Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TIKLANISH VA TARAQQIYOT JAMGʻARMASI FAOLIYATINI YANADA KENGAYTIRISH HAMDA RESURS BAZASINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mamlakat iqtisodiyotini barqaror, jadal va mutanosib rivojlantirish uchun moliyaviy bazani yanada mustahkamlash, samarali tarkibiy va investitsiya siyosatini olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi funksiyalari va vakolatlarini kengaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining 2008—2010-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ustav kapitalini bosqichma-bosqich 5,0 mlrd. AQSh dollariga yetkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 11-maydagi PF-3751-sonli Farmonida nazarda tutilgan asosiy faoliyat yoʻnalishlariga qoʻshimcha ravishda Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar uchun ishlatilishi mumkin:
kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;
iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha Hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar doirasida, tijorat banklarga xorijiy valyutada ochiladigan kredit liniyalar orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirishni taʼminlash;
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari boʻyicha imtiyozli kreditlar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;
davlatning tashqi qarzlari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini ishlab chiqishda quyidagilar hisobidan Jamgʻarma resurslarini koʻpaytirishning qoʻshimcha manbalari toʻgʻrisida takliflar kiritsin:
2009-yil 1-yanvar holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvida boʻlgan xorijiy valyutadagi Hukumat aktivlarining bir qismi;
mahsulot turlarining belgilangan roʻyxati bilan bir qatorda, boshqa likvidli strategik resurslarni sotishda belgilangan “chegara narx”dan ortiqcha tushadigan mablagʻlarni jalb etish;
xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish orqali, budjet daromadlarining uning xarajatlaridan oshgan summasi (profitsiti)ning naqd kassa aylanmasini toʻldirishga normativ boʻyicha yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan ortiqcha bir qismi;
davlat mulki va aktivlarini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirishdan tushgan xorijiy valyutadagi mablagʻlar;
mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida bitim tuzishda yoki muayyan natijaga erishilganda toʻlanadigan bir martalik bonuslar summasi.
4. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlarining boʻsh qoldiqlari umumiy hajmi uning jami aktivlarining kamida qirq foizini tashkil etishi lozim.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgarishlar kiritilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-mart,
PQ-811-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi PQ-811-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-350-son qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 4-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarma vakolatli banklarni moliyalashtirishni taklif etiladigan investitsiya loyihalari hamda ochiladigan kredit liniyalarining samaradorligi va oʻzini qoplash muddatlarini hisobga olgan holda moliyalashtirish shartlari va Jamgʻarma mablagʻlarini qaytarish mexanizmi toʻgʻrisida imzolanadigan bosh bitimlar asosida amalga oshiradi”;
toʻrtinchi xatboshidan “vakolatli banklarga” soʻzlari olib tashlansin;
mazmuni quyidagicha boʻlgan beshinchi va oltinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“Davlat budjeti hisobiga qoplanadigan Jamgʻarma kreditlarini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan xorijiy valyutani qoplash kuniga belgilangan kursida soʻmda, keyinchalik xorijiy valyutani oʻrnatilgan tartibda Jamgʻarma hisob raqamlariga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Jamgʻarma hisobidan moliyalashtiriladigan (qoʻshma moliyalashtiriladigan) import kontraktlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan import kontraktlari uchun belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtadi”.
2. 6-band mazmuni quyidagicha boʻlgan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasining statistik axborotnomalari yuborilishi shart boʻlgan roʻyxatga kiritilsin”.
3. Qarorga 2-ilovada:
1) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Jamgʻarma loyihalarni moliyalashtirish (qoʻshma moliyalashtirish) quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan vakolatli banklarning (keyingi oʻrinlarda — tijorat banklari) buyurtmanomalariga binoan — muddatli, toʻlovli va qaytarish asosida kreditlar berish va kredit liniyalarini ochish;
Vazirlar Mahkamasining qarorlari boʻyicha ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligi buyurtmanomalariga binoan — grantlar yoki foizsiz kreditlar berish (yiliga Jamgʻarmaning oʻtgan yildagi foydasining 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tijorat banklari va qarz oluvchining buyurtmanomalari boʻyicha hamda Hukumat qarorlari asosida — Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;
tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning taʼsis hujjatlariga va ularni tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorlariga muvofiq — yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda).
Shuningdek, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga ishlatilishi mumkin:
Moliya vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha va tegishli Hukumat qarorlariga asosan — davlatning tashqi qarzlari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash;
tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq Hukumat qarorlari boʻyicha — yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish.
