20.03.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1778
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.11.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM OLUVCHILARNING YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 20-martda 1778-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri T. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 203-son qarori asosida umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi oʻrinlarda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) oʻtkazish jarayonini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining (bundan keyingi oʻrinlarda maktab deb yuritiladi) bitiruvchilari uchun umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan oʻtish majburiydir, mazkur Nizomning III-boʻlimida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalariga qoʻyilgan talablarning bajarilishi boʻyicha yakuniy attestatsiya yozma, ogʻzaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi oʻquv dasturi asosida oʻquv yilining yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʻquv fanidan qoniqarsiz baholangan (ushbu fan boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtish sharti bilan) bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shartnoma asosida maktablarda tahsil olayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yakuniy attestatsiyaga mazkur Nizomning 4-bandi asosida qoʻyiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati, shakli va muddatlari har oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy attestatsiya materiallari (bayon yoki insho mavzulari, matematika boʻyicha topshiriqlar, ogʻzaki imtihon biletlari, test topshiriqlari) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qoshidagi Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanib, ekspertizadan oʻtkazilib tasdiqlanadi. Test materiallarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari qatnashishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida pedagogik kengashning qarori bilan tegishli fandan qoʻshimcha yakuniy attestatsiya kiritilishi mumkin. Imtihon biletlari, test topshiriqlari maktab metodik birlashmalari tomonidan tayyorlanadi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktab bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasini shu maktab pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan yakuniy attestatsiya komissiyasi muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va oʻtkazish uchun barcha javobgarlik maktab yakuniy attestatsiya komissiya raisi zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan har bir fandan maktab direktorining buyrugʻi bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda yakuniy attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tayinlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv fani boʻyicha yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi — maktab direktori, uning oʻrinbosari yoki maktab oʻqituvchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinfda mazkur fandan dars bergan oʻqituvchi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli fan yoki unga yaqin boʻlgan fan oʻqituvchisidan bitta assistent;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli fan boʻyicha yakuniy attestatsiyani tashkil etish va uni oʻtkazish boʻyicha javobgarlik mazkur fan boʻyicha tuzilgan yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi zimmasiga yuklatiladi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fandan dars bergan oʻqituvchi shu sinfga yakuniy attestatsiya komissiyasining raisi boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar qoʻmitasi vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari mazkur Nizom talablarining bajarilishini nazorat qiladi. Ushbu jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻquv fani boʻyicha yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolarining vazifalari Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yakuniy attestatsiya maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida oʻtkaziladi. Jadval yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin koʻrinadigan joyga osib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy attestatsiya jadvalini tuzishda quyidagilarga eʼtibor beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya oraligʻi ikki kundan kam boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya fanidan avval amaliy, keyin nazariy yakuniy attestatsiya oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yakuniy attestatsiya uchun maktabda keng va yorugʻ xonalar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma yakuniy attestatsiya vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan oʻtqaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻzaki yakuniy attestatsiyadan oʻtishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq boʻlsa, yakuniy attestatsiya ikki guruhda ketma-ket bir kunda oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bitiruvchilarga yozma va ogʻzaki yakuniy attestatsiyada foydalanish uchun maktab shtampi tushirilgan toza varaqlar beriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ona tili va adabiyot fanidan yoziladigan bayon yoki insho mavzulari hamda matematikadan topshiriqlarni tanlash, yakuniy attestatsiya boshlanishidan oldin, barchaning ishtirokida topshiriq raqami solingan konvertni tanlab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bayon yoki insho mavzusi va matematikadan topshiriqlar sinf doskasiga aniq, tushunarli holda yozib qoʻyiladi (topshiriqlar har bir bitiruvchiga alohida variant sifatida berilmagan hollarda).
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy attestatsiyada bayon yoki insho yozish davrida bitiruvchilarga yakuniy attestatsiya komissiyasining roziligi bilan yozayotgan bayon yoki insholariga kiritiladigan parchalarni, ayrim matnlarni aniqlab olishlari uchun badiiy adabiyotlardan foydalanishlariga ruxsat etiladi. Mavzu mazmunini talqin etuvchi manbalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa fanlardan yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan paytida bitiruvchilar xarita, globus, turli jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariylar, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa vositalardan foydalanishlariga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yozma ishlarni bajarish paytida bitiruvchilar ehtiyoj tufayli 5—10 daqiqaga sinfdan tashqariga chiqishlariga ruxsat beriladi. Bunday hollarda bitiruvchi yozma ishini yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolariga topshirib ketadi. Yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan esa yozma ishga bitiruvchining qancha muddatda sinfdan tashqarida boʻlganligi belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bitiruvchi oʻz ishining xomaki nusxasini yozma ish bilan birga yakuniy attestatsiya komissiyasiga topshiradi. Belgilangan vaqtda yozma ishni tugallay olmagan bitiruvchilar uni tugatmagan holda topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yakuniy attestatsiya tugaganidan soʻng yozma ishlar yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan shifrlanadi va komissiya aʼzolari ularni maktabdan chiqmagan holda tekshiradilar. Tekshirib ulgurilmagan yozma ishlar saqlash uchun maktab direktoriga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchilarning “2” va “5” bilan baholangan bayonlari, insholari va matematika boʻyicha yozma ishlariga imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan taqriz yoziladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bitiruvchi tomonidan yozilgan bayon yoki insho uchun ikkita baho qoʻyiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchisi (suratda) adabiyotdan mavzu mazmuni uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchisi (maxrajida) ona tilidan savodxonligi uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu baholar adabiyot va ona tili fanlariga yakuniy attestatsiya bahosi sifatida qoʻyiladi hamda shu fanlardan yakuniy baho