30.08.2003 yildagi 536-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING TRANSMILLIY UYUSHGAN JINOYATCHILIKKA QARSHI KONVENSIYASINI RATIFIKATSIYA QILISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi quyidagi axborot, bildirish va bayonotlar eʼtiborga olingan holda ratifikatsiya qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya 2-moddasining a) bandi boʻyicha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 29-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya 2-moddasining b) bandi boʻyicha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 15-moddasiga muvofiq jinoyatlar oʻz xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga koʻra: ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan; uncha ogʻir boʻlmagan; ogʻir; oʻta ogʻir jinoyatlarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻta ogʻir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya 2-moddasining g) bandi boʻyicha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazo turi sifatida mol-mulkni musodara qilish Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonuniga muvofiq Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 284-moddasiga koʻra jinoyat narsasi boʻlgan mol-mulk, basharti avvalgi egasiga qaytarib berilishi lozim boʻlmasa, sud hukmi bilan davlat egaligiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya 5-moddasining 3-bandi boʻyicha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ushbu bilan maʼlum qiladiki, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq tavsiflash belgilari va ayrim turdagi jinoyatlar boʻyicha javobgarlik darajasiga koʻra uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan jinoyatlar ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat toifalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaning 7-moddasi boʻyicha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-moddasiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning operatsiyalari hamda hisobvaraqlariga doir maʼlumotnomalar mijozlarga, tashkilotlarning oʻziga, prokuror, sudlarga, surishtiruv va tergov organlariga quyidagi hollarda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuridik shaxslar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalari hamda hisobvaraqlariga doir maʼlumotnomalar ana shu tashkilotlarning oʻziga, prokuror, sudlarga, jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, surishtiruv va tergov organlariga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari va jamgʻarmalariga doir maʼlumotnomalar mijozlarning oʻziga va ularning qonuniy vakillariga; mijozlarning hisobvaraqlari va omonatlarida turgan pul mablagʻlari hamda boshqa qimmatbaho narsalar xatlanishi, ularga undiruv qaratilishi yoki mol-mulk musodara etilishi mumkin boʻlgan hollarda yuritilayotgan ishlar boʻyicha sudlarga, surishtiruv va tergov organlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaning 10-moddasi boʻyicha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yuridik shaxslarning jinoiy yoki maʼmuriy javobgarligi nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya 16-moddasining 5-bandi boʻyicha axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tutib topshirish masalalarida mazkur Konvensiya qatnashchilari boʻlgan boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishda ushbu Konvensiyani huquqiy asos deb hisoblaydi. Biroq bu qoida Oʻzbekiston Respublikasining ushbu Konvensiya qatnashchisi boʻlgan alohida davlatlar bilan tutib topshirish toʻgʻrisida ikki tomonlama shartnomalar tuzish imkoniyatini istisno etmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya 18-moddasining 13 va 14-bandlari boʻyicha bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-band boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimoslarni qabul qilish va yo ularni bajarish, yoki bajarilishi uchun ularni vakolatli organlarga yuborishga masʼul markaziy organ sifatida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-band boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi maqbul til sifatida rus tilini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya 35-moddasining 3-bandi boʻyicha bayonot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oʻzini ushbu Konvensiya 35-moddasining 2-bandi qoidalari bilan bogʻliq deb hisoblamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 30-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
536-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 150-modda)