26.11.2004 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizlik vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BitimI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 700 000 (yetti yuz ming) yuan qiymatiga teng politsiya uskunalarini begʻaraz asosda taqdim etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Janobi Oliylari,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siz Janobi Oliylarining 2004-yil 26-noyabrdagi ushbu mazmundagi xatingiz olinganini tasdiqlash sharafiga muyassarman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizlik vazirligi nomidan Tomonlar doʻstona maslahatlashuvlar orqali quyidagi ahdlashuvga erishilganini tasdiqlash sharafiga muyassarman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi soʻroviga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizlik vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga politsiya anjomlarini yetkazib beradi. Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizlik vazirligi yetti yuz ming yuan miqdordagi barcha zarur xarajatlarni (bunga yetkazib berish va sugʻurta xarajatlari ham kiradi) begʻaraz asosida taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xitoy tomoni yuqorida koʻrsatilgan anjomlarni Toshkent shahrigacha yetkazib berish uchun javobgar. Oʻzbekiston tomoni anjomlarni Toshkent shahrida qabul qilish va bojxona bilan bogʻliq xarajatlari uchun javobgar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar aniq masalalarni qoʻshimcha tarzda kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siz yuqorida bayon etilgan mazmunni javob maktubida tasdiqlasangiz, ushbu xat va Siz Janobi Oliylarining javob xatingiz Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizlik vazirligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasidagi Bitimni tashkil etadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi nomidan Sizning maktubingiz mazmuni bilan rozilikni hamda ushbu xat va Siz Janobi Oliylarining xati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizlik vazirligi oʻrtasidagi Bitimni tashkil etishini tasdiqlash sharafiga muyassarman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga boʻlgan chuqur hurmatimni izhor etaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzo)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 3-4-son)