2) 9-bandda:
mazmuni quyidagicha boʻlgan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan keyinchalik Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash yoʻli bilan moliyalashtirish”;
mazmuni quyidagicha boʻlgan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlatning tashqi qarzlari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlashni moliyalashtirish”.
yettinchi—sakkizinchi xatboshilari tegishli ravishda sakkizinchi—oʻninchi xatboshilari deb hisoblansin;
3) 10-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“moliyalashtirish shartlari va Jamgʻarma mablagʻlarini qaytarish mexanizmi toʻgʻrisida imzolanadigan bosh bitimlar asosida, har bir tijorat banki uchun har yili belgilanadigan limitlar doirasida tijorat banklarini moliyalashtirishni amalga oshiradi”;
mazmuni quyidagicha boʻlgan uchinchi—yettinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini tuziladigan shartnomalar asosida kreditlaydi;
davlatning tashqi qarzlari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarib bermaslik asosida mablagʻlarni beradi;
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritadi (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda);
Vazirlar Mahkamasining qarorlari boʻyicha va Iqtisodiyot vazirligi buyurtmanomalariga binoan ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar hamda foizsiz kreditlar beradi, ajratilgan kreditlar miqdori keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamgʻarma kreditini jalb qilish yoʻli bilan amalga oshirilgan taqdirda, ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qoʻshiladi;
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari boʻyicha imtiyozli kreditlar beradi”;
uchinchi—toʻqqizinchi xatboshilari tegishli ravishda sakkizinchi—oʻn toʻrtinchi xatboshilari deb hisoblansin;
4) 12-bandda:
mazmuni quyidagicha boʻlgan oltinchi—oʻninchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni berish muddatlari va shartlari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
davlatning tashqi qarzlari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mablagʻlar ajratib berish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarning ustav kapitaliga Jamgʻarma mablagʻlaridan investitsiya kiritish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar va foizsiz kreditlarni ajratish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari boʻyicha imtiyozli kreditlar berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
oltinchi—sakkizinchi xatboshilari tegishli ravishda oʻn birinchi—oʻn uchinchi xatboshilari deb hisoblansin;
5) 15-bandda:
mazmuni quyidagicha boʻlgan toʻrtinchi—sakkizinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
“kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi;
davlatning tashqi qarzlari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash uchun Moliya vazirligiga mablagʻlar ajratadi;
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarning ustav kapitaliga Jamgʻarma mablagʻlaridan investitsiya kiritadi;
ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun loyiha tashabbuskorlariga grantlar va foizsiz kreditlarni, ajratilgan kreditlar miqdorini keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamgʻarma kreditini jalb qilish yoʻli bilan amalga oshirilgan taqdirda ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qoʻshish sharti bilan berish toʻgʻrisida bitimlar tuzadi;
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq Hukumat qarorlari boʻyicha xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar beradi”;
toʻrtinchi—oltinchi xatboshilari tegishli ravishda toʻqqizinchi—oʻn birinchi xatboshilari deb hisoblansin;
6) 17-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga binoan ijrochi direksiyaning faoliyatini tashkil etadi va shaxsan masʼul boʻladi, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ijrochi direksiyaning shtat jadvalini shakllantiradi, Jamgʻarma nomidan kredit, xoʻjalik va mehnat shartnomalarini imzolaydi”;
7) 18-band “moliyalashtirish boʻyicha” soʻzlaridan keyin “xulosa yoki” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8) 20-banddan “mazkur Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan manbalardan” soʻzlari olib tashlansin;
9) 23-bandda:
mazmuni quyidagicha boʻlgan “b—j” kichik bandlari bilan toʻldirilsin:
“b) kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;
v) yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish;
g) davlatning tashqi qarzlari boʻyicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin toʻlash;
d) iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash boʻyicha Hukumat tomonidan tasdiqlangan dasturlar doirasida, tijorat banklariga xorijiy valyutada ochiladigan kredit liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish;
e) ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish yoʻli bilan moliyalashtirish;
j) yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun Hukumat qarorlari boʻyicha imtiyozli kreditlar berish”;
“b—g” kichik bandlari “z—k” kichik bandlari deb hisoblansin;
10) 24-bandda:
birinchi xatboshidan “tijorat banklariga” soʻzlari olib tashlansin;
mazmuni quyidagicha boʻlgan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarmaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida ajratiladi”;
ikkinchi-uchinchi xatboshilari tegishli ravishda uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari deb hisoblansin;
11) 28-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“28. Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining buyurtmanomalarini koʻrib chiqish muddati buyurtmanoma olingan sanadan boshlab 15 kundan oshmasligi lozim.
Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashning ijobiy qarori qabul qilinganidan soʻng Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan buyurtmanoma va Kengash qaroriga binoan:
1) Moliya vazirligi bilan — qaytarib bermaslik asosida buyurtmanomada va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida bitim;
2) Iqtisodiyot vazirligi va tegishli loyihaning tashabbuskori bilan — buyurtmanomada va ushbu Nizomda belgilangan maqsadlar uchun grant asosida mablagʻ ajratish yoki foizsiz kredit berish toʻgʻrisida bitim tuzadi”;
12) 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlari ularni birinchi darajali xalqaro moliya vositalariga joylashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ishonchli boshqaruv uchun belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Jamgʻarma mablagʻlari boʻsh qoldiqlarining umumiy hajmi uning jami aktivlarining kamida qirq foizini tashkil etishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki har chorakda Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashga Jamgʻarma mablagʻlarini ishonchli boshqarish natijalari, jumladan operatsiyalar boʻyicha daromadlilik, hisobot davrida olingan daromad miqdori, joylashtirilgan Jamgʻarma mablagʻlari portfeli tarkibi, foiz stavkalarining joriy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 57-modda)