21.02.2008 yildagi PQ-800-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDA “JENERAL MOTORS OʻZBEKISTON” KORXONASINI BARPO ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika avtomobil sanoatini yanada barqaror rivojlantirish, uni jahonda yetakchi avto ishlab chiqaruvchilarning biri bilan integratsiyalash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish, yangi zamonaviy, jahon talablari va standartlariga javob beradigan avtomobillar modellarini ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini yangilash hamda kengaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, ichki va tashqi bozorlarda sotuv hajmlari oʻsishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzavtosanoat” AK, “OʻzDEUavto” YAJ, “Jeneral Motors” (AQSh) korporatsiyasi va “Jeneral Motors Deu Avto end Texnolodji” (Janubiy Koreya) kompaniyasi tomonidan 2007-yil 8-oktabrda “OʻzDEUavto” YAJ negizida xorijiy investitsiyalar ishtirokida ustav kapitali roʻyxatga olish kunida ekvivalenti 266,7 mln. AQSh dollari miqdorida boʻlgan yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Jeneral Motors Oʻzbekiston” korxonasini barpo etish toʻgʻrisida Bitim imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Jeneral Motors” korporatsiyasi, “Jeneral Motors Interneyshnl Xoldings” kompaniyasi bilan tuzilgan, “Jeneral Motors” korporatsiyasining “OʻzDEUavto” YAJ ustav kapitaliga kirish masalalarini tartibga soladigan, xorijiy investorlarning aniq majburiyatlarini hamda tashkil etilayotgan korxonaga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan koʻrsatiladigan davlat madadiga oid chora-tadbirlarni aks ettiradigan Investitsiya bitimi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Oʻzavtosanoat” AK bilan birgalikda tuzilgan Investitsiya bitimiga muvofiq xorijiy investorlar oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini soʻzsiz bajarishlari ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzDEUavto” YAJning qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi roʻyxatga olingan kunda umumiy summasi 66,7 mln. AQSh dollari ekvivalentida, oddiy nomlangan aksiyalarni, milliy valyutada denominatsiya qilingan, bir aksiyaning nominal narxi 10 AQSh dollari ekvivalentidagi 6 666 668 dona miqdorida qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompaniya Kengashi qarorlariga muvofiq, kompaniya ustav fondi miqdori oshirilishi munosabati bilan, “Oʻzavtosanoat” AK aksiyalari emissiyasi prospektiga oʻzgarishlar kiritilishini, roʻyxatga olish yigʻimlari undirilmasdan roʻyxatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzavtosanoat” AK 2005—2007-yillar yakunlari boʻyicha shakllangan, taqsimlanmagan foyda hisobidan qoʻshilgan, “OʻzDEUavto” YAJdan olinadigan dividendlar tarzidagi daromadlar boʻyicha foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan barcha soliqlardan, shuningdek Respublika Yoʻl jamgʻarmasiga toʻlanadigan majburiy toʻlovlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi korxonalar qoʻshilgan qiymat soligʻi va “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun ana shu korxonalar tomonidan sotiladigan mahsulotlar foyda soligʻi toʻlashdan, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy vositalar mulk soligʻi toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ, “Oʻzavtosanoat” AK, shuningdek 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ avtomobillarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar tomonidan olib kelinadigan mahsulotlar bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJning xorijiy xodimlari mazkur korxonadagi xizmat doirasida oladigan daromadlari daromad soligʻi toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jeneral Motors” korporatsiyasi, “Jeneral Motors Interneyshnl Xoldings” kompaniyasi va uning huquqiy vorislari “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ tomonidan toʻlanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlar boʻyicha foyda soligʻi toʻlashdan 5 yil muddatga ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ 2-ilovaga* muvofiq jadval boʻyicha yangi modeldagi avtomobillar ishlab chiqarishni oʻzlashtirgan paytdan boshlab ushbu qaror bilan joriy etilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati 2017-yilning 31-dekabrida tugashi bilan yana besh yillik muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ talabnomalariga koʻra, mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ talabnomalariga koʻra, xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar berish, shuningdek muvaqqat yashash joyida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda taʼminlasin, ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini, shuningdek uning buyurtmanomalariga koʻra — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini yuritish huquqini beruvchi tasdiqnomalar taqdim etilishi (muddati uzaytirilishi)ni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-800-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-fevraldagi PQ-800-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ, “Oʻzavtosanoat” AK, shuningdek, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ avtomobillarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan texnologik asbob-uskunalar, materiallar, butlovchi buyumlarni ishlab chiqaruvchi boshqa korxonalar tomonidan olib kelinadigan va bojxona toʻlovlaridan ozod etiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOVARLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Import qilinadigan tovarlarning nomlanishi

Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar taqdim etiladigan korxonalar

1.

Mashina va uskunalar, ular uchun ehtiyot qismlar, anjomlar, avtomobillar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish uchun texnologik-jihozlar

“Oʻzavtosanoat” AK, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ, avtomobillarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar

2.

Avtomobillar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish uchun dvigatellar, transmissiyalar, materiallar, butlovchi buyumlar va uzellar

“Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ, avtomobillarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar

3.

Avtomobillar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish uchun texnik hujjatlar, sanoat kompyuterlari, periferiya moslamalari va dasturiy taʼminot

“Oʻzavtosanoat” AK, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ, avtomobillarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik asbob-uskuna, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar

4.

Kompaniya faoliyati uchun zarur boʻlgan va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish uchun ehtiyot qismlar, sarflanadigan, yordamchi va reklama materiallari

“Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ

5.

“Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJda avtomobil ishlab chiqarish yillik hajmining 5 foizidan koʻp boʻlmagan hajmda yirik blokli avtomobillar ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar

“Jeneral Motors Oʻzbekiston” YAJ

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 37-modda; 52-son, 515-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)