Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi oʻrtasida konsullik konvensiyasining ratifikatsiya yorliqlarini almashish toʻgʻrisida
Bayonnoma
Biz, quyida imzo chekuvchilar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri janob Sodiq Safoyev va Bolgariya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Ishonchli vakili janob Stoyan Gorchivkin, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2004-yil 30-aprelda va Bolgariya Respublikasi Xalq Yigʻini tomonidan 2004-yil 30-sentabrda ratifikatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi oʻrtasida Nesebr shahrida 2003-yil 25-noyabrda imzolangan Konsullik Konvensiyasining ratifikatsiya yorliqlari almashuvini amalga oshirish maqsadida bugun uchrashdik.
Ratifikatsiya yorliqlarini almashishda ular tegishli shaklda va lozim tartibda tuzilganligi belgilangan.
57-moddaning 1-bandiga muvofiq ushbu Konvensiya ratifikatsiya yorliqlari almashinganidan soʻng oʻttizinchi kuni, yaʼni 2005-yil 4-fevralda kuchga kiradi.
Ushbuni tasdiqlab, ushbu Bayonnoma Toshkent shahrida 2005-yil 5-yanvarda ikki nusxada, oʻzbek, bolgar va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2005-y., 1-son)