Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
JARIMA TARIQASIDAGI JINOIY JAZONI IJRO ETISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh MASALALARI BOʻYIChA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 27-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda) 44-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda toʻlashdan boʻyin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni boʻlmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima toʻlanmagan yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning toʻlanmagan miqdorini axloq tuzatish ishlari, xizmat boʻyicha cheklash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda axloq tuzatish ishlari yoki xizmat boʻyicha cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi eng kam oylik ish haqining oʻn olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga, qamoqning har bir oyi esa, eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga tayinlanadi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar) 542-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Jarima jazosiga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxs jarima jazosini va axloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi uchun sudda uzrsiz sabablarga koʻra hozir boʻlmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yoʻqligida koʻrib chiqilishi mumkin. Bunday holda jarima jazosi yoki axloq tuzatish ishlari qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda, sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash va qidiruv eʼlon qilish masalasini hal qilishi kerak”;
uchinchi—yettinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi—sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda) 19-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlamagan taqdirda, jarima sud ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi. Jarimani majburiy undirish ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan mahkumga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart.
Agar belgilangan muddatda jarimani toʻliq miqdorda toʻlashga mahkumning imkoni boʻlmasa, sud uning iltimosnomasiga koʻra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etishi mumkin”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari”;
2) 23-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Jarima tariqasidagi jazoni tayinlash toʻgʻrisidagi hukm asosida berilgan ijro varaqasi boʻyicha ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan taqdirda, ixtiyoriy ijro etish muddati hukm qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy etib belgilanadi”;
3) 30-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30-modda. Majburiy ijro etish muddatlari
Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun belgilangan muddat tugagan kundan eʼtiboran koʻpi bilan ikki oy muddat ichida sud ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak”;
4) quyidagi mazmundagi 321-modda bilan toʻldirilsin:
“321-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish
Agar hukm qilingan shaxs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda toʻlashdan boʻyin tovlasa yoxud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni boʻlmasa, xuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima toʻlanmagan yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari buzilgan taqdirda, sud ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan sudga oʻn kunlik muddat ichida murojaat qiladi”;
5) 34-moddaning 7-bandidagi “ijro etishni toʻxtatib turish” degan soʻzlar “ijro etishni toʻxtatib turish (kechiktirish)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 35-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
“7) sud ijrochisi tomonidan sudga jarima tariqasidagi jinoiy jazoni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilganda”;
7) 37-modda quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilganda”.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-aprel,
OʻRQ-151-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 94-modda)