18.02.2008 yildagi PQ-797-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surgil konini kompleks obodonlashtirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli komponentlarni ajratib olgan holda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash hisobiga polimer mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, neftkimyo tarmogʻining xom ashyo va ishlab chiqarish bazasini yanada kengaytirish hamda Ustyurt gazkimyo kompleksi qurilishi loyihasini amalga oshira boshlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan Surgil konining zaxiralari tasdiqlandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki qiymati 1,84 mlrd. dollarga teng, yiliga 4,0 mlrd. kub. m tabiiy gazni qayta ishlash va 362 ming tonna polietilen, 83 ming tonna polipropilen hamda 3,7 mlrd. kub. m tovar holatidagi tabiiy gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan “Qimmatli komponentlarni ajratib olgan holda Surgil konini kompleks obodonlashtirish” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koreya gaz korporatsiyasi, “Lotte Daesan Petrochemical Corporation”, “LG International Corporation”, “SK Gas va STX Energy” kompaniyalaridan iborat Koreya kompaniyalari Konsorsiumi tuzildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan Koreya kompaniyalari Konsorsiumi oʻrtasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona — bosqichma-bosqich uch yil davomida shakllantiriladigan ustav jamgʻarmasi ekvivalenti 600 mln. dollardan kam boʻlmagan, taʼsischilar oʻrtasida ulushlar teng miqdorda, 50 foizdan taqsimlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda Koreya kompaniyalari Konsorsiumi bilan jumladan, tomonlarning oʻzaro majburiyatlari va ularni bajarish kafolatlarini, qoʻshma korxona hisob raqamlaridagi mablagʻlar harakatini, shuningdek, investitsiya davrida qoʻshma korxona mablagʻlarining maqsadli va samarali sarf etilishini nazorat qilish tartibini nazarda tutadigan Investitsiya shartnomasini tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekneftgaz” MXK 2008-yilning 1-oktabrigacha boʻlgan muddatda loyiha moliyalashtirilishini tashkil etish va xorijiy qarz mablagʻlarini jalb etishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va xalqaro talablarga muvofiq holda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi xorijiy korxona roʻyxatdan oʻtgach bir oy muddatda, qoʻshma korxona taqdim etgan zarur materiallarga muvofiq, obyektlar, jumladan gaz quduqlari qurish, quvurlar va tegishli muhandislik kommunikatsiyalarini yotqizish uchun yerlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoʻshma korxonaga loyihaning TIAsi uzil-kesil tasdiqlanguncha ish chizmalariga muvofiq barobar ravishda loyihalashtirgan va ularni amalda bajarilgan ish hajmlari boʻyicha moliyalashtirgan holda Surgil konida jumladan, “nulinchi sikl” boʻyicha yer ishlarini bajarishga, quduqlarni obodonlashtirish, tashqi infratuzilma obyektlari va muhandislik kommunikatsiyalarini qurishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda qoʻshma korxonaga gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotish, shuningdek gaz quvuri va gaz kondensati quvuri yotqizishni loyihalashtirish, qurish va foydalanish uchun litsenziya (ruxsatnoma) bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Surgil konidagi foydali qazilmalarni chiqarib olish uchun investitsiya shartnomalarining amal qilish muddatiga belgilangan tartibda qoʻshma korxonaga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya bersin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1667-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Shimoliy Berdaq va Sharqiy Berdaq konlarida uglevodorod xomashyosini sanoat koʻlamida qazib olish maqsadida yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar “Oʻzbekneftgaz” MXKga loyiha boʻyicha investitsiya shartnomalarining amal qilish muddatiga beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1667-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi qoʻshma korxona, uning pudratchilari va subpudratchilarining murojaatnomalari boʻyicha loyihani amalga oshirish doirasida radioelektron aloqa vositalari va yuqori chastotali moslamalardan foydalanishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar bersin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1667-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoʻshma korxonaning “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlangan talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoʻshma korxonaning “Oʻzbekneftgaz” MXK tomonidan tasdiqlangan talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalar xodimlariga koʻp martalik vizalar berish, shuningdek muvaqqat yashash joyida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin, ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoʻshma korxonaga soha mutaxassisliklari boʻyicha xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilishi, shuningdek uning buyurtmanomalariga koʻra — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini yuritish huquqini beruvchi tasdiqnomalar taqdim etilishi (muddati uzaytirilishi)ni taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonlili Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-797-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 36-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06/21/6146/0065-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)