09.04.2008 yildagi O‘RQ-146-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING YaDROVIY TERRORIZM AKTLARIGA QARShI KURASh TOʻGʻRISIDAGI XALQARO KONVENSIYAGA (NYu-YORK, 2005 YIL 13-APREL) QOʻShILIShI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadroviy terrorizm aktlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Nyu-York, 2005-yil 13-aprel) quyidagi bildirishlar va bayonotlar bilan qoʻshilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Konvensiyaning 7-moddasi 4-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi Konvensiyaning 7-moddasida koʻrsatilgan axborotni yuborish va olish uchun masʼul organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati belgilanishini bildiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Konvensiyaning 9-moddasi 3-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi Konvensiya 9-moddasining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan hollarda Konvensiyaning 2-moddasiga binoan jinoiy deb topilgan qilmishlarga nisbatan oʻzining yurisdiksiyasiga ega ekanligini bildiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Konvensiyaning 16-moddasi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi Konvensiyaning 16-moddasi qoidalari Konvensiyaning amal qilishi doirasiga kiradigan jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi ushlab berish va huquqiy yordam masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlik samaradorligi uchun zarar yetkazmasdan taʼminlangan tarzda qoʻllanilishi kerak ekanligidan kelib chiqadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Konvensiyaning 23-moddasi 2-bandi boʻyicha: “Oʻzbekiston Respublikasi oʻzini Konvensiyaning 23-moddasi 1-bandi qoidalari bilan bogʻlangan deb hisoblamasligini bayon etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-146-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 89-modda)