chiqarishda asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yozma ishlarning baholari navbatdagi yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan kunga qadar eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Maktabni “aʼlo” darajali shahodatnoma bilan bitirishga daʼvogarlik qilayotgan bitiruvchilarning yozma ishlarini imtihon komissiyasi aʼzolari yakuniy attestatsiya yakunlangan kun davomida tekshirib, baholaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bitiruvchilarga ona tilidan bayon yozish uchun 3 astronomik soat (insho yozish uchun 4 astronomik soat), matematikadan yozma ish uchun 3 astronomik soat, test-sinov topshiriqlari berilishi koʻzda tutilgan boʻlsa, ularni bajarishga ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha har bir test savoli uchun 2 daqiqa, aniq fanlar boʻyicha har bir test savoli uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchilarga ogʻzaki yakuniy attestatsiyada olgan topshiriqlari boʻyicha tayyorlanish uchun 15—20 daqiqa vaqt beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari bitiruvchining javoblarini diqqat bilan boʻlmasdan tinglaydilar. Bitiruvchiga biletda qoʻyilgan topshiriqlar doirasida qoʻshimcha savollar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bilet savoliga javob bera olmagan bitiruvchiga yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan ikkinchi marotaba bilet olishga ruxsat beriladi. Bitiruvchi olgan ikkinchi biletga ham javob bera olmasa, unga yakuniy attestatsiyaning bahosi sifatida “qoniqarsiz” baho qoʻyiladi va uchinchi marotaba bilet olishga ruxsat berilmaydi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bitiruvchilarning ogʻzaki yakuniy attestatsiyada olgan baholari shu sinfda yakuniy attestatsiya yakunlanishi bilanoq ularga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bitiruvchi ogʻzaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi. Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab pedagogik kengashining qarori asosida unga yakuniy attestatsiya tugagan kundan keyin ikki hafta oʻtgach mazkur fandan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Har bir fan boʻyicha ogʻzaki yoki yozma yakuniy attestatsiya oʻtkazilgach, yakuniy attestatsiya komissiyasi barcha bitiruvchilarga yillik va yakuniy attestatsiya baholari asosida yakuniy baholarni qoʻyadilar. Bunda, bitiruvchining yillik va yakuniy attestatsiya bahosining oʻrtachasi olinib yaxlitlanadi. Yakuniy attestatsiyada “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchiga “qoniqarli” yakuniy baho qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning baholarini yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritadi. Yakuniy attestatsiya bayonnomasi ushbu fan boʻyicha belgilangan yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bitiruvchilarga yozma yoki ogʻzaki yakuniy attestatsiya boʻyicha baho qoʻyish yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolari oʻrtasida ovozga qoʻyish asosida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlgan hollarda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy attestatsiya komissiyasi aʼzolarining alohida fikrlari yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tibbiy muassasalarda davolangan bitiruvchi sinf oʻquvchilariga yakuniy baho qoʻyishda shifoxona qoshida tashkil etilgan maktab tomonidan qoʻyilgan baholar inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosiga eʼtiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarida apellyatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan tekshirilgan yozma ish bilan tanishish muddati va tartibi hamda apellyatsiya komissiyaning ish muddati va tartibi, uning tarkibi hamda vakolatlari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi va bitiruvchilar, ularning ota-onalari, oʻqituvchilar va maktab direktorlari eʼtiboriga yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin yetkaziladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosidan eʼtirozi boʻlgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiya baholari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch kun muddat ichida tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari qoshida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Chet elda taʼlim olgan (ota-onasi xorijda ishlagan davrda yoxud turli tanlovlar yoki chet mamlakatlarning grantlari hisobidan xorijda taʼlim olgan) bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyaga qoʻyish masalasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchiga chet mamlakatlarda berilgan umumiy oʻrta taʼlim hujjati Oʻzbekiston Respublikasida beriladigan shahodatnoma oʻrnini bosa olmasa, yaʼni bitiruvchi maʼlum bir fanlar yoʻnalishidagina taʼlim olib kelgan boʻlsa, u umumiy tartibda yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Bunday hollarda bitiruvchi oʻziga berilgan hujjatda koʻrsatilgan fanlardan boshqa barcha fanlar boʻyicha yakuniy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchiga yakuniy bahoni qoʻyishda uning avvalgi sinflarda olgan baholari ham inobatga olinadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bir yoki ikki fandan oʻtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʻtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Fanlarni ijobiy oʻzlashtirayotgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiyadan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari buyruqlari asosida quyidagi hollarda qisman yoki butunlay ozod etiladilar:
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tasdiqlangan yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish mumkin boʻlgan kasalliklarga asosan;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida, turli koʻrik-tanlovlarida bitiruvchilarning ishtiroki bevosita yakuniy attestatsiya davriga toʻgʻri kelsa. Bunda bitiruvchi shu kunlardagi yakuniy attestatsiyadan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Bitiruvchi yillik ijobiy baholarga ega boʻlgan holda sogʻligʻi tufayli yakuniy attestatsiyadan ozod etilgan taqdirda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari quyidagi hujjatlarga asoslangan holda buyruq qabul qiladi:
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab joylashgan hududdagi davolanish muassasasi tibbiy-nazorat komissiyasining maktab shifokori, qishloq joylarda esa tuman bosh pediatri bilan kelishgan holdagi tibbiy xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab pedagogika kengashining qarori va direktorning rasmiy xati, oʻzlashtirish tabeli (ushbu koʻrsatilgan hujjatlar direktor imzosi va maktab muhri bilan tasdiqlanadi).
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bitiruvchilarning yashash joyi oʻzgarishi (Respublikadan tashqariga chiqish) munosabati bilan shu holatni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlari boʻlsa, (bu holat mart-aprel-may oylarida yuzaga kelsa) bunday bitiruvchilarga yakuniy attestatsiyadan muddatidan ilgari oʻtishlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining buyrugʻi bilan ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan fanlardan yakuniy attestatsiya, qolgan fanlardan esa sinovlar mazkur Nizom talablari asosida oʻtkaziladi. Yakuniy attestatsiya va sinovlar maktab direktori tuzgan muvaqqat yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan va u tasdiqlagan jadval asosida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yakuniy attestatsiya davrida kasal boʻlgan va yakuniy attestatsiya jarayoni tugashigacha tuzalib kelgan bitiruvchilar maktab direktorining buyrugʻiga koʻra qoldirilgan fanlardan yakuniy attestatsiya tugagandan soʻng ikki hafta oʻtgach yakuniy attestatsiyadan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarning salomatligi boʻyicha jismoniy tarbiya mashgʻulotlaridan ozod etilishlari, ularning maktabni bitirishlariga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-fevral
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi kasalliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kasallik shifri

