23.03.2004 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisidagi 1996-yil 27-mayda imzolangan bitimga oʻzgartirish va toʻldirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida erkin savdo tamoyili asosida hamkorlikni muvaffaqiyatli kengaytirish uchun mustahkam asos yaratishga yoʻnaltirilgan choralarning muhimligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkin savdo zonasini yaratish toʻgʻrisida 1994-yil 15-aprelda imzolangan Bitim va erkin savdo zonasini yaratish toʻgʻrisida 1994-yil 15-aprelda imzolangan Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida 1999-yil 2-aprelda imzolangan Bayonnomaga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-moddaning 1-bandidagi “Tovarlarning kelishib olingan turlari boʻyicha ushbu savdo rejimidan istisnolar mazkur Bitimning ajralmas qismi boʻlmish “hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi” soʻzlaridan oldin “Agar Tomonlar zarur deb hisoblasa,” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-moddaning 2-bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisidagi 1996-yil 27-mayda imzolangan Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar haqida 1996-yil 27-mayda imzolangan Protokol oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bayonnoma Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganligi toʻgʻrisida soʻnggi yozma xabarnoma olingan sanadan kuchga kiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisidagi 1996-yil 27-mayda imzolangan Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2004-yil 23-martda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2004-y., 3-4-son)