Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2010 28.12.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTONDA PROFESSIONAL TAʼLIMNING IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA LOYIHANI AMALGA OShIRISh TOʻGʻRISIDAGI
2007-yil 28-dekabr, Toshkent
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 1992-yilning 17-iyunida imzolangan “Ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida”gi Bitimning 3-moddasiga muvofiq,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik yordamga yoʻnaltirilgan loyihalarning samaradorligi va tizimliligini taʼminlash yoʻli bilan ikki mamlakat oʻrtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekistonda professional taʼlimning imkoniyatlarini rivojlantirish” boʻyicha loyihani (bundan keyin — “Loyiha”) amalga oshirish maqsadida, Koreya Respublikasi Hukumati Koreya Respublikasining tegishli qonunlari va qoidalariga asosan, hamda budjet cheklovlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga 4 mln. AQSh doll. miqdorida begʻaraz yordam taqdim etmoqda (bundan keyin — “Grant”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Grantdan faqat Oʻzbekistonda professional taʼlimning imkoniyatlarini rivojlantirishni yaxshilash maqsadida foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koreya Respublikasi Hukumati loyihani amalga oshirish boʻyicha lozim boʻlgan ishlarni bajarishga masʼul tashkilot sifatida Koreya xalqaro hamkorlik uyushmasini (bundan keyin — “KOYKA”) tayinlaydi. KOYKA, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda, loyihani amalga oshirishning barcha holatlari boʻyicha qoʻshma Bayonnomani tayyorlaydilar va imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. (1) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati quyidagi zarur chora-tadbirlarni koʻradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur Grant doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskuna va materiallarni oʻz vaqtida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi ichida transport orqali tashuvini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Koreya Respublikasi Hukumatining Granti hisobidan taqdim etiladigan asbob-uskunalar, materiallar va xizmatlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan bojxona bojlari, ichki soliqlar va boshqa toʻlovlardan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) KOYKA bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi Koreya fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasida ularning daromadlari va mol-mulkiga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan bojxona bojlari, ichki soliqlar va boshqa yigʻimlardan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) (v) bandda qayd etilgan Koreya fuqarolariga loyiha doirasida KOYKA bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq ishlarni bajarish uchun Oʻzbekistonga kirish va unda boʻlish uchun lozim boʻlgan shart-sharoitlarni yaratib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Grant doirasida loyihani amalga oshirish uchun taqdim qilingan asbob-uskuna va materiallarni tegishli tarzda saqlash va ulardan samarali foydalanishni taʼminlash; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va Grant tomonidan qoplanishi koʻzda tutilmagan barcha xarajatlarni qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Grant doirasida taqdim etilgan asbob-uskunalar va materiallar Oʻzbekiston Respublikasidan reeksport qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Kelishuv bilan bogʻliq tugʻiladigan barcha savollar yuzasidan Tomonlar oʻzaro maslahatlashib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. (a) Ushbu Kelishuv imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ushbu Kelishuv 2010-yil 31-dekabrgacha kuchga ega boʻladi, agarda Tomonlardan biri kamida 6 oy oldin Kelishuvni toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa tomonni yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabardor qilgan taqdirda oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Ushbu Kelishuvning toʻxtatilishi mazkur Kelishuv boʻyicha bajarilayotgan va Kelishuvning amal qilish muddati tugagunga qadar nihoyasiga yetkazilmagan loyihani tugatilishiga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Ikki tomonning kelishuviga binoan ushbu Kelishuvga diplomatik kanallar orqali Almashuv notalari shaklida tuzatishlarni kiritish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni tasdiqlab, oʻz hukumatlari tomonidan tegishli vakolat olgan quyidagi imzo chekuvchilar ushbu Kelishuvni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2007-yil 28-dekabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Kelishuv qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar paydo boʻlsa, Tomonlar ingliz tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 4-son)