Kasallikning nomi

1.

A01

Tif (terlama) va paratif

2.

A05.01

Botulizm

3.

A15 — 19

Sil kasalligi (oʻpkada va boshqa aʼzolarda tez rivojlanib boruvchi)

4.

A23

Brutsellyoz

5.

A39

Meningokokli infeksiya

6.

A80

Poliomelit (jiddiy asoratlari qolgan taqdirda)

7.

A87

G00.8

Markaziy nerv sistemasining yalligʻlanish kasalliklari (virusli meningit)

8.

V15, V17.2

Oʻtkir gepatit A, E

9.

V16, V17.0, V17.1

Oʻtkir gepatit V, S, D

10.

V18

Surunkali virusli gepatitlar (ogʻirturlari)

11.

V20 — V24

Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasalliklar (3-4-klinik bosqichi)

12.

S00 — S97

Xavfli oʻsmalar

13.

D50 — D69

Kamqonlik (ogʻir shakli)

Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari:

gemofiliya (oʻrtacha va ogʻir shakli);

turlicha boʻlgan anemiyalarning ogʻir shakli;

orttirilgan kamqonliklar;

kapillyarotoksikoz;

idiopatik trombotsitopenik purpura;

trombotsitopatiya (ogʻir turlari);

Villibrand kasalligi va boshqa gemostaz buzilishi bilan bogʻliq kasalliklar;

Oʻtkir va surunkalileykozlarning hamma turlari;

Nasliy gemolitik kam qonliklarning hamma turlari

14.

