28.11.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI BILAN FEDERAL BOJXONA XIZMATI (ROSSIYA FBX) OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protokol
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT ChEGARALARI ORQALI TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARINING OʻTIShI HAQIDA OLDINDAN BERILADIGAN AXBOROTLARNI ALMAShIShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Federal bojxona xizmati (Rossiya FBX) (bundan keyin — Tomonlar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 1994-yil 2-martda imzolangan bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida Bitimni amalga oshirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning davlat chegaralari (kelgusida — chegara) orqali tovarlar va transport vositalarining oʻtishi ustidan amalga oshirilayotgan bojxona nazorati samaradorligini oshirish zaruratini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida savdo aloqalari uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari hududida bojxona boshqaruvi va chegara orqali tovarlar va transport vositalari oʻtishining bojxona rasmiylashtiruvini, xususan kirish hamda belgilangan bojxona organlarida, tezlashtirish samaradorligini oshirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, bir Tomon hududidan olib chiqib ketilayotgan va boshqa Tomon hududiga olib kirish yoki uning hududi orqali olib oʻtishga moʻljallangan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini (kelgusida — oldindan beriladigan axborot), ular boshqa Tomon davlat chegarasini kesib oʻtishidan avval, shuningdek boshqa Tomon hududidan olib kirilayotgan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (kelgusida — olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumot) muntazam ravishda almashishni tashkillashtiradilar va amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro kelishuvi asosida belgilangan axborot almashish texnik shartlarida oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron hujjatlar shaklida taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot almashish Tomonlarning oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Tomonlar oʻz davlatlari qonunchiligiga muvofiq amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, tahlil qilish va xavflarni boshqarish usullarini qoʻllash asosida, chegara orqali tovarlar va transport vositalarining oʻtishi ustidan bojxona nazoratini amalga oshirishda oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokolga muvofiq, bir Tomon boshqa Tomondan olgan oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xizmatda foydalanish xususiyatiga ega boʻlib, taqdim etgan Tomonning yozma roziligisiz uchinchi Tomonga berilishi mumkin emas, Tomonlar davlatlari qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan holatlar bundan istisno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, davlatlari qonunchiligida belgilangan tartibda, mazkur Protokol doirasida olingan axborotlar maxfiyligini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning har biri oʻzaro kelishilgan axborot almashinuvining texnik shartlari asosida tovarlar chiqarilgandan soʻng olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar chegara orqali tovarlar va transport vositalarining oʻtishi haqida oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuvi natijasida olingan maʼlumotlar nomuvofiqligi aniqlangan har qanday holatlar toʻgʻrisida bir-birlariga xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar bir-birlariga, quyidagilar boʻyicha masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar roʻyxati va Tomonlar bojxona organlari markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisida xabar beradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot almashinuvining texnik shartlarini va maʼlumotlarni qayta ishlashni va uzatish texnologiyalarini, axborotni himoyalash talablarini ishlab chiqish va kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara orqali tovarlar va transport vositalarining oʻtishi haqida oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni almashishdagi maʼlumotlar tarkibini belgilash, shuningdek zaruriy tasniflarni ishlab chiqish va kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq miqdordagi tovarlar va (yoki) aniq transport vositalariga bogʻliqlik oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash maqsadida, tovarlar va transport vositalarini identifikatsiyalash usullarini kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Protokol qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokolni amalga oshirish, chegara orqali tovarlar va transport vositalarining oʻtishi haqida oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashish texnologiyasini ishlab chiqish uchun Tomonlar oldindan axborot almashish boʻyicha eksperiment tashkil etadilar va amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, maʼlumot taqdim etilishi uchun moʻljallangan asosiy texnologik prinsiplarni, ularning roʻyxati va tarkibini, oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berish tartibini, maʼlumotlar tarkibi va shaklini, oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha talablarni, aniq tovarlar va transport vositalari bilan oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni identifikatsiyalash tartibini, Tomonlar davlatlarining eksperimentda ishtirok etuvchi bojxona organlari roʻyxatini, shu bilan birga eksperimentning boshlanish vaqti va zarur tadbirlarni amalga oshirish muddatlarini kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddada koʻrsatilgan masalalar boʻyicha kelishuvlardan soʻng, Tomonlar zarur tashkiliy va texnik tadbirlarni amalga oshiradilar va eksperimentni boshlashga tayyor ekanliklari haqida bir-birlarini yozma xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara orqali tovarlar va transport vositalari oʻtishi haqida oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni almashish boʻyicha eksperiment olti oy mobaynida amalga oshiriladi. Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuviga koʻra eksperiment oʻtkazish muddati uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan eksperiment natijalari asosida, Tomonlar chegara orqali tovarlar va transport vositalari oʻtishi haqida oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashishni doimiy ravishda tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokolni amalga oshirish maqsadida, Tomonlar maslahatlashuvlar oʻtkazadilar va chegara orqali tovarlar va transport vositalari oʻtishi haqida oldindan beriladigan axborot va olib kirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni almashish uchun zarur boʻlgan axborot-maʼlumot materiallaridan va loyiha hujjatlaridan maʼlumotlarni bir-birlariga begʻaraz taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, mazkur Protokolga, uning ajralmas qismi hisoblangan alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokolni talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida maslahatlashuv va muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Protokol imzolangan sanadan kuchga kiradi va 5 yil davomida amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, u oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi. Tomonlarning har biri navbatdagi muddat tugashidan kamida 6 oy oldin mazkur Protokol amalini tugatish niyati borligi toʻgʻrisida boshqa Tomonga yozma xabarnoma yuborish bilan uning amalini tugatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2007-yil 28-noyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 4-son)