarni maktablarda va boshqa o‘quv yurtlarida, O‘zbekiston Respublikasining Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” jamiyatiga qarashli o‘quv tashkilotlarida harbiy xizmatga tayyorlash tizimida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shaxsiy tarkib muddatli harbiy xizmatni o‘tashi chog‘ida, turli o‘quv-yig‘in tadbirlarida harbiy majburlarning bilimlarini takomillashtirish chog‘ida, kursantlarga harbiy bilim yurtlarida ta’lim berish chog‘ida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy litseylarda, respublika noharbiy oliy o‘quv yurtlarining harbiy fakultetlari va kafedralarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlarga beriladigan maxsus tuzilmalarda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy doktrinaning huquqiy asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va respublikaning harbiy xavfsizligiga tajovuzlarga qarshi harakatlarni tashkil etishda mamlakatni mudofaaga tayyorlash borasidagi davlat faoliyatini, O‘zbekiston Respublikasining hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun Qurolli Kuchlarni qo‘llashni tartibga soluvchi qonunlariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi o‘z Harbiy doktrinasining mohiyatini e’lon qilar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavidan, Xelsinkida imzolangan Yakunlovchi hujjatdan, Stokgolm konferensiyasi hujjatidan, ikki tomonlama, ko‘p tomonlama shartnomalar va bitimlardan, xalqaro huquqiy hujjatlarning umum e’tirof etgan normalaridan kelib chiquvchi barcha xalqaro majburiyatlarga qat’iy rioya etilishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining ishonchli mudofaa qobiliyati va Qurolli Kuchlarning yuksak jangovarlik qobiliyati iqtisodiy, harbiy-texnikaviy va ilmiy kuch-qudratni rivojlantirish, O‘zbekiston xalqining jipsligi va har bir fuqaroni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan ta’minlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-con, 180-modda)