E10 — E14

Qandli diabet

15.

E23.2

Qandsiz diabet

16.

E05

Tireotoksikoz (oʻrtacha va ogʻir darajasi)

17.

E00 — E03.9

Qalqonsimon bez kasalliklari, gipotireoz (ogʻir darajasi)

18.

E21

Giperparatireoz va qalqonsimon oldi bezning boshqa buzilishlari (ogʻir darajasi)

19.

E84

Mukovissidoz, aralash shakli, ogʻir turi

20

F00 — F09

Organik, simptomatik buzilishlarni qamrab olgan ruhiy kasalliklar

21.

F20 — F39

Shizofreniya va kelib chiqishi turlicha boʻlgan oʻtkir ruhiy kasalliklar

22.

F40 — F48.9

Stress asoratlari va nevrologik buzilishlar: nevrozlar, nevroz sifat holatlar, reaktiv holatlarning oʻtkir va ruhiy muvozanati buzilgan davri, qattiq duduqlanish

23.

G93

Bosh miyaning shikastlanishlari

24.

G40 — G41

Epilepsiya. Epileptik status

25.

G90

Vegetativ nerv sistemasi buzilishlari: angiospazm, qon tomirlar faoliyati tangligi, hushdan ketish va boshqa ogʻir koʻrinishlari bilan kechadigan yaqqol vegetativ buzilishlarning shakllari

26.

N52

Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari. Koʻz tubida distrofik oʻzgarishlar yuz berishibilan tez rivojlanib boruvchi koʻrish ojizligi

27.

N30 — N36

Toʻr (tomirli) parda kasalliklari

28.

N46 — N48

Koʻrish nervi va koʻrish yoʻllari kasalliklari

29.

N40 — N42

Glaukoma

30.

I00 — I02

Oʻtkir revmatoid isitma

31.

I10 — I15

Qon bosimi oshishi bilan xarakterlanuvchi kasalliklar

32.

I05 — I09

Yurak surunkali revmatik kasalliklari

33.

Q20 — 25

Qon aylanish sistemasi tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari)

34.

J44

Boshqa surunkali obstruktiv oʻpka kasalliklari

35.

J45

Astma

36.

J47

Bronxoektatik kasallik

37.

J90 — K94

Plevrit

38.

K25 — K26

Oshqozon va oʻnikki barmoqli ichak yarasi

39.

K35

Koʻrichak (operatsiyadan soʻng)

40.

K40 — K46

Churra (operatsiyadan soʻng)

41

K51

Nospetsifik yarali kolit (zoʻriqish davri)

42.

K56

Paralitik ileus va churrasiz ichak tutilishi

43.

K50

Kron kasalligi

44.

K74.6

Jigar sirrozi (dekompensatsiya davri)

45.

№ 00, № 01

Oʻtkir diffuzli glomerulonefrit

46.

№ 03

Surunkali nefritlar

47.

№ 11

Siydikda jiddiy oʻzgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar faoliyatining saqlanishi)

48.

№ 11

Siydikda jiddiy oʻzgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar funksiyasining buzilishi)

49.

L20, L23, L25 — L27

Ekzema (yoyilib ketganda) vaneyrodermatit (yaqqol koʻrinib turganda)

50.

Q80

Tugʻma ixtioz

51.

L53

Boshqa eritematoz holatlar

52.

M30 — M36

Biriktiruvchi toʻqima sistema shikastlanishlari

53.

M05 — M14

Yalligʻlanish poliartropatiyalari

54.

S50 — S59

Tirsak va bilak-kaft usti jarohatlari

55.

S60 — S69

Bilak-kaft usti va qoʻl panjasi jarohatlari

56.

S80 — S89

Tizza va boldir jarohatlari

57.

S90 — S99

Oshiq-boldir boʻgʻimi va oyoq kafti sohasi jarohatlari

58.

S00 — S05, S12, S22, S32 — S33

Bosh suyagi, umurtqa va bel suyagining sinishi

59.

A36 — 38, B01, V05, V06, V26, V27

Bolalarning yuqumli kasalliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur Roʻyxatda belgilangan kasalliklar oʻquvchilarni sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlaridan ozod qilishda ham tatbiq etiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 78-modda; 2015-y., 3-son, 36-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/1778-3/0072-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)