Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “MEHNATGA HAQ TOʻLAShNING YAGONA TARIF SETKASINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 26 OKTYABRDAGI 218-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 5 MARTDAGI PF-3972-SON FARMONI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-sonli “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2008-yil 5-martdagi PF-3972-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qarorining 1-bandidagi “oyiga 18630 soʻm” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-aprel,
65-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 104-modda)