20.04.2005 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida konsullik konvensiyasining ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biz, quyida imzo chekuvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Shoqosim Shoislomov va Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Namiq Abbasov, Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan 2004-yil 30-aprelda va Ozarbayjon Respublikasining Milliy Majlisi tomonidan 2004-yil 21-mayda ratifikatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida Toshkent shahrida 2004-yil 23-martda imzolangan Konsullik konvensiyasining ratifikatsiya yorliqlarini 2005-yil 20-aprelda Toshkent shahrida almashdik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ratifikatsiya yorliqlarini almashish chogʻida ularning lozim tartibda va tegishli shaklda ekanligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyaning 52-moddasiga muvofiq u ratifikatsiya yorliqlari almashingandan soʻng 30 kun oʻtgach, yaʼni 2005-yil 20-mayda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlab, mazkur Bayonnoma ikki nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi va imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2005-y., 2—4-son)