Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tolasini respublikaning ichki isteʼmolchilariga sotishni takomillashtirish va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 21-noyabrdagi PQ-733-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, mazkur qarorda koʻrsatilgan oʻzgartirishlar 2008-yilning 1-yanvaridan amal qila boshlagan norma va qoidalarga muvofiq kiritilmoqda.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-mart,
PQ-815-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-330-sonli qarorining 10-bandi chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli qarorida:
a) 1-bandining birinchi—uchinchi xatboshilari mazmuni quyidagicha birinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“1. Belgilansinki, har yilgi tasdiqlanadigan balans koʻrsatkichlariga muvofiq paxta tolasini eksportga va respublikaning paxta tolasini qayta ishlaydigan korxonalariga (keyingi oʻrinlarda — respublika korxonalari) sotish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tashqi savdo kompaniyalari hamda Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali erkin ayirboshlanadigan valyutada amalga oshiriladi”;
toʻrtinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 2-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “respublika isteʼmolchilariga, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari “respublika korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshida “respublika isteʼmolchilari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar” soʻzlari “xorijiy isteʼmolchilar va respublika korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshida “respublika isteʼmolchilari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar” soʻzlari “respublika korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandida:
uchinchi xatboshida “paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika isteʼmolchilariga, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari “respublika korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 1-ilovasida (Paxta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida nizom):
4-bandining uchinchi xatboshida “xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi” soʻzlari “paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalari (keyingi oʻrinlarda — respublika korxonalari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida, 7-bandda, 10-bandda, 26-bandning uchinchi xatboshida, V boʻlimning nomida, 33-bandning birinchi va ikkinchi xatboshida, 34-bandda, 35-bandning birinchi—uchinchi xatboshida, 36-bandda, 37-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilari hamda 38-banddagi “xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi” soʻzlari “respublika” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-bandida “respublika hududidagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari “respublika korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Respublika korxonalari tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan sotib olingan paxta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi”;
d) 1a-ilovasida (Tashqi savdo kompaniyalari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob- kitoblar sxemasi):
“Xorijiy xaridorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar” grafasidagi “xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar” soʻzlari “respublika korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Sxemaga tushuntirishlarning 2 va 10-bandlaridagi “xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar” soʻzlari “respublika korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 2-ilovasida (Paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali ochiq birja savdolarida paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika isteʼmolchilariga, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga va eksportga sotish tartibi toʻgʻrisida nizom):
nomlanishidagi “paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika isteʼmolchilariga, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari “paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandi ikkinchi xatboshidagi “shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
3-bandidagi “Paxta tolasini qayta ishlaydigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
21-bandi birinchi xatboshidagi “respublika ichki isteʼmolchilari” soʻzlari “respublika korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “respublika isteʼmolchilariga, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari “respublika korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 2a-ilovasi (Ochiq savdo birjalarida Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining valyuta maydonchasi orqali sotiladigan paxta tolasi uchun paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika isteʼmolchilari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, xorijiy xaridorlar va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida hisob-kitob qilish sxemasi):
nomlanishidagi “paxta tolasini qayta ishlaydigan respublika isteʼmolchilari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar” soʻzlari “respublika korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Paxta tolasining respublika isteʼmolchilari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, xorijiy xaridorlar” grafasidagi “respublika isteʼmolchilari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar” soʻzlari “respublika korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Sxemaga tushuntirishlarning 1-bandidagi va 8-bandining birinchi xatboshidagi “respublika isteʼmolchilariga, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari “respublika korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 3 va 3a-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
i) 4-ilovasi (Paxta tolasini sertifikatlash va tortish tartibi toʻgʻrisida nizom):
1-bandidagi “respublika isteʼmolchilariga” soʻzlari “paxta tolasini qayta ishlovchi respublika korxonalariga (keyingi oʻrinlarda — respublika korxonalari)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilari mazmuni quyidagicha ikkinchi va uchinchi xatboshilari bilan almashtirilsin:
“buyurtmachi — eksportga va respublika korxonalariga yetkazib berishda — tashqi savdo kompaniyalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari;
xaridor — paxta tolasini xarid qiluvchi xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari”;
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 58-modda; 2016-y., 39-son, 458-modda)