18.10.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan Turkmaniston Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

ChIGIRTKALAR VA BOShQA QIShLOQ XOʻJALIGI ZARARKUNANDALARI HAMDA OʻSIMLIKLARNING KASALLIKLARIGA QARShI KURASh BOʻYIChA ChORA-TADBIRLARNI OʻTKAZIShDA OʻZARO HAMKORLIK TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan Turkmaniston Qishloq xoʻjaligi vazirligi, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chigirtkalar, boshqa zararkunandalar va oʻsimliklar kasalliklarining qishloq xoʻjaligi ekinlari va yaylovlari uchun oʻta xavfli ekanligini hamda Tomonlar davlatlarining chegaradosh hududlariga ularning koʻchishini eʼtiborga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda va Turkmanistonda hosilning yoʻq boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining subyektlari oʻrtasidagi savdo aloqalarining rivojlanishida va munosabatlarni amalga oshirishda Tomonlar davlatlarining hududiga chigirtkalar, boshqa qishloq xoʻjaligi zararkunandalari va oʻsimliklar kasalliklarining kirib kelishini oldini olishdagi oʻzaro manfaatlardan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chigirtkalar va boshqa qishloq xoʻjaligi zararkunandalari hamda oʻsimliklarning kasalliklariga qarshi kurash sohasida hamkorlikni davom ettirish va kengaytirish istagiga amal qilib, oʻsimliklarni himoya qilish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar hosilning yoʻq boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida chigirtkalar va boshqa qishloq xoʻjaligi zararkunandalari hamda oʻsimliklarning kasalliklariga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlarni tashkillashtirishda qoʻshma ishchi guruhini tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma ishchi guruhlariga kiritilgan aʼzolar tarkibini Tomonlar diplomatik kanallar orqali kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ilmiy tadqiqotlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilish hamda Tomonlar davlatlarining chegaradosh hududlaridagi fitosanitariya holati toʻgʻrisida doimiy ravishda axborot almashib boradilar, Tomonlar davlatlarining qonun hujjatlari bilan muhofaza etiladigan davlat siri yoki boshqa axborot bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar va ularning mutaxassislari oʻz davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq, oʻz davlatlarining chegaradosh hududlarida oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chigirtkalar va boshqa zararkunandalar, shuningdek oʻsimliklarning kasalliklari tarqalgan joylarini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni oʻtkazish muddatlari, uslublari va texnologiyasini, shuningdek foydalaniladigan pestitsidlarning turlarini aniqlash va kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chigirtkalar, shu jumladan ularning mahalliy turlari va boshqa qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, hamda oʻsimliklarning kasalliklari tarqalishi boʻyicha bashorat maʼlumotlari, shuningdek bu yoʻnalishdagi rejalashtirilayotgan va oʻtkazilgan tadbirlar toʻgʻrisida oʻzaro axborot almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy koʻpayish oʻchoqlarida zararkunandalarning faollashgan holatlarda Tomonlar zudlik bilan bir-birlarini xabardor qiladilar va ikkala davlatga iqtisodiy zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida oʻz davlatlarining hududlarida harakatlarni birgalikda muvofiqlashtirishga kirishadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz vaqtida pestitsidlarni sotib olish hamda oʻz davlatlarining hududlarida zararkunandalarning ommaviy koʻpayish oʻchoqlarini yoʻq qilish boʻyicha ishlarning bajarilishi uchun choralarni koʻradilar, zararkunandalar va qishloq xoʻjaligi ekinlari kasalliklarining yoʻq qilinishi yuzasidan tajriba almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Tomonlar oʻz davlatlarining chegaradosh hududlarida chigirtkalar va boshqa qishloq xoʻjaligi zararkunandalari hamda oʻsimliklarning kasalliklari oʻchoqlarini yoʻq qilish uchun oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha guruhlarni tashkil etish yuzasidan choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon oʻz davlatlarini chegaradosh hududlarida chigirtkalar va boshqa qishloq xoʻjaligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash boʻyicha tadbirlarga ketgan xarajatlarni mustaqil moliyalashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllash bilan bogʻliq barcha nizoli masalalar Tomonlar oʻrtasida muzokara va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Tomonlarning oʻzaro roziligiga koʻra ushbu Bitimning ajralmas qismlari hisoblangan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan va ushbu Bitim uchun belgilangan tartibda kuchga kiruvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi va Tomonlardan biri navbatdagi davrning tugashidan olti oy avval boshqa Tomonga uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma xabarnomani yubormasa, keyingi besh yillik davrlarga oʻz-oʻzidan uzayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzgacha kelishmagan boʻlsalar, ushbu Bitim amal qilishining toʻxtatilishi ushbu Bitim amal qilish davrida boshlangan qoʻshma dastur va loyihalarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashxobod shahrida 2007-yil 18-oktabrda (Garashsizlik) ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadlarida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 4-son)