Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-dekabrdagi PQ-766-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-aprel,
PQ-831-son
Oʻzbekiston Respublikam Prezidentining 2008-yil 4-apreldagi PQ-831-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qozogʻiston Respublikasi bilan ikki tomonlama mahsulot ayirboshlashni oshirish boʻyicha integratsiyalashuv jarayoni va chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-apreldagi PQ-332-sonli qarori ilovasining 4.4.1-pozitsiyasidagi “SamKochavto” va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” XK” soʻzlari tegishli ravishda “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ” hamda “respublikaning qishloq xoʻjalik mashinasozligi korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli qarori 2-ilovasining 20-pozitsiyasidagi “Matchonov Rafiq Doschonovich — “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi” soʻzlari “lavozimiga koʻra — “Toshkent traktor zavodi” OAJ boshqaruvi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2010-yilgacha boʻlgan davrda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 21-maydagi PQ-640-sonli qarori 12-ilovasining 9.1.1-pozitsiyasidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining “Oʻzagromashservis” uyushmasi”, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” soʻzlari “Oʻzagromashservis” uyushmasi, respublikaning qishloq xoʻjalik mashinasozligi korxonalari, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-sonli qarori 1-ilovasining “Mutasaddilik qilinadigan idoralar va xoʻjalik birlashmalari” boʻlimidan “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007—2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-sonli qarorida:
1 va 2-ilovalaridagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” XK” soʻzlari “qishloq xoʻjalik mashinasozligi korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovadagi 10-pozitsiya chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2008-yil hosili uchun shudgorlash ishlarini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 10-oktabrdagi PQ-706-sonli qarori 4-bandining birinchi xatboshidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” soʻzlari “respublikaning qishloq xoʻjalik mashinasozligi korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 99-modda; 2017-y., 23-son, 447-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)