08.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1786
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATNI DAVLAT REESTRIDAN ChIQARISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 8-aprelda 1786-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan hujjatni huquqiy ekspertiza qilish natijasi boʻyicha 2008-yil 8-apreldagi xulosaga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qaroriga va “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 197-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2008-yil 22-fevraldagi 16-8/529-sonli xatini inobatga olgan holda, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 30-iyunda 159-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Sifatsiz aloqa xizmatini koʻrsatganlikda aybdor ishchilarni moddiy javobgarlikka tortish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma” Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilsin va bu haqida mazkur Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mazkur hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (S. Sattarov) ushbu normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestridan chiqarilganligini barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu buyruqni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 110-modda)