OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI VA DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 8-aprelda 1787-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1997-yil 1-iyulda 97-52-son bilan tasdiqlangan Aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarini va alkogolli ichimliklarni musodara qilish va sotish tartibi (1997-yil 4-iyul, roʻyxat raqami 353);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1997-yil 24-sentabrda 97-78-son bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1997-yil 22-sentabrda 05/8-71-son bilan tasdiqlangan “Aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlarini va alkogolli ichimliklarni musodara qilish va sotish tartibi”ga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar (1997-yil 2-oktabr, roʻyxat raqami 353-1).
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-mart,
2008-19-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-mart,
01-02/22-27-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 111-modda)